DIAZOLIN tabletkalari 0,1g N10

DIAZOLIN tabletkalari 0,1g N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Hazm qilish traktidan tez so‘riladi. Biokiraolishligi 40–60% oralig‘ida o‘zgarib turadi. Terapevtik samara 15–30 daqiqadan so‘ng rivojlanadi, maksimal ta’sir 1–2 soatdan keyin kuzatiladi. Samara davomiyligi 2 sutkagacha yetishi mumkin. Preparat gematoensefalik to‘siq orqali deyarli o‘tmaydi, jigarda metillanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi, jigar fermentlarini induksiya qiladi, organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Diazolin antigistamin preparatlarga kiradi, H1-gistamin retseptorlari blokatori hisoblanadi. Gistaminning bronxlar, ichak silliq mushaklariga nisbatan spazmogen samarasini, shuningdek uning tomirlar o'tkazuvchanligiga ta'sirini susaytiradi. Birinchi avlod antigistamin preparatlardan (dimedrol, suprastin va boshq.) farqli o'laroq, yaqqol sedativ va uxlatuvchi ta'sir ko'rsatmaydi.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: me'da-ichak yo‘llari shilliq qavatlarining ta'sirlanishi, bu ba'zida dispeptik holatlar (jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq) bilan namoyon bo‘ladi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, paresteziyalar, yuqori toliqish, uyquchanlik, ko‘rish o‘tkirligining xiralashishi, reaksiyalar tezligining sekinlashishi, tremor, xavotirlik (tunda).
Boshqalar: og‘iz qurishi, siydik chiqarishning buzilishi, allergik reaksiyalar. Juda kam hollarda granulotsitopeniya va agranulotsitoz yuzaga kelishi mumkin.
Bolalarda ba'zida paradoksal reaksiyalar kuzatiladi: yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, tremor, uyquning buzilishi, ta'sirchanlik.
Yakka hollarda postregistratsion davrda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar qayd etilgan: bosh og‘rig‘i, qichishish, toshmalar, eshakemi, Kvinke shishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparatni qo'llash vaqtida alkogolli ichimliklar va etanol saqlovchi dorilarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.
Preparat og'ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi (doza va qabul qilish oraliqlariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin).
Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o'zlashtira olmaslikning kam uchraydigan nasliy shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi bo'lgan bemorlarga preparatni qo'llash mumkin emas.
Agar Sizda ba'zi shakarlarni o'zlashtira olmaslik aniqlangan bo'lsa, ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Preparatni qo'llashda diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Faol moddaga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi zo'rayish davrida, me'da-ichak traktining yallig'lanish kasalliklari, pilorostenoz, prostata bezi giperplaziyasi, yopiq burchakli glaukoma, epilepsiya, yurak ritmining buzilishi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Diazolin® uxlatuvchi, sedativ va markaziy asab tizimini susaytiruvchi boshqa preparatlar, shuningdek alkogol ta'sirini kuchaytiradi.
Dozirovkasi
Preparat ichishga ovqatdan keyin buyuriladi. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 0,5-0,2 g dan kuniga 1-2 marta. Kattalar uchun eng yuqori dozalar: bir martalik — 0,3 g, sutkalik — 0,6 g. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga 0,025 – 0,05 g dozada kuniga 1-3 marta buyuriladi. Davolash kursini shifokor kasallikning xarakteri va erishilgan terapevtik samaraga qarab belgilaydi.
Hajm/og'irlik
DIAZOLIN tabletkalari 0,1g N10 o'xshash dorilari



DIAZOLIN tabletkalari 0,1g N10 xususiyatlari
Diazolin boshqa chiqarish shakllari

DIAZOLIN tabletkalari 0,1g N10 analoglari



DIAZOLIN tabletkalari 0,1g N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 61550,
"stores_apteka_id": 332689,
"slug": "diazolin-tabletki-100-mg-10sht-5524",
"stores_apteka_slug": "diazolin-100-mg-10-uzbekiston",
"name": "DIAZOLIN tabletkalari 0,1g N10",
"brand_name": "DIAZOLIN",
"image": "uploads/iblock/db1/db1e87b5fd011193efd81a6620de853b.webp",
"atx_code": "R06AX15",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": true,
"manufacturer": {
"id": 76431,
"slug": "torimed-pharm-ooo",
"name": "TORIMED PHARM OOO"
},
"manufacturer_plain": "Torimed Pharm, OOO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 497,
"slug": "protivoallergicheskie",
"name": "Antiallergik dorilar",
"external_link_title": "Allergolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/allergolog"
},
"drug_group": {
"id": 6106,
"slug": "diazolin",
"name": "Diazolin"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 1,
"slug": "uzbekistan",
"name": "O'zbekiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7924,
"slug": "mebgidrolin-diazolin",
"name": "mebgidrolin (diazolin)"
}
],
"tags": [
{
"id": 110,
"slug": "ot-allergii",
"name": "Allergiyadan"
}
]
}
}

















