KLOPIDOGREL 0,075 tabletkalari N28

KLOPIDOGREL 0,075 tabletkalari N28 o'xshash dorilari


KLOPIDOGREL 0,075 tabletkalari N28 qo'llanmasi
Absorbsiya va biokiraolishlik - yuqori; plazmadagi konsentratsiya past va qabul qilinganidan 2 soat o'tgach o'lchash chegarasiga (0,025 mkg/l) yetmaydi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi -94 - 98 %.
Pro-dori hisoblanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosiy aniqlanadigan metabolit - karbon kislotasining nofaol hosilasi, 75 mg takroriy peroral dozalardan so'ng uning maksimal konsentratsiyasiga erishish vaqti (Tsamx) 1 soatdan keyin erishiladi (Stax - TAXMINAN 3 MG/l).
Buyraklar orqali - 50%, ichak orqali - 46 % chiqariladi (ichga qabul qilinganidan 120 soat o'tgach). Asosiy metabolitning yarim chiqarilish davri bir marta va takroriy qabul qilingandan so'ng 8 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali ajralib chiqadigan metabolitlar konsentratsiyasi - 50%.
Farmakogenetika
CYP2C19 izofermenti ham faol metabolit, ham oraliq metabolit - 2-okso-klopidogrel hosil bo'lishida ishtirok etadi. Klopidogrel faol metabolitining farmakokinetikasi va antiagregant ta'siri, shuningdek ex vivo sharoitida trombotsitlar agregatsiyasini baholash natijalari CYP2C19 izofermenti genotipiga qarab farq qiladi.
CYP2C19*1 izofermenti geni alleli to'liq funksional metabolizmga mos keladi, CYP2C19*2 va CYP2C19*3 izofermentlari genlari allellari esa nofunksionaldir. CYP2C19*2 va CYP2C19*3 izofermentlari genlari allellari yevropeoid (85 %) va mongoloid (99 %) irqlarining ko'pchilik vakillarida metabolizm pasayishining sababi hisoblanadi. Metabolizmning yo'qligi yoki pasayishi bilan bog'liq bo'lgan boshqa allellar kamroq uchraydi va CYP2C19*4, *5, *6, *7 va *8 izofermentlari genlari allellarini o'z ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi. CYP2C19 izofermenti faolligi past bo'lgan pasientlar yuqorida ko'rsatilgan funksiya yo'qolishi bilan bog'liq genning ikkita alleliga ega bo'lishi kerak. E'lon qilingan tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra, metabolizmning pasayishi bilan kechuvchi CYP2C19 izofermenti faolligi past bo'lgan genotiplar uchrash tezligi yevropeoid irqi vakillarida taxminan 2 %, negroid irqi shaxslarida 4 % va mongoloid irqi shaxslarida 14 % ni tashkil qiladi. CYP2C19 izofermenti genotipini aniqlashga imkon beruvchi testlar mavjud. CYP2C19 izofermenti faolligi juda yuqori, yuqori, oraliq va past bo'lgan odamlarni o'z ichiga olgan tadqiqot va meta-tahlil ma'lumotlariga ko'ra, CYP2C19 izofermenti faolligi juda yuqori, yuqori va oraliq bo'lgan ko'ngillilarda faol metabolit ekspozitsiyasi va adenozindifosfat-induksiyalangan trombotsitlar agregatsiyasining o'rtacha ingibitsiya darajasida ishonchli farq bo'lmagan. Ushbu izoferment faolligi past bo'lgan ko'ngillilarda faol metabolit ekspozitsiyasi CYP2C19 izofermenti faolligi yuqori bo'lgan ko'ngillilarga qaraganda pasaygan.
Metabolizmi past bo'lgan pasientlarda klopidogrel 600 mg yuklama doza/150 mg ushlab turuvchi doza (600 mg/150 mg) dozalarida qo'llanilganda faol metabolit ekspozitsiyasi 300 mg/75 mg davolash sxemasi qo'llanilgandagiga qaraganda yuqori bo'lgan. Bundan tashqari, trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qilish darajasi klopidogrelni 300 mg/75 mg sxema bo'yicha olgan CYP2C19 izofermenti faolligi yuqori bo'lgan pasientlar guruhlaridagiga o'xshash bo'lgan. Biroq, klinik natijalarni o'rganishni nazarda tutgan tadqiqotlarda CYP2C19 izofermenti faolligi past bo'lgan pasientlar guruhida klopidogrelni dozalash sxemasi aniqlanmagan. Hozirgi vaqtgacha o'tkazilgan klinik tadqiqotlar CYP2C19 izofermenti faolligi past bo'lgan pasientlarda klinik natijadagi farqlarni aniqlash uchun yetarli tanlov hajmiga ega bo'lmagan.
Maxsus guruh pasientlar farmakokinetikasi
Maxsus guruh pasientlarda (keksa yoshdagi pasientlar, bolalar, buyrak va jigar funksiyasi buzilgan pasientlar) klopidogrel faol metabolitining farmakokinetikasi o'rganilmagan.
Keksa yoshdagi pasientlar
Keksa yoshdagi (75 yoshdan katta) ko'ngillilarda yosh ko'ngillilar bilan taqqoslanganda trombotsitlar agregatsiyasi va qon ketish vaqti ko'rsatkichlari bo'yicha farqlar aniqlanmagan. Keksa yoshdagi pasientlarda dozani to'g'irlash talab etilmaydi.
Bolalar,
Ma'lumotlar yo'q.
Buyrak funksiyasining buzilishi
Og'ir buyrak funksiyasi buzilishi (kreatinin klirensi (KK) 5-15 ml/daq) bo'lgan pasientlarda klopidogrel 75 mg sutkalik dozada takroriy qo'llanilgandan so'ng adenozindifosfat-induksiyalangan trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qilish darajasi sog'lom ko'ngillilarga qaraganda 25 % ga past. Biroq, qon ketish vaqtining uzayish darajasi klopidogrelni 75 mg sutkalik dozada olgan sog'lom ko'ngillilardagiga o'xshash bo'lgan.
Jigar funksiyasining buzilishi
Og'ir jigar funksiyasi buzilishi bo'lgan pasientlarda klopidogrel 75 mg sutkalik dozada 10 kun davomida qo'llanilgandan so'ng adenozindifosfat-induksiyalangan trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qilish darajasi va qon ketish vaqtini uzaytirishning o'rtacha ko'rsatkichi sog'lom ko'ngillilar bilan taqqoslanarli bo'lgan.
Etnik xususiyatlar
Oraliq yoki pasaygan metabolizm bilan bog'liq bo'lgan CYP2C19 izofermenti genlari allellarining tarqalishi turli irqiy/etnik guruhlar vakillarida farq qiladi ("Farmakogenetika" kichik bo'limiga qarang). Mongoloid irqi pasientlari uchun klinik natijalarga CYP2C19 izofermenti genotiplashning ahamiyatini baholashga imkon beruvchi cheklangan adabiyot ma'lumotlari mavjud.
Noxush hodisalar rivojlanish tez-tezligini baholash uchun JSSTning quyidagi tasnifidan foydalaniladi: juda tez-tez (> 1/10); tez-tez (> 1/100 va < 1/10); tez-tez emas (> 1/1000 va < 1/100); kam hollarda (> 1/10000 va < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000), tez-tezligi noma'lum - mavjud ma'lumotlar bo‘yicha noxush reaksiya yuzaga kelish tez-tezligini aniqlash imkoni yo‘q.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziya; kam hollarda - vertigo; tez-tezligi noma'lum - ta'm bilishning buzilishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez - dispepsiya, abdominal og‘riqlar, diareya; tez-tez emas - ko‘ngil aynishi, gastrit, qorin dam bo‘lishi, qabziyat, qusish, me'da yarasi, o‘n ikki barmoqli ichak yarasi; tez-tezligi noma'lum - kolit (shu jumladan yarali kolit yoki limfotsitar kolit), pankreatit, stomatit.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: tez-tez emas - toshma, qichishish; tez-tezligi noma'lum - makulyoz-papulyoz eritematoz yoki eksfoliativ toshma, eshakemi, angionevrotik shish, bullyoz dermatit (ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz), o‘tkir generalizatsiyalangan ekzantematoz pustulyoz, dori gipersezuvchanligi sindromi, eozinofiliya va tizimli ko‘rinishlar bilan dori toshmasi (DRESS-sindrom), ekzema, yassi temiratki.
Qon va limfa tizimi tomonidan: tez-tez emas - qon ketish vaqtining uzayishi, periferik qonda trombositlar sonining kamayishi; leykopeniya, periferik qonda neytrofillar sonining kamayishi, eozinofiliya; tez-tezligi noma'lum - jiddiy qon ketish holatlari, asosan teri osti, skelet-mushak, ko‘z qon quyilishlari (kon'yunktival, ko‘z to‘qimasi va to‘r pardasiga), nafas yo‘llaridan qon ketishlar (qon tupurish, o‘pkadan qon ketishi), burun qonashlari, gematuriya va operatsiyadan keyingi yaralardan qon ketishlar va o‘lim bilan tugagan qon ketish holatlari (ayniqsa bosh miya ichiga qon quyilishlar, me'da-ichakdan qon ketishlar va qorin parda orti qon quyilishlari); agranulotsitoz, granulotsitopeniya, aplastik anemiya/pantsitopeniya, trombotik trombositopenik purpura (TTP), orttirilgan gemofiliya A.
Immun tizimi tomonidan: tez-tezligi noma'lum - anafilaktoid reaksiyalar, zardob kasalligi; boshqa tienopiridinlar (tiklopidin, prasugrel kabi) bilan kesishgan allergik va gematologik reaksiyalar.
Ruhiyat tomonidan: tez-tezligi noma'lum - ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar.
Tomirlar tomonidan: tez-tezligi noma'lum - vaskulit, qon bosimining pasayishi.
Nafas olish tizimi tomonidan: tez-tezligi noma'lum - bronxospazm, interstitsial pnevmoniya, eozinofil pnevmoniya.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: tez-tezligi noma'lum - gepatit (noinfektsion), o‘tkir jigar yetishmovchiligi.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: tez-tezligi noma'lum - artralgiya (bo‘g‘imlarda og‘riq) artrit, mialgiya.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: tez-tezligi noma'lum - glomerulonefrit.
Jinsiy a'zolar va sut bezi tomonidan: tez-tezligi noma'lum - ginekomastiya. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tezligi noma'lum - isitma. Laborator va instrumental ma'lumotlar: tez-tezligi noma'lum - jigar funktsional holati laborator ko‘rsatkichlarining normadan chetga chiqishi, qonda kreatinin kontsentratsiyasining oshishi.
Klopidogrel bilan davolashda, ayniqsa davolashning birinchi haftalari davomida va/yoki invaziv kardiologik protseduralar/jarrohlik amaliyotidan keyin, qon ketish belgilarini, shu jumladan yashirin qon ketishni istisno qilish uchun bemorlarni sinchkovlik bilan kuzatish zarur.
Qon ketish va qon tomonidan noxush ta'sirlar ("Nojo'ya ta'siri" bo'limiga qarang) rivojlanish xavfi tufayli, davolash davomida qon ketishga shubhali klinik simptomlar paydo bo'lganda, zudlik bilan umumiy klinik qon tahlilini o'tkazish, faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqtini (AChTV), trombotsitlar sonini, trombotsitlar funktsional faolligi ko'rsatkichlarini aniqlash va boshqa zarur tekshiruvlarni o'tkazish kerak.
Klopidogrel, boshqa antiagregant vositalar kabi, travmalar, jarrohlik amaliyotlari yoki boshqa patologik holatlar bilan bog'liq qon ketish rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda, shuningdek ASK, NYQP, shu jumladan TSOG-2 ingibitorlari, geparin yoki glikoprotein IIb/IIIa ingibitorlari, SIOZS va trombolitik preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak. Klopidogrelni varfarin bilan birga qo'llash qon ketish xavfini kuchaytirishi mumkin ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang), shuning uchun klopidogrel va varfarinni birga qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Agar bemorda rejali jarrohlik operatsiyasi kutilayotgan bo'lsa va bunda antitrombotsitar ta'sirga zarurat bo'lmasa, u holda operatsiyadan 5-7 kun oldin klopidogrel qabul qilishni to'xtatish kerak.
Klopidogrel qon ketish vaqtini uzaytiradi va qon ketishlarga (ayniqsa, oshqozon-ichak va ko'z ichi) moyillik tug'diruvchi kasalliklari bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak. Oshqozon-ichak trakti shilliq qavatining shikastlanishini chaqirishi mumkin bo'lgan preparatlarni (masalan, ASK, NYQP) klopidogrel qabul qilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Bemorlar klopidogrel (yolg'iz yoki ASK bilan kombinatsiyada) qabul qilinganda qon ketishni to'xtatish uchun ko'proq vaqt talab qilinishi mumkinligi, shuningdek, agar ularda g'ayrioddiy (lokalizatsiyasi yoki davomiyligi bo'yicha) qon ketish yuzaga kelsa, bu haqda o'z davolovchi shifokoriga xabar berishlari kerakligi haqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak. Har qanday kutilayotgan operatsiyadan oldin va har qanday yangi dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bemorlar shifokorga (shu jumladan stomatologga) klopidogrel qabul qilayotganligi haqida xabar berishlari kerak.
Juda kam hollarda klopidogrel qo'llanilgandan so'ng (ba'zan hatto qisqa muddatli) trombotik trombotsitopenik purpura (TTP) rivojlanish holatlari qayd etilgan, u nevrologik buzilishlar, buyrak funktsiyasi buzilishi va isitma bilan kechuvchi trombotsitopeniya va mikroangiopatik gemolitik anemiya bilan tavsiflanadi. TTP hayot uchun potentsial xavf tug'diruvchi holat bo'lib, shoshilinch davolashni, shu jumladan plazmaferezni talab qiladi.
Yaqinda o'tkazilgan o'tkinchi bosh miya qon aylanishi buzilishi yoki insult bo'lgan, takroriy ishemik asoratlar rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda ASK va klopidogrel kombinatsiyasi katta qon ketishlar rivojlanish chastotasini oshirishi ko'rsatilgan. Shuning uchun bunday kombinatsiyalangan terapiya ehtiyotkorlik bilan va faqat uni qo'llashdan isbotlangan klinik foyda bo'lgan holdagina o'tkazilishi kerak. Klopidogrel qabul qilinganda orttirilgan gemofiliya rivojlanish holatlari haqida xabar berilgan. Faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti (AChTV) ning tasdiqlangan izolyatsiyalangan ortishi, qon ketish rivojlanishi bilan yoki usiz kechganda, orttirilgan gemofiliya rivojlanishi ehtimoli masalasini ko'rib chiqish kerak. Tasdiqlangan orttirilgan gemofiliya tashxisi bo'lgan bemorlar ushbu kasallik bo'yicha mutaxassislar tomonidan kuzatilishi va davolanishi hamda klopidogrel qabul qilishni to'xtatishi kerak. CYP2C19 izofermenti faolligi past bo'lgan bemorlarda klopidogrel tavsiya etilgan dozalarda qo'llanilganda klopidogrelning faol metaboliti kamroq hosil bo'ladi va uning antiagregant ta'siri kuchsizroq namoyon bo'ladi, shu munosabat bilan o'tkir koronar sindromda yoki teri orqali koronar aralashuvda klopidogrelning odatda tavsiya etilgan dozalari qabul qilinganda yurak-qon tomir asoratlari rivojlanish chastotasi CYP2C19 izofermenti faolligi normal bo'lgan bemorlarga qaraganda yuqori bo'lishi mumkin. CYP2C19 genotipini aniqlash uchun testlar mavjud. Ushbu testlar terapevtik strategiyani tanlashda yordam berish uchun ishlatilishi mumkin.
CYP2C19 izofermenti faolligi past bo'lgan bemorlarda klopidogrelning yuqori dozalarini qo'llash masalasi ko'rib chiqilmoqda ("Farmakokinetika" bo'limi, "Farmakogenetika" kichik bo'limi, "Ehtiyotkorlik bilan", "Qo'llash usuli va dozalari" bo'limlariga qarang).
Bemorlardan boshqa tienopiridinlarga (tiklopidin, prasugrel kabi) oldin bo'lgan allergik va/yoki gematologik reaktsiyalar yuzasidan anamnez yig'ish kerak, chunki tienopiridinlar o'rtasida kesishma allergik va/yoki gematologik reaktsiyalar mavjudligi haqida xabar berilgan ("Nojo'ya ta'siri" bo'limiga qarang).
Tienopiridinlar o'rtacha va og'ir allergik reaktsiyalarni (toshma, angionevrotik shish kabi) yoki gematologik reaktsiyalarni (trombotsitopeniya va neytropeniya kabi) chaqirishi mumkin.
Ilgari tienopiridinlar guruhi preparatlaridan biriga allergik va/yoki gematologik reaktsiyalar kuzatilgan bemorlarda tienopiridinlar guruhining boshqa preparatiga shunday reaktsiyalar rivojlanish xavfi yuqori bo'lishi mumkin.
Kesishma allergik va/yoki gematologik reaktsiyalar monitoringi tavsiya etiladi.
Davolash davrida jigar funktsional holatini nazorat qilish zarur. Jigar og'ir shikastlanganda gemorragik diatеz rivojlanish xavfini yodda tutish kerak. 7 kundan kam davomiylikdagi o'tkir insultda klopidogrel qabul qilish tavsiya etilmaydi (chunki ushbu holatda uni qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q).
Klopidogrel preparati yordamchi modda sifatida laktoza saqlaganligi sababli, uni kam uchraydigan irsiy laktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi bo'lgan bemorlar qabul qilmasliklari kerak ("Qo'llash mumkin emas" bo'limiga qarang).
Transport vositalarini boshqarish, yuqori diqqatni talab qiluvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Klopidogrel transport vositalarini boshqarish, texnika bilan ishlash va yuqori diqqatni talab qiluvchi harakatlarni bajarish qobiliyatiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.
- Klopidogrelga yoki preparat tarkibiga kiruvchi har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.
- Og'ir jigar yetishmovchiligi.
- Faol qon ketish (shu jumladan peptik yaradan qon ketish yoki bosh miya ichiga qon quyilishi).
- Laktozani o'zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi.
- Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davri.
- 18 yoshgacha bo'lgan bolalar (qo'llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan).
Ehtiyotkorlik bilan
- Qon ketishga moyillik bo'lishi mumkin bo'lgan o'rtacha jigar yetishmovchiligida (qo'llash bo'yicha cheklangan klinik tajriba).
- Buyrak yetishmovchiligida (qo'llash bo'yicha cheklangan klinik tajriba).
- Qon ketishlar rivojlanishiga moyillik bo'lgan kasalliklarda (ayniqsa oshqozon-ichak yoki ko'z ichi) va oshqozon-ichak trakti shilliq qavatining shikastlanishini chaqirishi mumkin bo'lgan dori vositalarini (atsetilsalitsil kislotasi (ASK) va nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYQP), shu jumladan siklooksigenaza-2 (TSOG-2) selektiv ingibitorlari) bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda.
- Jarohat, jarrohlik aralashuvi yoki boshqa patologik holatlar tufayli qon ketish rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda, shuningdek ASK, geparin, varfarin, glikoprotein IIb/IIIa ingibitorlari, NYQP, shu jumladan TSOG-2 selektiv ingibitorlari yoki serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar (SQQOSI) bilan davolanayotgan bemorlarda ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
- CYP2C19 izofermenti faolligi past bo'lgan bemorlarda ("Farmakokinetika" bo'limi "Farmakogenetika" kichik bo'limi, "Qo'llash usuli va dozalari", "Maxsus ko'rsatmalar" bo'limlariga qarang).
- Anamnezda boshqa tienopiridinlarga (tiklopidin, prasugrel kabi) allergik va gematologik reaktsiyalar bo'lganda (kesishuvchi allergik va gematologik reaktsiyalar ehtimoli, "Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
- Yaqinda o'tkazilgan o'tkinchi miya qon aylanishi buzilishi yoki ishemik insultda (ASK bilan birgalikda, "Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Homiladorlikda va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi Homiladorlik
Hayvonlardagi tadqiqotlar homiladorlik kechishiga, embrional rivojlanishga, tug'ruqqa va postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita noxush ta'sirlarni aniqlamadi. Hayvonlardagi tadqiqotlar natijalari bo'yicha inson reaktsiyasini har doim ham oldindan aytib bo'lmasligi va homilador ayollar tomonidan klopidogrel qabul qilinishi bo'yicha nazorat qilingan klinik tadqiqotlar ma'lumotlari yo'qligi sababli, ehtiyotkorlik chorasi sifatida homiladorlik davrida klopidogrel qabul qilish tavsiya etilmaydi, shifokor fikriga ko'ra uni qo'llash o'ta zarur bo'lgan hollar bundan mustasno.
Ko'krak suti bilan emizish davri
Kalamushlardagi tadqiqotlarda klopidogrel va/yoki uning metabolitlari ko'krak sutiga ekskresiya qilinishi ko'rsatilgan. Insonda klopidogrelning ko'krak sutiga ekskresiyasi haqida ma'lumotlar yo'q. Klopidogrel bilan davolash davrida ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish tavsiya etiladi.
Qo'llanilishi qon ketish rivojlanish xavfi bilan bog'liq bo'lgan dori vositalari bilan
Ularning klopidogrel bilan potentsial additiv ta'siri oqibatida qon ketish rivojlanish xavfi yuqori. Qo'llanilishi qon ketish rivojlanish xavfi bilan bog'liq bo'lgan dori preparatlarini klopidogrel bilan bir vaqtda qo'llashni ehtiyotkorlik bilan o'tkazish kerak.
Varfarin bilan
Garchi klopidogrelni 75 mg/sutka qabul qilish uzoq vaqt davomida varfarin bilan davolanayotgan bemorlarda varfarin (CYP2C9 izofermenti substrati) farmakokinetikasini yoki xalqaro normallashtirilgan nisbatni (XNN) o'zgartirmagan bo'lsa-da, klopidogrelni bir vaqtda qabul qilish uning qon ivishiga mustaqil qo'shimcha ta'siri tufayli qon ketish xavfini oshiradi. Shuning uchun varfarin va klopidogrelni bir vaqtda qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
IIb/IIIa-retseptorlar blokatorlari bilan
Klopidogrel va IIb/IIIa-retseptorlar blokatorlari o'rtasida farmakodinamik o'zaro ta'sir ehtimoli tufayli ularni birga qo'llash ehtiyotkorlikni talab qiladi, ayniqsa qon ketish rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda (jarohatlar va jarrohlik aralashuvlarida yoki boshqa patologik holatlarda).
Atsetilsalitsil kislotasi (ASK) bilan
ASK ADF-induktsiyalangan trombotsitlar agregatsiyasiga klopidogrelning ingibirlovchi ta'sirini o'zgartirmaydi, ammo klopidogrel kollagen-induktsiyalangan trombotsitlar agregatsiyasiga ASK ta'sirini kuchaytiradi. Shunga qaramay, ASKni kuniga 2 marta 500 mg dan bir sutka davomida klopidogrel bilan bir vaqtda qabul qilish klopidogrel qabul qilish chaqirgan qon ketish vaqtining sezilarli uzayishini keltirib chiqarmagan.
Klopidogrel va ASK o'rtasida qon ketish xavfining oshishiga olib keladigan farmakodinamik o'zaro ta'sir bo'lishi mumkin. Shuning uchun ularni birga qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Shunga qaramay, klinik tadqiqotlarda bemorlar
bir yilgacha klopidogrel va ASK (sutkada bir marta 75-325 mg) kombinatsiyalangan terapiyasini olganlar.
Geparin bilan
Sog'lom shaxslar ishtirokida o'tkazilgan klinik tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra, klopidogrel qabul qilinganda geparin dozasini o'zgartirish talab etilmagan va uning antikoagulyant ta'siri o'zgarmagan. Geparinni bir vaqtda qo'llash klopidogrelning antiagregant samarasini o'zgartirmagan. Klopidogrel va geparin o'rtasida qon ketish rivojlanish xavfini oshirishi mumkin bo'lgan farmakodinamik o'zaro ta'sir bo'lishi mumkin, shuning uchun ushbu preparatlarni bir vaqtda qo'llash ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Trombolitik preparatlar bilan
Klopidogrel, fibrinspetsifik yoki fibrinnospetsifik trombolitik preparatlar va geparinni birga qo'llash xavfsizligi o'tkir miokard infarkti bo'lgan bemorlarda o'rganilgan. Klinik ahamiyatga ega qon ketishlar rivojlanish chastotasi trombolitik preparatlar, geparinni ASK bilan birga qo'llash holatida kuzatilganiga o'xshash bo'lgan.
Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYQPV) bilan
Sog'lom ko'ngillilar ishtirokida o'tkazilgan klinik tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra, klopidogrel va naproksenni birga qo'llash yashirin oshqozon-ichakdan qon ketishlarni oshirgan. Biroq, boshqa NYQPV bilan o'zaro ta'sir bo'yicha tadqiqotlar yo'qligi sababli, hozirgi vaqtda klopidogrelni boshqa NYQPV bilan birga qabul qilishda oshqozon-ichakdan qon ketishlar rivojlanish xavfi yuqori ekanligi ma'lum emas. Shuning uchun NYQPVni, shu jumladan SOG-2 ingibitorlarini klopidogrel bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Serotoninni qayta qamrab olish selektiv ingibitorlari (SIO'SI) bilan
SIO'SI trombotsitlar faollashuvini buzishi va qon ketish rivojlanish xavfini oshirishi sababli, SIO'SIni klopidogrel bilan bir vaqtda qo'llash ehtiyotkorlik bilan o'tkazilishi kerak.
Boshqa bir vaqtda o'tkazilayotgan terapiya bilan
CYP2C19 izofermentining kuchli va o'rtacha ingibitorlari bilan
Klopidogrel o'zining faol metaboliti hosil bo'lishigacha qisman CYP2C19 izofermenti yordamida metabolizmga uchrashi sababli, ushbu izofermentni ingibirlaydigan dori preparatlarini qo'llash klopidogrel faol metaboliti darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu o'zaro ta'sirning klinik ahamiyati aniqlanmagan. Ehtiyotkorlik chorasi sifatida klopidogrelni CYP2C19 izofermentining kuchli yoki o'rtacha ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak. CYP2C19 izofermentining kuchli va o'rtacha ingibitorlariga quyidagilar kiradi: omeprazol, ezomeprazol, fluvoksamin, fluoksetin, moklobemid, vorikonazol, flukonazol, tiklopidin, tsiprofloksatsin, simetidin, karbamazepin, okskarbazepin, xloramfenikol. Klopidogrelni CYP2C19 izofermentining kuchli yoki o'rtacha ingibitorlari bo'lgan proton pompasi ingibitorlari (masalan, omeprazol, ezomeprazol) bilan bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak. Agar proton pompasi ingibitorlari klopidogrel bilan bir vaqtda qabul qilinishi kerak bo'lsa, CYP2C19 izofermentini eng kam ingibirlaydigan proton pompasi ingibitorini (masalan, pantoprazol, lansoprazol) qabul qilish kerak.
Ehtimoliy farmakodinamik va farmakokinetik o'zaro ta'sirlarni o'rganish maqsadida klopidogrel va boshqa, bir vaqtda qo'llaniladigan dori vositalari bilan bir qator klinik tadqiqotlar o'tkazilgan bo'lib, ular quyidagilarni ko'rsatdi:
- klopidogrelni atenolol, nifedipin yoki ikkala preparat bilan birga, bir vaqtda qabul qilinganda, klinik ahamiyatga ega farmakodinamik o'zaro ta'sir kuzatilmagan;
- fenobarbital va estrogenlarni bir vaqtda qo'llash klopidogrel farmakodinamikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmagan;
- digoksin va teofillinning farmakokinetik ko'rsatkichlari ular klopidogrel bilan birga qo'llanilganda o'zgarmagan;
- antatsid vositalar klopidogrel so'rilishini kamaytirmagan;
- fenitoin va tolbutamidni klopidogrel bilan bir vaqtda xavfsiz qo'llash mumkin (CAPRIE tadqiqoti). Klopidogrel fenitoin va tolbutamid kabi boshqa dori vositalari, shuningdek sitoxrom P450 guruhining CYP2C19 izofermenti yordamida metabolizmga uchraydigan NYQPV metabolizmiga ta'sir qilishi ehtimoli kam;
angiotenzin o'zgartiruvchi ferment (AO'F) ingibitorlari, diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar, "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari, gipolipidemik vositalar, koronar vazodilatatorlar, gipoglikemik vositalar (shu jumladan insulin), tutqanoqqa qarshi vositalar, gormon o'rnini bosuvchi terapiya va GPIIb/IIIa-retseptorlar blokatorlari: klinik tadqiqotlarda klinik ahamiyatga ega istalmagan o'zaro ta'sirlar aniqlanmagan).
CYP2C8 izofermenti substratlari bo'lgan dori vositalari bilan. Klopidogrel sog'lom ko'ngillilarda repaglinidning tizimli ekspozitsiyasini oshirishi ko'rsatilgan. In vitro tadqiqotlar repaglinid tizimli ekspozitsiyasining oshishi klopidogrelning glyukuronid metaboliti tomonidan CYP2C8 izofermenti ingibirlanishi oqibati ekanligini ko'rsatdi. Klopidogrel va asosan CYP2C8 izofermenti yordamida metabolizm yo'li bilan organizmdan chiqariladigan dori preparatlarini (masalan, repaglinid, paklitaksel) bir vaqtda qo'llashda plazma kontsentratsiyasining oshishi xavfi tufayli ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Kattalar va CYP2C19 izofermenti faolligi normal bo'lgan keksa yoshdagi bemorlar
Miokard infarkti, ishemik insult va tashxislangan periferik arteriyalarning okklyuzion kasalligi
Preparat 75 mg dan sutkasiga 1 marta qabul qilinadi. Miokard infarkti bo'lgan bemorlarda davolashni miokard infarktining birinchi kunlaridan 35-kunigacha, ishemik insult bo'lgan bemorlarda esa - ishemik insultdan keyin 7 kundan 6 oygacha bo'lgan muddatlarda boshlash mumkin.
ST segmenti ko'tarilishi bo'lmagan o'tkir koronar sindrom (nostabil stenokardiya, Q tishsiz miokard infarkti)
Klopidogrel bilan davolashni bir martalik yuklama doza - 300 mg qabul qilishdan boshlash kerak, keyin esa 75 mg dozani sutkasiga 1 marta qabul qilish bilan davom ettirish kerak (atsetilsalitsil kislotasini sutkasiga 75-325 mg dozalarda birgalikda qo'llash bilan). Atsetilsalitsil kislotasining yuqoriroq dozalarini qo'llash qon ketish xavfining oshishi bilan bog'liqligi sababli, ushbu ko'rsatmada atsetilsalitsil kislotasining tavsiya etilgan dozasi 100 mg dan oshmaydi. Maksimal ijobiy ta'sir 3 oylik davolashdan keyin sodir bo'ladi. Ushbu ko'rsatmada davolashning optimal davomiyligi rasman belgilanmagan. Klinik tadqiqotlar natijalari ST segmenti ko'tarilishi bo'lmagan o'tkir koronar sindrom rivojlanganidan keyin 12 oygacha klopidogrel qabul qilishning maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
ST segmenti ko'tarilishi bilan kechuvchi o'tkir koronar sindrom (ST segmenti ko'tarilishi bilan kechuvchi o'tkir miokard infarkti)
Klopidogrel bir marta 75 mg dozada sutkasiga 1 marta, atsetilsalitsil kislotasi va trombolitiklar bilan (yoki trombolitiklarsiz) kombinatsiyada dastlabki bir martalik yuklama dozani qabul qilish bilan tayinlanadi.
Kombinatsiyalangan terapiya simptomlar paydo bo'lgandan keyin imkon qadar tezroq boshlanadi va kamida 4 hafta davom ettiriladi. 75 yoshdan oshgan bemorlarda klopidogrel bilan davolash uning yuklama dozasini qabul qilmasdan boshlanishi kerak.
Yurak bo'lmachalarining fibrillyatsiyasi (hilpilovchi aritmiya)
Preparat 75 mg dozada sutkasiga bir marta tayinlanadi. Klopidogrel bilan kombinatsiyada terapiyani boshlash va keyin atsetilsalitsil kislotasini sutkasiga 75-100 mg dozada qabul qilishni davom ettirish kerak.
Navbatdagi dozani qabul qilishni o'tkazib yuborish
• agar navbatdagi dozani qabul qilish o'tkazib yuborilgandan keyin 12 soatdan kam vaqt o'tgan bo'lsa, u holda preparatning o'tkazib yuborilgan dozasini darhol qabul qilish kerak, keyingi dozalarni esa odatdagi vaqtda qabul qilish kerak;
• agar navbatdagi dozani qabul qilish o'tkazib yuborilgandan keyin 12 soatdan ko'p vaqt o'tgan bo'lsa, u holda keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qilish kerak (ikki baravar dozani qabul qilmaslik kerak).
Kattalar va genetik jihatdan CYP2C19 izofermenti faolligi pasaygan keksa yoshdagi bemorlar
CYP2C19 izofermentining past faolligi klopidogrelning antiagregant ta'sirining pasayishi bilan bog'liq. CYP2C19 izofermenti faolligi past bo'lgan bemorlarda preparatni yuqoriroq dozalarda (yuklama doza 600 mg, keyin 150 mg sutkasiga bir marta) qo'llash klopidogrelning antiagregant ta'sirining kuchayishiga olib keladi. Biroq, klinik natijalarni o'rganish bo'yicha klinik tadqiqotlarda genetik jihatdan CYP2C19 izofermentining past faolligi tufayli metabolizmi pasaygan bemorlarda klopidogrelning optimal dozalash tartibi belgilanmagan.
Bemorlarning alohida guruhlari
Keksa yoshdagi bemorlar
Keksa yoshdagi ko'ngillilarda (75 yoshdan oshgan) yosh ko'ngillilar bilan solishtirganda trombotsitlar agregatsiyasi va qon ketish vaqti ko'rsatkichlari bo'yicha farqlar aniqlanmadi. Keksa yoshdagi bemorlarda dozani to'g'irlash talab qilinmaydi.
ko'ngillilar. Biroq, qon ketish vaqtining uzayish darajasi sutkasiga 75 mg dozada klopidogrel qabul qilgan sog'lom ko'ngillilardagi kabi bo'lgan. Preparatning o'zlashtirilishi barcha bemorlarda yaxshi bo'lgan.
Jigar funktsiyasining buzilishi
Jigar funktsiyasi jiddiy buzilgan bemorlarda 10 kun davomida sutkasiga 75 mg dozada klopidogrel qo'llanilgandan so'ng, adenozindifosfat-induktsiyalangan trombotsitlar agregatsiyasining ingibirlanish darajasi va qon ketish vaqtini uzayishining o'rtacha ko'rsatkichi sog'lom ko'ngillilar bilan solishtirib bo'ladigan darajada bo'lgan.
Etnik xususiyatlar
O'rtacha yoki pasaygan metabolizm bilan bog'liq bo'lgan CYP2C19 izofermenti genlari allellarining tarqalishi turli irqiy/etnik guruhlar vakillarida farq qiladi ("Farmakogenetika" kichik bo'limiga qarang). Mongoloid irqidagi bemorlar uchun klinik natijalarga CYP2C19 izofermentini genotiplashning ahamiyatini baholash imkonini beruvchi cheklangan adabiyot ma'lumotlari mavjud.
Gender effektlari
Erkaklar va ayollarda klopidogrelning farmakodinamik xususiyatlarini solishtirganda, ayollarda adenozindifosfat-induktsiyalangan trombotsitlar agregatsiyasining kamroq ingibirlanishi kuzatilgan, ammo qon ketish vaqtini uzayishida farqlar bo'lmagan. Ishemik asoratlar rivojlanish xavfi bo'lgan bemorlarda klopidogrelni atsetilsalitsil kislotasi bilan solishtirganda, klinik natijalar, boshqa nojo'ya ta'sirlar va klinik-laborator ko'rsatkichlarning normadan og'ishi chastotasi erkaklarda ham, ayollarda ham bir xil bo'lgan.
Bolalar
Bolalarda preparatni qo'llash tajribasi mavjud emas.
Buyrak funktsiyasining buzilishi
Buyrak funktsiyasi jiddiy buzilgan (KK 5-15 ml/min) bemorlarda sutkasiga 75 mg dozada klopidogrel takroran qo'llanilgandan so'ng, adenozindifosfat-induktsiyalangan trombotsitlar agregatsiyasining ingibirlanish darajasi sog'lomlarga qaraganda 25% ga past bo'lganDozani oshirib yuborishBelgilari: qon ketishlarning rivojlanishi ko'rinishidagi keyingi asoratlar bilan qon ketish vaqtining oshishi.
Davolash: qon ketish paydo bo'lganda tegishli davolash tadbirlarini o'tkazish, trombotsitlar massasini quyish talab qilinadi. Maxsus antidot yo'q.
Klopidogrel boshqa chiqarish shakllari


KLOPIDOGREL 0,075 tabletkalari N28 analoglari

















