×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MIKOSIST 0,15 kapsulalar N1

Kategoriya:
- Zamburug'ga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Флуконазол
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Гедеон Рихтер - Рус ЗАО
ATX kodi:
- J02AC01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N2 ОЗОН ФАРМ, ООО Rossiya
13 000 s`om dan
22 600 s`om dan
FLUKONAZ infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml Ист-Фарм OOО Rossiya Federatsiyasi
FLUKONAZOL tabletkalari 150mg N1 O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова O'zbekiston
4 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MIKOSIST 0,15 kapsulalar N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

DORI PREPARATINI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(MUTAXASSISLAR UCHUN)

 

  1. PREPARATNING NOMI

MIKOSIST® kapsulalar 50 mg

MIKOSIST® kapsulalar 100 mg

MIKOSIST® kapsulalar 150 mg

MYCOSYST®

XPN: flukonazol (fluconazole)

 

  1. SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI

Kapsulalar:

Ta‘sir etuvchi modda: flukonazol 50, 100 yoki 150 mg.

  1. DORI SHAKLI

Kapsulalar:

50 mg li kapsulalar:

№4 o‘lchamli (Coni-Snap) qattiq jelatin kapsulalar. Yuqori qismi: och-ko‘k rangli, tiniq emas (L 910). Pastki qismi: oq rangli, tiniq emas (L 500).

100 mg li kapsulalar:

№2 o‘lchamli (Coni-Snap) qattiq jelatin kapsulalar. Yuqori qismi: moviy rangli, tiniq emas (L 890). Pastki qismi: oq rangli, tiniq emas (L 500).

150 mg li kapsulalar:

№1 o‘lchamli (Coni-Snap) qattiq jelatin kapsulalar. Yuqori qismi: ko‘k rangli, tiniq emas (54.038). Pastki qismi: oq rangli, tiniq emas (L 500).

  1. KLINIK XUSUSIYATLARI
    • Qo‘llanilishi

Tizimli infeksiyalarni davolash:

Tizimli kandidoz: kandidemiya, tarqalgan kandidoz (endokard, qorin bo‘shlig‘i, nafas a‘zolari, ko‘rish a‘zosi, siydik-tanosil tizimi).

Nafas a‘zolari, teri qoplamalari va shilliq qavatlarning kriptokokkli infeksiyalari, kriptokokkli meningit.

Profilaktika:

OITS bo‘lgan bemorlar va boshqa etiologiyali immun tanqisligi holati bo‘lgan bemorlarda kriptokokkli infeksiyalar.

Sitostatiklar qabul qilayotgan yoki nur bilan davolanayotgan bemorlarda mikozlar, masalan, orofaringeal kandidoz.

Boshqa ko‘rsatmalar:

Kriptokokkozlar yoki kandidozni davolash, shu jumladan immunosupressiv, sitostatik davolash, a‘zolar transplantasiyasi yoki antibiotiklar bilan davolash natijasida immunitetni depressiya holatidagi bemorlarni davolash.

Shilliq qavatlar kandidozi: orofaringeal, ezofageal, noinvaziv bronxo-pulmonal, kandiduriya, teri va shilliq qavatlar kandidozi, og‘iz bo‘shlig‘ining surunkali atrofik kandidozi (tish protezi chaqirgan og‘iz bo‘shlig‘ini oqarishi).

Sirtga qo‘llash bilan davolash samarasizligida dermatofitlar tomonidan chaqirilgan kasalliklar, masalan, oyoq panjasi, silliq teri mikozlari.

Kepaklanuvchi temiratki va onixomikozlarni, shuningdek teri kandidozini davolash.

Normal immunitetli bemorlarda endemik mikozlar: koksidioidomikoz, parakoksidioidomikoz, sporotrixoz va gistoplazmoz.

O‘tkir va qaytalanuvchi (yiliga 3 va undan ko‘p epizodlar) vaginal kandidoz, kandidozli balanitni davolash va oldini olish.

Davolashni mikobiologik yoki laborator tekshirishlarning natijasini olguncha boshlash mumkin; keyinchalik olingan natijalarga muvofiq spesifik fungisid davolashni tanlash zarurati tug‘ilishi mumkin.

  • Qo‘llash usuli va dozalari

Flukonazolning sutkalik dozasi infeksiyaning turi va og‘irlik darajasiga bog‘liq. Davolashni simptomlar to‘liq bartaraf qilinguncha va laborator ko‘rsatkichlar normallashgunicha davom ettirish kerak. Davolash uchun 150 mg preparat yetarli bo‘ladigan o‘tkir qin kandidozi bundan mustasnodir. Davolashni muddatidan oldin to‘xtatish kasallikni qaytalanishiga olib keladi. Odatda, OITS bilan xastalangan bemorlarda kriptokokkli meningit va qaytalanuvchi orofaringeal kandidoz uzoq muddatli davolashni talab qiladi.

Kattalarga:

  • Kandidemiyada, tarqalgan yoki boshqa tizimli kandidozlarda boshlang‘ich doza birinchi kuni 400 mg, ikkinchi kundan boshlab kuniga 200-400 mg ni tashkil qiladi. Hayot uchun xavf soluvchi kandidozda sutkalik doza 800 mg ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi kasallikning klinik manzarasiga bog‘liq.
  • Kriptokokkli meningit va boshqa sohalarda joylashgan kriptokokk infeksiyalarda birinchi kuni 400 mg, so‘ngra kuniga bir marta 200-400 mg buyuriladi.
  • Cryptococcus neoformans tomonidan chaqirilgan hayotga xavf tug‘diruvchi infeksiyalarda sutkalik, bir martalik doza 800 mg ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi klinik samara va kulturani mikrobiologik ekish natijasiga bog‘liq, biroq kriptokokkli meningitda kamida 6-8 haftani tashkil qiladi.
  • OITS bo‘lgan bemorlarda kriptokokkli meningitni qaytalanishini oldini olish maqsadida davolash kursi tugaganidan keyin flukonazolni har kuni 200 mg dozada qabul qilishga o‘tish kerak, davolash uzoq muddatlidir.
  • Orofaringeal kandidozda odatdagi sutkalik doza 7-14 kun davomida 50-100 mg ni tashkil qiladi. Og‘ir darajali immuntanqisligi holatlarida preparatni uzoqroq muddatga buyurish mumkin.
  • Og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozida odatdagi doza mahalliy antiseptik davolash bilan bir vaqtda, 14 kun davomida 50 mg ni tashkil qiladi.
  • Boshqa sohalarda joylashgan shilliq qavatlarning kandidozida, masalan ezofgitda, noinvaziv bronxopulmonal infeksiyalar, kandiduriya, shilliq qavat va teri kandidozida (qin kandidozidan tashqari) odatdagi sutkalik doza 50-100 mg, davolash davomiyligi – 14-30 kunni tashkil qiladi.
  • OITS bilan xastalangan bemorlarda orofaringeal kandidozni oldini olish maqsadida davolash kursi tugaganidan keyin har haftada preparat 150 mg dan buyuriladi.
  • Immun supressiyasi holatlarida kandidozning profilaktikasi 50-400 mg dan kundalik dozada o‘tkaziladi. Tizimli infeksiyaning xavfi yuqori bo‘lganida, masalan, og‘ir darajali va uzoq muddatli neytropeniyada odatdagi doza 400 mg ni tashkil qiladi. Preparatni neytropeniyani paydo bo‘lish ehtimolidan bir necha kun oldin buyuriladi, so‘ngra esa, neytrofillar soni 1000/mm3 gacha oshganidan keyin flukonazol bilan davolashni yana bir hafta davom ettiriladi.
  • Dermatofitlar tomonidan chaqirilgan oyoq panjasi, tana va boldir mikozlarida, shuningdek teri kandidozida bir haftada bir marta 150 mg yoki har kuni 50 mg dan buyuriladi. Odatda davolash kursi 2-4 haftani tashkil qiladi, ammo, oyoq panjasi mikozini davolash uchun 6 hafta talab qilinishi mumkin.
  • Kepaklanuvchi temiratkini davolash uchun tavsiya qilingan sutkalik doza 2-4 hafta davomida 50 mg ni yoki 2 hafta davomida haftada bir marta 300 mg ni tashkil qiladi, uchinchi haftada 300 mg li qo‘shimcha bir martalik qo‘shimcha doza talab qilinishi mumkin. Ayrim hollarda 300-400 mg li bir martalik doza yetarli bo‘ladi.
  • Onixomikozlarni davolash uchun bir haftada bir marta 150 mg ni qabul qilish tavsiya qilinadi; davolashni tirnoqning shikastlangan qismi sog‘lom tirnoq bilan almashgunigacha davom ettirish kerak. Odatda buning uchun 3-6 oy talab qilinadi, katta barmoqning tirnoq plastinkasini o‘sishi uchun uzoqroq vaqt – 6-12 oy talab qilinadi. Tirnoq plastinkasini o‘sish tezligi yosh o‘tgan sari sekinlashadi.
  • Endemik mikozlarni (koksidioidomikoz, parakoksidioidomikoz, sporotrixozni) davolash kuniga 200-400 mg dan 1-2 yil davomida amalga oshiriladi.
  • Koksidioidomikozlarni davolash uchun doza shaxsiy ravishda tanlanadi, davolash kursi 1-2 yil davom etadi.
  • O‘tkir qin kandidozini davolash uchun 150 mg li bir martalik peroral doza (Mikosist kapsulalari 150 mg) buyuriladi.
  • Qaytalanuvchi qin kandidozida davolash kursini takrorlash kerak, ya‘ni keyingi 4-12 oy davomida 150 mg (Mikosist kapsulalari 150 mg) preparatni bir oyda bir marta qabul qilinadi.
  • Kandidozli balanitni davolash uchun 150 mg li bir martalik dozani (Mikosist kapsulalari 150 mg) ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Bolalarga:

Dozalash va davolash kursi kattalar kabi kasallikning klinik manzarasi va mikobiologik tadqiqotlar natijasiga qarab, shaxsiy ravishda tanlanadi. Odatda flukonazol kuniga bir marta qabul qilinadi. Bolalarga kattalar uchun maksimal ruxsat berilgan dozadan yuqori dozalarda buyurish mumkin emas.

  • Shilliq qavatlar kandidozida birinchi kuni tana vazniga 6 mg/kg, so‘ngra kuniga
    3 mg/kg dan buyuriladi.
  • Tizimli kandidozida yoki kriptokokkli infeksiyada, kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq holda kuniga 6-12 mg/kg talab qilinadi.

Profilaktikasi:

  • Immun tanqisligi holatlarida neytropeniyaning og‘irlik darajasiga bog‘liq holda kuniga 3-12 mg/kg buyuriladi.
  • Buyrak faoliyati buzilgan bolalar uchun redusiyalangan sutkalik dozasi kattalardagi kabi sxema bo‘yicha hisoblanadi (quyida qarang).

Keksa yoshli shaxslarga:

Buyrak faoliyati normal bo‘lganida odatdagi dozalar buyuriladi. Kreatinin klirensi <50 ml/min bo‘lgan buyrak faoliyatini susayishida dozalarni kamaytirish kerak (quyida qarang).

Buyrak faoliyatini susayishida (kattalar va bolalar):

Buyrak faoliyatini buzilishining darajasiga qarab, dozalar kamaytirilishi kerak. Bir kunlik davolash kursida (qin kandidozi hollarida) doza o‘zgartirilmaydi.

Qolgan hollarda davolashni to‘yintiruvchi dozadan, ya‘ni 50-400 mg preparatni ichga qabul qilish, so‘ngra kreatinin klirensiga qarab, dozani yoki qabul qilish tez-tezligini quyidagi sxema bo‘yicha hisoblanadi:

Kreatinin klirensi (ml/min) Dozalash
>50 Odatdagi doza, sutkada bir marta
<50 Odatdagi dozaning yarmi, sutkada bir marta
Muntazam dializda Har bir dializ seansidan keyin bitta odatdagi doza

 

Qo‘llash usuli

Kapsulani butunligicha, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan, ovqatdan oldin yoki keyin qabul qilish kerak. Kapsulalarni butunligicha yuta olmaydigan 5-6 yosh va undan kichik bolalarni davolash uchun kapsulalarni qo‘llab bo‘lmaydi.

4.3 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi modda yoki yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

Terfenadin, sisaprid yoki astemizolni qabul qilayotgan bemorlarda flukonazolni qo‘llash mumkin emas. Preparatni shuningdek pimozid yoki xinidin kabi, QT intervalni uzaytiruvchi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas (4.5-bandiga qarang).

4.4 Preparatni qo‘llashdagi maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari

Ayrim hollarda, og‘ir darajali asosiy kasallik mavjudligida flukonazolni qo‘llanganda og‘ir darajali, ayrim hollarda o‘limga olib keluvchi gepatotoksiklik kuzatilgan. Ammo qabul qilinayotgan preparatning dozasi, davolash davomiyligi, bemorning jinsi va yoshi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlab bo‘lmagan. Flukonazolning gepatotoksik samarasi odatda davolash kursi to‘xtailganida qaytuvchandir. Flukonazol bilan davolash kursi davomida jigarning funksional sinamalarini yomonlashishi kuzatilgan bemorlarni qat‘iy nazorat ostiga olish kerak. Agar davolash davom ettirilsa, davolashdan kutilayotgan foydani toksik jigar yetishmovchiligi xavfi bilan solishtirish kerak. Jigar kasalligi belgilari paydo bo‘lganida flukonazol bilan davolash kursini to‘xtatish kerak.

Ayrim azol hosilalarini qo‘llash QT intervalni uzayishiga olib kelgan. Flukonazolni qo‘llanganda ayrim hollarda “torsade de pointes” xurujlari qayd qilingan. Flukonazolni qo‘llash QT intervalni uzayishi bilan bog‘liq emasligiga qaramay, aritmiyalarga moyilligi bo‘lgan bemorlarda flukonazolni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak:

  • QT intervalni tug‘ma (kongenital) yoki qayd qilingan uzayishi,
  • kardiomiopatiya, ayniqsa yurak yetishmovchiligi bilan birga kechsa,
  • sinusli bradikardiya,
  • simptomatik aritmiya bo‘lganida,
  • QT intervalni uzayishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan va CYP3A4 fermenti tomonidan parchalanmaydigan preparatlar bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (4.5-bandiga qarang).

Flukonazol bilan davolashni boshlashdan oldin elektrolit disbalansni (gipokaliemiya, gipomagniemiya, gipokalsiemiya) muvozanatga keltirish kerak.

Flukonazol bilan davolash jarayonida – kam hollarda eksfoliativ teri reaksiyalari, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroz kuzatilgan.

Orttirilgan immun tanqisligi bo‘lgan bemorlarda ko‘pincha og‘ir darajali teri reaksiyalari uchraydi. Terining yuza zamburug‘li infeksiyasini davolash bilan bog‘liq toshma paydo bo‘lganida flukonazol bilan davolashni to‘xtatish kerak. Agar toshma invaziv yoki tizimli mikoz yuzasidan davolangan bemorda paydo bo‘lsa, bemorni qat‘iy ravishda kuzatish kerak, terini pufakchali shikastlanishi yoki turli shakldagi ekssudativ eritema paydo bo‘lganida esa, flukonazol bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Agar invaziv teri mikozidan davolangan bemorda, flukonazol bilan davolash jarayonida toshma paydo bo‘lsa, bemorni qat‘iy ravishda nazorat qilish, teri reaksiyalari og‘irlashganida esa, davolash kursini to‘xtatish kerak.

Juda kam hollarda anafilaktik reaksiyalar kuzatilgan (4.8-bandiga qarang).

Laktozani o‘zlashtiraolmaslik

Kapsulalar suvsiz laktoza saqlaydi, buni laktozani o‘zlashtira olmaslikda e‘tiborga olish kerak:

50 mg Mikosist kapsulalari: bitta kapsulada 49,5 mg,

100 mg Mikosist kapsulalari: bitta kapsulada 99,0 mg,

150 mg Mikosist kapsulalari: bitta kapsulada 148,5 mg laktoza saqlanadi.

Kam uchraydigan nasliy galaktozani o‘zlashtiraolmaslik yoki laktaza fermentini nasliy yo‘qligida (Lapp lactase deficiency), shuningdek glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lganida, kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam bo‘lganida preparatning dozasini muvofiq ravishda kamaytirish kerak (4.2-bandiga qarang).

Reproduktiv yoshdagi ayollarda uzoq muddatli davolashda homiladorlikdan saqlanish uchun ishonchli himoya usullaridan foydalanish kerak (4.6-bo‘limga qarang).

4.5 Dorilarning o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa turlari

Flukonazolni quyidagi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas:

– Sisaprid

Sisaprid va flukonazol bilan bir vaqtda davolangan bemorlarda kardial holatlar, shu jumladan “torsade de pointes” xurujlari kuzatilgan. Flukonazolni qabul qilgan shaxslarda sisapridni qo‘llash mumkin emas (4.3 bandiga qarang).

– Terfenadin (flukonazolni 400 mg dan ortiq dozada qo‘llanganda; CYP3A4 fermentining substrati)

Terfenadin va azol hosilalarini bir vaqtda qo‘llanganda QT intervalni uzayishi bilan kechadigan yurak ritmini og‘ir buzilishlari kuzatilganligi sababli, terfenadin va flukonazolni o‘zaro ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bir tadqiqotda flukonazolni 200 mg dozada qo‘llanganda, QT intervalni uzayishi isbotlanmagan. Boshqa tadqiqotda flukonazolni 400 va 800 mg dozada qo‘llanganda, flukonazol 400 mg va undan yuqori dozada qon plazmasida bir vaqtda qo‘llangan terfenadinning konsentrasiyasini ishonchli ravishda oshirishi isbotlangan. Terfenadinni flukonazolning 400 mg va undan yuqori dozalari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (4.3-bandiga qarang). Terfenadinni flukonazolning 400 mg dan kam bo‘lgan dozasi bilan bir vaqtda qo‘llanganda bemorni qat‘iy ravishda nazorat qilish kerak.

– Astemizol (CYP3A4 fermentining substrati)

Astemizol dozasini oshirib yuborish QT intervalni uzayishi, og‘ir darajali yurak aritmiyalari, shu jumladan “torsade de pointes” xurujlari yoki yurak to‘xtab qolishi bilan kechadi. Astemizolni flukonazol bilan bir vaqtda qo‘llash og‘ir darajali, ba‘zida o‘lim chaqiruvchi yurakka ta‘siri sababli bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

– Pimozid

In vitro yoki in vivo tadqiqotlari o‘tkazilmaganiga qaramay, flukonazol va pimozidni birga qabul qilinishi pimozidning metabolizmini ingibisiya qilinishiga olib kelishi mumkin. Qon plazmasida pimozidning konsentrasiyasini oshishi QT intervalini uzayishiga va kamdan-kam hollarda torsade de pointes ni rivojlanishiga kelishiga olib kelishi mumkin. Flukonazol va pimozidni birga qabul qilish mumkin emas (4.3 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).

Xinidin

In vitro yoki in vivo tadqiqotlari o‘tkazilmaganiga qaramay, flukonazol va xinidinni birga qabul qilinishi xinidinning metabolizmini ingibisiya qilinishiga olib kelishi mumkin. Xinidinni qo‘llanilishi QT intervalini uzayishi va kamdan-kam holatlarda torsade de pointes ni rivojlanishi bilan kechgan. Flukonazol va xinidinni birga qabul qilish mumkin emas (4.3 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).

– Eritromisin

Flukonazol va eritromisinni birga qabul qilish kardiotoksiklik xavfini (QT oralig‘ni uzayishi, torsade de pointes xuruji) oshishiga va oqibatda yurakni keskin to‘xtab qolishi oqibatidagi o‘limga olib kelishi mumkin. Flukonazol va eritromisinni birga qabul qilish mumkin emas (4.3 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).

 

Quyidagi preparatlar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi:

  • Galofantrin (CYP 3A4 fermentining substrati)

CYP 3A4 fermentini bloklovchi preparatlar galofantrinni parchalanishini bloklanishiga olib kelishi mumkin. Flukonazol va galofantrinni birga qo‘llanishi kardiotoksiklik xavfini (QT oralig‘i uzayishi, torsade de pointes xuruji) va muvofiq ravishda yurakni keskin to‘xtab qolishi oqibatidagi o‘lim xavfini oshirishi mumkin. Ushbu majmuani qo‘llashdan saqlanish lozim.

Flukonazolning metabolizmiga ta‘sir qiluvchi preparatlar

  • Gidroxlortiazid

Sog‘lom ko‘ngillilarda gidroxlortiazid flukonazolning konsentrasiyasini 40% ga oshirgan. Flukonazolni tiazidlar hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda bu samarasi haqida bilish kerak, ammo flukonazolning dozasi yoki qabul qilish tartibini o‘zgartirishga zarurat yo‘q.

Quyidagi preparatlarni birga qo‘llash ehtiyotkorlikni va dozalarga tuzatish kiritishni talab etadi:

Boshqa preparatlarni flukonazolga ta‘siri:

  • Rifampisin (CYP450 fermentining induktori)

Rifampisin bilan uzoq muddat davomida davolangan bemorlarda flukonazolni qo‘llanganda, flukonazolni so‘rilishining egri chizig‘i ostidagi maydon 25% ga kamaygan, yarim chiqarilish davri 20% ga pasaygan. Bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llanganda flukonazolning dozasini oshirish zarur bo‘lishi mumkin.

O‘zaro ta‘sirni o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlar, flukonazolni ovqat bilan, simetidin, antasidlar bilan birga qabul qilish yoki so‘yak ko‘migini ko‘chirib o‘tkazishdan oldin pasientlarni butun tanasini (total) nurlantirish ham flukonazolni so‘rilishiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmasligini ko‘rsatdi.

Flukonazolni boshqa preparatlarning metabolizmiga ta‘siri

Flukonazol sitoxrom R450 izofermenti CYP 2S9 ning ta‘siri sezilarli va CYP 3A4 ta‘sirini kamroq bloklaydi.

Sanab o‘tilgan interaksiyalardan tashqari, SYP 2S9 yoki SYP 3A4 fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa dori vositalarini (masalan, shoxkuya alkaloidlari, xinidin) flukonazol bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ularning qon plazmasidagi konsentrasiyasi oshishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun bu preparatlarni birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak va bemorlarni kuzatish lozim.

Flukonazolning fermentlarni ingibisiya qiluvchi ta‘siri flukonazolning uzoq muddatli yarim chiqarilish davri sababli, davolash to‘xtatilganidan keyin ham yana 4-5 kun kuzatilishi mumkin.

  • Alfentanil (SYP 3A4 fermentining substrati)

400 mg flukonazolni va 20 mk g/kg alfentanilni vena ichiga bir vaqtda yuborilganda, ehtimol, SYP 3A4 fermentini bloklanishi tufayli, alfentanilni so‘rilishining egri chizig‘i ostidagi maydoni 50% ga oshgan, klirensi esa 55% ga kamaygan. Ushbu ikki preparatni bir vaqtda qo‘llash zarurati tug‘ilganida, preparatlarning dozasini o‘zgartirish zarur bo‘lishi mumkin.

  • Amitriptilin, nortriptilin

Amitriptilinni flukonazol bilan birga qo‘llanganda, amitriptilin va nortriptilinning konsentrasiyasini oshishi va trisiklik antidepressantlarning toksikligini oshishi haqida bir qator xabarlar mavjud. Flukonazol va nortriptilinni (amitriptilinning faol metaboliti) bir vaqtda yuborilganda qon plazmasida nortriptilinning miqdorini oshishi kuzatilgan. Amitriptilinning toksiklik xavfi tufayli, qon plazmasida amitoriptilinning miqdorini nazorat qilish kerak va amitriptilinning dozasini o‘zgartirish zarur bo‘lishi mumkin.

  • Antikoagulyantlar(CYP 2C9 fermenti substrati)

Postregistrasion qo‘llash tajribasidan kelib chiqib, boshqa azol guruhi zamburug‘larga qarshi vositalar bilan bo‘lgani kabi, flukonazolni varfarin bilan bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda protrombin vaqtini uzayishi bilan kechuvchi gemorragiyalar (ko‘karish, burundan qon ketishi, gematuriya, melena) yuz bergani to‘g‘risida xabar berilgan. Flukonazol va varfarin birga buyurilganda, ehtimol varfarinning metabolizmini CYP 2C9 ishtirokida ingibisiya qilinishi oqibatida protrombin vaqti 2 marta uzayishi mumkin. Kumarin antikoagulyantlarini flukonazol bilan bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda protrombin vaqtini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Varfarinning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.

–     Benzodiazepinlar (qisqa vaqt ta‘sir qiluvchi) (SYP3A4 fermentining substrati), masalan, midazolam, triazolam. 7,5 mg midazolam va 400 mg flukonazol birga peroral qo‘llanganda, midazolamni so‘rilishining egri chizig‘i ostidagi maydonini va psixomotor ta‘sirini ahamiyatli darajada oshishi kuzatilgan. 100 mg flukonazol va 0,25 mg triazolamni birga qo‘llanishi, triazolamni so‘rilishining egri chizig‘i ostidagi maydonini va yarim chiqarilish davrini oshirgan. Triazolamni flukonazol bilan bir vaqtda qo‘llanganda, uni yaqqolroq va uzoqroq ta‘sir qilishi qayd qilingan.

Agar flukonazolni qabul qilgan bemorga benzodiazepinlarni qo‘llash zarurati tug‘ilsa, benzodiazepinning dozasini kamaytirish haqida o‘ylash va bemorni kuzatish kerak.

  • Kalsiy kanallarining blokatorlari (kalsiy antagonistlari) (SYP3A4 fermentining substrati)

Ayrim kalsiy antagonistlari, digidropiridin hosilalari (nifedipin, izrapidin, nikardipin, amlodipin va felodipin) SYP3A4 fermenti tomonidan metabolizmga uchraydi. Ilmiy adabiyotlarda itrakonazolni felodipin, izrapidin yoki nifedipin bilan birga qo‘llanganda periferik shishlar va kalsiy antagonistlarining konsentrasiyasini oshishi haqida xabar berilgan. Bu o‘zaro ta‘sir, shuningdek flukonazolni kalsiy antagonistlari bilan birga qo‘llanganda ham kuzatilishi mumkin.

  • Karbamazepin

Flukonazol karbamazepinning metabolizmini ingibisiya qiladi. Qon zardobida karbamazepinning konsentrasiyasini ~30% ga oshishi qayd etilgan. Karbamazepinning toksikligini rivojlanish xavfi mavjud. Konsentrasiya/samara darajalariga qarab, karbamazepinning dozasiga tuzatish kiritish zarurati tug‘ilishi mumkin.

  • Selekoksib (SYP 2S9 fermentining substrati)

Bir klinik sinovda, 200 mg selekoksib va 200 mg flukonazol birga qo‘llanganda, selekoksibning maksimal konsentrasiyasini 68% ga oshishi va egri chiziq ostidagi maydonini 134% ga oshishi kuzatilgan. Bu o‘zaro ta‘sir SYP 2S9 fermentining ta‘sirini bloklanishi va buning oqibatida selekoksibni parchalanishini kamayishi tufayli qayd etilgan. Bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llanganda selekoksibning dozasini 50% ga kamaytirish kerak.

  • Siklofosfamid

Siklofosfamid va flukonazol bilan majmuaviy davolash qon zardobida bilirubin va kreatinin miqdorini oshishiga olib keladi. Ushbu majmua, qon plazmasida bilirubin va kreatinin miqdorini oshishi bilan bog‘liq xavfni e‘tiborga olgan holda qo‘llanilishi mumkin.

  • Didanozin

Didanozin va flukonazolni birga qo‘llanishi, didanozinning farmakokinetikasi va samaradorligiga ta‘sir ko‘rsatmagan. Bunga qaramay, flukonazolning samaradorligini muntazam nazorat qilish maqsadga muvofiqdir. Agar didanozinni qo‘llashdan oldin, flukonazol bilan davolash kursi o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.

  • Fentanil

Fentanil va flukonazolning ehtimolli o‘zaro ta‘siri oqibatida bitta o‘lim holati qayd etilgan. Muallif, pasient fentanil keltirib chiqargan intoksikasiya oqibatida vafot etgan deb hisoblagan. Bundan tashqari, o‘n ikkita sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokidagi randomizasiya qilingan kesishgan tadqiqotda, flukonazol fentanilning eliminasiyasini sezilarli sekinlashtirishi namoyish etilgan. Fentanilning konsentrasiyasini oshishi nafasni susayishini chaqirishi mumkin.

  • GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (SYP2S9 yoki SYP3A4 fermentining substrati)

Flukonazolni SYP3A4 fermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan (masalan, simvastatin, atorvastatin) yoki SYP2S9 fermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan (fluvastatin) GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda, miopatiyaning xavfi ortadi. Fluvastatin va flukonazolning o‘zaro ta‘siri natijasida fluvastatinning konsentrasiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi maydon 200% ga oshishi mumkin. Flukonazol va GMG-KoA-reduktaza ingibitorlarini birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bunday hollarda GMG-KoA-reduktaza ingibitorlarining dozasini kamaytirish taklif etiladi. Miopatiya yoki skelet mushaklari nekrozi (rabdomioliz) belgilarini aniqlash uchun bemorlarni kuzatish kerak va qon plazmasida kreatinkinaza miqdorini muntazam nazorat qilish kerak. Kreatinkinaza miqdori ahamiyatli darajada oshsa yoki miopatiya yoki rabdomioliz belgilari qayd qilinsa, GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan davolashni to‘xtatish kerak.

  • Lozartan (SYP2S9 fermentining substrati)

Flukonazol lozartanni angiotenzin II reseptoriga antagonizm uchun yuqori darajada javob beruvchi faol metabolitiga aylanishini tormozlaydi. Lozartan flukonazol bilan birga qo‘llanganda, lozartanning konsentrasiyasi oshadi, faol metabolitining konsentrasiyasi pasayadi. Shuning uchun ushbu preparatlarni birga qo‘llanganda bemorni kuzatish va arterial bosimni muntazam nazorat qilish kerak.

  • Metadon

Flukonazol qon zardobida metadonning konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Metadonning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.

  • Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV)

Flukonazol bilan bir vaqtda buyurilganda flurbiprofenning Cmax va AUC ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda 23% va 81% ga oshgan. Farmokologik faol izomerning [S-(+)-ibuprofen] Cmax va AUC ko‘rsatkichlari xam, flukonazol rasemik ibuprofen
(400 mg) bilan bir vaqtda buyurilganda, xuddi shu tarzda muvofiq ravishda 15% va 82% ga oshgan.

Garchi maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan bo‘lsa-da, flukonazol CYP2C9 ishtirokida metabolizmga uchraydigan boshqa NYAQV (masalan, naproksen, lornoksikam, meloksikam, diklofenak) ning tizimli samaralarini oshirishi mumkin. NYAQV bilan bog‘liq nojo‘ya reaksiyalar va toksik ko‘rinishlarni sinchkov monitoringini o‘tkazish tavsiya qilinadi. NYAQV dozasiga tuzatish kiritish zarurati talab etilishi mumkin.

  • Peroral kontraseptiv vositalar

Sog‘lom ayollar tekshirilganda 50 mg flukonazol peroral majmuaviy kontraseptiv vositalarning ta‘sir qiluvchi moddalarining miqdoriga ta‘sir qilmagan.

200 mg flukonazol etinilestradiol va levonorgestrelning konsentrasiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi maydonni muvofiq ravishda 40 va 24% ga oshirgan. Bu tadqiqotlar asosida, flukonazolning takroriy dozalari peroral kontraseptiv vositalarning ta‘siriga ta‘sir qilmaganligi aniqlangan.

  • Fenitoin (SYP 2S fermentining substrati)

200 mg flukonazol va 250 mg fenitoinni birga vena ichiga yuborilganda, fenitoinning konsentrasiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi maydonini 75% ga, maksimal konsentrasiyasini esa, 128% ga oshishi kuzatilgan. Ushbu preparatlarni birga qo‘llash zarurati tug‘ilganida, fenitoinning miqdorini munatazam nazorat qilish va fenitoinning dozasini oshirib yuborishni oldini olish maqsadida dozasini pasaytirish kerak.

  • Prednizolon (SYP 3A4 fermentining substrati)

Buyragi ko‘chirib o‘tkazilgan, prednizolon qabul qilayotgan bir pasientda flukonazol bilan uch oylik davolash tugagach, Addison kasalligining xuruji qayd qilingan. Flukonazolni bekor qilish, ehtimol SYP 3A4 fermentining faolligini oshishini chaqirgan. Flukonazol va prednizolon bilan birga uzoq muddatli davolash kursi o‘tkazilayotgan bemorlarni, flukonazolni bekor qilinganda, buyrak usti bezi yetishmovchiligi belgilarini paydo bo‘lishi yuzasidan nazorat qilish kerak.

  • Rifabutin (SYP 3A4 fermentining substrati)

Flukonazol va rifabutinni birga qo‘llanganda, rifabutinning konsentrasiyasi oshadi. Rifabutin va flukonazolni birga qabul qilgan bemorlarda uveit qayd qilingan, shuning uchun bu bemorlarni qat‘iy nazorat qilish kerak.

–     Peroral antidiabetik vositalar, sulfonilmochevina hosilalari (SYP 2S fermentining substrati)

Flukonazol va sulfonilmochevina hosilalarini (xlorpropamid, glibenklamid, glipizid va tolbutamid) birga qo‘llanganda, sog‘lom ko‘ngillilarda yarim chiqarilish davrini uzayishi kuzatilgan. Bu preparatlarni birga qo‘llash mumkin, ammo gipoglikemiya bo‘lishi mumkinligini hisobga olish lozim.

  • Sakvinavir

SYR3A4 ga ta‘siri yordamida jigarda sakvinavirning metabolizmini ingibisiya qilinishi va R-glikoproteinni ingibisiya qilinishi oqibatida, flukonazol sakvinavirning AUC ko‘rsatikichini taxminan 50% ga, sakvinavirning Cmax taxminan 55% ga oshiradi va uning klirensini taxminan 50% ga pasaytiradi. Sakvinavirning dozasiga tuzatish kiritish zarur bo‘lishi mumkin.

  • Teofillin

O‘zaro ta‘sirni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan plasebo nazoratli tadqiqotlarda, 14 kun davomida sutkada 200 mg dozada qo‘llangan flukonazol teofillinning klirensini 18% ga pasaytirgan. Shuning uchun, teofillinning katta dozalarini flukonazol bilan birga qo‘llanganda bemorlarni sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak va teofillinning dozasini oshirib yuborilishi yoki toksikligi belgilari paydo bo‘lganida, uning dozasini pasaytirish kerak.

  • Tofasitinib

Tofasitinibning ta‘siri, uni bir vaqtda SYR3A4 ni o‘rtacha ingibisiya qiluvchi va SYR2S19 ni kuchli ingibisiya qiluvchi dori preparatlari (masalan, flukonazol) bilan birga qo‘llanganda oshadi. Tofasitinibning dozasiga tuzatish kiritish zarurati talab etilishi mumkin.

  • Trimetreksat

Flukonazol trimetreksatning metabolizmiga to‘sqinlik qiladi, bu qon plazmasida trimetreaksatning konsentrasiyasini oshishiga olib keladi. Ushbu preparatlarni birga qo‘llash zarurati bo‘lgan hollarda trimetreksatning miqdorini muntazam nazorat qilish va trimetreksatning toksikligi belgilarini aniqlash yuzasidan bemorni tekshirish kerak.

  • Bo‘rigul alkaloidlari

Mazkur aspekt o‘rganilmaganiga qaramay, flukonazol qon plazmasida bo‘rigul alkaloidlari (masalan, vinkristin va vinblastin) darajasini oshirishi va nefrotoksiklikni rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu, ehtimol SYR3A4 ga ingibisiya qiluvchi ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

  • A vitamini

Trans-retinoid kislotasi (A vitaminining kislotali shakli) va flukonazol bilan birga davolangan pasientda o‘rin tutgan holat to‘g‘risidagi bir hisobot qayd etilgan. Pasientda bosh miyaning soxta o‘smasi ko‘rinishidagi noxush ko‘rinishlar rivojlangan bo‘lib, u flukonazolni qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng yo‘qolgan. Preparatlarning mazkur majmuasini qo‘llash mumkin, ammo markaziy asab tizimi bilan bog‘liq nojo‘ya asoratlar yuz berishi mumkinligini unutmaslik kerak.

  • Vorikonazol (SYR2S9, SYR2S19 va SYRZA4 ingibitori)

Vorikonazol (400 mg ichiga har 12 soatda 1-kunda, keyin 200 har 12 soatda 2.5 kun davomida) va flukonazol (400 mg ichga 1-kunda, keyin 200 har 24 soatda 4 kun davomida) birgalikda qabul qilinishi, 6 nafar sog‘lom erkakda vorikonazolning Cmax va AUC ko‘rsatkichlarini o‘rtacha muvofiq ravishda 57% ga (90% II: 20%, 107%) va 79% (90% II: 40%, 128%) oshishiga olib kelgan. Keyinchalik 8 nafar sog‘lom erkakda o‘tkazilgan klinika tadqiqotida vorikonazol va flukonazol kamroq dozada /yoki kamroq tezlikda qabul qilinishi ushbu samarani bartaraf etilishiga yoki susayishiga olib kelmagan. Vorikonazol va flukonazolni istalgan dozalarda birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.

  • Zidovudin

Flukonazol peroral qabul qilingan zidovudinning klirensini taxminan 45% ga pasaytirishi oqibatida zidovudinning Cmax va AUC ko‘rsatkichlarini muvofiq ravishda 84% va 74% ga oshiradi. Flukonazol bilan birga buyurilganda zidovudinning yarim parchalanish davri taxminan 128% ga oshadi. Shunday qilib, bunday majmuani qabul qilayotgan pasientlar zidovudinga nisbatan nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanishi yuzasidan kuzatuv ostida bo‘lishlari lozim. Shuningdek zidovudinning dozasini pasaytirish talab etilishi mumkin.

  • Azitromisin

18 nafar sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan ochiq nazoratli uch yoqlama kesishgan tadqiqotda azitromisinni ichga 1200 mg dozada bir marta qabul qilinganda va flukonazolni 800 mg dozada bir marta qabul qilinganda, azitromisinning flukonazolning farmakokinetikasiga ta‘siri, shuningdek flukonazolning azitromisinning farmakokinetikasiga ta‘sirini baholash o‘tkazilgan. Azitromisin va flukonazol o‘rtasida ahamiyatga ega farmakokinetik ta‘sir aniqlanmagan.

Immunosupressantlar (siklosporin, everolimus, sirolimus va takrolimus):

  • Siklosporin (SYP3A4 fermentining substrati)

Bemorlarda suyak ko‘migi transplantasiyasidan keyin, 100 mg flukonazol qon plazmasidagi siklosporinning konsentrasiyasiga ta‘sir qilmagan. Buyraklar ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarda, 200 mg flukonazol qon plazmasidagi siklosporinning konsentrasiyasini oshirgan. Shuning uchun, flukonazol va siklosporinni birga qo‘llanganda, qon plazmasidagi siklosporinning miqdorini muntazam nazorat qilish maqsadga muvofiqdir.

  • Everolimus

In vivo va in vitro tadqiqotlari o‘tkazilmaganiga qaramay, flukonazol CYP3A4 ni ingibisiya qilib, qon plazmasida everolimusning konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

  • Sirolimus

Flukonazol sirolimusning metabolizmini taxminlarga ko‘ra CYP3A4 va P-glikoproteini orqali ingibisiya qilib, sirolimusning qon zardobidagi konsentrasiyasini oshiradi. Mazkur majmua samara/aniqlangan konsentrasiya qiymatiga qarab, sirolimusning dozasiga tuzatish kiritilgan holda qo‘llanilishi mumkin.

  • Takrolimus

Flukonazol peroral buyurilgan takrolimusning qon zardobidagi konsentrasiyasini, takrolimusning ichakdagi CYP3A4 ishtirokidagi metabolizmini ingibisiya qilishi oqibatida 5 martagacha oshirishi mumkin. Takrolimusni vena ichiga yuborilganda esa, uning farmakokinetikasida ahamiyatli o‘zgarishlar aniqlanmagan. Takrolimusning yuqori darajasi nefrotoksiklik bilan assosiasiyalangan. Peroral buyurilgan takrolimusning dozasi uning konsentrasiyasiga qarab pasaytirilishi lozim.

Farmakodinamik o‘zaro ta‘siri

QT intervalni uzayishini chaqiruvchi preparatlar: Ayrim hollarda flukonazol QT intervalni uzayishini, bu bilan yurakning og‘ir aritmiyalarini chaqirishi mumkinligi qayd qilingan. Shuning uchun, QT intervalni uzaytiruvchi preparatlar bilan flukonazolni birga qabul qilayotgan bemorlarni qat‘iy ravishda nazorat qilish kerak, chunki additiv ta‘sirini inkor etish mumkin emas.

Amfoterisin B:

Normal va immunosupresiyaga uchragan infeksiyalangan sichqonlarga flukonazol va amfoterisin B ni bir vaqtda buyurilishi quyidagi natijalar ko‘rsatgan:

  1. albicans ga nisbatan kuchsiz additiv zamburug‘larga qarshi samara, Cryptococcus neoformans intrakranial infeksiyasiga nisbatan o‘zaro ta‘sirni mavjud emasligi, A. fumigatus tizimli infeksiyasiga nisbatan ikkita preparatning antagonizmi aniqlangan. Olingan natijalarning klinika ahamiyati ma‘lum emas.

O‘zaro ta‘sirni o‘rganish bo‘yicha yuqorida sanab o‘tilgan tadqiqotlardan boshqa tadqiqotlar o‘tkazilmagan, ammo davolovchi shifokor yuz berishi mumkin interaksiyalar haqida o‘ylab ko‘rishi kerak.

4.6 Homiladorlik va emizish

Homiladorlik

Hozirgi vaqtda homiladorlik vaqtida flukonazolni qabul qilish bo‘yicha ma‘lumotlar cheklangan, qat‘iy nazoratlangan tadqiqotlar esa o‘tkazilmagan.

Homiladorlikning birinchi uch oyi davomida yoki undan ko‘proq vaqt koksidioidomikozni davolash uchun flukonazolning katta dozalarini (sutkada 400-
800 mg) qabul qilgan onadan tug‘ilgan bolalar ko‘plab tug‘ma nuqsonlardan aziyat chekkan. Biroq rivojlanish nuqsonlari va flukonazolni qabul qilish orasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlanmagan.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda faqat ona uchun zaharli ta‘sir ko‘rsatgan dozalargina homila uchun toksik bo‘lgan.

Shunga qaramay, homilador ayollarga faqat hayot uchun xavf soluvchi zamburug‘li infeksiyalar bo‘lgan hollarda va terapevtik samarasi homilaga salbiy ta‘siridan saqlanishga qaranganda ancha muhimroq deb baholangan hollardagina flukonazolni buyurish mumkin.

Emizish

Flukonazol qonga qanday konsentrasiyada kirgan bo‘lsa, ona sutiga shunday konsentrasiyada kiradi, shuning uchun davolash davrida emizish mumkin emas.

4.7 Avtomobilni va ishlovchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning ta‘siri

Tajriba ishlovchi mexanizmlar va avtomobilni boshqarish uchun zarur qobiliyatga flukonazol bilan davolash ta‘sir qilmasligini taxmin qiladi.

4.8 Nojo‘ya ta‘siri

a) Bemorlar odatda flukonazol bilan davolashni yaxshi o‘zlashtiradi.

b) 4,408 hafta yoki bir necha kun davom etgan klinik tadqiqotlarda flukonazol bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi nojo‘ya samaralar haqida xabar berilgan:

A‘zolar tizimi Tez

>1/100 – <1/10

Tez emas

>1/1000 – <1/100

Kam hollarda

>1/10000 – <1/1000

Juda kam hollarda

<1/10000

Qon yaratish va lim-fatik tizimining kasalliklari va belgilari   Anemiya, eozinofiliya    
Immun tizimi kasalliklari va belgilari

 

    Anafilaktik reaksiya  
Moddalar almashi-nuvi tomonidan belgilar va alimentar sindromlar     Anoreksiya  
Ruhiy buzilishlar     Uyqusizlik  
Nerv tizimi kasalliklari va belgilari Bosh og‘rig‘i Ta‘m bilishni buzilishi, bosh aylanishi, his qilishini pasayishi, his qilishni buzilishi, tirishishlar, tremor, uyquchanlik    
Eshitish a‘zosi va vestibulyar tizimi-ning kasalliklari va belgilari   Bosh aylanishi    
Ovqat hazm qilish tizimining kasalliklari va belgilari Ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya Qabziyat, og‘izni qurishi, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, to‘lganlik hissi (qorinni dam bo‘lishi)    
Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari va belgilari   Xolestaz, jigar-ning funksio-nal buzilish-lari, sariqlik, gepatit    
Teri va teri osti kletchatkasi kasalliklari va belgilari Toshmalar Qichishish, gipergidroz Eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi  
Tayanch-harakat tizimi va birik-tiruvchi to‘qima kasalliklari va belgilari   Mushaklarda og‘riq    
Umumiy belgilar, mahalliy reaksiyalar   Toliqish, kayfiyatni buzilishi, holsizlik, tana haroratini oshishi    
Laborator tekshiruvlarning natijalari Jigar fermentlari faolligini oshishi (ALAT, ASAT, ishqoriy fosfotaza) Bilirubin miqdorini oshishi    

v) OITS bo‘lgan bemorlarda boshqa bemorlarga nisbatan nojo‘ya samaralar ko‘proq (21%) uchrayda, ammo nojo‘ya samaralarning xarakteri o‘xshash bo‘ladi.

Flukonazolni muomalaga kiritilganidan keyin quyidagi nojo‘ya samaralar qayd qilingan:

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari: angionevrotik shish, yuzni shishi.

Qon yaratuvchi va limfatik tizimi kasalliklari va belgilari: leykopeniya (shu jumladan neytropeniya va agranulositoz) va trombositopeniya.

Ovqat hazm qilish tizimi va moddalar almashinuvi kasalliklari va belgilari: giperxolesterinemiya, gipertrigliseridemiya, gipokaliemiya.

Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari va belgilari: gepatit, jigarni shikastlanishi.

Teri va teri osti kletchatkasi kasalliklari va belgilari: alopesiya, toksik epidermal nekroliz.

4.9 Dozani oshirib yuborilishi

Flukonazolning dozasini oshirib yuborilishi haqida bir necha xabarlar mavjud, masalan: OITS bilan xastalangan 42 yoshli erkak, xabarlarga qaraganda 8200 mg flukonazol qabul qilgan, bundan so‘ng gallyusinasilar qayd qilingan, hulqi paranoid bo‘lib qolgan. Shifoxonaga keltirilganidan keyin 48 soat davomida ahvoli normallashgan.

Dozani oshirib yuborilgan hollarda simptomatik davolash va me‘dani yuvish talab qilinadi.

Jadallashtirilgan diurez buyraklar orqali eliminasiyasi darajasini oshiradi; uch soatlik gemodializ plazmadagi konsentrasiyasini 50% ga pasaytiradi.

  1. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

5.1 Farmakodinamik xususiyatlari

Farmakoterepevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vosita, triazol hosilalari. ATX kodi: J02A S01

Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha flukonazol triazollarga mansub va tizimli ta‘sirga ega zamburug‘larga qarshi preparat hisoblanadi. Unga sezuvchan bo‘lgan zamburug‘larda flukonazol R450-bog‘liq enzimlarni bloklaydi, bu zamburug‘larning xujayraviy membranalarida ergosterol sintezini buzilishiga olib keladi.

Keng ta‘sir doirasiga ega zamburug‘larga qarshi vosita bo‘lib, flukonazol Candida va Cryptococcus neoformans chaqirgan tizimli infeksiyalarga samarali. Gematoensefalik to‘siq orqali kirib, bosh miya ichki infeksiyalarini samarali davolashni ta‘minlaydi.

Bundan tashqari, Histoplasma capsulatum, Blastomyces dermatitidis, Coccidioides immitis (shu jumladan intrakranial infeksiyalarda ham), shuningdek Microsporum va Trichophyton shtammlari chaqirgan infeksiyalarda samarali.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda flukonazol Blastomyces dermatitidis, Coccidioides immitis, shu jumladan intrakranial infeksiyalarda ham, shuningdek normal va immuniteti susaygan hayvonlarda Histoplasma capsulatum chaqirgan endemik infeksiyalarni davolashda samarali bo‘lgan.

Candida krusei flukonazolga nisbatan rezistent hisoblanadi. Candida glabrata flukonazolga nisbatan birlamchi rezistent hisoblanadi.

Flukonazol uchun zamburug‘larning R450 sitoxromi bilan spesifik o‘zaro ta‘sir xarakterlidir, shuning uchun flukonazolning 50 mg li sutkalik dozasi erkaklarda testosteronning konsentrasiyasiga va tug‘ruq yoshidagi ayollarda steroidlar konsentrasiyasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

5.2 Farmakokinetik xususiyatlari

Ichga qabul qilinganida va vena ichiga yuborilganida flukonazol o‘xshash farmakokinetikaga ega. Ichga qabul qilinganidan keyin yaxshi so‘riladi, bunda sog‘lom ko‘ngillilarda biokiraolishliligi vena ichiga yuborilgan konsentrasiyasining 90% ni tashkil qiladi yoki undan oshadi.

Ichga qabul qilinganidan keyin 1-2 soatdan so‘ng qonda maksimal darajaga yetadi, yarim chiqarilish davri 30 soatni tashkil qiladi, buyrak yetishmovchiligida uzayadi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish preparatni so‘rilishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. 90% li muvozanatli to‘yinish holatiga 4-5 bir martalik dozani qabul qilingandan keyin erishiladi. Odatdagi dozanining ikki barobarini qabul qilish hollarida qondagi konsentrasiyasi 90% li muvozanatli to‘yinish holatiga ikkinchi kuniyoq erishiladi.

Flukonazolning 11-12% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Flukonazol biologik suyuqliklarga oson kiradi. Zamburug‘li meningitda orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi qonda konsentrasiyasining 80% ni tashkil qiladi. Sog‘lom ko‘ngillilarning so‘lagi, balg‘ami va plazmasida flukonazolning konsentrasiyasi bir xil. Terining hamma qavatlaridagi konsentrasiyasi qondagi konsentrasiyasidan yuqori. 50 mg dozani har kuni qabul qilish jarayonida 12 kundan keyin muguz qavatda flukonazolning miqdori 73 mkg/g ni tashkil qiladi, davolash tugaganidan keyin 7 kun o‘tgach esa -5,8 mkg/g ni tashkil qiladi. 150 mg preparatni har kuni qabul qilishdan iborat ikki haftalik davolash kursidan keyin muguz qavatda flukonazolning konsentrasiyasi 23,4 mkg/g ni, yana 7 kundan keyin – 7,1 mkg/g ni tashkil qiladi.

Tirnoqlarni zamburug‘li shikastlanishlarida 150 mg dozani har kuni qabul qilish bilan 4-oylik davolash kursi tugaganidan keyin flukonazolning ko‘ngillilarning sog‘lom tirnoqlaridagi konsentrasiyasi 4,05 mkg/g ni, ayni paytda shikastlangan tirnoqlarda – 1,8 mkg/g ni tashkil qiladi. Tirnoq plastinkalarida davolash tugaganidan keyin 6 oy o‘tgach ham flukonazol borligini aniqlash mumkin.

Flukonazol organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi, bunda siydikda preparatning 80% o‘zgarmagan holatda va 11% metabolitlar ko‘rinishida aniqlanadi.

Uzoq muddatli yarim chiqarilish davri tufayli, preparatni bir marta qabul qilish qin kandidozini sanasiyasini ta‘minlaydi, ayrim boshqa zamburug‘li shikastlanishlarida flukonazolni haftasiga bir marta qabul qilish yetarli bo‘ladi.

5.3. Xavfsizligi bo‘yicha klinik oldi tadqiqotlar natijalari

Toksiklik

Sichqon va kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqodlar flukonazolning past o‘tkir toksikligini ko‘rsatdi. Uch turdagi hayvonlarda (sichqon, kalamush va itlarda) tana vazniga 5-30 mg/kg ga teng peroral doza va 2,5-10 mg/g ga teng vena ichiga dozani qo‘llash bilan o‘tkazilgan nim surunkali va surunkali toksiligini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda gistopatologik o‘zgarishlarga ko‘ra toksik ta‘sirga uchraydigan yagona a‘zo jigar ekanligi aniqlangan. Bu holat preparatning zamburug‘larda ergosterol sintezi bilan bog‘liq R450 sitoxrom izoenzimlariga farmakologik ta‘siri bilan tushuntiriladi. Sitoxrom bilan bo‘lgan bu o‘zaro ta‘sir sut emizuvchilarning organizmida xam o‘rin tutadi, lekin kamroq darajada namoyon bo‘ladi.

Kanserogenlik

Tana vazniga 2,5 mg, 5 mg va 10 mg 1 kg ga teng peroral dozalarni kanserogenlik bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda flukonazolning kanserogen xususiyatlarini ko‘rsatuvchi o‘zgarishlar sichqon va kalamushlarda aniqlanmagan, ayni vaqtda 5 mg/kg va 10 mg/kg dozalarni qabul qilgan erkak kalamushlarda jigar-xujayrali adenomalarning soni ortgan.

Mutagenlik

Flukonazolning genotoksik xususiyatlari mutagenlikka o‘tkazilgan hech qanday sinamalarda (AMES-sinama, sichqon limfositlarida sinama, kemiruvchilarning suyak ko‘migi limfositlari mikronukleuslariga sinama va odam limfositlari mutagenligi) aniqlanmagan.

Fertillikni pasayishi

5 mg, 10 mg va 20 mg/kg ga teng peroral dozani qo‘llash bilan kalamush va quyonlarda o‘tkazilgan reproduktivlikni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda preparatning toksik xususiyatlari aniqlanmagan. Flukonazol erkak va urg‘ochi hayvonlarga, homiladorlikning davomiyligiga, tug‘ruqni kechishi, tana vazni, yashab qolish foizi va avlodlarni rivojlanishiga ta‘sir qilmagan.

  1. FARMASEVTIK MA‘LUMOTLAR

6.1 Yordamchi moddalar ro‘yxati

Kapsulalar ichidagi modda:

Kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, talk, povidon, makkajo‘xori kraxmali, suvsiz laktoza (50 mg li bir Mikosist kapsulasida: 49,5 mg, 100 mg li Mikosist: 99,0 mg, 150 mg li Mikosist: 148,5 mg).

Qattiq jelatin kapsulalari:

Pastki qismi: titan dioksidi (Ye 171), jelatin.

Yuqori qismi: indigokarmin (Ye132), titan dioksidi (Ye 171), jelatin.

6.2 Nomutanosiblik

Not applicable.

6.3 Yaroqlilik muddati

5 yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.

6.4 Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

6.5 O‘rami

50 mg li kapsulalar: 7 kapsuladan PVX va alyumin folgali blisterda. 1 blisterdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

100 mg li kapsulalar: 7 kapsuladan PVX va alyumin folgali blisterda. 4 blisterdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

150 mg li kapsulalar: 1 kapsuladan PVX va alyumin folgali blisterda. 1 yoki 2 blisterdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

6.6 Dorixonalardan berish tartibi

50 mg, 100 mg va 150 mg li (№2) kapsulalar shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

150 mg (№1) kapsulalar shifokor reseptisiz beriladi.

Ishlatilmagan preparat va uning qoldiqlarini mahalliy talablarga muvofiq utilizasiya qilinadi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MIKOSIST 0,15 kapsulalar N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MIKOSIST 0,15 kapsulalar N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MIKOSIST 0,15 kapsulalar N1 dori vositasi Гедеон Рихтер - Рус ЗАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MIKOSIST 0,15 kapsulalar N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MIKOSIST 0,15 kapsulalar N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
FUZAR tabletkalari 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 16 600 so'mdan Batafsil
NOFLUK infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
METAKANDID eritma 200mg/100 ml 100ml N1
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
FUNGAZID OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,3%
FLYUDAR kapsulalar 50mg N7
Narh: 8 500 so'mdan Batafsil
FLYUDAR kapsulalar 150mg N1
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
FUNGAZID infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
Narh: 9 900 so'mdan Batafsil
STERINAZOL kapsulalar 150mg N4
Narh: 99 700 so'mdan Batafsil
VIZANAK NEO kapsulalar 150mg N1
Narh: 24 100 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
Narh: 900 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL NIKA kapsulalar 100mg N7
FLUZAMED kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
FLUZAMED ko'z tomchilari 5ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
  • Vakil:
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
MIKOSIST kapsulalar 150mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
MIKOSIST kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
VIZANAK infuziya uchun eritma 200mg/100ml
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «АСТРАФАРМ»
Narh: 2 040 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 100mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL tabletkalari 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова
Narh: 4 900 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО, Беларусь (произ.)
Narh: 2 040 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО, Беларусь (произ.)
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
MIKOFLYU kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
MIKOZEVS NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
MIKOZEVS NEO kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KANDIZEF NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
VIZANAK NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
FLYUKO kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unilink Pharma (P) LTD
FLYUKO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unilink Pharma (P) LTD
SITONAZOL NEO eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9