Apteka.uz
SavatKirish

EMKOR tabletkalari 5mg N30

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gruziya
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Faol modda:Bisoprolol
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:GMP
ATX kodi:C07AB07
Barcha Emkor dorilari
124 ta dorixonada bor
Narxi 53 400 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

EMKOR tabletkalari 5mg N30 haqida qo'llanma

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Emkor 2,5 preparatining qobiq bilan qoplangan bir tabletkasi saqlaydi:

Faol modda: 2,5 mg bisoprolol fumarati.

Emkor 5 preparatining qobiq bilan qoplangan bir tabletkasi saqlaydi:

Faol modda: 5 mg bisoprolol fumarati.

Emkor 10 preparatining qobiq bilan qoplangan bir tabletkasi saqlaydi:

Faol modda: 10 mg bisoprolol fumarati.

Yordamchi moddalar: jelatinlangan kraxmal (Uni-pure DW-L), polivinilpirrolidon, jelatinlangan kraxmal (Uni-pure WG 220), mikrokristallik sellyuloza, kalsiy gidrofosfati, kremniy dioksidi, magniy stearati.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilganidan soʻng bisoprolol MIY dan yaxshi soʻriladi, biokirishaolishligi taxminan 90% ni tashkil qiladi va ovqat qabul qilishga bogʻliq emas. Smax 1-3 soatdan soʻng erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi taxminan 30% ni tashkil qiladi. Jigardan «birinchi oʻtish» samarasi biroz namoyon boʻladi. T1/2 10-12 soatni tashkil qiladi.

Farmakologik ta'siri

Ichki simpatomimetik faolligi va membranani barqarorlovchi xususiyatlari boʻlmagan selektiv beta1-adrenoblokator. Yurak qisqarishlar soni va kuchini (tinch holatda va yuklanishda) va yurakdan qon otilib chiqishini kamaytiradi, bunda zarb hajmi ahamiyatli kamaymaydi. AV-oʻtkazuvchanlikni susaytiradi, buyraklar tomonidan reninning sekretsiyasini pasaytiradi, miokardning kislorodga boʻlgan ehtiyojini kamaytiradi. Antiaritmik, gipotenziv va antianginal taʼsir koʻrsatadi.

Nojo'ya samaralari

Davolash kursining boshida markaziy nerv tizimini vaqtinchalik buzilishlari paydo boʻlishi mumkin: holsizlik, charchoqlik, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, uyquni buzilishi, ruhiyat tomonidan buzilishlar.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: ortostatik gipotenziya, bradikardiya, AV – oʻtkazuvchanlikni buzilishi, qoʻl-oyoqlarda sovuq his qilish va parasteziyalar, oʻzgarib turuvchi choʻloqlik va Reyno sindromidagi asosiy klinik simptomlarni ogʻirlashishi;

Tayanch-harakat tizimi tomonidan: alohida hollarda mushak kuchsizligi, mushaklarni tirishishi.

Koʻrish aʼzolari tomonidan: koʻz yoshi suyuqligi sekretsiyasini kamayishi, konyunktivit.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: alohida hollarda diareya, qabziyatlar, koʻngil aynashi, qorin ogʻriqlari.

Alohida hollarda: terini qichishishi va terini qizarishi, koʻp terlash, qandli diabeti boʻlgan bemorlarda glyukozaga tolerantlikni pasayishi, allergik reaksiyalar; psoriaz koʻrinishlarini kuchayishi, psoriazga oʻxshash toshmalarni paydo boʻlishi.

Moyilligi boʻlgan patsiyentlarda bronxial obstruksiya simptomlari paydo boʻlishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Yoʻldosh psoriazda, oilaviy anamnezda psoriyaga ishoralar boʻlganida, dekompensatsiya bosqichidagi qandli diabetda, allergik reaksiyalarga moyil patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi. Feoxromotsitomada bisoprololni faqat alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilgandan keyin qoʻllash mumkin.

Jarrohlik aralashuvi oldidan bisoprolol bilan davolanganlik toʻgʻrisida anesteziologni xabardor qilish lozim.

Davolash davrida alkogol isteʼmol qilishga yoʻl qoʻymaslik lozim.

Faoliyati diqqat-eʼtiborni jamlanishi va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligining zarurati bilan bogʻliq patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi.

Qo'llanilishi

- Arterial gipertenziya;

- yurak ishemik kasalligi (stenokardiya);

- surunkali yurak yetishmovchiligi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Kardiogen shok, II va III darajali AV-blokada, sinus tugunining kuchsizligi sindromi, sinoatrial blokada, bradikardiya (puls minutiga 50 zarbdan kam), arterial gipotenziya (SAB 90 mm sim. ust. dan past); bronxospazmga moyillik (bronxial astma va bronxoobsturktiv sindromli boshqa kasalliklar), periferik qon aylanishini ogʻir buzilishlari; MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish (MAO-V ingibitorlaridan tashqari), bisoprololga va boshqa beta-adrenoblokatorlarga yuqori sezuvchanlik. Surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda yurak yetishmovchiligi zoʻrayganida yoki inotrop preparatlarni vena ichiga yuborish talab etiladigan yurak yetishmovchiligining dekompensatsiyasi epizodlari vaqtida, shuningdek bradikardiyada (puls minutiga 60 ta zarbdan kam) va gipotenziyada (SAB 100 mm sim. ust. dan past) preparatni qabul qilish mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bisoprolol boshqa gipotenziv vositalarning, shuningdek gipotenziv taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan preparatlarning taʼsirini kuchaytirishi mumkin. Rezerpin, alfa-metildopa, klonidin, angishvonagul yoki guanfatsin bilan bir vaqtda qoʻllanganida, yaqqol bradikardiya boʻlishi mumkin. Bisoprololni qabul qilish fonida kalsiy kanallarining blokatorlari va aritmiyaga qarshi vositalarni vena ichiga buyurish mumkin emas. Ergotamin hosilalarini bir vaqtda qabul qilish, periferik qon aylanishini buzilishini kuchaytirishi mumkin. Insulin yoki boshqa gipoglikemik vositalar bir vaqtda qoʻllanganida ularning taʼsiri kuchayishi mumkin.

Dozirovkasi

Doza shaxsiy, davolashning samaradorligi va pulsning tez-tezligini hisobga olib tanlanadi.

Arterial gipertenziya va yurak ishemik kasalligi boʻlgan bemorlarga 2,5-10 mg sutkalik doza, sutkada 1-marta buyuriladi. Boshlangʻich doza 2,5 mg, sutkada 1-marta maksimal sutkalik doza – 10 mg sutkada 1-marta. Doza asta-sekin titrlash usuli bilan oshiriladi.

Jigar yoki buyraklar faoliyatini yengil yoki oʻrtacha buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda, shuningdek keksa bemorlarda odatda dozani tanlash talab etilmaydi.

Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda (soʻnggi 6 hafta davomida zoʻrayishsiz barqaror holatda boʻlgan) quyidagi dozalash tartibi tavsiya qilinadi: boshlangʻch doza 1,25 mg ni tashkil qiladi, birinchi hafta davomida sutkada 1-marta, qabul qilishni ikkinchi haftasi davomida sutkada 2,5 mg, uchinchi haftasi davomida – sutkada 3,75 mg, toʻrtinchi haftadan sakkizinchi haftasigacha - 5 mg, soʻngra doza 7,5 mg gacha oshiriladi, davolashning oʻn ikkinchi haftasidan soʻng 10 mg maksimal doza buyuriladi.

Shifokor shaxsiy oʻzlashtirilishiga qarab dozalash tartibini oʻzgartirishi mumkin.

Emkorni ertalab, och qoringa yoki nonushta vaqtida koʻp boʻlmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi.

