KVAMATEL tabletkalari 20mg N28

KVAMATEL tabletkalari 20mg N28 o'xshash dorilari




KVAMATEL tabletkalari 20mg N28 qo'llanmasi
So'rilishi
Absorbsiya to'liq emas. Cmax ga 1-3 soatdan keyin erishiladi va 0.07-0.1 mg/l ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi - 40-45%, ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganda ortadi va antatsidlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda pasayadi.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 10-20% ni tashkil qiladi. Yo'ldosh to'sig'i va GET orqali o'tadi. Ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.
Metabolizmi
Chiqarilishi
Plazmadan T 2.3-3.5 soatni tashkil qiladi. Ichga qabul qilingandan so'ng famotidinning 30-35% buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi.
Maxsus klinik holatlarda farmakokinetika
KK <10 ml/daq bo'lganda T 20 soatga yetishi mumkin (dozani to'g'irlash talab etiladi).
Gistamin H-retseptorlari blokatori. Xlorid kislotasi sekretsiyasini, bazal va gastrin, gistamin va atsetilxolin bilan stimulyatsiya qilingan sekretsiyani bostiradi, bunda oshqozon tarkibining pH i ortadi va pepsin faolligi pasayadi.
Famotidin jigar mikrosomal fermentlariga kuchsiz ta'sir qiladi.
Preparat ichga qabul qilingandan so'ng ta'sir 1 soatdan keyin boshlanadi, ta'sir maksimumi - qabul qilingandan keyin 3 soat ichida, samara davomiyligi dozaga qarab 12-24 soat oralig'ida o'zgarib turadi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riqlar, ishtahaning pasayishi; jigar transaminazalari faolligining oshishi, gepatotsellyulyar, xolestatik yoki aralash gepatit, o‘tkir pankreatit.
Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda - agranulotsitoz, pantsitopeniya, leykopeniya, trombositopeniya, suyak iligi gipo- yoki aplaziyasi.
Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri toshmasi, qichishish, bronxospazm, angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiya, bradikardiya, AV-blokada, qon bosimining pasayishi.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, yuqori toliqish, gallyutsinatsiyalar, ongning chalkashishi.
Sezgi a'zolari tomonidan: ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, quloqlarda shovqin.
Jinsiy tizim tomonidan: yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda - amenoreya, libidoning pasayishi, giperprolaktinemiya, ginekomastiya.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: mialgiya, artralgiya.
Dermatologik reaksiyalar: alopesiya, oddiy husnbuzarlar, terining quruqligi.
Boshqalar: isitma.
Famotidinni qo'llash oshqozon saratoni belgilarini niqoblashi mumkin, shuning uchun famotidin bilan davolashni boshlashdan oldin xavfli o'sma mavjudligini istisno qilish kerak.
Barcha gistamin H-retseptorlari blokatorlari kabi, davolash keskin to'xtatilganda famotidin bekor qilish sindromini chaqirishi mumkin, shuning uchun davolash uning dozasini asta-sekin kamaytirib to'xtatiladi.
Jigar funktsiyasi buzilishlari bo'lgan bemorlarga Kvamatel® ehtiyotkorlik bilan va pastroq dozalarda tayinlanishi kerak.
Holsizlangan bemorlarni yoki stress sharoitidagi bemorlarni uzoq muddat davolaganda keyinchalik infektsiya tarqalishi bilan kechuvchi oshqozonning bakterial shikastlanishi mumkin.
Itrakonazol yoki ketokonazol so'rilishi sezilarli darajada kamayishini oldini olish uchun Kvamatel® ularni qabul qilgandan 2 soat keyin qabul qilinishi kerak.
Gistamin H-retseptorlari blokatorlari pentagastrin va gistaminning kislota stimullovchi ta'sirini ingibitsiya qilishi mumkin, shuning uchun test o'tkazishdan 24 soat oldin famotidinni tayinlashdan voz kechish kerak.
Gistamin H-retseptorlari blokatorlari gistaminga bo'lgan teri reaktsiyasini bostirishi mumkin, bu esa teri sinamalarining soxta manfiy natijalariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun darhol turdagi allergik teri reaktsiyasini aniqlash uchun diagnostik teri sinamalarini o'tkazishdan oldin famotidin bekor qilinishi kerak.
Davolash vaqtida oshqozon shilliq qavatining ta'sirlanishini chaqirishi mumkin bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va boshqa dori vositalarini iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Famotidin bilan davolash davrida bemorlar transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
- homiladorlik;
- laktatsiya davri;
- bolalar yoshi;
- famotidinga va boshqa gistamin H2-retseptorlari blokatorlariga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak yoki jigar yetishmovchiligi, anamnezda portotizimli entsefalopatiya bilan kechuvchi jigar sirrozi.
Oshqozon tarkibi pH ning oshishi oqibatida famotidin bir vaqtda qo'llanilganda ketokonazol va itrakonazolning so'rilishini kamaytiradi.
Antatsidlar va sukralfat famotidin so'rilishini sekinlashtiradi. Ushbu preparatlarni qabul qilish orasida 1-2 soatlik tanaffusga rioya qilish kerak.
Famotidin va suyak ko'migi qon hosil bo'lishini susaytiruvchi dori vositalari bir vaqtda qabul qilinganda neytropeniya rivojlanish xavfi ortadi.
Famotidin amoksitsillin va klavulan kislotasining so'rilishini oshiradi.
Ichishga qabul qilinadi.
Me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligining zo'rayish fazasida Kvamatel® 40 mg dozada kuniga 1 marta uyqudan oldin yoki 20 mg dan kuniga 2 marta buyuriladi. Zarurat bo'lganda sutkalik dozani 80-160 mg gacha oshirish mumkin. Davolash davomiyligi 4-8 haftani tashkil qiladi.
Me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi zo'rayishining oldini olish maqsadida Kvamatel® 20 mg dozada kuniga 1 marta uyqudan oldin buyuriladi.
Reflyuks-ezofagitda boshlang'ich doza 20 mg dan kuniga 2 martani tashkil qiladi; zarurat bo'lganda preparatni 40 mg dan kuniga 2 marta qo'llash mumkin.
Zollinger-Ellison sindromida boshlang'ich doza har 6 soatda 20-40 mg ni tashkil qiladi; zarurat bo'lganda sutkalik dozani 240-480 mg gacha oshirish mumkin.
Umumiy anesteziya vaqtida me'da shirasi aspiratsiyasining profilaktikasi uchun Kvamatel® 40 mg dozada operatsiya arafasida yoki operatsiya kuni ertalab buyuriladi.
Buyrak yetishmovchiligida, agar KK <30 ml/daq yoki zardob kreatinini miqdori >3 mg/dl bo'lsa, sutkalik dozani 20 mg gacha kamaytirish yoki qabullar orasidagi intervalni 36-48 soatgacha oshirish kerak.














