GLYUKOZA JURABEK inyeksiya uchun eritma 10ml 25% N5

Parenteral oziqlantirish uchun preparat.
GLYUKOZA JURABEK inyeksiya uchun eritma 10ml 25% N5 o'xshash dorilari




GLYUKOZA JURABEK inyeksiya uchun eritma 10ml 25% N5 qo'llanmasi
faol modda: suvsiz glyukozaga qayta hisoblanganda glyukozalar - 100 mg, 250 mg yoki 400 mg;
yordamchi moddalar: natriy xloridi, xlorid kislotasi 0,1 M eritmasi, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.
Сhiqarilish shakli
10%, 25% va 40% li 10 ml dan ampulalarda.
Glyukoza organizmda oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini kuchaytiradi, jigarning antitoksik faoliyatini yaxshilaydi, yurak mushagining qisqaruvchanlik faoliyatini kuchaytiruvchi, qator patologik holatlarda organizmni zahiralari hisobiga sarflangan energiyasini bir qismini qoplaydi. Glyukozani eritmasi organizmdagi suv tanqisligini tezda to'ldiradi. Glyukozani kontsentratsiyalangan eritmasi (10%) yaqqol osmotik samara ko'rsatadi, shu tufayli qonning osmotik bosimi oshadi, to'qimalardan qonga suyuqlik oqimi kuchayadi, qon tomirlar kengayadi, diurez kuchayadi.
Gipertonik eritmalar vena ichiga yuborilganda (25%, 40%) qonning osmotik bosimi oshadi, to'qimalardan qonga suyuqlikni oqimi kuchayadi, moddalar almashinuvi jarayonlari oshadi, jigarning antitoksik faoliyati yaxshilanadi, yurak mushaklarini kisqaruvchanlik faoliyati kuchayadi, qon tomirlar kengayadi, diurez oshadi.
Parenteral oziqlantirish uchun preparat.
In'ektsiya uchun eritma
Yuborilgan joydagi reaktsiyalar: yuborish joyida og'riq, venaning achishishi, flebit, venoz tromboz;
Endokrin tizimi va metabolizm tomonidan: giperglikemiya, gipokaliemiya, gipofosfatemiya, gipomagniemiya, atsidoz;
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: poliuriya, glyukozuriya;
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: polidepsiya, ko'ngil aynishi.
Organizmning umumiy reaktsiyalari: gipervolemiya, allergik reaktsiyalar (tana haroratini ko'tarilishi, teri toshmalari, angionevrotik shish, shok).
Nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lgan holatlarda eritmani yuborishni to'xtatish, patsientning holatini baholash va yordam berish lozim.
Glyukoza eritmasini ko'p marta yuborilganda jigarni funktsional holatini buzilishi va me'da osti bezini insulyar apparatini kuchsizlanishi kuzatilishi mumkin. Qonning osmotik bosimini oshishi tufayli, 40% li eritmani kateter yordamida markaziy venaga yuboriladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Normoglikemiyali homiladorlarda glyukoza infuziyasi homilada giperglikemiyaga olib kelishi, unda metabolik atsidoz chaqirishi mumkin. Ayniqsa homila distressi va gipkosiyasi boshqa perinatal omillar bilan bog'liq bo'lganda oxirgisini e'tiborga olish muxim.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ma'lumotlar yo'q.
Kerak bo'lganda simptomatik davo tavsiya etiladi
Glyukoza eritmasi (10%) gipoglikemiyada va jigar kasalliklarida (gepatitlar, jigar komasi) yetarli darajada bo'lmagan diurezda, kollapsda va shokda osmoterapiya maqsadida, og'ir infektsion kasalliklarida, kompensatsiya qilinmaydigan yurak faoliyatida, turli intoksikatsiyalarda (narkotiklar tsianidlar, uglevod oksidi va boshqalar), gemorragik diatezlarida, parenteral oziqlantirish uchun qo'llanadi.
Glyukoza eritmalarini ham mustaqil, ham ko'rsatma bo'yicha boshqa dori moddalari bilan (natriy xloridi, kaliy xloridi va boshqalar) birga qo'llanishi mumkin, shuningdek dori vositalarini suyultirish uchun ishlatish mumkin.
Glyukozaning 25% li, 40% li eritmalarini gipoglikemiyada va jigar kasalliklarida (gepatitlar, tsirrozlar, jigar komasi), diurez yetarli darajada bo'lmaganda, kollapsda va og'ir infektsion kasalliklarida, yurak faoliyatini dekompensatsiyasida, turli intoksikatsiyalarda (narkotiklar, tsianidlar, uglevod oksidi va boshqalar bilan zaharlanish), gemorragik diatezlarda ishlatiladi. Glyukoza eritmalari ham mustaqil, ham ko'rsatma bo'yicha boshqa dori moddalari bilan birga (natriy xloridi, kaliy xloridi va boshqalar) shuningdek dori vositalarini eritish uchun ham qo'llaniladi.
40% li glyukoza eritmasi quyidagi bemorlarda qo'llash mumkin emas:
• gipoglikemiya bilan bog'liq holatlardan tashqari bosh miya ichi va orqa miyaga qon quyilish holatlari;
• og'ir degidratatsiya, shuningdek alkogolli deliriy;
• preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• anuriya;
• qandli diabet va giperglikemiya bilan bog'liq boshqa holatlar;
• glyukoza-galaktoza mal'absorbtsiya sindromi.
Preparatni bir vaqtda qon preparatlari bilan birga yuborilmaydi.
Preparat tarkibida xlorid kislotasini saqlaydi. Shuning uchun preparat nordon rN muhitda barqarorligi o'zgaradigan preparatlar uchun erituvchi sifatida qo'llanmaydi.
40% glyukoza eritmasini bitta shpritsda geksametilenteritamin bilan birga yuborish mumkin emas, chunki glyukoza kuchli oksidlovchi hisoblanadi. Bitta shpritsda ishqoriy eritmalar bilan birga yuborish tavsiya etilmaydi: umumiy anestetiklar va uyqi dorilari bilan, chunki ularning faolligi pasayadi, alkoloid eritmalari bilan; sreptomitsinni inaktivatsiya qiladi, nistatin samaradorligini pasaytiradi.
Tiazid diuretiklari va furosemid ta'sirida glyukozaga bo'lgan chidamlilik pasayadi. Insulin glyukozani periferik to'qimalarga tushishga olib keladi, glikogen hosil bo'lishini, oqsil va yog' kislotalari sintezini rag'batlantiradi. Glyukoza eritmasi prinzamidni jigarga toksik ta'sirini kamaytiradi. Bemorga glyukoza eritmasi katta hajmini yuborish gipokaliemiya rivojlanishiga olib keladi, bu qo'ng'iroq gul preparatlarini bir vaqtda qo'llash toksikligini oshiradi.
Hidsiz, shirin ta'mli, tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish rangli suyuqlik.
Glyukozaning gipertonik eritmasini (10%) faqat venaga 10-50 ml dan bir marta yoki tomchilab sutkada 300 ml gacha yuboriladi. Zarurat bo'lganida glyukozaning gipertonik eritmalarini katta hajmlarini yuborilishiga yo'l qo'yiladi. Glyukoza katta miqdorda yuboriladigan to'liq o'zlashtirish uchun uni insulin bilan quyidagicha buyuriladi: 1 birligi ta'sir dozadagi insulinni 4-5 g glyukozaga hisobidan bir vaqtda buyuriladi. Diabeti bo'lgan bemorlarga glyukozani qon va siydikda qand miqdorini nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan yuboriladi.
Glyukozaning gipertonik eritmalarini (25% li va 40% li) faqat venaga 10-50 ml dan bir marta yoki tomchilab sutkada 300 ml gacha yuboriladi. Zarurat bo'lganida glyukozaning gipertonik eritmalarini katta hajmini yuborilishiga yo'l qo'yiladi. Katta miqdorda yuboriladigan glyukozani to'liq o'zlashtirilishi uchun u bilan bir vaqtda insulinni quyidagicha: 1 ta'sir birlik dozadagi insulinni 4-5 g glyukozaga hisobidan buyuriladi. Diabeti bo'lgan bemorlarga glyukozani qon va siydikda qand miqdorini nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan yuboriladi.
Bolalar
Bolalarda preparat faqat ko'rsatma bo'yicha va shifokor nazorati ostida qo'llaniladi.
Preparat dozasini oshirib yuborganda giperglikemiya va gipergidratatsiya, qon osmotik bosimi ortishi(giperglikemik koma rivojlanishiga qadar), gipergidratatsiya va eletrolitlar muvozanati buzilishi riojlanadi. mumkin. Bunday holatda preparat bekor qilinadi va qondagi glyukzaning har bir 0,45-0,9 mmol' ga qondagi glyukoza darajasining 9 mmol'/l 0,1 TB hisobda insulin tavsiya etiladi. Glyukoza darajasini asta-sekinlik bilan tushuriladi. Insulinni tavsiya qilish bilan bir vaqtda muvozanatlashtirilgan tuzli eritmalar infuziyasi olib boriladi.
GLYUKOZA JURABEK inyeksiya uchun eritma 10ml 25% N5 boshqa chiqarish shakllari












