Apteka.uz
SavatKirish

FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Flukonazol
Ishlab chiqaruvchi:Barnaulskiy zavod medpreparatov,OOO
ATX kodi:J02AC01
Barcha Flukonazol dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N1 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so'ng flukonazol yaxshi so'riladi, ovqat qabul qilish flukonazolning so'rilish tezligiga ta'sir qilmaydi, uning biokiraolishligi - 90 %.

150 mg preparat och qoringa ichga qabul qilingandan so'ng maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti - 0,5-1,5 soat va 2,5-3,5 mg/l dozada vena ichiga yuborilganda plazmadagi kontsentratsiyaning 90 % ini tashkil qiladi. Flukonazolning yarim chiqarilish davri 30 soatni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 11-12 %. Plazmadagi kontsentratsiya dozaga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. 90 % muvozanatli kontsentratsiya darajasi preparat bilan davolashning 4-5-kuniga kelib erishiladi (sutkada 1 marta qabul qilinganda).

Odatdagi sutkalik dozadan 2 baravar yuqori bo'lgan "zarba" dozasini yuborish (birinchi kuni), ikkinchi kunga kelib 90 % muvozanatli kontsentratsiyaga mos keladigan kontsentratsiya darajasiga erishish imkonini beradi.

Flukonazol organizmning barcha biologik suyuqliklariga yaxshi kirib boradi. Faol moddaning ko'krak suti, bo'g'im suyuqligi, so'lak, balg'am va peritoneal suyuqlikdagi kontsentratsiyasi qon plazmasidagiga o'xshash. Vaginal secretdagi doimiy qiymatlar ichga qabul qilingandan 8 soat o'tgach erishiladi va bu darajada kamida 24 soat ushlab turiladi. Flukonazol orqa miya suyuqligiga (OMS) yaxshi kirib boradi, zamburug'li meningitda

asosan buyraklar orqali (80 % o'zgarmagan holda, 11 % OMS dagi kontsentratsiya uning plazmadagi darajasining taxminan 85 % ini tashkil qiladi. Ter suyuqligi, epidermis va shox qavatda (selektiv to'planish) zardobdagidan yuqori bo'lgan kontsentratsiyalar erishiladi. 150 mg ichga qabul qilingandan so'ng 7-kuni terining shox qavatidagi kontsentratsiya - 23,4 mkg/g, ikkinchi doza qabul qilingandan 1 hafta o'tgach esa - 7,1 mkg/g; haftada 1 marta 150 mg dozada 4 oy qo'llanilgandan so'ng tirnoqlardagi kontsentratsiya - sog'lom tirnoqlarda 4,05 mkg/g va shikastlanganlarida 1,8 mkg/g. Taqsimlanish hajmi organizmdagi suvning umumiy miqdoriga yaqinlashadi. Jigarda CYP2C9 izofermenti ingibitori hisoblanadi.

metabolitlar ko'rinishida) chiqariladi. Flukonazol klirensi kreatinin klirensiga (KK) mutanosibdir. Periferik qonda flukonazol metabolitlari aniqlanmagan. Flukonazol farmakokinetikasi buyraklarning funktsional holatiga sezilarli darajada bog'liq, bunda Yarim chiqarilish davri va kreatinin klirensi o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud. Gemodializdan so'ng 3 soat ichida plazmada flukonazol kontsentratsiyasi 50 % ga pasayadi.

Nojo'ya samaralari

Quyida keltirilgan noxush hodisalar anatomo-fiziologik tasnif va uchrash tezligiga bog'liq holda sanab o'tilgan. Uchrash tezligi quyidagicha aniqlanadi: tez-tez - 1 % dan ko'p; tez-tez emas - 0,1-1 %; kamdan-kam - 0,01-0,1 %; juda kamdan-kam - 0,01 % dan kam.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan, ishtaha pasayishi, ta'm bilishning o'zgarishi, ko'ngil aynishi, diareya, meteorizm, qorinda og'riq, qusish, abdominal og'riqlar, kamdan-kam - jigar funksiyasining buzilishi (sariqlik, gepatotsellyular nekroz, giperbilirubinemiya, alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (ACT) va ishqoriy fosfataza (IF) faolligining oshishi, gepatit, gepatonekroz), shu jumladan og'ir.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, o'ta toliqish, kamdan-kam - talvasalar.

Qon yaratish a'zolari tomonidan: kamdan-kam - leykopeniya, trombotsitopeniya (qon ketishlar, petexiyalar), neytropeniya, agranulotsitoz.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, kamdan-kam - ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaksiyalar (shu jumladan angionevrotik shish, yuz shishi, eshakemi, teri qichishishi).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: QT intervali

davomiyligining oshishi, qorinchalar hilpillashi/titrashi.

Boshqalar: kamdan-kam - buyrak funksiyasining buzilishi, alopesiya, giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, gipokaliemiya.

Maxsus saqlash sharoitlari

Davolashni klinik-gematologik remissiya paydo bo‘lguncha davom ettirish kerak. Davolashni muddatidan oldin to‘xtatish qaytalanishlarga olib keladi.

Kamdan-kam hollarda flukonazolni qo‘llash jigarning toksik o‘zgarishlari, shu jumladan o‘lim holati bilan kechgan, asosan jiddiy yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarda. Flukonazol bilan bog‘liq gepatotoksik samaralar holatida ularning umumiy sutkalik doza, terapiya davomiyligi, bemorning jinsi va yoshiga aniq bog‘liqligi qayd etilmagan. Flukonazolning gepatotoksik ta'siri odatda qaytuvchan bo‘lgan; uning belgilari terapiya to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qolgan. Flukonazol bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan jigar shikastlanishining klinik belgilari paydo bo‘lganda, preparatni bekor qilish kerak.

OITS bilan og‘rigan bemorlar ko‘pchilik preparatlarni qo‘llashda og‘ir teri reaksiyalari rivojlanishiga ko‘proq moyil bo‘ladilar. Yuzaki zamburug‘li infeksiyasi bo‘lgan bemorlarda toshma rivojlangan va u flukonazol bilan aniq bog‘liq deb baholangan hollarda preparatni bekor qilish kerak. Invaziv tizimli zamburug‘li infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda toshma paydo bo‘lganda, ularni sinchkovlik bilan kuzatish va bullyoz o‘zgarishlar yoki ko‘p shaklli eritema paydo bo‘lganda flukonazolni bekor qilish kerak.

Flukonazolni sizaprid, rifabutin yoki sitoxrom R450 tizimi orqali metabolizatsiyalanuvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatga yuqori sezuvchanlik (shu jumladan anamnezda boshqa azol zamburug‘ga qarshi dori vositalariga);

- terfenadinni (flukonazolni sutkada 400 mg va undan ortiq dozada doimiy qabul qilish fonida) yoki astemizolni, shuningdek QT intervalini uzaytiruvchi boshqa preparatlarni bir vaqtda qabul qilish;

- 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan:

Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, yuzaki zamburug‘li infeksiyasi bo‘lgan bemorlarda flukonazol qo‘llanilganda toshma paydo bo‘lishi, potensial gepatotoksik dori vositalarini, potensial invaziv/tizimli zamburug‘li infeksiyalari, bir vaqtda qabul qilish

ko‘plab xavf omillari (yurak organik kasalliklari, elektrolitlar muvozanatining buzilishi, aritmiya chaqiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish) bo‘lgan bemorlarda proaritmogen holatlar, homiladorlik.

Homiladorlik va laktatsiya:

Homiladorlarda preparatni qo‘llash - maqsadga muvofiq emas, og‘ir yoki hayotga xavf soluvchi zamburug‘li infeksiyalar shakllaridan tashqari, qachonki qo‘llashdan ona uchun potensial foyda homila uchun xavfdan sezilarli darajada ustun bo‘lsa.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Flukonazol varfarin bilan qo'llanilganda protrombin vaqti oshadi (o'rtacha 12% ga). Shu munosabat bilan preparatni kumarin antikoagulyantlari bilan birgalikda qabul qilayotgan bemorlarda protrombin vaqti ko'rsatkichlarini diqqat bilan kuzatish tavsiya etiladi.

