KONKOR AM 0,005+0,005 tabletkalari N30

KONKOR AM 0,005+0,005 tabletkalari N30 o'xshash dorilari


KONKOR AM 0,005+0,005 tabletkalari N30 qo'llanmasi
Amlodipin:
So'rilishi
Amlodipin ichga qabul qilingandan so'ng yaxshi so'riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentratsiya 6-12 soatdan keyin qayd etiladi. Preparatni ovqat bilan birga qabul qilish uning so'rilishiga ta'sir qilmaydi. Mutlaq biokiraolishligi 64-80% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
Ko'rinadigan taqsimlanish hajmi 21 l/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi muvozanat konsentratsiyasiga (5-15 ng/ml) preparat qabul qilish boshlanganidan 7-8 kun o'tgach erishiladi.
In vitro tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, aylanib yuruvchi amlodipinning taxminan 93-98% qon plazmasi oqsillari bilan bog'langan.
Metabolizmi va chiqarilishi
Amlodipin jigarda jadal metabolizmga uchraydi. Qabul qilingan dozaning taxminan 90% nofaol piridin hosilalariga aylanadi. Qabul qilingan dozaning taxminan 10% siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Nofaol metabolitlar miqdorining taxminan 60% buyraklar orqali va 20-25% ichak orqali chiqariladi. Qon plazmasidagi konsentratsiyaning pasayishi ikki fazali xususiyatga ega. Yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 35-50 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada bir marta yuborish imkonini beradi. Umumiy klirens 7 ml/daq/kg ni (vazni 60 kg bo'lgan bemorda 25 l/soat) tashkil qiladi. Keksa bemorlarda u 19 l/soatni tashkil qiladi.
Keksa bemorlarda va buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda amlodipin farmakokinetikasining sezilarli o'zgarishlari kuzatilmagan.
Klirens pasayishi tufayli jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga pastroq boshlang'ich dozalar buyurilishi kerak.
Bisoprolol:
So'rilishi
Bisoprolol me'da-ichak yo'lidan deyarli to'liq (90% dan ortiq) so'riladi. Uning biokiraolishligi, jigar orqali "birinchi o'tishda" arzimas metabolizatsiya (taxminan 10% darajasida) tufayli, ichga qabul qilingandan so'ng taxminan 90% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish biokiraolishlikka ta'sir qilmaydi. Bisoprolol chiziqli kinetikani namoyish etadi, bunda uning qon plazmasidagi konsentratsiyalari 5 dan 20 mg gacha bo'lgan diapazonda qabul qilingan dozaga proporsionaldir. Qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyaga 2-3 soatdan keyin erishiladi.
Taqsimlanishi
Bisoprolol ancha keng taqsimlanadi. Taqsimlanish hajmi 3,5 l/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 30% ga yetadi.
Metabolizmi
Keyingi kon'yugatsiyasiz oksidlanish yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Barcha metabolitlar qutbli (suvda eruvchan) va buyraklar orqali chiqariladi. Qon plazmasi va siydikda aniqlanadigan asosiy metabolitlar farmakologik faollik namoyon etmaydi.
Inson jigari mikrosomalari bilan in vitro eksperimentlari natijasida olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, bisoprolol birinchi navbatda CYP3A4 izofermenti yordamida (taxminan 95%) metabolizmga uchraydi, CYP2D6 izofermenti esa faqat arzimas rol o'ynaydi.
Chiqarilishi
Bisoprolol klirensi buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqarilish (taxminan 50%) va jigarda metabolitlargacha metabolizm (taxminan 50%) o'rtasidagi muvozanat bilan belgilanadi, metabolitlar ham buyraklar orqali chiqariladi. Umumiy klirens 15 l/soatni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri - 10-12 soat.
Faol ingrediyentlar alohida qo‘llanilganda kuzatilgan noxush nojo‘ya reaksiyalar tez-tezlik bo‘yicha quyidagi guruhlash mezonlariga muvofiq taqdim etilgan: Juda tez-tez >1/10; tez-tez >1/100 - 1/1 000 - 1/10 000 -
Amlodipin bo‘yicha:
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda: leykopeniya, trombositopeniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda: allergik reaksiyalar.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda: giperglikemiya.
Ruhiy buzilishlar: tez-tez emas: uyqusizlik, kayfiyat o‘zgarishi (sh.j. xavotir), depressiya; kam hollarda: ongning chalkashishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik (ayniqsa davolash boshida); tez-tez emas: hushdan ketish, gipesteziya, paresteziya, disgevziya, tremor; juda kam hollarda: mushak gipertoniyasi, periferik neyropatiya.
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: ko‘rishning buzilishi (sh.j. diplopiya).
Eshitish a'zosi va labirint buzilishlari: tez-tez emas: quloqlarda shovqin.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez: ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq; tez-tez emas: qusish, defekatsiya rejimining o‘zgarishi (sh.j. qabziyat yoki diareya), dispepsiya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qurishi; juda kam hollarda - gastrit, milklar giperplaziyasi, pankreatit.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda: gepatit*, sariqlik*.
Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez: yurak urishini his qilish; juda kam hollarda: miokard infarkti, aritmiya (bradikardiya, qorincha taxikardiyasi, bo‘lmachalar hilpillashi).
Tomirlar tomonidan buzilishlar: tez-tez: yuzga qon "quyilishlari", tez-tez emas: qon bosimining yaqqol pasayishi; juda kam hollarda: vaskulit.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: hansirash, rinit; juda kam hollarda: yo‘tal.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: pollakiuriya, og‘riqli siydik chiqarishga qistovlar, nikturiya.
Jinsiy a'zolar va sut bezi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: impotentsiya, ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez: periferik shishlar, yuqori toliqish; tez-tez emas: ko‘krakda og‘riq, asteniya, og‘riq, umumiy holsizlik.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: tez-tez: to‘piqlar shishi; tez-tez emas: artralgiya, mialgiya, mushak spazmlari, belda og‘riq.
Teri va teri osti qoplamalari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: alopesiya, purpura, teri rangining o‘zgarishi, ko‘p terlash, qichishish, toshma, ekzantema; juda kam hollarda: angionevrotik shish, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, eshakemi, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, Kvinke shishi, fotosensitivlik.
Laborator va instrumental ma'lumotlar: tez-tez emas: tana vaznining ortishi, tana vaznining kamayishi; juda kam hollarda: "jigar" fermentlari faolligining oshishi*.
*Ko‘pchilik hollarda xolestaz bilan
Bisoprolol bo‘yicha:
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: kam hollarda: triglitseridlar kontsentratsiyasining oshishi.
Ruhiy buzilishlar: tez-tez emas: depressiya; kam hollarda: gallyutsinatsiyalar, tungi dahshatlar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez: bosh og‘rig‘i**, bosh aylanishi**; tez-tez emas: uyqusizlik; kam hollarda: hushdan ketish.
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar: kam hollarda: ko‘z yoshi oqishining kamayishi (kontakt linzalar taqilganda hisobga olish kerak); juda kam hollarda: kon'yunktivit.
Eshitish a'zosi va labirint buzilishlari: kam hollarda: eshitishning buzilishi.
Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: AV o‘tkazuvchanlikning buzilishi, bradikardiya, SYE kechishi simptomlarining kuchayishi.
Tomirlar tomonidan buzilishlar: tez-tez: oyoq-qo‘llarda sovqotish yoki uvishish hissi, qon bosimining yaqqol pasayishi; tez-tez emas: ortostatik gipotenziya.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: anamnezida bronxial astma yoki nafas yo‘llari obstruktsiyasi bo‘lgan bemorlarda bronxospazm; kam hollarda: allergik rinit.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: kam hollarda: gepatit.
Teri va teri osti qoplamalari tomonidan buzilishlar: kam hollarda: teri qichishishi, toshma, teri qoplamalarining giperemiyasi kabi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari; juda kam hollarda: alopesiya. Beta-adrenoblokatorlar psoriaz kechishi simptomlarining kuchayishiga yordam berishi yoki psoriazsimon toshmani chaqirishi mumkin.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: mushak zaifligi, mushak spazmlari.
Jinsiy a'zolar va sut bezi tomonidan buzilishlar: kam hollarda: impotentsiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez: yuqori toliqish**; tez-tez emas: holdan toyish**.
Laborator va instrumental ma'lumotlar: kam hollarda: qonda "jigar" transaminazalari (aspartataminotransferaza (AST), alaninaminotransferaza (ALT)) faolligining oshishi.
** Ayniqsa tez-tez ushbu simptomlar davolash kursi boshida paydo bo‘ladi. Odatda bu hodisalar yengil xarakterga ega va, qoida tariqasida, davolash boshlangandan keyin 1-2 hafta ichida o‘tib ketadi.
Amlodipin bo'yicha:
Yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar amlodipinni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. NYHA tasnifi bo'yicha III-IV bosqich yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda amlodipin o'pka shishi paydo bo'lishi xavfini oshiradi, bu SYuYe kechishi simptomlarining og'irlashishi bilan bog'liq emas.
Bisoprolol bo'yicha:
Bisoprolol bilan davolashni to'xtatish to'satdan bo'lmasligi kerak, ayniqsa YIK bo'lgan bemorlarda, agar preparatni bekor qilishga aniq ko'rsatmalar bo'lmasa. Bisoprololni to'satdan bekor qilish kardial patologiyaning vaqtinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Bisoprolol arterial gipertenziyasi yoki stenokardiyasi bo'lgan, yurak yetishmovchiligi bilan birga kechuvchi bemorlarga alohida ehtiyotkorlik bilan tayinlanishi kerak.
Boshqa beta-adrenoblokatorlarda bo'lgani kabi, bisoprolol allergenlarga sezgirlikni oshirishi va anafilaktik reaktsiyalarni kuchaytirishi mumkin, shuning uchun bir vaqtda o'tkazilayotgan desensibilizatsiya terapiyasida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Adrenalinni qo'llash har doim ham kutilgan terapevtik samarani bermasligi mumkin.
Bisoprolol qo'llanilganda gipertireoz simptomlari niqoblanishi mumkin.
Feoxromotsitomasi bo'lgan bemorlarda bisoprolol faqat alfa-adrenoretseptorlar blokadasidan keyin tayinlanishi kerak.
Umumiy anesteziya o'tkazishdan oldin anesteziolog bemorning beta-adrenoblokatorlarni qabul qilayotganligi haqida xabardor qilingan bo'lishi kerak. Agar beta-adrenoblokatorni jarrohlik aralashuvidan oldin bekor qilish zarur bo'lsa, bu asta-sekin bajarilishi va anesteziyadan taxminan 48 soat oldin tugatilishi kerak.
Bronxial astma yoki O'SOKda bir vaqtda bronxodilatatsiya qiluvchi vositalarni qo'llash ko'rsatilgan. Bronxial astmasi bo'lgan bemorlarda nafas yo'llari qarshiligi oshishi mumkin, bu beta2-adrenomimetiklarning yuqoriroq dozasini talab qiladi.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Preparat bilan davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va texnik jihatdan murakkab mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Amlodipin bo'yicha:
- nostabil stenokardiya (Prinstmetal stenokardiyasidan tashqari);
- o'tkir miokard infarkti (birinchi 28 kun davomida);
- klinik ahamiyatli aortal stenoz.
Bisoprolol bo'yicha:
- inotrop terapiya o'tkazishni talab qiladigan o'tkir yurak yetishmovchiligi yoki dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuE);
- elektrokardiostimulyatorsiz II va III darajali atrioventrikulyar (AV) blokada;
- sinus tuguni zaifligi sindromi (STZS);
- sinoatrial blokada;
- yaqqol bradikardiya (YUR daqiqasiga 60 zarbadan kam);
- bronxial astma yoki o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligining (O'SOK) og'ir shakllari;
- periferik arterial qon aylanishining yaqqol buzilishlari yoki Reyno sindromi;
- feoxromotsitoma (alfa-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo'llamasdan);
- metabolik atsidoz;
Amlodipin/bisoprolol kombinatsiyasi bo'yicha:
- amlodipinga, digidropiridinning boshqa hosilalariga, bisoprololga va/yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik;
- yaqqol arterial gipotenziya (sistolik AB 100 mm sim. ust. dan kam);
- shok (shu jumladan kardiogen);
- 18 yoshgacha bo'lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
Ehtiyotkorlik bilan:
SYuE (shu jumladan NYHA tasnifi bo'yicha III-IV funksional sinf ishemik bo'lmagan etiologiyali), jigar yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, gipertireoz, qonda glyukoza kontsentratsiyasining sezilarli o'zgarishlari bilan kechuvchi qandli diabet, I darajali AV blokada, Printzmetal stenokardiyasi, periferik arteriyalarning okklyuzion kasalliklari, psoriaz (shu jumladan anamnezda), ochlik (qat'iy dieta), feoxromotsitoma (alfa-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo'llashda), bronxial astma va O'SOK, bir vaqtda o'tkazilayotgan desensibilizatsiya qiluvchi terapiya, umumiy anesteziya o'tkazish, keksa yosh, arterial gipotenziya, 1-turdagi qandli diabet, aortal stenoz, mitral stenoz, o'tkir miokard infarkti (birinchi 28 kundan keyin).
Homiladorlik va laktatsiya:
Amlodipin bo'yicha:
Eksperimental tadqiqotlarda preparatning fetotoksik va embriotoksik ta'siri aniqlanmagan, ammo homiladorlikda qo'llash faqat ona uchun foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan hollarda mümkin.
Amlodipinning ko'krak suti bilan ekskresiyasi haqida ma'lumotlar yo'q. Biroq, ma'lumki, boshqa KKB - digidropiridin hosilalari ko'krak suti bilan ekskresiya qilinadi. Shu sababli, laktatsiya davrida amlodipin tayinlash zarurati tug'ilganda, ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak.
Bisoprolol bo'yicha:
Bisoprololni homiladorlikda qo'llash faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan hollarda mümkin. Beta-adrenoblokatorlar yo'ldoshda qon oqimini kamaytiradi va homila rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin. Yo'ldosh va bachadonda qon oqimini kuzatib borish, shuningdek bo'lajak bolaning o'sishi va rivojlanishini kuzatish kerak va homiladorlik va/yoki homilaga nisbatan noxush holatlar yuzaga kelganda muqobil davolash usullarini qabul qilish kerak.
Tug'ruqdan keyin yangi tug'ilgan chaqaloqni sinchkovlik bilan tekshirish kerak. Hayotining birinchi uch kunida bradikardiya va gipoglikemiya simptomlari paydo bo'lishi mumkin.
Bisoprololning ko'krak sutiga ajralib chiqishi haqida ma'lumotlar yo'q. Shuning uchun uni emizikli ayollarga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Agar laktatsiya davrida bisoprolol qabul qilish zarur bo'lsa, ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish kerak.
Amlodipin bo'yicha:
Amlodipinni tiazidli diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar, uzoq muddat ta'sir qiluvchi nitratlar, nitroglitserinning sublingval preparatlari, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, antibiotiklar va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar bilan bir vaqtda qo'llash xavfsiz hisoblanadi.
CYP3A4 ingibitorlari: Amlodipinni CYP3A4 ingibitorlari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Kuchli va o'rtacha CYP3A4 ingibitorlari (masalan, proteaza ingibitorlari, azollar guruhi zamburug'larga qarshi vositalari, eritromitsin yoki klaritromitsin turi makrolidlar, verapamil yoki diltiazem) qon plazmasida amlodipin kontsentratsiyasini klinik ahamiyatga ega qiymatlargacha oshirishi mumkin.
CYP3A4 induktorlari: CYP3A4 induktorlari (shu jumladan rifampitsin, Teshik dalachoy) bilan bir vaqtda qo'llash qon plazmasida amlodipin kontsentratsiyasining pasayishiga olib kelishi mumkin. Amlodipinni CYP3A4 induktorlari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Simvastatin: Amlodipin bilan bir vaqtda qo'llash qon plazmasida simvastatin kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin. Amlodipin qabul qilayotgan bemorlarga simvastatinni kuniga 20 mg dan ortiq dozada qo'llash tavsiya etilmaydi.
Greypfrut sharbati, simetidin, alyuminiy/magniy (antatsidlar tarkibida) va sildenafil amlodipin farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Amlodipin boshqa gipotenziv vositalarning antigipertenziv samarasini kuchaytirishi mumkin.
Amlodipin atorvastatin, digoksin, etanol (alkogol saqlovchi ichimliklar), varfarin yoki siklosporin farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Amlodipin laboratoriya ko'rsatkichlariga ta'sir ko'rsatmaydi.
Bisoprolol bo'yicha:
Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar
Verapamil va kamroq darajada diltiazem turidagi "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari (SKKB) bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanilganda miokardning qisqarish qobiliyatini pasayishiga, AB ning yaqqol pasayishiga va AV o'tkazuvchanlik buzilishiga olib kelishi mumkin. Xususan, beta-adrenoblokatorlar qabul qilayotgan bemorlarga verapamilni vena ichiga yuborish yaqqol arterial gipotenziya va AV blokadaga olib kelishi mumkin.
Markaziy ta'sirga ega gipotenziv vositalar (klonidin, metildopa, moksonidin, rilmenidin kabi) bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanilganda Yurak urish tezligini sekinlashishiga va yurakdan otib chiqarishning pasayishiga, shuningdek markaziy simpatik tonusning pasayishi oqibatida vazodilatatsiyaga olib kelishi mumkin. Keskin bekor qilish, ayniqsa beta-adrenoblokatorlar bekor qilinishidan oldin "rikoshet" arterial gipertenziya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi kombinatsiyalar
Digidropiridin hosilalari SKKB (masalan, nifedipin) bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanilganda arterial gipotenziya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. SYuE bo'lgan bemorlarda yurakning qisqarish funktsiyasining keyinchalik yomonlashishi xavfini istisno qilib bo'lmaydi.
I sinf antiaritmik vositalari (masalan, xinidin, dizopiramid, lidokain, fenitoin, flekainid, propafenon) bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanilganda AV o'tkazuvchanlikni va miokardning qisqarish qobiliyatini pasaytirishi mumkin.
III sinf antiaritmik vositalari (masalan, amiodaron) AV o'tkazuvchanlik buzilishini kuchaytirishi mumkin.
Parasimpatomimetiklar bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanilganda AV o'tkazuvchanlik buzilishini kuchaytirishi va bradikardiya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Mahalliy qo'llash uchun beta-adrenoblokatorlar (masalan, glaukoma davolash uchun ko'z tomchilari) ta'siri bisoprololning tizimli ta'sirini (AB pasayishi, YuUT sekinlashishi) kuchaytirishi mumkin.
Insulin yoki ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalarning gipoglikemik ta'siri kuchayishi mumkin. Gipoglikemiya belgilari - xususan taxikardiya - niqoblanishi mumkin. Bunday o'zaro ta'sirlar noselektiv beta-adrenoblokatorlar qo'llanilganda ehtimoli ko'proq.
Umumiy anesteziya o'tkazish uchun vositalar reflektor taxikardiyani susaytirishi va arterial gipotenziya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Yurak glikozidlari bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanilganda impuls o'tkazish vaqtini oshishiga va bradikardiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYQPV) bisoprololning antigipertenziv samarasini kamaytirishi mumkin.
Bisoprololni beta-adrenomimetiklar (masalan, izoprenalin, dobutamin) bilan bir vaqtda qo'llash ikkala preparat samarasining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Bisoprololning beta- va alfa-adrenoreseptorlarga ta'sir qiluvchi adrenomimetiklar (masalan, norepinefrin, epinefrin) bilan kombinatsiyasi alfa-adrenoreseptorlar ishtirokida yuzaga keladigan ushbu vositalarning vazokonstriktor ta'sirini kuchaytirishi mumkin, bu AB ning oshishiga olib keladi. Bunday o'zaro ta'sirlar noselektiv beta-adrenoblokatorlar qo'llanilganda ehtimoli ko'proq.
Gipotenziv vositalar, xuddi mumkin bo'lgan antigipertenziv samaraga ega boshqa vositalar kabi (masalan, tritsiklik antidepressantlar, barbituratlar, fenotiazinlar), bisoprololning antigipertenziv samarasini kuchaytirishi mumkin.
Hisobga olish kerak bo'lgan kombinatsiyalar
Mefloxin bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanilganda bradikardiya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
MAO ingibitorlari (MAO B ingibitorlaridan tashqari) beta-adrenoblokatorlarning antigipertenziv samarasini kuchaytirishi mumkin. Bir vaqtda qo'llash gipertonik kriz rivojlanishiga ham olib kelishi mumkin.
Rifampitsin bisoprololning yarim chiqarilish davrini (T1/2) biroz qisqartiradi. Qoida tariqasida, dozani to'g'irlash talab etilmaydi.
Ergotamin hosilalari bisoprolol bilan bir vaqtda qo'llanilganda periferik qon aylanishining buzilishi rivojlanish xavfini oshiradi.
Tavsiya etilgan sutkalik doza - muayyan dozadagi 1 tabletka kuniga.
Har bir bemor uchun individual ravishda dozani tanlash va titrlashni shifokor Konkor® AM preparati tarkibiga kiruvchi faol ingrediyentlarni saqlovchi monokomponentli preparatlarni tayinlash davomida amalga oshiradi.
Davolash davomiyligi
Konkor® AM preparati bilan davolash odatda uzoq muddatli terapiya hisoblanadi.
Jigar funktsiyasining buzilishi
Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda amlodipinning chiqarilishi sekinlashgan bo'lishi mumkin. Ushbu guruh bemorlari uchun maxsus dozalash tartibi belgilanmagan, ammo bu holda preparat ehtiyotkorlik bilan tayinlanishi kerak.
Jigar funktsiyasi og'ir buzilgan bemorlar uchun bisoprololning maksimal sutkalik dozasi 10 mg ni tashkil qiladi.
Buyrak funktsiyasining buzilishi
Buyrak funktsiyasi engil yoki o'rtacha og'irlikda buzilgan bemorlarga dozalash tartibini to'g'irlash, qoida tariqasida, talab qilinmaydi. Amlodipin dializ yordamida chiqarilmaydi. Dializ qilinadigan bemorlarga amlodipinni alohida ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Buyrak funktsiyasi yaqqol buzilgan (kreatinin klirensi (KK) 20 ml/min dan kam) bemorlar uchun bisoprololning maksimal sutkalik dozasi 10 mg ni tashkil qiladi.
Keksa yoshdagi bemorlar
Keksa yoshdagi bemorlarga preparatning odatdagi dozalari tayinlanishi mumkin. Ehtiyotkorlik faqat dozani oshirishda talab etiladi.
Bolalar
Samaradorlik va xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar yo'qligi sababli preparatni 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi. Davolashni keskin to'xtatmaslik kerak, chunki bu klinik holatning vaqtincha yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa YIK bo'lgan bemorlarda davolashni keskin to'xtatmaslik kerak. Dozani asta-sekin kamaytirish tavsiya etiladi.Dozani oshirib yuborishAmlodipin bo'yicha:
Belgilari: reflektor taxikardiya va haddan tashqari periferik vazodilatatsiya rivojlanishi mumkin bo'lgan qon bosimining yaqqol pasayishi (yaqqol va turg'un arterial gipotenziya, shu jumladan shok va o'lim holati rivojlanish xavfi).
Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir tayinlash, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini ushlab turish, yurak va o'pka faoliyati ko'rsatkichlarini nazorat qilish, oyoqlarni ko'tarilgan holatda tutish, aylanayotgan qon hajmi va diurezni nazorat qilish. Intensiv simptomatik terapiya. Tomirlar tonusini tiklash uchun - tomir toraytiruvchi preparatlarni qo'llash (ularni qo'llashga qarshi ko'rsatmalar bo'lmasa); kaltsiy kanallari blokadasi oqibatlarini bartaraf etish uchun - vena ichiga kaltsiy glyukonat yuborish. Gemodializ samarasiz.
Bisoprolol bo'yicha:
Belgilari: AV blokada, yaqqol bradikardiya, qon bosimining yaqqol pasayishi, bronxospazm, o'tkir yurak etishmovchiligi va gipoglikemiya.
Bisoprololning yuqori dozasini bir marta qabul qilishga sezgirlik alohida bemorlar orasida kuchli farq qiladi va, ehtimol, SYE bo'lgan bemorlar yuqori sezgirlikka ega.
Davolash: dozani oshirib yuborish yuzaga kelganda, avvalo, preparatni qabul qilishni to'xtatish va tutib turuvchi simptomatik terapiyani boshlash zarur.
Yaqqol bradikardiyada: vena ichiga atropin yuborish. Agar ta'sir etarli bo'lmasa, ehtiyotkorlik bilan ijobiy xronotrop ta'sirga ega vositani yuborish mumkin. Ba'zan sun'iy ritm boshqaruvchisini vaqtincha o'rnatish talab qilinishi mumkin.
Qon bosimining yaqqol pasayishida: plazma o'rnini bosuvchi eritmalar va vazopressor preparatlarni vena ichiga yuborish. Shuningdek vena ichiga glyukagon yuborish ko'rsatilgan bo'lishi mumkin.
AV blokadada: bemorlar doimiy nazorat ostida bo'lishlari va epinefrin kabi beta-adrenomimetiklar bilan davolanishlari kerak. Zarurat bo'lganda - sun'iy ritm boshqaruvchisini o'rnatish.
SYE kechishi zo'rayganda: diuretiklar, ijobiy inotrop ta'sirga ega preparatlar, shuningdek vazodilatatorlarni vena ichiga yuborish.
Bronxospazmda: bronxodilatatorlar, shu jumladan beta2-adrenomimetiklar va/yoki aminofillin tayinlash.
Gipoglikemiyada: vena ichiga dekstroza (glyukoza) yuborish.
Bisoprolol deyarli dializga uchramaydi.





















