KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N30

KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N30 o'xshash dorilari



KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N30 qo'llanmasi
Peroral kiritilgan preparatning taxminan 1/5-1/3 qismi ingichka ichakda so'riladi; bu jarayon D vitamini mavjudligi, pH, parhez xususiyatlari va kaltsiy ionlarini bog'lashga qodir omillar mavjudligiga bog'liq. Kaltsiy ionlarining so'rilishi uning tanqisligida va kaltsiy ionlari miqdori kamaytirilgan parhez qo'llanilganda ortadi. Taxminan 20% buyraklar orqali, qolgan qismi (80%) ichak orqali chiqariladi.
Allergik reaksiyalar, qabziyat, me'da-ichak yo‘llari shilliq qavatining ta'sirlanishi.
Agar Sizda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Yengil giperkaltsiuriyasi (zardobdagi umumiy kaltsiy darajasi 3 mmol/l gacha), buyrak funktsiyasining biroz buzilishi (kreatinin klirensi 45 ml/daq) yoki anamnezida siydik tosh kasalligi bo'lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash va siydik bilan kaltsiy ekskretsiyasi darajasini muntazam nazorat qilish kerak. Siydikda tosh hosil bo'lishiga moyilligi bo'lgan bemorlarga iste'mol qilinadigan suyuqlik hajmini oshirish tavsiya etiladi. Boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qo'llash zarurati bo'lganda shifokor nazorati kerak.
Ichga terapevtik dozalarda qabul qilinganda kaltsiy glyukonat avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik. Giperkalsemiya (kalsiy konsentratsiyasi 12 mg % yoki 6 mEkv/l dan oshmasligi kerak); giperkalsiuriya, og'ir buyrak yetishmovchiligi, trombozlarga moyillik, nefrourolitiaz (kalsiyli), sarkoidoz, yurak glikozidlarini bir vaqtda qabul qilish (aritmiyalar paydo bo'lish xavfi). 3 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan
Elektrolit buzilishlar (giperkalsemiya rivojlanish xavfi), degidratatsiya, diareya, malabsorbsiya sindromi, me'da-ichak traktining surunkali kasalliklari, anamnezda kalsiyli nefrourolitiaz, surunkali yurak yetishmovchiligi, qorinchalar fibrillatsiyasi, tarqalgan ateroskleroz, giperkoagulyatsiya.
Xinidin bilan bir vaqtda qo'llanilganda qorinchalar ichki o'tkazuvchanligining sekinlashishi va xinidin toksikligining oshishi mumkin.
Tetratsiklin qatori antibiotiklari bilan erimaydigan komplekslar hosil qiladi (antibakterial ta'sirni kamaytiradi).
Tetratsiklinlar, digoksin, peroral temir preparatlarining so'rilishini sekinlashtiradi (ularni qabul qilish oralig'i kamida 2 soat bo'lishi kerak).
Tiazidli diuretiklar bilan birga qo'llanilganda giperkalsiemiyani kuchaytirishi, giperkalsiemiyada kaltsitonin samarasini pasaytirishi mumkin. Fenitoin biokiraolishligini pasaytiradi.
Karbonatlar, salitsilatlar, sulfatlar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib (erimaydigan yoki qiyin eriydigan kaltsiy tuzlarini hosil qiladi).
Sekin kaltsiy kanallari blokatorlari samarasini kamaytiradi.
Iste'mol qilishdan oldin maydalash kerak.
Kattalar: 1 - 3 g (2 - 6 tabletka) dan kuniga 2 - 3 marta.
Bolalarga: 3 - 4 yoshda 2 tabletkadan (1,0 g); 5 - 6 yoshda 2 - 3 tabletkadan (1,0 - 1,5 g), 7 - 9 yoshda 3 - 4 tabletkadan (1,5 - 2,0 g), 9 - 14 yoshda 4 - 6 tabletkadan (2,0 - 3,0 g).
Kuniga 2 - 3 marta qabul qilinadi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: giperkalsiemiya (zardobdagi umumiy kalsiy konsentratsiyasi 3 mmol/l dan yuqori) Davolash: uni bartaraf etish uchun 5-10 ME/kg/sut kalsitonin yuboriladi (uni 0,5 l 0,9 % natriy xlorid eritmasida suyultirib). Yuborish davomiyligi 6 soat.
Kalsiy Glyukonat boshqa chiqarish shakllari




KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N30 analoglari