Flukonazol sog'lom odamlarda peroral gipoglikemik vositalar - sulfonilmochil hosilalarining (xlorpropamid, glibenklamid, glipizid, tolbutamid) plazmadan yarim chiqarilish davrini uzaytiradi. Qandli diabeti bo'lgan bemorlarda Flukonazol va peroral gipoglikemik vositalarni birgalikda qo'llash joizdir, ammo shifokor gipoglikemiya rivojlanishi mumkinligini yodda tutishi kerak.

Flukonazol va fenitoinni bir vaqtda qo'llash plazmada fenitoin kontsentratsiyasining klinik ahamiyatli darajagacha oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ushbu preparatlarni birgalikda qo'llash zarurati tug'ilganda preparat kontsentratsiyasini terapevtik oraliq chegarasida ushlab turish maqsadida fenitoin dozasini to'g'irlash bilan uning kontsentratsiyasini monitoring qilish kerak. Rifampitsin bilan kombinatsiya "kontsentratsiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydonni (AUC) 25% ga va flukonazolning plazmadan yarim chiqarilish davrini 20% ga kamayishiga olib keladi. Shuning uchun bir vaqtda rifampitsin qabul qilayotgan bemorlarga flukonazol dozasini oshirish maqsadga muvofiqdir.

Flukonazol qabul qilayotgan bemorlarda qonda siklosporin kontsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi, chunki buyragi ko'chirib o'tkazilgan bemorlarda flukonazol va siklosporin qo'llanilganda flukonazolni 200 mg/sut dozada qabul qilish plazmada siklosporin kontsentratsiyasining sekin oshishiga olib keladi.

Yuqori dozalarda teofillin qabul qilayotgan yoki teofillin intoksikatsiyasi rivojlanish ehtimoli bo'lgan bemorlar teofillinning dozasini oshirib yuborish simptomlarini erta aniqlash maqsadida kuzatuv ostida bo'lishlari kerak, chunki flukonazol qabul qilish plazmadan teofillin klirensi o'rtacha tezligining pasayishiga olib keladi.

Flukonazol, terfenadin va sisaprid bir vaqtda qo'llanilganda yurak tomonidan nojo'ya reaktsiyalar, shu jumladan qorinchalar paroksizmal taxikardiyasi (torsades des points) holatlari tasvirlangan.

Flukonazol va gidroxlorotiazidni bir vaqtda qo'llash qon plazmasida flukonazol kontsentratsiyasining 40% ga oshishiga olib kelishi mumkin.

Flukonazol va rifabutinning o'zaro ta'siri haqida xabarlar mavjud bo'lib,

bu oxirgisining zardobdagi kontsentratsiyasining oshishi bilan kechgan. Flukonazol va rifambutin bir vaqtda qo'llanilganda uveit holatlari tasvirlangan. Bir vaqtda rifabutin va flukonazol olayotgan bemorlarni diqqat bilan kuzatish kerak.

Flukonazol va zidovudin kombinatsiyasini qabul qilayotgan bemorlarda zidovudin kontsentratsiyasining oshishi kuzatiladi, bu oxirgisining o'zining asosiy metabolitiga aylanishining pasayishi bilan chaqirilgan, shuning uchun zidovudinning nojo'ya ta'sirlari ko'payishini kutish kerak.

Midazolam kontsentratsiyasini oshiradi, shu munosabat bilan psixomotor samaralar rivojlanish xavfi ortadi (flukonazol tomir ichiga yuborilgandan ko'ra ichga qabul qilinganda ko'proq namoyon bo'ladi).

Takrolimus kontsentratsiyasini oshiradi, shu munosabat bilan nefrotoksik ta'sir xavfi ortadi.

Dozirovkasi

DozalashIchga.

Kattalar va 15 yoshdan katta bolalarga (tana vazni 50 kg dan ortiq), kriptokokkli meningit va boshqa lokalizatsiyadagi kriptokokkli infeksiyalarda birinchi kuni odatda 400 mg (50 mg dan 8 kapsula) tayinlanadi, so'ngra davolash 200 mg (50 mg dan 4 kapsula) - 400 mg (50 mg dan 8 kapsula) dozada sutkasiga 1 marta davom ettiriladi. Kriptokokkli infeksiyalarda davolash davomiyligi mikologik tekshiruv bilan tasdiqlangan klinik samaradorlikka bog'liq; kriptokokkli meningitda davolash kursi kamida 6-8 hafta bo'lishi kerak.

OITS bilan og'rigan bemorlarda kriptokokkli meningit qaytalanishini oldini olish uchun, birlamchi terapiyaning to'liq kursi tugagandan so'ng, flukonazol 200 mg (50 mg dan 4 kapsula) dozada sutkasiga uzoq vaqt davomida tayinlanadi.

Kandidemiya, tarqalgan kandidoz va boshqa invaziv kandidoz infeksiyalarida birinchi sutkada doza 400 mg (50 mg dan 8 kapsula) ni tashkil qiladi, keyin esa - 200 mg dan (50 mg dan 4 kapsula) sutkasiga. Klinik samaradorlik yetarli bo'lmaganda preparat dozasi 400 mg (50mg dan 8 kapsula) gacha sutkasiga oshirilishi mumkin. Terapiya davomiyligi preparatning klinik samaradorligiga bog'liq (tavsiya etilgan dozaning 100 %). KK 11 dan 50 ml/daq gacha bo'lganda tavsiya etilgan dozaning 50 % i yoki odatdagi doza 2 kunda 1 marta qo'llaniladi.

Muntazam dializda bo'lgan bemorlarga preparatning bitta dozasi har bir gemodializ seansidan keyin qo'llaniladi.Orofaringeal kandidozda preparat odatda 150 mg dan 1 marta/sut tayinlanadi, davolash davomiyligi - 7-14 kun. Zarurat bo'lganda, immuniteti yaqqol pasaygan bemorlarda davolash uzoqroq bo'lishi mumkin.OITS bilan og'rigan bemorlarda orofaringeal kandidoz qaytalanishini oldini olish uchun birlamchi terapiyaning to'liq kursi tugagandan so'ng - 150 mg dan haftasiga 1 marta.Kandidozning boshqa lokalizatsiyalarida (genitaldan tashqari), masalan ezofagit, noinvaziv bronxo-o'pka shikastlanishi, kandiduriya, teri va shilliq qavatlar kandidozi va h.k.larda, samarali doza odatda 150 mg/sut ni tashkil qiladi, davolash davomiyligi 14-30 kun.Xavfli o'smalari bo'lgan bemorlarda kandidozni oldini olish uchun flukonazolning tavsiya etilgan dozasi zamburug'li infeksiya rivojlanish xavfi darajasiga qarab 150-400 mg (50 mg dan 3-8 kapsula) sutkasiga 1 marta.Vaginal kandidozda flukonazol 150 mg dozada (150 mg dan 1 kapsula yoki 50 mg dan 3 kapsula) bir marta, ichga tayinlanadi.Vaginal kandidoz qaytalanishi chastotasini kamaytirish uchun -150 mg (150 mg dan 1 kapsula yoki 50 mg dan 3 kapsula) oyiga 1 marta 4-12 oy davomida, ba'zida tez-tez qo'llash talab qilinishi mumkin.Kandidoz balanitda - 150 mg(150 mg dan 1 kapsula yoki 50 mg dan 3 kapsula) sutkasiga 1 marta, bir marta.Teri infeksiyalari, shu jumladan oyoq panjalari, chov sohasi terisi mikozlari va kandidoz infeksiyalarida tavsiya etilgan doza 150 mg (150 mg dan 1 kapsula yoki 50 mg dan 3 kapsula) haftasiga 1 marta yoki 50 mg (50 mg dan 1 kapsula) sutkasiga 1 marta, dozalash rejimi klinik va mikologik samaraga bog'liq.Terapiya davomiyligi odatdagi hollarda 2-4 haftani tashkil qiladi, biroq oyoq panjalari mikozlarida uzoqroq terapiya talab qilinishi mumkin (6 haftagacha).Kepaksimon temiratkida - 300 mg(150 mg dan 2 kapsula yoki 50 mg dan 6 kapsula) haftasiga 1 marta 2 hafta davomida, ba'zi bemorlarga uchinchi doza 300 mg haftasiga talab qilinadi, holbuki qisman hollarda 300-400 mg bir martalik qabul qilish yetarli bo'ladi.Onixomikozda - 150 mg haftasiga 1 marta; davolash infeksiyalangan tirnoq almashguncha davom ettiriladi. Qo'l va oyoq barmoqlarida tirnoqlarning qayta o'sishi uchun odatda mos ravishda 3-6 oy va 6-12 oy talab qilinadi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: gallyutsinatsiyalar, paranoid xulq-atvor.

