Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Yallig'lanishga qarshi  / Dioksaflex B12 inyektsiya uchun eritma 3ml N3

Dioksaflex B12 inyektsiya uchun eritma 3ml N3

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Argentina
Ishlab chiqaruvchi:Laboratorios Bago S.A.
ATX kodi:M01BA
Barcha DIOKSAFLEKS dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Dioksaflex B12 inyektsiya uchun eritma 3ml N3 o'xshash dorilari

MOVEDEKS eritma 2 ml 50 mg/2 ml N6
Retseptli
MOVEDEKS eritma 2 ml 50 mg/2 ml N6
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
VEM Ilac San. Ve Tic, A.S.
P - ZERO tabletkalari 10mg N10
Retseptli
P - ZERO tabletkalari 10mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
PARADIK tabletkalari 500mg/50mg N100
Retseptli
PARADIK tabletkalari 500mg/50mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
79 200 so'm dan
PROFEPLAST plastir 50 mg N5
PROFEPLAST plastir 50 mg N5
Janubiy Koreya
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
DAE HWA PHARMACEUTICAL CO. LTD

Dioksaflex B12 inyektsiya uchun eritma 3ml N3 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

1 ampula quyidagilarni saqlaydi: 

faol moddalar: betametazon (betametazon natriy fosfati) 2 mg; diklofenak natriy 75 mg; gidroksikobalamin (gidroksikobalamin sulfati) 10 mg.

yordamchi moddalar: benzil spirti, propilenglikol, natriy bisulfiti/metabisulfiti, in'ektsiya uchun suv 3 ml gacha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Bilan birgi kartoniga ko'ra 3 ml dan 3 yoki 6 ampulali tibbiy kollanilishiga.

Farmakokinetikasi

Diklofenakning plazmadagi cho'qqi kontsentrasiyalariga mushak ichiga yuborilgandan keyin taxminan 20 minut o'tgach erishiladi. Mushak ichiga yuborilgandan keyin kuzatiladigan kontsentrasiya-vaqt egri chizig'i ostidagi maydon xuddi shu doza peroral qabul qilingandan keyin kuzatiladigan maydondan taxminan ikki marta yuqori. Diklofenakni plazma oqsillari bilan bog'lanishi 99% dan yuqorini tashkil qiladi va uning taqsimlanish xajmi 0,12-0,7 l/kg ni tashkil qiladi.

Plazmada cho'qqi kontsentrasiyaga erishilgandan keyin ikki soat o'tgach sinovial suyuqlikdagi kontsentrasiyasi plazmadagidan yuqori bo'ladi va bu nisbat qo'llanilgandan keyin 12 soat davomida davom etadi. Sinovial suyuqlikdan yarim chiqarilish davri 3 soatdan 6 soatgachani tashkil qiladi. Diklofenakning plazmadan umumiy tizimli klirensi minutiga 263±56 ml ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri 1-2 soatni tashkil qiladi.

Diklofenak jigarda metabolizmga uchraydi va o't chiqarish va buyrak yo'llari orqali, asosan glyukuronatlar yoki sulfatlar ko'rinishidagi metabolitlari shaklida chiqariladi. Dozaning faqat 1% toza diklofenak ko'rinishida siydik bilan chiqariladi; kon'yugatlar siydikda tiklangan dozaning 5-10% ni tashkil qiladi. Dozaning 5% dan kamrog'i safro bilan chiqariladi. Asosiy metaboliti bo'lib 4-gidroksidiklofenak hisoblanadi va umumiy chiqarilgan dozaning taxminan 40% ni tashkil qiladi. Diklofenakning uchta boshqa metabolitlari (3-gidroksi, 5-gidroksi, 4,5-digidroksi-diklofenak) siydik bilan chiqarilgan dozaning taxminan 10-20% ni tashkil qiladi.

Diklofenak va uning metabolitlarini chiqarilishi tez amalga oshadi: qabul qilingan dozaning taxminan 40% qabul qilingandan keyin birinchi 12 soat davomida chiqariladi.