Emkor preparati bilan davolashni birdan toʻxtatish mumkin emas, davolash kursini odatda, dozani asta-sekin kamaytirish bilan tugatish lozim. Barcha hollarda preparat bilan davolashning davomiyligini shifokor belgilaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Bradikardiya, arterial gipotenziya, yurak yetishmovchiligi, bronxospazm yoki yurak qisqarishlar sonini xavfli sekinlashishi bilan namoyon boʻladigan preparatning dozasini oshirib yuborishda davolash toʻxtatilishi kerak. Bunday hollarda meʼdani yuvishni oʻtkazish, faollashtirilgan koʻmir qabul qilish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlikda, laktatsiya davrida, shuningdek bolalarda qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Juda kamdan-kam hollarda homiladorlikda, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda bradikardiya, arterial gipotenziya, gipoglikemiya va nafasni susayishi mumkinligini nazarda tutib, tugʻruqni kutilayotgan muddatidan 72 soat oldin bisoprololni bekor qilish lozim.

Agarda bekor qilishni imkoni boʻlmasa, unda tugʻruqdan soʻng 72 soat davomida yangi tugʻilgan chaqaloqning holatini sinchiklab nazorat qilish lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. EMKOR tabletkalari 5mg N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

EMKOR tabletkalari 5mg N30 o'xshash dorilari

ENAP HL tabletkalari 10mg/12,5mg N20
Retseptli
ENAP HL tabletkalari 10mg/12,5mg N20
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
Narxi
37 000 so'm dan
PRESTOZEK KOMBI tabletkalari 4mg+10mg N30
Retseptli
PRESTOZEK KOMBI tabletkalari 4mg+10mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
Narxi
66 900 so'm dan
TIOTRIAZOLIN eritma 25 mg/ml 2 ml N10
Retseptli
TIOTRIAZOLIN eritma 25 mg/ml 2 ml N10
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
Galichfarm, PAO
Narxi
60 000 so'm dan
ARTAMAKSAN tabletkalari 50mg N30
Retseptli
ARTAMAKSAN tabletkalari 50mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•31 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan

Emkor boshqa chiqarish shakllari

EMKOR tabletkalari 2,5mg N30
Retseptli
EMKOR tabletkalari 2,5mg N30
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
•127 ta dorixonada bor
Narxi
34 400 so'm dan
EMKOR tabletkalari 10mg N30
Retseptli
EMKOR tabletkalari 10mg N30
Gruziya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
•121 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan

EMKOR tabletkalari 5mg N30 analoglari

BIDOP tabletkalari 2,5mg N28
Retseptli
BIDOP tabletkalari 2,5mg N28
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC
•16 ta dorixonada bor
Narxi
21 100 so'm dan
BIDOP tabletkalari 5mg N28
Retseptli
BIDOP tabletkalari 5mg N28
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC
•30 ta dorixonada bor
Narxi
24 000 so'm dan
BIDOP tabletkalari 10mg N28
Retseptli
BIDOP tabletkalari 10mg N28
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC
•96 ta dorixonada bor
Narxi
29 500 so'm dan
BISOPROL tabletkalari 2,5mg N30
Retseptli
BISOPROL tabletkalari 2,5mg N30
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•76 ta dorixonada bor
Narxi
3 300 so'm dan
BISOPROL tabletkalari 5mg N30
Retseptli
BISOPROL tabletkalari 5mg N30
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•123 ta dorixonada bor
Narxi
28 200 so'm dan
BISOPROL tabletkalari 10mg N30
Retseptli
BISOPROL tabletkalari 10mg N30
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•120 ta dorixonada bor
Narxi
43 400 so'm dan
BISOPROL tabletkalari 10mg N20
Retseptli
BISOPROL tabletkalari 10mg N20
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
53 400 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Arpimed
•107 ta dorixonada bor
Narxi
5 528 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•62 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•72 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
KONKOR tabletkalari 5mg N50
Retseptli
KONKOR tabletkalari 5mg N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merck KGaA
•133 ta dorixonada bor
Narxi
82 500 so'm dan
KONKOR tabletkalari 10mg N50
Retseptli
KONKOR tabletkalari 10mg N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merck KgaA
•73 ta dorixonada bor
Narxi
114 800 so'm dan

EMKOR tabletkalari 5mg N30 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
54 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
54 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
54 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
54 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
54 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
54 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
55 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
55 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
55 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
55 000 so'm
Bron qilish

EMKOR tabletkalari 5mg N30 haqida savollar

EMKOR tabletkalari 5mg N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil