Apteka.uz
SavatKirish

DYUFALAK sirop 1000ml 0,667/ml

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gollandiya/Rossiya
Faol modda:laktuloza
Ishlab chiqaruvchi:Ebbott Biolodjikalz B.V./Verofarm AO
ATX kodi:A06AD11
Barcha Dyufalak dorilari
95 ta dorixonada bor
Narxi 50 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 95 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

DYUFALAK sirop 1000ml 0,667/ml qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

So'rilishi past. Ichga qabul qilingandan so'ng yo'g'on ichakka o'zgarmagan holda yetib boradi va u yerda ichak florasi tomonidan parchalanadi. 40-75 ml gacha bo'lgan dozalarda qo'llanilganda to'liq metabolizmga uchraydi. Yuqoriroq dozalarda qo'llanilganda qisman o'zgarmagan holda chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Tez-tez va juda tez-tez diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, qorinda og‘riqlar kuzatilgan. Yuqori dozalar uzoq vaqt qo‘llanilganda, bemorda diareya oqibatida elektrolitlar muvozanatining buzilishi rivojlanishi mumkin. Bolalarda preparatni qo‘llashda xavfsizlik profili kattalardagiga o‘xshash bo‘lishi kutiladi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Laktulozani laktozani ko'tara olmaydigan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak. Qandli diabeti bo'lgan bemorlarga preparatning yuqori dozalarini ehtiyotkorlik bilan tayinlash lozim. Galaktoza, fruktozani ko'tara olmaslik, laktaza tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo'lgan bemorlarga laktuloza tayinlanmasligi kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Faol komponentga yoki preparatning biron bir nofaol komponentiga yuqori sezuvchanlik; galaktozemiya; MIY tutilishi, perforatsiya yoki MIY perforatsiyasi xavfi. Dyufalak® preparati eritmasi ichakni tozalash uchun ong buzilishi, yaqqol suvsizlanish yoki yutish refleksi buzilishi bo'lgan bemorlarga yuborilmasligi kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Dozirovkasi

Laktuloza eritmasini suyultirilgan va suyultirilmagan holda ham qabul qilish mumkin. Surgi vositalari bilan terapiya vaqtida kuniga yetarli miqdorda suyuqlik (1.5-2 litr, bu 6-8 stakanga teng) qabul qilish tavsiya etiladi.

Qabziyatni davolashda yoki tibbiy maqsadlarda axlatni yumshatish uchun dozalash. Boshlang'ich doza terapevtik samaraga qarab ushlab turuvchi dozagacha to'g'rilanishi mumkin. Ba'zan davolash samarasining rivojlanishi uchun bir necha kun (2-3 kun) talab qilinishi mumkin.

Yosh

Boshlang'ich sutkalik doza

Ushlab turuvchi sutkalik doza

Kattalar va o'smirlar

15-45 ml (1-3 paketcha)

15-30 ml (1-2 paketcha)

7-14 yoshli bolalar

15 ml (1 paketcha)

10-15 ml (1 paketcha)

1-6 yoshli bolalar*

5-10 ml

5-10 ml

1 yoshgacha bo'lgan bolalar*

5 ml gacha

5 ml gacha

* Chaqaloqlar va 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni davolashda aniq dozalash uchun flakonlardagi preparatdan foydalanish kerak.

Jigar komasi va prekomani davolashda dozalash (faqat kattalar uchun): kuniga 3-4 marta 20-30 g yoki 30-45 ml (2-3 paketcha). Ushbu doza yumshoq axlat maksimal kuniga 2-3 marta bo'lishi uchun ushlab turuvchi dozagacha to'g'rilanishi mumkin.

Rektal yuborish uchun: Shoshilinch hollarda (koma rivojlanish xavfi yoki koma) Dyufalak® ushlab turuvchi huqna sifatida yuborilishi mumkin (300 ml Dyufalak/700 ml suv). Huqna 30-60 daqiqa davomida ushlab turilishi kerak; dori vositasini ichishga qabul qilish imkoni bo'lguniga qadar muolaja har 4-6 soatda takrorlanishi kerak.

Jigar ensefalopatiyasi bo'lgan bolalarda (0-18 yosh) xavfsizlik va samaradorlik bo'yicha ma'lumotlar yo'q.

Ichakni tozalash uchun (kattalar) ko'rikdan oldingi kechqurun 10 mg bisakodil va kolonoskopiyadan olti soat oldin 1 litr Dyufalak® preparati eritmasi. Eritmani tayyorlash: Dyufalak® preparati 12,5% li laktuloza eritmasini olish uchun 200 ml Dyufalak® preparatini 800 ml suv yoki limon sharbatida eritish orqali suyultirilishi kerak. Bisakodilni qo'llash bo'yicha yo'riqnomaga muvofiq xavfsizlik ma'lumotlari bilan tanishib chiqish kerak.

Prebiotik sifatida (kattalar): laktulozaning sutkalik dozasi 7,5–15 ml (5–10 g/kun).



Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. DYUFALAK sirop 1000ml 0,667/ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

DYUFALAK sirop 1000ml 0,667/ml o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
ODDIVERIN kapsulalar  200mg N30
Retseptli
ODDIVERIN kapsulalar 200mg N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
Narxi
45 200 so'm dan
ENTEROSGEL pasta dlya priyoma vnutr 225g
Retseptsiz
ENTEROSGEL pasta dlya priyoma vnutr 225g
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «TNK SILMA»
Narxi
221 700 so'm dan

Dyufalak boshqa chiqarish shakllari

DYUFALAK sirop 200ml 0,667/ml
Retseptsiz
DYUFALAK sirop 200ml 0,667/ml
Niderlandlar
Ishlab chiqaruvchi:
Ebbott Biolodjikalz B.V.
•108 ta dorixonada bor
Narxi
26 000 so'm dan
DYUFALAK sirop 500ml 0,667/ml
Retseptsiz
DYUFALAK sirop 500ml 0,667/ml
Gollandiya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Ebbott Biolodjikalz B.V./Verofarm AO
•112 ta dorixonada bor
Narxi
117 800 so'm dan

DYUFALAK sirop 1000ml 0,667/ml analoglari

DYUFALAK sirop 500ml 0,667/ml
Retseptsiz
DYUFALAK sirop 500ml 0,667/ml
Gollandiya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Ebbott Biolodjikalz B.V./Verofarm AO
•112 ta dorixonada bor
Narxi
117 800 so'm dan
DYUFALAK sirop 200ml 0,667/ml
Retseptsiz
DYUFALAK sirop 200ml 0,667/ml
Niderlandlar
Ishlab chiqaruvchi:
Ebbott Biolodjikalz B.V.
•108 ta dorixonada bor
Narxi
26 000 so'm dan
LAKTULOZA sirop 100ml 667mg/ml
Retseptsiz
LAKTULOZA sirop 100ml 667mg/ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•9 ta dorixonada bor
Narxi
18 000 so'm dan
PERISTALID sirop 200ml 667mg/ml
Retseptsiz
PERISTALID sirop 200ml 667mg/ml
Portugaliya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd., Gruziya proizvedeno: Laboratorios Basi Industria Farmaceutica, S.A.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
248 000 so'm dan

DYUFALAK sirop 1000ml 0,667/ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
188 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
188 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
188 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
188 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
188 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
188 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
188 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
188 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
188 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
188 900 so'm
Bron qilish

DYUFALAK sirop 1000ml 0,667/ml haqida savollar

DYUFALAK sirop 1000ml 0,667/ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil