Emkor
Emkor chiqarilish shakllari



Emkor haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Kardiogen shok, II va III darajali AV blokada, sinus tuguni zaifligi sindromi, sinoatrial blokada, bradikardiya (puls daqiqasiga 50 urishdan kam), arterial gipotenziya (SAB 90 mm sim.ust. dan kam); bronxospazmga moyillik (bronxial astma va bronxoobstruktiv sindromli boshqa kasalliklar), periferik qon aylanishining yaqqol buzilishlari; MAO ingibitorlarini (MAO-V ingibitorlaridan tashqari) bir vaqtda qabul qilish, bisoprololga va boshqa beta-adrenoblokatorlarga yuqori sezuvchanlik. Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatni yurak yetishmovchiligi zo‘rayishida yoki inotrop preparatlarni vena ichiga yuborish talab etiladigan yurak yetishmovchiligi dekompensatsiyasi epizodlari vaqtida; shuningdek bradikardiya (puls daqiqasiga 60 urishdan kam) va gipotenziyada (SAB 100 mm sim.ust. dan kam), homiladorlik va laktatsiya davrida, bolalar yoshida qabul qilmaslik kerak.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so'ng bisoprolol MITYdan yaxshi so'riladi. Biokiraolishligi taxminan 90% ni tashkil qiladi va ovqat qabul qilishga bog'liq emas. Сmax 1-3 soatdan keyin erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 30% ni tashkil qiladi. Jigar orqali «birinchi o'tish» samarasi biroz ifodalangan. Т1/2 10-12 soatni tashkil qiladi.
Farmakologik ta'siri
Ichki simpatomimetik faollik va membranani barqarorlashtiruvchi xususiyatlarga ega bo'lmagan selektiv beta1-adrenoblokator. Yurak qisqarishlari chastotasi va kuchini (tinch holatda va yuklamada) va yurak otishini kamaytiradi, bunda zarb hajmi sezilarli darajada kamaymaydi. AV o'tkazuvchanlikni susaytiradi, buyraklar tomonidan renin sekretsiyasini pasaytiradi, miokardning kislorodga bo'lgan ehtiyojini kamaytiradi. Antiaritmik, gipotenziv va antianginal ta'sir ko'rsatadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlikda, laktatsiya davrida, shuningdek bolalarda qoʻllash tavsiya etilmaydi.
Juda kamdan-kam hollarda homiladorlikda, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda bradikardiya, arterial gipotenziya, gipoglikemiya va nafasni susayishi mumkinligini nazarda tutib, tugʻruqni kutilayotgan muddatidan 72 soat oldin bisoprololni bekor qilish lozim.
Agarda bekor qilishni imkoni boʻlmasa, unda tugʻruqdan soʻng 72 soat davomida yangi tugʻilgan chaqaloqning holatini sinchiklab nazorat qilish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Bradikardiya, arterial gipotenziya, yurak yetishmovchiligi, bronxospazm yoki yurak qisqarishlar sonini xavfli sekinlashishi bilan namoyon boʻladigan preparatning dozasini oshirib yuborishda davolash toʻxtatilishi kerak. Bunday hollarda meʼdani yuvishni oʻtkazish, faollashtirilgan koʻmir qabul qilish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalari
Yo'ldosh psoriazda, oilaviy anamnezda psoriaz ko'rsatilgan bo'lsa, dekompensatsiya bosqichidagi qandli diabetda, allergik reaksiyalarga moyil bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi. Feoxromotsitomada bisoprololni qo'llash faqat alfa-adrenoblokatorlar qabul qilingandan keyin mumkin. Jarrohlik aralashuvidan oldin anesteziologni bisoprolol bilan davolash haqida xabardor qilish kerak. Davolash davrida alkogol iste'mol qilishga yo'l qo'ymaslik kerak. Faoliyati diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar yuqori tezligi zarurati bilan bog'liq bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi. Homiladorlik va laktatsiya. Homiladorlikda, laktatsiya davrida, shuningdek bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlikda qo'llashning alohida hollarida yangi tug'ilgan chaqaloqda bradikardiya, arterial gipotenziya, gipoglikemiya va nafas siqilishi ehtimoli tufayli bisoprololni kutilayotgan tug'ruq muddatidan 72 soat oldin bekor qilish kerak. Agar bekor qilishning iloji bo'lmasa, unda tug'ruqdan keyin 72 soat davomida yangi tug'ilgan chaqaloqning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur. Preparatni yaroqlilik muddati o'tgandan keyin qo'llamaslik kerak va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bisoprolol boshqa gipotenziv vositalar, shuningdek gipotenziv ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan preparatlar ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Rezerpin, alfa-metildopa, klonidin, angishvonagul yoki guanfatsin bilan bir vaqtda qo'llanilganda yaqqol bradikardiya bo'lishi mumkin. Bisoprolol qabul qilish fonida v/i kaltsiy kanallari blokatorlari va antiaritmik vositalarni tayinlash kerak emas. Ergotamin hosilalarini bir vaqtda qabul qilish periferik qon aylanishi buzilishlarini kuchaytirishi mumkin. Insulin yoki boshqa gipoglikemik vositalar bilan bir vaqtda qo'llanilganda ularning ta'siri kuchayishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Dozalash individual ravishda, davolash samaradorligi va puls chastotasini hisobga olgan holda tanlanadi. Arterial gipertenziya va yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarga sutkalik doza 2,5-10 mg dan sutkasiga 1 marta tayinlanadi. Boshlang‘ich doza sutkasiga 1 marta 2,5 mg ni, maksimal sutkalik doza - sutkasiga 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi. Doza titrlash usuli bilan asta-sekin oshiriladi. Yengil yoki o‘rta shakldagi jigar yoki buyrak funksiyasi buzilishlari bo‘lgan bemorlarda, shuningdek keksa bemorlarda dozalarni tanlash odatda talab qilinmaydi. Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda (so‘nggi 6 hafta davomida zo‘rayishsiz barqaror holatda) quyidagi dozalash rejimi tavsiya etiladi: boshlang‘ich doza birinchi hafta davomida sutkasiga bir marta 1,25 mg ni tashkil qiladi, qabul qilishning ikkinchi haftasida sutkasiga 2,5 mg, uchinchi haftada – sutkasiga 3,75 mg, to‘rtinchidan sakkizinchi haftagacha – 5 mg, keyin doza 7,5 mg gacha oshiriladi, davolashning o‘n ikkinchi haftasidan keyin maksimal doza – 10 mg tayinlanadi. Shifokor dozalash rejimini individual o‘zlashtira olish qobiliyatiga qarab to‘g‘rilashi mumkin. Emkorni ertalab och qoringa yoki nonushta vaqtida, oz miqdorda suyuqlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Emkor preparati bilan davolashni to‘satdan to‘xtatish mumkin emas, davolash kursi odatda dozani asta-sekin kamaytirish bilan sekin yakunlanishi kerak. Barcha hollarda davolash davomiyligini shifokor belgilaydi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
























