Ташкент
logo
SavatKirish

LAZOLVAN tabletkalari 30mg N50

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gretsiya
Faol modda:Ambroksol
Ishlab chiqaruvchi:Boehringer International GmbH, Germaniya proizvedeno: Boehringer Ingelheim Ellas AE
Teglar:Yo'taldan
Vakil:Sanofi
ATX kodi:R05CB06
Barcha Lazolvan dorilari
6 ta dorixonada bor
Narxi 56 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 6 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LAZOLVAN tabletkalari 30mg N50 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Maxsus saqlash sharoitlari

30oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: ambroksol gidroxloridi - 30 mg;
yordamchi moddalar: quritilgan makkajo'xori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, laktoza monogidrati, magniy stearati.

Farmakodinamikasi

Klinik oldi sinovlar LOZALVAN ning faol moddasi, ambroksol gidroxloridi bronxial shilliqni serozli komponentini ajralishini rag'batlantiradi. U shuningdek alьveolalarda joylashgan pnevtotsitlarning II turi va bronxiolalardagi Klar hujayralariga bilvosita ta'sir qilish natijasida sirt - faol moddaning ajralib chiqarishni oshiradi, hamda hilpillovchi epiteliyning faolligini rag'batlantiradi. Ta'riflangan samaralar balg'amni qovushqoqligini kamayishini va mukotsiliar klirensini yaxshilashini chaqiradi. Mukotsiliar klirensini yaxshilashi klinik farmakologik tadqiqotlarda isbotlangan.
6 oy davomida 75 mg ta'siri uzaytirilgan LOZALVAN kapsulalarini qabul qilayotgan O'SOK bo'lgan patsiyentlarda davolashning 2-oyining oxiriga kelib platsebo bilan solishtirganda kasallik zo'riyishini ishonchli kamayishi qayd etilgan. LOZALVAN guruhidagi patsiyentlarda kasallanish va antibakterial preparatlarni qabul qilish kunlarini ishonchli kamayishi kuzatilgan. Shuningdek LOZALVAN guruhida platsebo bilan solishtirganda balg'amni chiqarilishini qiyinlashishi, yo'tal, hansirash va auskulьtativ simptomlar kabi baholayotgan simptomlarning statistik ahamiyatli yaxshilanishi kuzatilgan. Ambroksol gidroxloridning mahalliy og'riqsizlantiruvchi samarasi quyonlarning ko'zini modelida o'tkazilgan tadqiqotlarda kuzatilgan, ehtimol bu natriy kanallarini bloklovchi preparatlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin. In vitro sharoitida o'tkazilgan testlar, preparatni neyronli natriy kanallari qaytar va dozaga bog'liq bloklashini ko'rsatgan. In vitro sharoitida ambroksol gidroxloridini yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega ekanligi aniqlangan. In vitro sharoitida o'tkazilgan testlarda preparat sitokinlarni sirkulyatsiyalanuvchi va mononuklear va polimorfonuklear hujayralardan ajralib chiqishini ahamiyatli darajada kamaytirgan. Tomog'ida og'rig'i bo'lgan patsiyentlarda o'tkazilgan klinik tadqiqotlar, 20 mg li shimish uchun tabletka ko'rinishidagi ambroksol gidroxloridi tomoqdagi og'riq va qizarishni ahamiyatli darajada kamaytirgani isbotlagan.
Ushbu farmakologik xususiyatlari klinik samaradorligi tadqiqotlarida olingan qo'shimcha kuzatishni tasdiqlaydi, bu ambroksolni ingalyatsiyasi yuqori nafas yo'llari kasalliklarini davolashda ishlatilganda og'riqlarni tez yaxshilanishini ta'minlaydi.
Ambroksol gidroxloridi qo'llanishi amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksitsiklinni balg'am va bronxial sekretdagi kontsentratsiyasini oshiradi. Hozigi kunda preparatning ushbu samarasini klinik ahamiyati isbotlanmagan.