Davolash: simptomatik (oshqozonni yuvish, jadallashtirilgan diurez).

3 soat davom etadigan gemodializ plazmadagi konsentratsiyani taxminan 50 % ga kamaytiradi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N1 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N1 o'xshash dorilari

FLUASK kapsulalar  150 mg N 1
FLUASK kapsulalar 150 mg N 1
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•24 ta dorixonada bor
Narxi
9 300 so'm dan
FUZAR tabletkalari 150mg N1
Retseptli
FUZAR tabletkalari 150mg N1
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Pharmacia Limited
•28 ta dorixonada bor
Narxi
17 000 so'm dan
METAKANDID eritma 200mg/100 ml 100ml N1
Retseptli
METAKANDID eritma 200mg/100 ml 100ml N1
Hindiston
Vakil:
NUTRIMED
Ishlab chiqaruvchi:
M/S PEK PHARMA
•1 ta dorixonada bor
Narxi
38 000 so'm dan
TRINAZOL krem 15g
Retseptsiz
TRINAZOL krem 15g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
48 665 so'm dan

Flukonazol boshqa chiqarish shakllari

FLUKONAZOL kapsulalar  50mg N7
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•6 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
FLUKONAZOL kapsulalar  50 mg N10
FLUKONAZOL kapsulalar 50 mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar  N1
FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmproekt, AO
FLUKONAZOL KANON 0,05 kapsulalar  N7
FLUKONAZOL KANON 0,05 kapsulalar N7
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  150 mg N4
MR FLUKONAZOL kapsulalar 150 mg N4
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
FLUKONAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
FLUKONAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Temur Med Farm, OOO
•40 ta dorixonada bor
Narxi
7 000 so'm dan
FLUKONAZOL kapsulalar  100 mg N14
FLUKONAZOL kapsulalar 100 mg N14
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  150 mg N20
MR FLUKONAZOL kapsulalar 150 mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  50 mg N2
MR FLUKONAZOL kapsulalar 50 mg N2
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  150 mg N1
MR FLUKONAZOL kapsulalar 150 mg N1
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  50 mg N5
MR FLUKONAZOL kapsulalar 50 mg N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  100 mg N3
MR FLUKONAZOL kapsulalar 100 mg N3
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  150 mg N6
MR FLUKONAZOL kapsulalar 150 mg N6
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar  N2
FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N2
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Zdorove farm. kompaniya, OOO

FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N1 analoglari

DIFLAZON 0,15 kapsulalar  N1
DIFLAZON 0,15 kapsulalar N1
Sloveniya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d. Novo mesto AO/ Vektor-Medika, ZAO
MIKOSIST 0,15 kapsulalar  N4
MIKOSIST 0,15 kapsulalar N4
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter - Rus ZAO
MIKOSIST 0,15 kapsulalar  N1
MIKOSIST 0,15 kapsulalar N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter - Rus ZAO

FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N1 haqida savollar

FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil