GIDROKORTIZON 10,0 maz 1%

GIDROKORTIZON 10,0 maz 1% qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Applikatsiyadan so‘ng epidermisda (asosan donador qavatda) to‘planadi.
Bevosita epidermisda, keyinchalik esa jigarda metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali va safro bilan chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Ayrim hollarda maz surtilgan joylarda giperemiya, shish va qichishish ko‘rinishida individual o‘zlashtira olmaslik belgilari kuzatilishi mumkin. Uzoq vaqt qo‘llanilganda terining ikkilamchi infektsion zararlanishlari, unda atrofik o‘zgarishlar, gipertrixoz rivojlanishi ham mumkin. Terining infektsion zararlanishlarini oldini olish uchun preparatni antibakterial va zamburug‘larga qarshi vositalar bilan birgalikda tayinlash tavsiya etiladi.
Maz uzoq vaqt qo‘llanilganda yoki okklyuzion bog‘lam ishlatilganda, ayniqsa katta zararlanish joylarida, gidrokortizonning rezorbtiv ta'siri ko‘rinishi sifatida giperkortitsizm rivojlanishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Homiladorlik va laktatsiya
Glyukokortikosteroidlar yo'ldosh orqali o'tadi. Homilaga ta'siri preparat katta yuzalarga surtilganda ayniqsa yaqqol bo'lishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo'llashda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Bolalar
Preparat bolalarda, yuz sohasida yoki okklyuzion bog'lamlar ostida qo'llanilganda davolash kursi davomiyligini qisqartirish zarur.
Bolalik yoshida buyrak usti bezi po'stlog'i funksiyasining bostirilishi tezroq rivojlanishi mumkin.
Bundan tashqari, o'sish gormoni ekskretsiyasining pasayishi kuzatilishi mumkin. Preparat uzoq vaqt davomida qo'llanilganda tana vazni, bo'y, plazma kortizoli darajasini kuzatib borish zarur.
Mazni ko'zga tushishidan saqlanish kerak. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni faqat qat'iy shifokor nazorati ostida tayinlashadi. Agar qo'llashdan 7 kun o'tgach yaxshilanish kuzatilmasa yoki holat yomonlashuvi kuzatilsa, shuningdek preparat bekor qilingandan keyin bir necha kun o'tgach simptomlar qayta tiklansa, preparatni qo'llashni to'xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak. Uzoq muddat davolashda va/yoki katta yuzalarga surtilganda natriyni cheklash va K+ miqdori yuqori bo'lgan parhez tayinlash; organizmga yetarli miqdorda oqsil kiritish tavsiya etiladi.
Qon bosimi, qondagi glyukoza miqdori, qon ivishi, diurez, bemorning tana vazni, plazma kortizoli darajasini nazorat qilish zarur.
Dozani oshirib yuborish
Preparat katta dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda giperkortitsizm simptomlari paydo bo'lishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatni gidrokortizonga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, yara, yarali zararlanishlarda, terining bakterial, virusli va zamburug'li kasalliklarida, teri silida va terining sifilitik zararlanishlarida qo'llash mumkin emas.
Rozatsea, oddiy husnbuzarlar, perioral dermatit, teri o'smalari, 2 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Qandli diabetda ehtiyotkorlik bilan.
Preparat homiladorlarga buyurilmaydi
Dozirovkasi
GIDROKORTIZON 10,0 maz 1% o'xshash dorilari



Gidrokortizon boshqa chiqarish shakllari




GIDROKORTIZON 10,0 maz 1% analoglari





{
"data": {
"id": 29257,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "gidrokortizon-1-10-0-maz-biokhimik",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "GIDROKORTIZON 10,0 maz 1%",
"brand_name": "GIDROKORTIZON 10,0",
"image": "uploads/iblock/4ce/4ce2069d639bcc350dae33df9aee295b.webp",
"atx_code": "S01ВА02",
"drug_form_id": 12,
"over_the_counter": true,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Bioximik, PAO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1089,
"slug": "oftalmologicheskie-preparaty",
"name": "Oftolmologik vositalar",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 8147,
"slug": "gidrokortizon",
"name": "Gidrokortizon"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5816,
"slug": "gidrokortizon",
"name": "Gidrokortizon"
}
],
"tags": []
}
}














