INDOLIN kapsulalar N60

INDOLIN kapsulalar N60 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
15° dan 25°C gacha bo‘lgan haroratda, bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlansin.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: 1 kapsula uchun miqdori
Modda nomi Bir martalik doza miqdori (mg) Indol – 3 - karbinol 100 mg
Brokkoli ekstrakti 100 mg
Foliy kislotasi patentlangan, metabolik faol shaklda (6S)-5- metiltetragidrofolat (Quatrefolic®) 200 mkg
Chiqarilish shakli: 15 kapsuladan blisterda, qadoqda 4 blister
Farmakoterapevtik ta'siri
Ushbu vositaning ta’siri ayol reproduktiv tizimi to‘qima va a’zolarida yuzaga keladigan patologik giperplastik jarayonlarni tuzatishga qaratilgan. Bu endometriy, sut bezi, miometriy, tuxumdonlar, bachadon bo‘ynida rivojlanadigan patologiyalardir. Indolin ta’siri ostida ayol organizmida estrogenlar muvozanati me’yorga keladi, shu bilan birga ularning rag‘batlantiruvchi salbiy ta’siri kamayadi. U gormonlarga bog‘liq bo‘lmagan boshqa mexanizmlarni ham bloklaydi, ular bachadon va sut bezlari to‘qimalarida patologik hujayralarning rivojlanishini qo‘zg‘atadi. Preparat ta’sirida yuqori proliferativ faollikka ega bo‘lgan o‘zgargan hujayralarning tanlab nobud bo‘lishi sodir bo‘ladi. Preparat kasalliklar qaytalanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, gormonal buzilishlarning sifatli profilaktikasini ta’minlaydi. Shu bilan birga, Indolin sog‘lom hujayralarning rivojlanishi va o‘sishini rag‘batlantiradi. Indol-3-karbinolning foydali xususiyatlari: •Antikanserogen faollikka ega. •Ayrim turdagi saratonining oldini olishda samarali. •Inson papilloma virusi rivojlanishini sekinlashtiradi. •Kimyoviy intoksikatsiya va DNK hujayralarining shikastlanishidan himoya qiladi. •Agressiv estradiol ta’sirida hujayralarning buzilishini oldini olishga yordam beradi, bu estrogenga bog‘liq o‘smalar (xususan, sut bezi va bachadon, prostata o‘smalari) profilaktikasida muhim. •Jigarda toksinlarni zararsizlantirish va ichak faoliyatini yaxshilash uchun mas’ul bo‘lgan fermentlar faolligini rag‘batlantiradi.
Dori shakli
Kapsulalar
Qo'llanilishi
1. Gormonal fon buzilishlari bilan bog‘liq ayol reproduktiv tizimi kasalliklarining oldini olish va davolash:
o mioma,
o endometrioz,
o endometriy giperplaziyasi,
o mastopatiya, o giperestrogenemiya bilan bog‘liq hayz sikli buzilishi.
2. Inson papilloma virusi keltirib chiqargan kasalliklar: o anogenital kondilomalar,
o bachadon bo‘yni displaziyasi,
o qayta-qayta uchraydigan respirator papillomatoz.
3. Prostata adenomasi.
4. Ayollarda pre- va menopauza davrida psixovegetativ buzilishlar.
5. Indol-3-Karbinolni yomon sifatli o‘smalarda ham qabul qilish mumkin, ammo faqat kompleks terapiyada yordamchi vosita sifatida.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Indolin individual toqatsizlikda, homiladorlikda, emizish davrida qarshi ko‘rsatilgan.
Dozirovkasi
Kuniga 1 marta, ovqat vaqtida 1 kapsuladan 1–3 oy davomida qabul qilinadi, kamida 30 kunlik tanaffus bilan.
Xususiyatlari
Indolin - tabiiy, gormonal bo‘lmagan kompleks preparat bo‘lib, reproduktiv salomatlik uchun mo‘ljallangan, odatlanish va nojo‘ya ta’sirlar keltirib chiqarmaydi. Indolin tarkibiy qismlarining xususiyatlari: Indol-3-karbinol – krestguldoshlar oilasiga mansub o‘simliklarda mavjud bo‘lgan modda bo‘lib, ayollar reproduktiv tizimi (sut bezi, endometriy, miometriy, bachadon bo‘yni, tuxumdonlar) salomatligini saqlashda samarali qo‘llaniladi, shuningdek erkaklar reproduktiv tizimi salomatligida – prostata adenomasi va prostata saratonining oldini olish va davolashda ham qo‘llaniladi. Indol-3-karbinol yuqori faol estrogen shakllarini xavfsizroq birikmalarga aylantirish qobiliyatiga ega, shuningdek hujayra membranalaridagi estrogen retseptorlarining ayrim qismlarini qisman bloklaydi. U, shuningdek, o‘sma hujayralarida apoptozni (tabiiy ravishda o‘z-o‘zini yo‘q qilish) rag‘batlantiradi. Brokkoli ekstrakti – indol – 3 - karbinol samaradorligini 80 barobargacha oshiradi. Quatrefolic® — (6S)-5-metiltetragidrofolat glyukozamin tuzi. Bu foliy kislotasining yangi avlod metaboliti bo‘lib, yuqori yeruvchanlik va biokiraolishga ega, fermentlar — reduktazalar ishtirokisiz darhol folat sikliga qo‘shilishga tayyor, xavfsizligi isbotlangan, ortiqcha qabul qilish xavfisiz va B12-defitsit anemiyasi diagnostikasiga ta’sir qilmaydi. Quatrefolic ® (6S)-5-metiltetragidrofolat glyukozamin tuzi bo‘lib, tiklangan va faol foliy kislotasi shakliga tuzilish jihatidan o‘xshash, shuning uchun Quatrefolic ® «zararlangan» MTHFR bosqichini to‘liq chetlab o‘tadi va organizmga «tayyor» folatni darhol yetkazib beradi.
INDOLIN kapsulalar N60 o'xshash dorilari