Sog'lom pasientlarda takroran qo'llanilgandan keyin diklofenakning farmakokinetik ko'rsatkichlari doimiy bo'lib qoladi, lekin buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda dori preparati va/yoki uning metabolitlari to'planishi mumkin (garchi klinik ahamiyatsiz). Jigar funktsiyasini o'zgarishlari (surunkali gepatit, klapan dekompensasiyasisiz kechuvchi tsirroz) bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. 

Gidrosikobalamin mushak ichiga yuborilganda to'liq so'riladi, qo'llagandan keyin taxminan 1 soat o'tgach plazmada cho'qqi darajaga erishadi. Gidroksikobalamin qon oqimiga tushganidan keyin maxsus protein tashuvchilari, transkobalamin bilan bog'lanadi. Uchta transkobalamin (transkobalaminlar I, II va III) aniqlangan. Transkobalamin bilan bog'langan gidroksikobalamin plazmadan tez chiqariladi va asosan gepatositlarda taqsimlanadi. Kattalar organizmida taxminan 90% gidroksikobalamin jigarda to'planadi.

Gidroksikobalamin safro bilan chiqariladi. Gidroksikobalaminning uchdan ikki qismi safro orqali chiqariladi va keyinchalik yondosh ichakning shilliq qavati orqali takroran so'riladi, shunday qilib jigar ichi qayta ishlashga uchraydi. Qolgan qismi axlat bilan chiqariladi; bunda gidroksikobalaminning bir qismi me'da-ichak yo'llarining epitelial xujayralarini deskvamasiyasi, yo'g'on ichakdagi bakteriyalar tomonidan sintezi tufayli darajasi oshishi mumkin.

Normal sharoitda gidroksikobalaminni siydik bilan chiqarilishi juda kam hollarda uchraydi. Qabul qilinayotgan doza oshgan sari glomerulyar filtrasiya ahamiyatli bo'lib boradi.

Betametazon natriy fosfati mushak ichiga qo'llanilgandan keyin plazmadagi cho'qqi kontsentrasiyasiga taxminan 60 minutdan keyin erishiladi.

Tavsiya etilgan dozalar diapazoni chegaralarida u plazma oqsillari, asosan albuminlar bilan bog'lanadi, normada 60-70%.

Betametazon uchun taqsimlanish xajmi 1,4±0,3 l/kg ni tashkil qiladi.

Betametazonni peroral yoki parenteral qo'llaganda plazmadan yarim chiqarilish davri ≥5 soatni, biologik yarim chiqarilish davri esa 36 soatdan 54 soatgachani va buyrak klirensi minutiga 2,9±0,9 ml/kg ni tashkil qiladi.

In'ektsiya joyida betametazonning murakkab efirlari to'qimalar darajasida gidrolizga uchraydi. Betametazon jigarda metabolizmga uchraydi, boshqa glyukokortikoidlar kabi asosan glyukuron kislotasi bilan kon'yugasiyalangan ko'rinishda safro bilan chiqariladi.

Alohida klinik holatlar

Jigarning og'ir kasalliklarida va gipotireozda glyukokortikoidlarning metabolizmi ahamiyatli darajada sekinlashadi, bu betametazonning farmakologik ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Bundan tashqari, gipoalbuminemiya va giperbilirubinemiya faol ingredientning zardobdagi oqsil bilan bog'lanmagan kontsentrasiyasini noxush oshishini chaqirishi mumkin.

Farmakologik ta'siri

Dioksafleks V12preparatining faol ingredientlaridan biri bo'lib diklofenak hisoblanadi, kimyoviy nomi 2-6-dixloranilin fenilsirka kislotasi, natriyli tuzi ko'rinishida, nosteroid yallig'lanishga qarshi dori preparati (NYAQP), yaqqol yallig'lanishga qarshi va og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega fenilsirka kislotasidan olinadi. Uning farmakologik ta'sir mexanizmi prostaglandin sintezini qisman susaytirishdan iborat. Natijada diklofenak hozirgi vaqtda sog-1 va sog-2 sifatida ma'lum bo'lgan tsiklooksigenazaning izoshakllarini susaytiradi. Diklofenakning yuqori kontsentrasiyalari araxidon kislotasining metabolitlari, shu jumladan leykotrienlar va 5-gidroksieykozatetraen kislotasini (5-nete) hosil bo'lishini susaytiradi. Bundan tashqari u leykositlar, shu jumladan polimorf yadroli leykositlar migrasiyasini susaytirishi mumkin, yallig'lanish joyida diklofenak polimorf yadroli leykositlardan lizosomal fermentlarni ajralib chiqishiga to'sqinlik qiladi va superoksid hosil bo'lishini va leykositlar xemotaksisini susaytiradi. Uning og'riq qoldiruvchi samarasi nositseptiv o'tkazuvchi yo'llarida mediatorlarni, shu orqali periferik impulslarni hosil bo'lishini kamayishi bilan bog'liq. Bundan tashqari gipotalamik darajada Markaziy nosedativ ta'sir taxmin qilinadi.

U shuningdek gipotalamik darajada, termoregulyasiya markazida prostaglandinning faolligini pasayishi bilan bog'liq isitmani tushiruvchi samaraga ega. 

Betametazon steroid yallig'lanishga qarshi vosita bo'lib hisoblanadi.

Tabiiy glyukokortikoidlar (kortizon va gidrokortizon) birlamchi metabolik gormonlar bo'lib hisoblanadi; betametazon kabi sintetik kortikosteroidlar asosan ularning yuqori yallig'lanishga qarshi samarasi tufayli qo'llanadi. Yuqori dozalarda ular immun reaktsiyani kamaytiradi.

Gidroksokobalamin (V12 vitamini) bir necha metabolik jarayonlarda, shu jumladan yog'lar va uglevodlar metabolizmi va protein sintezini koenzim sifatida ta'sir ko'rsatadi. U hujayralarni o'sishi, replikasiyasi, qon yaratilishi va nukleoproteidlar va mielin sintezida, asosan o'zining samaralari tufayli metionin, folat kislotasi va malon kislotasi sintezi uchun zarur bo'lib hisoblanadi.

Yuqori dozalarda (farmakologik) eksperimental tadqiqotlarda yaqqol antineyritik samara namoyon qilgan.

Nojo'ya samaralari

Preparat terapevtik dozalarda odatda yaxshi o'zlashtiriladi. Quyidagi noxush reaktsiyalar ta'riflangan:

Epizodik: tez-tezligi 1-10%

Umumiy: qorinda og'riq, bosh og'rig'i, suv va natriyni tutilishi, qorinni dam bo'lishi. 

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: diareya, dispepsiya, ko'ngil aynishi, qabziyat, meteorizm, jigar tahlillari natijasini o'zgarishi. <3% holatlarda perforasiya va/yoki qon ketish bilan kechuvchi yoki kechmaydigan me'da yarasi. 

Gidroelektrolitik: gipokaliemiya, kam hollarda qon bosimini oshishi bilan kechuvchi natriyni tutilishi va hatto dimlangan yurak etishmovchiligi.

Endokrin/metabolik: hayz tsiklini buzilishi.

Nerv tizimi: bosh aylanishi, quloqlarda shovqin.

Teri: toshma, qichishish.

Kam hollarda: tez-tezligi <1%

Umumiy: umumiy lohaslik, lab va til shishi, yorug'likka sezuvchanlik, anafilaksiya va hiqildoq shishini alohida holatlari.

Yurak qon-tomir: qon bosimini oshishi, dimlangan yurak etishmovchiligi.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: qusish, sariqlik, melena, stomatit, shilliq qavatlarni qurishi, gepatit, pankreatit. Alohida holatlar: qizilo'ngachni shikastlanishi, jigar nekrozi, tsirroz, gepatorenal sindrom, kolit.

Gematologik: gemoglobinni kamayishi, leykopeniya, trombositopeniya, purpura. Alohida holatlar: eozinofiliya, anemiya, neytropeniya, agranulositoz, pantsitopeniya.

Endokrin/metabolik: glyukozaga tolerantlikni pasayishi, latent diabetni mavjudligi. Alohida holatlar: Kushing sindromi, Astn gipersekresiyasi, adrenokortikal atrofiya, bolalarda o'sishni to'xtashi.

Nerv tizimi: uyqusizlik/uyquchanlik, depressiya, bezovtalik, diplopiya, ta'sirchanlik. Alohida holatlar: aseptik meningit va konvulsiyalar.

Respirator: burundan qon ketishi, astma, hiqildoqni shishi.

Teri: alopesiya, qichishish, dermatit, angionevrotik shish. Alohida holatlar: Stivens-Djonson sindromi, ko'p shaklli ekssudativ eritema, pufakchali dermatit.

Sezgi a'zolari: ko'rishni noaniqligi, skotoma, eshitishni yo'qolishi, disgevziya.

Siydik chiqarish tizimi: proteinuriya. Alohida hollarda: nefrotik sindrom, oliguriya, buyrakning medullyar nekrozi, o'tkir buyrak etishmovchiligi, interstisial nefrit. 

Suyak-mushak tizimi: alohida hollarda – mushak atrofiyasi, mushak kuchsizligi, osteoporoz, suyaklarni mo'rtligi, son suyagi boshchasini aseptik nekrozi. In'ektsiyadan keyin og'riq, shish va kam hollarda abssess va nekroz (bu ikkita holatlar keksa yoshdagi diabeti bo'lgan pasientlar uchun xarakterli) kabi in'ektsiya joyidagi noxush samaralar ta'riflangan. Davolash odatda qisqa muddatli hisoblanganligi tufayli, bu noxush samaralarni yuzaga kelishi ehtimoli juda cheklangan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash mumkin emas.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri: avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.

Qo'llanilishi

Og'riq sindromi bilan kechuvchi yallig'lanish kasalliklari: nevritlar, nevralgiyalar, ishiaz, mialgiya, lyumbago, radikulit, revmatizm, revmatoid artrit. Yallig'lanish bilan kechuvchi jarohatdan keyingi va operasiyadan keyingi og'riq sindromi. Jarohat, cho'zilishlarda qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga allergik reaktsiyalar.

Zo'rayish bosqichidagi me'da-ichak yaralari. Jigarning og'ir kasalliklari va/yoki o'tkir buyrak etishmovchiligi. Dekompensasiya bosqichidagi yurak etishmovchiligi. Og'ir shakldagi gipertoniya kasalligi. Anamnezida atsetilsalisil kislotasi yoki prostaglandinlarning sintezini susaytiruvchi boshqa dori preparatlari chaqirgan astma, rinit yoki eshakemining o'tkir xurujlari bo'lgan pasientlar. Tuberkulyozning faol shakli, tizimli mikoz.

