ENALAPRIL GEKSAL 0,01 tabletkalari N20

ENALAPRIL GEKSAL 0,01 tabletkalari N20 o'xshash dorilari



ENALAPRIL GEKSAL 0,01 tabletkalari N20 qo'llanmasi
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan so'ng enalaprilning taxminan 60% i MITYdan so'riladi. Ovqat qabul qilish preparatning so'rilishiga ta'sir qilmaydi. Qon plazmasida enalaprilning Cmax siga 1 soatdan keyin, enalaprilatniki - 3-4 soatdan keyin erishiladi.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 50% dan kam.
Metabolizmi
Yaqqol farmakologik faollikka ega bo'lgan enalaprilat hosil qilib gidrolizga uchraydi.
Chiqarilishi
Qabul qilish boshlangandan 4 kun o'tgach T1/2 11 soatni tashkil qiladi. Asosan buyraklar orqali - 60% (20% - enalapril ko'rinishida va 40% - enalaprilat ko'rinishida), ichak orqali - 33% (6% - enalapril ko'rinishida va 27% - enalaprilat ko'rinishida) chiqariladi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: terapiya boshida kamdan-kam hollarda - arterial gipotenziya (shu jumladan ortostatik), bosh aylanishi, holsizlik, ko'rishning buzilishi; juda kam hollarda - to'sh ortida og'riq, stenokardiya, yurak urishi, o'pka arteriyasi tarmoqlarining tromboemboliyasi.
Nafas olish tizimi tomonidan: balg'amsiz quruq yo'tal, interstitsial pnevmonit, bronxospazm, hansirash, rinoreya, faringit.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og'iz qurishi, anoreksiya, dispeptik buzilishlar (ko'ngil aynishi, diareya yoki qabziyat, qusish, qorinda og'riqlar), ichak tutilishi, pankreatit, jigar faoliyati va o't ajralishining buzilishi, gepatit, sariqlik.
MNT va periferik asab tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - bosh og'rig'i, bosh aylanishi, holsizlik, charchoqning kuchayishi, uyquchanlik, ongning karaxtligi; juda kam hollarda (yuqori dozalarda qabul qilinganda) - depressiya, uyqu buzilishi, periferik nevropatiya va paresteziya, mushak tirishishlari, asabiylik, quloqlarda shovqin va ko'rishning xiralashishi. Ushbu buzilishlar vaqtinchalik xarakterga ega va preparat qabul qilish bekor qilingandan so'ng normallashadi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - buyrak faoliyatining buzilishi, proteinuriya.
Moddalar almashinuvi tomonidan: kamdan-kam hollarda - giperkaliemiya, giponatriemiya, ta'm bilish o'zgarishlari (reaksiyalar vaqtinchalik xarakterga ega va preparat qabul qilish bekor qilingandan so'ng normallashadi).
Reproduktiv tizim tomonidan: juda kam hollarda yuqori dozalarda qo'llanilganda - impotensiya.
Enalapril Geksalni AQH pasaygan bemorlarga (diuretiklar bilan terapiya natijasida, osh tuzi iste'moli cheklanganda, gemodializ o'tkazishda, diareya va qusishda) tayinlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak – AAF ingibitorining hatto boshlang'ich dozasi qo'llanilgandan keyin to'satdan va yaqqol AB pasayishi xavfi yuqori. Tranzitor arterial gipotenziya AB barqarorlashgandan keyin preparat bilan davolashni davom ettirish uchun qarshi ko'rsatma hisoblanmaydi. Qon bosimining takroriy pasayishi hollarida dozani kamaytirish yoki preparat qabul qilishni bekor qilish kerak.
Enalaprilni AN 69 poliakrilnitril membranalaridan foydalangan holda dializdagi bemorlarga tayinlash mumkin emas, chunki anafilaktik reaksiyalar rivojlanishi ehtimoli bor.
Preparat qabul qilishni boshlashdan oldin buyrak funksiyasini tekshirish kerak. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda bir martalik dozani kamaytirish yoki preparatni qabul qilish orasidagi intervallarni oshirish kerak.
Davolash boshlanishidan oldin va davolash vaqtida AB ni nazorat qilish va laborator parametrlar tahlilini o'tkazish kerak, ayniqsa tuzlar va/yoki suyuqlik yo'qotilganda, buyrak funksiyasi buzilganda, og'ir yoki renal gipertenziyada, yurak yetishmovchiligida va 65 yoshdan katta bemorlarda.
Diuretiklar bilan oldingi davolash holatida, xususan surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ortostatik gipotenziya rivojlanish xavfi ortadi, shuning uchun enalapril bilan davolashni boshlashdan oldin suyuqlik va tuzlar yo'qotilishini kompensatsiya qilish zarur.
Buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak stenozi bo'lgan ba'zi bemorlarda qonda mochevina va zardobda kreatinin miqdori oshishi kuzatilgan. O'zgarishlar qaytuvchan xarakterga ega bo'lgan va davolash to'xtatilgandan keyin ko'rsatkichlar normaga qaytgan.
Yuz, oyoq-qo'llar, lablar yoki halqumning angionevrotik shishi rivojlanganda bemor preparat qabul qilishni darhol to'xtatishi va shifokorga murojaat qilishi kerak.
Yo'tal paydo bo'lishi mumkin, u preparat qabul qilish to'xtatilgandan keyin to'xtaydi.
Davolashni to'satdan bekor qilish bekor qilish sindromiga (AB keskin ko'tarilishi) olib kelmaydi. Qalqonsimon oldi bezlari funksiyalarini tekshirishdan oldin preparatni bekor qilish kerak.
Jarrohlik aralashuvidan (shu jumladan stomatologiya) oldin jarroh/anesteziologni AAF ingibitorlari qo'llanilayotgani haqida ogohlantirish zarur.
Giperkaliemiya rivojlanishi xavfi tufayli preparatni qandli diabeti bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Enalapril bilan davolash natijasida bemorning yo'l harakatida faol ishtirok etish qobiliyatini buzishi mumkin bo'lgan individual reaksiyalar rivojlanishi mumkin, buni mashinalarga xizmat ko'rsatishda va yuqori diqqatni talab qiluvchi asboblar bilan ishlashda ham hisobga olish kerak. Ushbu reaksiyalar doza oshirilganda va alkogol qabul qilinganda kuchayadi.
— anamnezda angionevrotik shish, sh.j. AAF ingibitorlarini qabul qilish fonida;
— buyrak arteriyalarining stenozi (bir tomonlama yoki ikki tomonlama);
— buyrak kasalliklari;
— jigar kasalliklari;
— homiladorlik
— laktatsiya davri (emizish);
— 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
— boshqa AAF ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik.
Allopurinol bilan bir vaqtda qo'llanilganda qonda leykotsitlar sonining kamayishi, leykopeniya sodir bo'ladi.
Analgetiklar, NYQV (masalan, asetilsalitsil kislotasi, indometatsin) enalaprilning gipotenziv samarasini kamaytirishga qodir.
Diuretiklar va boshqa antigipertenziv vositalar bilan bir vaqtda qo'llanilganda enalaprilning gipotenziv samarasi kuchayishi sodir bo'ladi.
Anesteziya uchun vositalar va opioid retseptorlari agonistlari enalapril bilan bir vaqtda qo'llanilganda AB pasayishini kuchaytiradi.
Kaliy, kaliy tejovchi diuretiklar (ayniqsa spironolakton, amilorid, triamteren), shuningdek boshqa vositalar, masalan, geparin enalapril bilan bir vaqtda qo'llanilganda zardobda kaliy darajasining oshishiga yordam beradi.
Osh tuzi enalaprilning antigipertenziv ta'sirini kamaytiradi.
Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon zardobida litiy kontsentratsiyasining oshishi sodir bo'ladi (litiy miqdorini muntazam nazorat qilish zarur).
Sutkalik doza, odatda ertalab qabul qilinadi, lekin 2 qabulga - ertalab va kechqurunga bo‘lishi mumkin.
Arterial gipertenziyada boshlang‘ich doza ertalab 5 mg ni tashkil qiladi. Agar AB normallashmasa, unda sutkalik dozani 10 mg gacha oshirish mumkin. Dozani oshirish o‘rtasidagi interval kamida 3 haftani tashkil qilishi kerak. Tutib turuvchi doza odatda 10 mg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza - 40 mg (20 mg dan sutkasiga 2 marta).
Surunkali yurak yetishmovchiligida boshlang‘ich doza ertalab 2,5 mg ni tashkil qiladi. Dozani oshirish bemorning holatiga qarab asta-sekin amalga oshirilishi kerak. Tutib turuvchi doza odatda 5-10 mg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza - 20 mg.
Chap qorincha disfunksiyasida boshlang‘ich doza sutkasiga 2 marta 2,5 mg ni tashkil qiladi, dozani bemorning holatiga qarab to‘g‘rilash mumkin. O‘rtacha tutib turuvchi doza sutkasiga 2 marta 10 mg ni tashkil qiladi.
Buyrak funksiyasi o‘rtacha buzilgan bemorlar (KK 30-60 ml/daq) va 65 yoshdan oshgan bemorlar uchun boshlang‘ich doza ertalab 2,5 mg ni tashkil qiladi. Tutib turuvchi doza odatda sutkasiga 5-10 mg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza - 20 mg.
Buyrak funksiyasi yaqqol buzilgan (KK 30 ml/daq dan kam) va gemodializdagi bemorlar uchun boshlang‘ich doza sutkasiga 2,5 mg ni tashkil qiladi. Gemodializdagi bemorlar preparatni dializdan keyin qabul qilishlari kerak. Tutib turuvchi doza odatda sutkasiga 5 mg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza - 10 mg.
Preparatni monoterapiya sifatida yoki boshqa antigipertenziv vositalar, ayniqsa diuretiklar bilan kombinatsiyada qo‘llash mumkin. Diuretiklar bilan bir vaqtda qabul qilinganda gipotenziv ta’sir kuchayadi.Dozani oshirib yuborishAB ning yaqqol pasayishi, kollaps, miokard infarkti, miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi yoki tromboembolik asoratlar rivojlanishigacha, talvasalar, stupor
Xususiyatlar ENALAPRIL GEKSAL 0,01 tabletkalari N20
Enalapril boshqa chiqarish shakllari


ENALAPRIL GEKSAL 0,01 tabletkalari N20 analoglari



























