BISAKODIL tabletkalari 5mg N30

BISAKODIL tabletkalari 5mg N30 haqida qo'llanma
Farmakologik ta'siri
Bisakodil yo'g'on ichakda shilliq sekretsiyasini oshiradi, uning peristaltikasini tezlashtiradi va kuchaytiradi. Ta'sir yo'g'on ichak shilliq qavatidagi nerv oxirlarining to'g'ridan-to'g'ri stimulyatsiyasi bilan bog'liq. Ichga qabul qilinganda ichakdan minimal miqdorda so'riladi. Surgi ta'siri odatda 6 soatdan keyin, uyqudan oldin qabul qilinganda - 8-12 soatdan keyin boshlanadi.
Nojo'ya samaralari
Ko'ngil aynishi, qorinda og'riqlar, dam bo'lish, og'irlik hissi, kam hollarda - axlat vaqtida va undan keyin shilliq va qon.
Bisakodil katta dozalarda uzoq vaqt qo'llanilganda suv va elektrolitlarning haddan tashqari yo'qotilishiga olib kelishi mumkin, bu esa o'z navbatida mushak kuchsizligi, yurak faoliyatining buzilishi, tirishishlar paydo bo'lishi, arterial gipotenziyaga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Jigar va buyrak kasalliklari bo'lgan bemorlarda bisakodilni ehtiyotkorlik bilan qo'llaydilar.
Pediatriyada ishlatilishi
Bisakodil tabletkalari 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- ichak tutilishi;
- qorin bo'shlig'i a'zolarining o'tkir yallig'lanish kasalliklari;
- noaniq genezli qorindagi og'riqlar;
- me'da-ichak traktidan qon ketishlar;
- bachadondan qon ketishlar;
- sistit;
- spastik qabziyat;
- o'tkir gemorroy;
- o'tkir proktit;
- suv-elektrolit muvozanatining buzilishi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bisakodil uzoq vaqt katta dozalarda yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda gipokaliemiya oqibatida ularning ta'siri kuchayishi mumkin.
Bisakodilni siydik haydovchi vositalar va GKS bilan bir vaqtda qabul qilish gipokaliemiyani kuchaytirishi mumkin.
Dozirovkasi
Ichishga kechqurun uyqudan oldin qabul qilinadi, 1 tablekadan boshlanadi. Samara bo'lmaganda bir martalik doza 2-3 tabletkagacha oshiriladi.
6 yoshdan katta bolalarga kechqurun 1 tabletkadan buyuriladi.
Jarrohlik operatsiyalariga, instrumental va rentgenologik tekshiruvlarga tayyorgarlikda 2 tabletkadan bir sutka oldin tunda va operatsiya yoki tekshiruv arafasida tunda 2 tabletkadan buyuriladi.
BISAKODIL tabletkalari 5mg N30 o'xshash dorilari



BISAKODIL tabletkalari 5mg N30 xususiyatlari
Bisakodil boshqa chiqarish shakllari




BISAKODIL tabletkalari 5mg N30 analoglari






