ENALAPRIL 0,02 tabletkalari N20

ENALAPRIL 0,02 tabletkalari N20 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so'ng preparatning 60% i so'riladi. Ovqat qabul qilish enalaprilning so'rilishiga ta'sir qilmaydi. Enalapril 50% gacha qon oqsillari bilan bog'lanadi. Enalapril jigarda tez metabolizmga uchrab, faol metabolit enalaprilat hosil qiladi, u enalaprilga qaraganda ancha faol AAF ingibitori hisoblanadi. Preparatning biokiraolishligi - 40%. Qon plazmasida enalaprilning maksimal kontsentratsiyasi 1 soatdan keyin, enalaprilatniki - 3-4 soatdan keyin erishiladi. Enalaprilat gistogematik to'siqlar orqali oson o'tadi, gematoensefalik to'siq bundan mustasno, oz miqdori yo'ldosh va ko'krak sutiga o'tadi.
Enalaprilatning yarim chiqarilish davri - taxminan 11 soat. Enalapril asosan buyraklar orqali - 60% (20% - enalapril ko'rinishida va 40% - enalaprilat ko'rinishida), ichak orqali - 33% (6% enalapril ko'rinishida va 27% - enalaprilat ko'rinishida) chiqariladi.
Gemodializ (tezlik - 62 ml/daq) va peritoneal dializda chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Enalapril umuman olganda yaxshi o'zlashtiriladi va ko'p hollarda preparatni bekor qilishni talab qiladigan nojo'ya reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AB haddan tashqari pasayishi, ortostatik kollaps, kamdan-kam hollarda - to'sh ortida og'riq, stenokardiya, miokard infarkti (odatda arterial qon bosimining yaqqol pasayishi bilan bog'liq), juda kam hollarda - aritmiyalar (bo'lmachalar bradi- yoki taxikardiyasi, bo'lmachalar hilpillashi), yurak urishi, o'pka arteriyasi tarmoqlarining tromboemboliyasi.
Asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, holsizlik, uyqusizlik, xavotir, ongning chalkashishi, charchoqning kuchayishi, uyquchanlik (2-3 %), juda kam hollarda yuqori dozalarda qo'llanilganda - asabiylik, depressiya, paresteziyalar.
Sezgi organlari tomonidan: vestibulyar apparat buzilishlari, eshitish va ko'rishning buzilishi, quloqlarda shovqin.
Ovqat hazm qilish trakti tomonidan: og'iz qurishi, anoreksiya, dispeptik buzilishlar (ko'ngil aynishi, diareya yoki qabziyat, qusish, qorin sohasida og'riqlar), ichak tutilishi, pankreatit, jigar faoliyati va o't ajralishining buzilishi, gepatit, sariqlik.
Nafas olish tizimi tomonidan: balg'amsiz quruq yo'tal, interstitsial pnevmonit, bronxospazm, hansirash, rinoreya, faringit.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, juda kam hollarda - disfoniya, polimorf eritema, eksfoliativ dermatit, Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, pemfigus, fotosensibilizatsiya, serozit, vaskulit, miozit, artralgiya, artrit, stomatit, glossit.
Laborator ko'rsatkichlar tomonidan: giperkreatinemiya, mochevina miqdorining oshishi, "jigar" fermentlari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya, giperkaliemiya, giponatriemiya. Ba'zi hollarda gematokritning pasayishi, eritrotsitlar cho'kish tezligining (ECHT) oshishi, trombotsitopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz (autoimmun kasalliklari bo'lgan bemorlarda), eozinofiliya qayd etiladi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak faoliyatining buzilishi, proteinuriya. Boshqalar: alopetsiya, libidoning pasayishi, qizib ketishlar.
Maxsus saqlash sharoitlari
Enalaprilni aylanib yuruvchi qon hajmi pasaygan bemorlarga (diuretiklar bilan terapiya natijasida, osh tuzi iste'moli cheklanganda, gemodializ o'tkazishda, diareya va qusishda) tayinlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak – AAF ingibitorining hatto boshlang'ich dozasi qo'llanilgandan keyin to'satdan va yaqqol AB pasayishi xavfi yuqori. Tranzitor arterial gipotenziya AB barqarorlashgandan keyin preparat bilan davolashni davom ettirish uchun qarshi ko'rsatma hisoblanmaydi. Qon bosimining takroriy yaqqol pasayishi hollarida dozani kamaytirish yoki preparatni bekor qilish kerak.
Yuqori o'tkazuvchanlik qobiliyatiga ega dializ membranalarini qo'llash anafilaktik reaksiya rivojlanishi xavfini oshiradi. Dializdan bo'sh kunlarda dozalash tartibini korreksiya qilish AB darajasiga qarab amalga oshirilishi kerak.
AAF ingibitorlari bilan davolashdan oldin va davolash vaqtida AB, qon ko'rsatkichlari (gemoglobin, kaliy, kreatinin, mochevina, «jigar» fermentlari faolligi), siydikdagi oqsilni davriy nazorat qilish zarur.
Og'ir yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi va miya tomirlari kasalliklari bo'lgan bemorlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak, ularda qon bosimining keskin pasayishi miokard infarkti, insult yoki buyrak funksiyasi buzilishiga olib kelishi mumkin.
Davolashni to'satdan bekor qilish «bekor qilish» sindromiga (AB keskin ko'tarilishi) olib kelmaydi.
Bachadon ichida AAF ingibitorlari ta'siriga uchragan yangi tug'ilgan chaqaloqlar va emizikli bolalar ustidan AAF ingibitorlari chaqirgan AB pasayishi oqibatida buyrak va miya qon oqimi kamayishi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yaqqol qon bosimi pasayishi, oliguriya, giperkaliemiya va nevrologik buzilishlarni o'z vaqtida aniqlash uchun sinchkovlik bilan kuzatish olib borish tavsiya etiladi. Oliguriyada tegishli suyuqliklar va tomir toraytiruvchi vositalarni yuborish yo'li bilan AB va buyrak perfuziyasini ushlab turish zarur. Buyrak yetishmovchiligi mavjud bo'lganda faol metabolitning chiqarilishi pasayishi mumkin, bu uning qon plazmasidagi konsentratsiyasi oshishiga olib keladi.
Bunday bemorlarga preparatning kichikroq dozalarini tayinlash talab qilinishi mumkin.
Arterial gipertenziyasi va buyrak arteriyalarining bir tomonlama yoki ikki tomonlama stenozi bo'lgan bemorlarda qon zardobida mochevina va kreatinin miqdori oshishi mumkin.
Bunday bemorlarda terapiyaning birinchi bir necha haftasi davomida buyrak funksiyasini nazorat qilish zarur. Preparat dozasini pasaytirish talab qilinishi mumkin.
Haddan tashqari arterial gipotenziyada ishemiya kuchayishi xavfi tufayli koronar va serebrovaskulyar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga enalapril tayinlashda xavf va potensial foyda nisbatini hisobga olish kerak.
Giperkaliemiya rivojlanishi xavfi tufayli preparatni qandli diabeti bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Anamnezida angionevrotik shish ko'rsatilgan bemorlarda enalapril bilan davolash fonida angionevrotik shish rivojlanish xavfi yuqori bo'lishi mumkin.
Yaqqol autoimmun kasalliklari, masalan, tizimli qizil yuguruk yoki sklerodermiyasi bo'lgan bemorlarda enalapril qabul qilish fonida neytropeniya yoki agranulotsitoz rivojlanish xavfi yuqori.
Yurak glikozidlari va/yoki diuretiklar olayotgan surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga enalaprilni terapiya uchun tayinlashda ehtiyotkorlik namoyon qilish tavsiya etiladi.
Qalqonsimon oldi bezlari funksiyalarini tekshirishdan oldin enalaprilni bekor qilish kerak. Alkogol preparatning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi.
Jarrohlik aralashuvidan (shu jumladan stomatologiya) oldin jarroh/anesteziologni AAF ingibitorlari qo'llanilayotgani haqida ogohlantirish zarur.
Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Davolash boshida, doza tanlash davri tugaguncha, avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish zarur, chunki bosh aylanishi mumkin, ayniqsa diuretik vositalarni qabul qilayotgan bemorlarda AAF ingibitorining boshlang'ich dozasidan keyin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Enalaprilga va boshqa AAF ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik, anamnezda AAF ingibitorlari bilan davolash bilan bog‘liq angionevrotik shish mavjudligi, shuningdek irsiy yoki idiopatik angionevrotik shish, porfiriya, homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
Ehtiyotkorlik bilan:
Birlamchi giperaldosteronizm, buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi, yagona buyrak arteriyasi stenozi, giperkaliemiya, buyrak transplantatsiyasidan keyingi holat; aortal stenoz, mitral stenoz (gemodinamika buzilishlari bilan), idiopatik gipertrofik subaortal stenoz, biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari, suyak ko‘migi qon yaratishining susayishi, giperkaliemiya, aylanib yuruvchi qon hajmining kamayishi bilan kechuvchi holatlarda (shu jumladan qusish, diareya), yurak ishemik kasalligi, serebrovaskulyar kasalliklar, qandli diabet, buyrak yetishmovchiligi (proteinuriya - 1 g/sutkadan ortiq), jigar yetishmovchiligi, tuz cheklangan parhezga rioya qilayotgan yoki gemodializda bo‘lgan bemorlarga, immunodepressantlar va saluretiklar bilan bir vaqtda qabul qilinganda, keksa odamlarda (65 yoshdan katta) qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya:
Preparat homiladorlikda va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik yuzaga kelganda preparatni qabul qilish darhol to‘xtatilishi kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparat nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYQV) bilan bir vaqtda tayinlanganda enalaprilning gipotenziv samarasi pasayishi mumkin; kaliy tejovchi diuretiklar (spironolakton, triamteren, amilorid) bilan - giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin; litiy tuzlari bilan - litiy chiqarilishining sekinlashishiga (qon plazmasida litiy kontsentratsiyasini nazorat qilish ko'rsatilgan).
Isitmani tushiruvchi va og'riq qoldiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish enalapril samaradorligini kamaytirishi mumkin.
Enalapril teofillin saqlovchi preparatlar ta'sirini susaytiradi.
Preparatning gipotenziv ta'sirini diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar, metildopa, nitratlar, "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari, gidralazin, prazozin kuchaytiradi. Immunodepressantlar, allopurinol, tsitostatiklar gematotoksiklikni kuchaytiradi.
Suyak ko'migi susayishini keltirib chiqaruvchi preparatlar neytropeniya va/yoki agranulotsitoz rivojlanish xavfini oshiradi.
Gipotenziv ta'sirni umumiy anesteziya uchun dori vositalari kuchaytiradi. Etanol ta'sirini kuchaytiradi.
Dozirovkasi
Arterial gipertenziya monoterapiyasida boshlang‘ich doza - sutkasiga bir marta 5 mg.
Klinik samara bo‘lmaganda 1-2 haftadan keyin doza 5 mg ga oshiriladi. Boshlang‘ich doza qabul qilingandan keyin bemorlar AB barqarorlashguncha 2 soat va qo‘shimcha 1 soat davomida tibbiy nazorat ostida bo‘lishlari kerak. Zarurat bo‘lganda va yetarlicha yaxshi o‘zlashtirilganda dozani 2 qabulda 40 mg/sut gacha oshirish mumkin. 2-3 haftadan keyin 1-2 qabulga bo‘lingan holda 10-40 mg/sut tutib turuvchi dozaga o‘tiladi. O‘rtacha arterial gipertenziyada o‘rtacha sutkalik doza taxminan 10 mg ni tashkil qiladi. Preparatning maksimal sutkalik dozasi 40 mg/sut ni tashkil qiladi.
Diuretiklarni bir vaqtda olayotgan bemorlarga tayinlanganda, diuretik bilan davolashni enalapril tayinlashdan 2-3 kun oldin to‘xtatish kerak. Agar buning iloji bo‘lmasa, unda preparatning boshlang‘ich dozasi 2,5 mg/sut ni tashkil qilishi kerak.
Giponatriemiyasi bo‘lgan (qon zardobidagi natriy ionlari konsentratsiyasi 130 mmol/l dan kam) yoki qon zardobidagi kreatinin konsentratsiyasi 0,14 mmol/l dan ortiq bo‘lgan bemorlarga boshlang‘ich doza - sutkasiga 1 marta 2,5 mg.
Renovaskulyar gipertenziyada boshlang‘ich doza - 2,5-5 mg/sutka ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza sutkasiga 20 mg ni tashkil qiladi.
Surunkali yurak yetishmovchiligida boshlang‘ich doza 2,5 mg bir marta, keyin doza har 3-4 kunda klinik reaksiyaga muvofiq maksimal o‘zlashtiriladigan dozalargacha AB kattaliklariga qarab, lekin 40 mg/sut dan oshmagan holda bir marta yoki 2 qabulda 2,5-5 mg ga oshiriladi. Past sistolik AB (110 mm sim.ust. dan kam) bo‘lgan bemorlarda terapiyani 1,25 mg/sut dozadan boshlash kerak. Dozani tanlash 2-4 hafta davomida yoki qisqaroq muddatlarda o‘tkazilishi kerak. O‘rtacha tutib turuvchi doza - 1-2 qabulda 5-20 mg/sut.
Keksa odamlarda ko‘pincha yaqqolroq gipotenziv ta’sir va preparat ta’sir vaqtining uzayishi kuzatiladi, bu enalaprilning chiqarilish tezligining pasayishi bilan bog‘liq, shuning uchun keksalarga tavsiya etilgan boshlang‘ich doza - 1,25 mg.
Surunkali buyrak yetishmovchiligida kumulyatsiya filtratsiya 10 ml/daq dan kamayganda yuzaga keladi. Kreatinin klirensi (KK) -80-30 ml/daq bo‘lganda doza odatda 5-10 mg/sut., KK 30-10 ml/daq bo‘lganda - 2,5-5 mg/sut., KK 10 ml/daq dan kam bo‘lganda - faqat dializ kunlarida 1,25-2,5 mg/sut. ni tashkil qiladi.
Davolash davomiyligi terapiya samaradorligiga bog‘liq. AB haddan tashqari pasayganda preparat dozasi asta-sekin kamaytiriladi.
Preparat monoterapiyada ham, boshqa antigipertenziv vositalar bilan birgalikda ham qo‘llaniladi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: AB ning yaqqol pasayishi, kollaps, miokard infarkti, miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi yoki tromboembolik asoratlar rivojlanishigacha; talvasalar, stupor.
Davolash: bemor boshi past qilingan holda gorizontal holatga o‘tkaziladi. Yengil hollarda oshqozonni yuvish va ichga tuzli eritma qabul qilish, og‘irroq hollarda - AB ni barqarorlashtirishga qaratilgan choralar: fiziologik eritma, plazma o‘rnini bosuvchilarni vena ichiga yuborish, zarurat bo‘lganda - angiotenzin II ni yuborish, gemodializ (enalaprilatning chiqarilish tezligi - 62 ml/daq).
ENALAPRIL 0,02 tabletkalari N20 o'xshash dorilari


ENALAPRIL 0,02 tabletkalari N20 xususiyatlari
Enalapril boshqa chiqarish shakllari
ENALAPRIL 0,02 tabletkalari N20 analoglari




























