DIAZOLIN tabletkalari 100mg N10
DIAZOLIN tabletkalari 100mg N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Ovqat hazm qilish traktidan tez so'riladi. Biokiraolishligi 40–60 % oralig'ida o'zgarib turadi. Terapevtik ta'sir 15–30 daqiqadan so'ng rivojlanadi, maksimal ta'sir 1–2 soatdan keyin kuzatiladi. Ta'sir davomiyligi 2 sutkagacha yetishi mumkin. Preparat gematoensefalik to'siq orqali deyarli o'tmaydi, jigarda metillanish yo'li bilan metabollanadi, jigar fermentlarini induktsiya qiladi, organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Mebgidrolin antigistamin preparatlarga kiradi, gistamin Hl-retseptorlari blokatori hisoblanadi. Mebgidrolin gistaminning bronxlar, ichak silliq mushaklariga nisbatan spazmogen samarasini, shuningdek uning tomirlar o‘tkazuvchanligiga ta’sirini susaytiradi. Birinchi avlod antigistamin preparatlaridan (dimedrol, suprastin) farqli o‘laroq, kamroq ifodalangan sedativ va uxlatuvchi samaraga ega. Kuchsiz ifodalangan m-xolinoblokada qiluvchi va anesteziya qiluvchi xususiyatlarga ega.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: oshqozon-ichak trakti shilliq qavatlarining ta'sirlanishi, ba'zida dispeptik holatlar (zarda, ko'ngil aynishi, epigastral sohada og'riq) sifatida namoyon bo'ladi.
Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, paresteziyalar, charchoqning kuchayishi, uyquchanlik, ko'rish qobiliyatining noaniqligi, reaksiyalar tezligining sekinlashishi, tremor, xavotirlik (tunda).
Boshqalar: og'iz qurishi, siydik chiqarishning buzilishi, allergik reaksiyalar. Juda kam hollarda granulotsitopeniya va agranulotsitoz paydo bo'lishi mumkin.
Bolalarda ba'zida paradoksal reaksiyalar kuzatiladi: qo'zg'aluvchanlikning oshishi, tremor, uyquning buzilishi, asabiylik.
Ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi davrda alohida hollarda quyidagi nojo'ya reaksiyalar qayd etilgan: bosh og'rig'i, qichishish, toshmalar, eshakemi, Kvinke shishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparatni qo'llash vaqtida spirtli ichimliklar va etanol saqlovchi dori vositalarini iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.
Preparat og'ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi (dozaga tuzatish kiritish va qabullar orasidagi intervallarni oshirish talab etilishi mumkin).
Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o'zlashtiraolmaslikning kam uchraydigan nasliy shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi bo'lgan bemorlar preparatni qo'llamasliklari kerak.
Agar sizda ba'zi qandlarni o'zlashtiraolmaslik aniqlangan bo'lsa, ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Preparatni qo'llashda avtotransportni boshqarish yoki diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Faol moddaga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, zo'rayish davridagi me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi, me'da-ichak traktining yallig'lanish kasalliklari, pilorostenoz, prostata bezi giperplaziyasi, yopiq burchakli glaukoma, epilepsiya, yurak ritmining buzilishi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Diazolin® uxlatuvchi, sedativ va markaziy nerv sistemasini susaytiruvchi boshqa preparatlar, shuningdek alkogol ta'sirini kuchaytiradi.
Dozirovkasi
Diazolin® ichga, ovqatdan keyin, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 100–200 mg dan kuniga 1–2 marta buyuriladi. Kattalar uchun maksimal dozalar: bir martalik – 300 mg, sutkalik – 600 mg.
5–12 yoshdagi bolalarga – 50 mg dan kuniga 1–3 marta; 3–5 yoshdagi bolalarga – 25–50 mg dan kuniga 1–3 marta.
Davolash davomiyligini shifokor kasallik xususiyati, klinik samarasi va preparatning o'zlashtirilishiga qarab belgilaydi.
Hajm/og'irlik
DIAZOLIN tabletkalari 100mg N10 o'xshash dorilari


Diazolin boshqa chiqarish shakllari

DIAZOLIN tabletkalari 100mg N10 analoglari
