Virusli kasalliklar. O'tkir glomerulonefrit. O'tkir psixoz. Osteoporoz. Jigar porfiriyasi. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Diklofenak -Peroral antikoagulyantlar va geparin: diklofenak ularning samarasini kuchaytirishi mumkin. -Metotreksat: metotreksatning gematologik toksikligini oshirishi mumkin. -Siydik haydovchi vositalar: siydik haydovchi vositalarning faolligini pasaytirishi mumkin. -Sulfonilmochevinalar: sulfonilmochevinaning gipoglikemik samarasini oshirishi mumkin. -Digoksin va/yoki litiy: plazmada digoksin va/yoki litiy kontsentrasiyasini oshirishi mumkin. -Tsiklosporin: tsiklosporinning nefrotoksikligini oshirishi mumkin. -Atsetilsalisil kislotasi: diklofenak va atsetilsalisil kislotasini bir vaqtda qo'llash bir-birining biokiraolishligini pasaytiradi. Gidroksikobalamin (V12 vitamini) -Alkogol (2 xaftadan uzoqroq vaqt davomida haddan tashqari ko'p iste'mol qilish), aminosalisilatlar, kolxisin (ayniqsa aminoglikozidlar bilan birga): me'da-ichak yo'llarida V12 vitaminini so'rilishini kamaytirishi mumkin. -Antibiotiklar: zardobda va eritrositlarda V12 vitaminini aniqlash uchun mikrobiologik tadqiqot usullariga to'sqinlik qilishi, shu orqali noto'g'ri past ko'rsatkichlarni ko'rsatishi mumkin. -Folat kislotasi: doimiy yuqori dozalarda qonda V12 vitamini kontsentrasiyasini pasaytirishi mumkin. Betametazon -Aspirin: salisemiyani pasaytiradi. -Peroral antikoagulyantlar va geparin: antikoagulyasion samara yuzaga keladi. -Peroral kontratseptivlar: kortikosteroidning toksikligi oshadi. -Trisiklik antidepressantlar: psixopatiya xavfi mavjud. -Gormonlar (estrogenlar/androgenlar): shish, tana vaznini oshishi. -Immunodepressantlar: shartli patogen mikroorganizmlar chaaqirgan kasalliklarni (masalan tuberkulyoz) rivojlanishi xavfi. -Peroral antidiabetik dori preparatlari va insulin: uglevodlarni o'zlashtirilishini pasayishi tufayli giperglikemiya. -Gipertoniyaga qarshi preparatlar: suv va natriyni tutilishi tufayli gipertoniyaga qarshi samarani kamayishi. -Attenuirlangan virusli vaktsina: jiddiy tipik kasallik xavfi. -Interferon alfa: uning ta'sirini susayishi xavfi. -Enzim induktorlari (masalan rifampisin, karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, primidon kabi antikonvulsiv vositalar): kortikoidlarning faolligini pasayishi. -"torsades de pointes"chaqiruvchi dori preparatlari (amiodaron, bretiliy, dizopiramid, xinidin va sotalol kabi antiaritmiklar va astimizol, terfenadin, vintsamin va pentamidin kabi noantiaritmiklar): kortikoidlar chaqirgan gipokaliemiya kuzatilishi mumkin. -Digitalis: kuzatilishi mumkin bo'lgan gipokaliemiya digitalisning toksik samaralarini kuchaytiradi. Gipokalemiya chaqiruvchi boshqa vositalar (ayrim siydik haydovchi vositalar, ayrim rag'batlantiruvchi surgi vositalar): additiv samaralar.

Ta'rifi

Tiniq qizg'ish, asosan yod jismlarsiz bo'lgan eritma

Dozirovkasi

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: kuniga 1-2 ampuladan mushak ichiga yuboriladi.Davolash davomiyligi pasientning holatiga qarab shifokor tomonidan belgilanadi.

Dioksaflex B12 inyektsiya uchun eritma 3ml N3 boshqa chiqarish shakllari

DIOKSAFLEKS V12 inyeksiya uchun eritma 3ml N6
Retseptli
DIOKSAFLEKS V12 inyeksiya uchun eritma 3ml N6
Argentina
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratorios Bago S.A.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
465 000 so'm dan

Dioksaflex B12 inyektsiya uchun eritma 3ml N3 analoglari

BIORAN eritma 75mg/3ml N5
Retseptli
BIORAN eritma 75mg/3ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Rusan Pharma LTD
•2 ta dorixonada bor
Narxi
34 500 so'm dan
BIORAN tabletkalari 50mg N100
Retseptli
BIORAN tabletkalari 50mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Rusan Pharma LTD
•1 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
DIKLOSEYF suppozitorii 100mg N10
DIKLOSEYF suppozitorii 100mg N10
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•23 ta dorixonada bor
Narxi
39 000 so'm dan
DIKLOMID AKTIV GEL 30g
Retseptsiz
DIKLOMID AKTIV GEL 30g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd.
KYUPEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
Retseptli
KYUPEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ankur Drugs and Pharma Limited, Unit-II
•1 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
ASEFENAK FAST inyeksiya uchun eritma 75mg/ml N5
Retseptli
ASEFENAK FAST inyeksiya uchun eritma 75mg/ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Karbon Pharma Pvt. Ltd.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
INNOFENAK inyeksiya uchun eritma 1ml 75mg/ml N5
Retseptli
INNOFENAK inyeksiya uchun eritma 1ml 75mg/ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Pharmacia Limited
•15 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
Dekloriv in'ektsiya uchun eritma 75mg/ml N5
Retseptli
Dekloriv in'ektsiya uchun eritma 75mg/ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
VOLPO LIFESCIENCES PVT.LTD.

Dioksaflex B12 inyektsiya uchun eritma 3ml N3 savollari

Dioksaflex B12 inyektsiya uchun eritma 3ml N3 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil