KLOTRIMAZOL maz 25g 1%

KLOTRIMAZOL maz 25g 1% haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Klotrimazol teri orqali yomon so'riladi va deyarli tizimli ta'sir ko'rsatmaydi. Epidermisning chuqur qatlamlaridagi kontsentratsiya dermatofitlar uchun minimal bostiruvchi kontsentratsiyadan yuqori.
Tashqi qo'llanilganda klotrimazol kontsentratsiyasi epidermisda dermis va teri osti kletchatkasiga qaraganda yuqori.
Farmakologik ta'siri
Klotrimazol zamburug‘larga qarshi imidazal preparatlari guruhining vakili hisoblanadi. Klotrimazol (imidazol hosilasi) faol ta’sir etuvchi moddasining antimikotik samarasi zamburug‘lar hujayra membranasining tarkibiy qismi bo‘lgan ergosterin sintezining buzilishi bilan bog‘liq, bu membrana o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi va hujayraning keyingi lizisini chaqiradi. Kichik konsentratsiyalarda fungistatik, katta konsentratsiyalarda esa fungitsid ta’sir ko‘rsatadi, bunda nafaqat proliferatsiyalanuvchi hujayralarga ta’sir qiladi. Fungitsid konsentratsiyalarda mitoxondrial va peroksidaz fermentlari bilan o‘zaro ta’sirlashadi, natijada vodorod peroksidi konsentratsiyasining toksik darajagacha oshishi ro‘y beradi, bu ham zamburug‘ hujayralarining parchalanishiga yordam beradi.
Dermatofitlar, achitqisimon va mog‘or zamburug‘lari, shuningdek rang-barang temiratki qo‘zg‘atuvchisi Pityrosporum orbiculare (Malassezia furfur) va eritrazma qo‘zg‘atuvchisiga nisbatan samarali.
Nojo'ya samaralari
Teri qoplamalari tomonidan: qichishish, achishish, malham surtilgan joylarda sanchish, eritema, qavariqlar, shish, terining ta'sirlanishi va po'st tashlashi, paresteziyalar paydo bo'lishi.
Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatni ko'z sohasidagi teriga surtish tavsiya etilmaydi.
Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda jigar funksional holatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.
Yuqori sezuvchanlik yoki ta'sirlanish belgilari paydo bo'lganda davolash to'xtatiladi.
3 kun davomida samara bo'lmaganda tashxisni tasdiqlash kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- klotrimazolga yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlikning I trimestri.
Ehtiyotkorlik bilan: laktatsiya davri.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Amfoterisin B, nistatin, natamisin bir vaqtda qo'llanilganda klotrimazol samaradorligini pasaytiradi. Maz qo'llanilganda boshqa vositalar bilan salbiy o'zaro ta'sirlar noma'lum va ularni kutish kerak emas, chunki klotrimazolning rezorbsion qobiliyati juda past.
Dozirovkasi
Sirtga. Maz yupqa qatlam qilib kuniga 2-3 marta oldindan tozalangan (neytral pH qiymatli sovun qo'llash bilan) va quruq terining zararlangan sohalariga surtiladi va ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi.
Davolash davomiyligi kasallikning og'irligi, patologik o'zgarishlarning joylashuvi va terapiya samaradorligiga bog'liq.
Dermatomikozlarni davolash kamida 4 hafta, kepaklanuvchi temiratkini - 1-3 hafta davomida o'tkaziladi. Terapiya kursi tugagandan so'ng (klinik ko'rinishlar yo'qolganda) davolashni yana 14 kun davomida, oyoq terisining zamburug'li zararlanishlarida esa 2-3 hafta davomida davom ettirish maqsadga muvofiqdir.
KLOTRIMAZOL maz 25g 1% o'xshash dorilari



KLOTRIMAZOL maz 25g 1% xususiyatlari
Klotrimazol boshqa chiqarish shakllari
KLOTRIMAZOL maz 25g 1% analoglari