Farmakokinetikasi

So'rilishi
Ambroksol gidroxloridini so'rilishi darhol ajraladigan peroral shaklida tez va terapevtik diapazonda chiziqli bog'liq holda yetarli darajada to'liq. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga darhol ajraladigan dori shaklini ichga qabul qilgandan keyin 1-2,5 soat va ta'siri uzaytirilgan dori shakli qabul qilinganidan keyin 6,5 soat o'tgach erishiladi.
30 mg li tabletkalari ichga qabul qilinganidan keyin mutloq biokiraolishligi 79% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
Ambroksol gidroxloridini qondan to'qimalarga taqsimlanishi tez va yaqqol amalga oshadi, bunda faol moddaning eng yuqori kontsentratsiyalari o'pkalarda aniqlanadi. Peroral qabul qilinganidan keyin taqsimlanish hajmi 552 l ni tashkil qiladi.
Terapevtik diapazonda plazmadagi oqsillar bilan bog'lanishi taxminan 90% ni tashkil qiladi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Peroral buyurilgan dozaning taxminan 30% tizim oldi metabolizmi natijasida chiqariladi.
Ambroksol gidroxloridining metabolizmi glyukuron kon'yugatlar yo'li bilan asosan jigarda va qisman dibromantranil kislotasigacha (taxminan dozaning 10%) parchalanishi amalga oshadi.
Metabolizmi – jigarda kon'yugatsiya hisobiga, dibromantranil kislotasini (taxminan dozaning 10%), glyukuron kon'yugatlar va bir qancha ikkinchi darajali metabolitlarini hosil qiladi. Odam jigarining mikrosomalarida o'tkazilgan tadqiqotlar CYP3A4 ambroksol gidroxloridining metabolizmiga javobgar dibromantranil kislotasi (taxminan dozaning 10%) ekanligini ko'rsatdi.
3 kun davomida peroral qabul qilgan preparatning dozasini taxminan 6% erkin shaklida aniqlanadi, 26% esa siydikda kon'yugatlar shaklida paydo bo'ladi.
Ambroksol gidroxloridining organizmdan yarim chiqarilish davri 10 soatni tashkil qiladi. Umumiy klirensi 660 ml/min atrofida bo'ladi, buyrak klirensiga umumiy klirensining taxminan 8% to'g'ri keladi. 5 kundan keyin qabul qilingan dozaning taxminan 83% siydik bilan chiqariladi.
Alohida guruh patsiyentlaridagi farmakokinetikasi
Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlarda ambroksol gidroxloridining chiqarilishi pasayadi, bu uning miqdorini qon plazmasida 1,3-2 marta oshishiga olib keladi. Preparatning terapevtik indeksi yuqoriligi tufayli dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Ambroksolning farmakokinetikasi yosh va jinsga bog'liq emas, shuning uchun dozalashni o'zgartirish talab qilinmaydi.
Ovqat qabul qilish ambroksol gidroxloridining biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi.

Nojo'ya samaralari

Dori vositalarini noxush reaktsiyalarini rivojlanish tez-tezligini baholash mezonlari: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, ˂1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000, ˂1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000, ˂1/1000 gacha), juda kam hollarda (˂1/10000), noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlashni iloji yo'q).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Noma'lum: anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, angionevrotik shish, qichishish.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: toshma, eshakemi.
Noma'lum: og'ir teri reaktsiyalari (jumladan ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, o'tkir yoyilgan ekzantematozli pustulyoz).
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar:
Kam hallarda: ko'ngil aynishi
Tez-tez emas: qusish, diareya, dispepsiya va qorinda og'riq.
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan buzilishlar
Noma'lum: hansirash (allergik reaktsiyalarning simptomi sifatida).
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaktsiyalar
Tez-tez emas: isitmalash, shilliq qavatlar tomonidan reaktsiyalar.

Maxsus saqlash sharoitlari

Ambroksolni qabul qilayotgan patsiyentlarda ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, o'tkir yoyilgan ekzantematozli pustulyoz kabi og'ir teri reaktsiyalarini rivojlanishi haqida xabarlar olingan.
Agar kuchayuvchi teri toshmalari (ba'zida shilliq qavatlarini pufaklari va shikastlanishini rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan) simptomlari yoki belgilari kuzatilsa, ambroksol bilan davolashni darhol to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
30 mg li LOZALVAN tabletkalari bronxial motorikani va juda ko'p balg'am ishlab chiqarilishini buzilishi bo'lgan patsiyentlarda (masalan, kam hollarda uchraydigan birlamchi siliar diskineziya sindromida ham) balg'amni to'planishi xavfi bilan bog'liq bo'lganida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Buyrak yoki jigar funktsiyasini og'ir buzilishlarida LOZALVAN ni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilish kerak. Shu tufayli, dori vositasi jigarda metabolizmga uchraydi va buyrak bilan chiqariladi, buyrak funktsiyasini og'ir buzilishi holatida jigarda ishlab chiqariladigan ambroksolning metabolitlarini to'planishi sodir bo'lishi mumkin.
Bir tabletka 171 mg laktoza saqlaydi, bu maksimal tavsiya etilgan sutkalik dozada 684 mg laktozani tashkil qiladi. 30 mg li LAZOLVAN tabletkalari kam uchraydigan nasliy galaktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani yomon o'zlashtiradigan patsiyentlar qabul qilishlari mumkin emas.

Qo'llanilishi

Sekretolitik davolash balg'amni shakllanishi va ajralib chiqishini (transporti) buzilishi bilan bog'liq o'tkir va surunkali bronx-o'pka kasalliklarida qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

30 mg li LOZALVAN tabletkalari dori preparatini ambroksol gidroxloridga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga o'ta yuqori sezuvchanlik bo'lgan patsiyentlarga qo'llash mumkin emas.
30 mg li LOZALVAN tabletkalarini 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga buyurish mumkin emas.
6 yoshgacha bo'lgan bolalarga LOZALVAN siropi va/yoki ingalyatsiya uchun LOZALVAN eritmasini buyurish mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

30 mg li LOZALVAN tabletkalari va yo'talni bostiruvchi dori vositalarni bir vaqtda qo'llash yo'tal refleksini susaytirishi oqibatida, nafas yo'llarida balg'amni xavfli to'planishini keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu majmua xavf va foyda nisbati sinchiklab baholangandan keyin buyurilishi kerak.

Ta'rifi

oq yoki biroz sariq rangli, dumaloq, ikki tomoni yassi, chetlari qiya, bir tomonida ajratuvchi riska va ajratuvchi riskaning har bir tomonida 67S yozuvli, boshqa tomonida kompaniya logotipi bo'lgan tabletkalar.

Dozirovkasi

6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga
Odatda yarim tabletkadan kuniga 2-3 marta (bu kuniga ambroksol gidroxloridini 2-3 x 15 mg ga to'g'ri keladi).
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga
Odatda birinchi 2-3 kunlarida 1 tabletkadan kuniga 3 marta (bu kuniga ambroksol gidroxloridini 3 x 30 mg ga to'g'ri keladi), so'ngra 1 tabletkadan kuniga 2 marta (bu kuniga ambroksol gidroxloridini 2 x 30 mg ga to'g'ri keladi).
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun terapevtik ta'siri dozani kuniga ikki marta
2 tabletkagacha oshirib kuchaytirish mumkin (bu kuniga ambroksol gidroxloridini 120 mg ga to'g'ri keladi).
30 mg li LOZALVAN tabletkalarini shifokor maslahatisiz 4-5 kundan ortiq qabul qilish kerak emas.
Qo'llash usuli
30 mg li LOZALVAN tabletkalarini ovqat iste'mol qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin; tabletkalarni butunligicha va yetarli miqdordagi suyuqlik bilan (masalan, suv yoki mevali sharbat bilan) qabul qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Odamda dozani oshirib yuborilishining simptomlari ta'riflanmagan. Doza tasodifan oshirib yuborilganida yoki shifokorning xatolarida dozani oshirib yuborish simptomlari, preparatni tavsiya qilingan dozalarda qabul qilishdagi ma'lum nojo'ya ta'sirlariga mos keladi va simptomatik davolashni o'tkazish talab etilishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik
Ambroksol gidroxloridi yo'ldosh to'sig'i orqali kiradi. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar preparat homiladorlikni kechishiga, embrional/fetal rivojlanish, tug'ruq yoki postnatal rivojlanishga bevosita va bilvosita salbiy ta'sirini aniqlamagan.
Preparatni homiladorlikni 28-haftasidan oshganida qo'llanishini keng klinik tajribasi, homilaga salbiy ta'sir qilishini hech qanday dalillar aniqlamagan. Shu bilan birga, homiladorlik vaqtida har qanday dori vositalarini qo'llashga tegishli odatdagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish tavsiya etiladi. Xususan LAZOLVAN ni homiladorlik birinchi uch oyligi vaqtida qo'llash tavsiya qilinmaydi.
Emizish
Ambroksol hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda ko'rsatilganidek, ko'krak suti bilan organizmdan chiqariladi. LAZOLVAN ni emizish davrida qo'llash tavsiya qilinmaydi.
Fertillik
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar preparatni fertillikka bevosita yoki bilvosita salbiy ta'sir qilishi aniqlanmagan.

Xususiyatlar LAZOLVAN tabletkalari 30mg N50

LAZOLVAN tabletkalari 30mg N50 boshqa chiqarish shakllari

LAZOLVAN 0,03 tabletkalari N20
LAZOLVAN 0,03 tabletkalari N20
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Ellas A.Ye
LAZOLVAN tabletkalari 30mg N20
Retseptsiz
LAZOLVAN tabletkalari 30mg N20
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Boehringer International GmbH, Germaniya proizvedeno: Boehringer Ingelheim Ellas AE
•3 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
LAZOLVAN 0,03 tabletkalari N50
LAZOLVAN 0,03 tabletkalari N50
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Ellas A.Ye
LAZOLVAN RINO sprey nazalniy 10ml 82MKG
Retseptsiz
LAZOLVAN RINO sprey nazalniy 10ml 82MKG
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Institut de Angeli S.R.L
LAZOLVAN eritma dlya ingalyasiy 100ml 7,5mg/ml
Retseptsiz
LAZOLVAN eritma dlya ingalyasiy 100ml 7,5mg/ml
Italiya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Boehringer Ingelheim International GmbH, Germaniya proizvedeno: Istituto de Angeli S.R.L.Loc.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
LAZOLVAN MAKS 0,075 kapsulalar  N10
Retseptsiz
LAZOLVAN MAKS 0,075 kapsulalar N10
Germaniya/Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Farma GmbX i Ko.KG/ Delfarm Reyms
LAZOLVAN sirop 100ml 30mg/5ml
Retseptsiz
LAZOLVAN sirop 100ml 30mg/5ml
Ispaniya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis Deutschland GmbH, Germaniya proizvedeno: Boehringer Ingelheim Espana S.A.
•51 ta dorixonada bor
Narxi
48 000 so'm dan
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
Retseptsiz
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
Ispaniya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Espana S.A.
•65 ta dorixonada bor
Narxi
44 000 so'm dan

LAZOLVAN tabletkalari 30mg N50 savollari

LAZOLVAN tabletkalari 30mg N50 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

LAZOLVAN tabletkalari 30mg N50
Retseptsiz
LAZOLVAN tabletkalari 30mg N50
Gretsiya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Boehringer International GmbH, Germaniya proizvedeno: Boehringer Ingelheim Ellas AE
•6 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
LAZOLVAN tabletkalari 30mg N20
Retseptsiz
LAZOLVAN tabletkalari 30mg N20
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Boehringer International GmbH, Germaniya proizvedeno: Boehringer Ingelheim Ellas AE
•3 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil