DROTAVERIN 0,04 tabletkalari N20

DROTAVERIN 0,04 tabletkalari N20 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Ichga qabul qilinganda drotaverin gidroxloridi me'da-ichak yo'lidan tez so'riladi, yarim so'rilish davri - 12 daqiqa. Biokiraolishligi - taxminan 100%. Zardobda Cmax ga 45-60 daqiqadan so'ng erishiladi.
Taqsimlanishi
Drotaverin gidroxloridi gematoensefalik to'siq orqali o'tmaydi.
Metabolizmi
Drotaverin gidroxloridi jigarda biotransformatsiyaga uchraydi.
Chiqarilishi
72 soatdan keyin organizmdan deyarli metabolitlar shaklida - 50% siydik bilan va 30% - axlat bilan chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishi, issiqlik hissi; v/i yuborilganda qon bosimining pasayishi (kollapsgacha), AV-blokada rivojlanishi, aritmiyalar paydo bo‘lishi holatlari qayd etilgan.
Nafas olish tizimi tomonidan: v/i yuborilganda nafas olish markazining susayishi holatlari qayd etilgan.
Boshqalar: bosh aylanishi, terlashning kuchayishi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, arterial gipotenziyasi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Drotaverin gipertonik krizni bartaraf etish uchun majmuaviy terapiya tarkibida ishlatilishi mumkin.
Pediatriyada ishlatilishi
Bolalarda drotaverinni (ichga qabul qilish uchun) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Bolalarda parenteral qo'llash mumkin emas
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- faol moddaga yoki dori vositasining har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
- og'ir jigar va buyrak yetishmovchiligi;
- og'ir yurak yetishmovchiligi (past yurak otilishi sindromi);
- ushbu dori shakli uchun 2 yoshgacha bo'lgan bolalar
Ehtiyotkorlik choralari
Arterial gipotenziyada, koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozida, homiladorlik davrida, 2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik davrida drotaverinni qo'llash teratogen va embriotoksik ta'sirlarga olib kelmaydi. Biroq, homiladorlik paytida dori vositasini tayinlashda ehtiyot bo'lish zarur.
Zarur klinik ma'lumotlar yo'qligi sababli laktatsiya davrida tayinlash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Bemorlarni agar bosh aylanishi kuzatilsa, ular transportni boshqarish va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash kabi potensial xavfli harakatlardan qochishlari kerakligi haqida ogohlantirish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tritsiklik antidepressantlar, xinidin, prokainamid bilan bir vaqtda qo'llanilganda tritsiklik antidepressantlar, xinidin va prokainamid chaqirgan AB pasayishi kuchayadi.
Bir vaqtda qo'llanilganda morfinning spazmogen faolligi kamayadi.
Levodopa bilan bir vaqtda qo'llanilganda levodopaning antiparkinsonik samarasi kamayishi mumkin.
Bir vaqtda qo'llanilganda papaverin, bendazol va boshqa spazmolitiklar (shu jumladan m-xolinoblokatorlar) ta'siri kuchayadi.
Fenobarbital bilan bir vaqtda qo'llanilganda drotaverinning spazmolitik ta'siri namoyon bo'lishi ortadi
Dozirovkasi
DROTAVERIN 0,04 tabletkalari N20 o'xshash dorilari


Drotaverin boshqa chiqarish shakllari




DROTAVERIN 0,04 tabletkalari N20 analoglari









