LEVORIL tabletkalari 250mg N10

LEVORIL tabletkalari 250mg N10 o'xshash dorilari



LEVORIL tabletkalari 250mg N10 qo'llanmasi
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 500 mg levofloksatsin poligidrati;
yordamchi moddalar: suvsiz glyukoza (BF) - 5% v/x, in'ektsiya uchun suv (BF) k.m.
Levofloksatsin sog'lom ko'ngillilarga 500 mg dozada vena ichiga 60 minut davomida infuziya qilingandan so'ng plazmasida o'rtacha cho'qqi kontsentratsiyasi 6,2 mkg/ml ni tashkil qilgan. Levofloksatsinni bir martalik dozasi 500 mg vena ichiga yuborilganidan so'ng farmakokinetik hususiyatlari muvofiq ravishda: Cmax – 6,2±1,0 mkg/ml, Tmax – 1,0±0,1 soat, yarim chiqarilish davri – 6,4±0,7 soatni tashkil etadi. Levofloksatsin vena ichiga bir marta va ko'p marta yuborilganida uning farmakokinetikasi to'g'ri chiziqli xarakterga ega va oldindan aytish mumkin. Levofloksatsin vena ichiga yuborilganidan so'ng plazmadagi kontsentratsiyasi tabletka shaklida qabul qilingandagi bilan o'xshashdir, shuning uchun og'iz orqali qabul qilish va vena ichiga yuborish usullari bir-birini o'rnini bosuvchi hisoblanadi. Levofloksatsin 500 mg dozada vena ichiga bir marta va ko'p marta yuborilganidan so'ng o'rtacha taqsimlanish hajmi 89 l dan 112 l gacha qiymatni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 30-40% ni tashkil etadi. Levofloksatsin bir marta yoki ko'p marta yuborilgandan so'ng o'rtacha yakuniy yarim chiqarilish davri 6 soatdan 8 soatgachani tashkil etadi. Levofloksatsin a'zolar va to'qimalar: o'pka, bronxlarning shilliq qavati va balg'am, siydik jinsiy tizim a'zolari, shu jumladan prostata bezi, suyak to'qimasi, orqa miya suyuqligi, polimorf yadroli leykotsitlar, alьveolyar makrofaglarga yaxshi o'tadi. Levofloksatsin asosan siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Jigarda katta bo'lmagan qismi oksidlanadi va/yoki dezatsetillanadi. Peroral qabul qilingandan so'ng qabul qilingan dozasining taxminan 87% 48 soat davomida siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. 4% dan kamroq qismi 72 soat davomida ahlatda aniqlanadi.
Levofloksatsin faol modda sifatida ofloksatsinning chapga aylanuvchi izomerini saqlovchi, ftorxinolonlar guruhiga mansub bo'lgan keng ta'sir doirasiga ega antibiotikdir. DNK giraza (topoizomeraza II) va topoizomeraza IV larni bloklaydi, uzilgan DNK ni tiklanishi va superspiralizatsiyasini buzadi, DNK sintezini bostiradi, sitoplazma, xujayra devori va membranalarda chuqur morfologik o'zgarishlarni chaqiradi.
Ham in vitro, ham in vivo sharoitlarida mikroorganizmlarning ko'pchilik shtammlariga nisbatan samaralidir. Levofloksatsin preparatining ta'siriga nisbatan sezgir mikroorganizmlar:
aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium diptheriae, Enterococcus spp. (shu jumladan Enterococcus faecalis), Listeria monocytogenes, Staphylococcus spp. (koagulaza manfiy metitsillinga sezgir/o'rtacha sezgir shtammlari), shu jumladan Staphylococcus aureus (metsitillinga sezgir shtammlari), Staphylococcus epidermidis (metsitillinga sezgir shtammlari); Staphylococcus spp. (leykotoksin saqlovchi); Streptococcus spp. C va G guruhlari, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumonia (penitsillinga sezgir/o'rtacha sezgir/rezistent shtammlari), Streptococcus pyogenes, Streptococcus group viridans (penitsillinga sezgir/rezistent shtammlari).
aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Acinetobacter spp. (shu jumladan Acinetobacter baumanii), Actinobacillus actinomycetem comitans, Citrobacter freundii, Eikenella corrodens, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter spp. (shu jumladan Enterobacter cloacae), Escherichia coli, Gardnerella vaginalis, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenza (ampitsillinga sezgir/rezistent shtammlari), Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylori, Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae), Moraxella catarrhalis (beta-laktamaza ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan shtammlari), Morganella amorganii, Neisseria gonorrhoeae (penitsillinaza ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan shtammlari), Neisseria meningitidis, Pasteurella spp. (shu jumladan Pasteurella canis, Pasteurella dagmatis, Pasteurella multocida), Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia spp. (shu jumladan Providencia rettgeri, Providencia stuartii), Pseudomonas spp. (shu jumladan Pseudomonas aeruginosa), Serratia spp. (shu jumladan Serratia marcescens), Salmonella spp;
anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis, Bifidobacterium spp., Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Peptostreptococcus spp., Propionibacterium spp., Veilonella spp.;
boshqa mikroorganizmlar: Bartonella spp., Chlamydia pneumonia, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Legionella pneumopila, Legionella spp., Mycobacterium spp. (shu jumladan, Mycobacterium leprae, Mycobacterium tuberculosis, Mycoplasma hominis), Mycoplasma pneumonia, Rickettsia spp., Ureaplasma urealyticum.
Plyonka qobiqqa o'ralgan tabletkalar 250 mg N10
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya (shu jumladan qonli diareya), ovqat hazm bo'lishini buzilishi, ishtahani pasayishi, qorinda og'riq, soxtamembranoz kolit, “jigar” transminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, gepatit, disbakterioz.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi, tomirlar kollapsi, taxikardiya, QT oralig'ini uzayishi, xilpillovchi aritmiya.
Moddalar almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya (ishtahani oshishi, ko'p terlash, qaltirash, asabiylik), giperglikemiya (og'izni qurishi, chanqoqlik, ko'p siyish, toliqish, ko'rishni xiralashishi, terini qurishi yoki qichishishi, aritmiya).
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, holsizlik, uyquchanlik, uyqusizlik, tremor, bezovtalik, paresteziyalar, qo'rquv, gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi, depressiya, harakat buzilishlari, tirishishlar.
Sezgi a'zolar tomonidan: ko'rishni, eshitishni, hid bilishni, ta'm bilishni va taktil sezuvchanlikni buzilishi.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, mushaklarni zaifligi, mialgiya, paylarni uzilishi, tendinit, rabdomioliz
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: giperkreatinemiya, interstitsial nefrit, o'tkir buyrak yetishmovchiligi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, agronulotsitoz, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, gemorragiyalar.
Allergik reaktsiyalar: terini qichishishi va qizarishi, teri va shilliq qavatlarni shishi, eshakemi, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospazm, bo'g'ilish, anafilaktik shok, allergik pnevmonit, vaskulit.
Boshqalar: fotosensibilizatsiya, asteniya, porfiriyani kuchayishi, turg'un isitma, superinfektsiyani rivojlanishi kuzatilishi mumkin.
Levorilni temir, rux tuzlarining preparatlari, antatsidlar va sukralьfatni qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qo'llash kerak.
Levoril preparati bilan davolash vaqtida teri qoplamalarini shikastlanishidan (fotosensibilizatsiya) saqlanish uchun quyosh va sun'iy UB-nurlaridan saqlanish kerak Tendinit, soxtamembranoz kolit, allergik reaktsiyalarning belgilari paydo bo'lganida Levoril darhol bekor qilinadi.
Anamnezida bosh miyani shikastlanishi (insulьt, og'ir travma) bo'lgan bemorlarda tirishishlar rivojlanishi mumkinligini, glyukoza-6-fosfatdegidrogeneza yetishmovchiligida gemolizni rivojlanish xavfi borligini inobatga olish kerak.
Levoril preparati va varfarin bir vaqtda qo'llanganida protrombin vaqtini va koagulyatsiyaning boshqa ko'rsatkichlarini sinchiklab monitoring o'tkazish kerak.
Levoril boshqa gipogligemik dori vositalari bilan qo'llanilganida qon plazmasidagi glyukoza kontsentratsiyasini sinchiklab monitoringlash tavsiya qilinadi. Avtotransportni va boshqa murakkab mexanik vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Levoril preparati bilan davolanish davrida avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarini talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Levorilni kasalxona ichi pnevmoniya, kasalxonadan tashqari pnevmoniya, o'tkir bakterial sinusit, surunkali bronxitni zo'rayishi, teri va teri tuzilmalarining asoratlangan va asoratlanmagan infektsiyalari, surunkali bakterial prostatit, siydik yo'llarining asoratlangan va asoratlanmagan infektsiyalari, o'tkir piyelonefrit, qorin ichi infektsiyasi, o'tkir o'rta quloq otiti, kuydirgini o'pka shakli (kontaktda bo'lgandan so'ng), o'latda qo'llash mumkin.
Levofloksatsinga yoki boshqa ftorxinolonlarga, shuningdek preparatning yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik, tutqanoq, xinolonlar bilan davolash ertaroq o'tkazilganida paylarni shikastlanishi, homiladorlik, laktatsiya davri, bolalar va o'smirlarda (18 yoshgacha) qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Keksalarda (buyrak funktsiyasini yondosh pasayish ehtimoli yuqori bo'lganligi tufayli), glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Xinolonni teofillin va nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo'llash bosh miyada tirishi bo'sag'asini pasaytirishi mumkin. Levofloksatsin fenbufen bilan birga qo'llanganida, levofloksatsinning kontsentratsiyasi ular alohida qo'llangandagiga nisbatan taxminan 13% yuqori buladi. Levofloksatsin sukralьfat, alyuminiy yoki magniy saqlovchi antatsidlar, temir va rux tuzlari bilan birga qo'llanganida levofloksatsinni so'rilishi pasayadi.
Glyukokortikosteroidlarni qabul qilish paylarning uzilish xavfini oshiradi. Levofloksatsin varfarinning antikoagulyant faolligini kuchaytiradi.
Simetidin va probenetsid ta'sirida, levofloksatsinni buyrak naychalari orqali sekretsiyasini bloklanishi mumkinligi tufayli, uni organizmdan chiqarilishi (buyrak klirensi) biroz sekinlashadi. Bu o'zaro ta'sir, eng avvalo, buyrak faoliyatini buzilishi bo'lgan bemorlar uchun klinik ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlash kerak. Levofloksatsin siklosporinning yarim chiqarilish davrini oshiradi.
Levofloksatsin va gipoglikemik vositalarni bir vaqtda qo'llash qon plazmasida glyukozaning kontsentratsiyasini o'zgarishiga (gipoglikemiya va giperglikemiya) olib keladi.
infektsiyaning og'irligi va xarakteriga qarab aniqlanadi. Peroral qabul qilingan levofloksatsinning so'rilishi tez va to'liq bo'lganligi tufayli, sutkalik dozasi peroral qabul qilinadigan va vena ichiga yuboriladigan dori shakllari uchun bir xil bo'ladi.
Buyrak funktsiyasi normal (kreatinin klirensi >50 ml/min) bo'lgan kattalar uchun tavsiya etilgan dozalash:
|
Инфекция тури |
Дозалаш тартиби, ҳар 24 соатда |
Даволаш давомийлиги (кун) |
|
Касалхона ичи пневмонияси |
750 мг |
7-14 |
|
Касалхонадан ташқари пневмония |
750 мг |
5 |
|
500 мг |
7-14 |
|
|
Ўткир бактериал синусит |
750 мг |
5 |
|
500 мг |
10-14 |
|
|
Сурункали бронхитни ўткир бактериал зўрайиши
|
500 мг |
7 |
|
Тери ва тери тузилмаларининг асоратланган инфекциялари |
750 мг |
7-14 |
|
Тери ва тери тузилмаларининг асоратланмаган инфекциялари |
500 мг |
7-10 |
|
Сурункали бактериал простатит |
500 мг |
28 |
|
Сийдик-чиқариш йўлларининг асоратланган инфекциялари еки ўткир пиелонефрит |
750 мг |
5 |
|
250 мг |
10 |
|
|
Сийдик-чиқариш йўлларининг асоратланмаган инфекциялари |
250 мг |
3 |
|
Куйдурги касаллигининг ўпка шакли (контактда бўлгандан сўнг)
|
500 мг
8 мг/кг кунига 2 марта (250 мг/ дозадан ошмасин) |
60
60 |
|
Ўлат
|
500 мг 8 мг/кг кунига 2 марта (250 мг/ дозадан ошмасин) |
10-14 10-14 |
Буйрак функциясини бузилиши (креатинин клиренси ≤50 мл/мин) бўлган катта ёшдаги пациентлар учун дозалаш:
|
Буйрак функцияси нормал бўлган дозалаш тартиби, ҳар 24 соатда |
Креатинин клиренси, 20-49 мл/мин |
Креатинин клиренси, 19-10 мл/мин |
Креатинин клиренси, <10 мл/мин (шу жумладан гемодиа-лиз ва ХАПД* ) |
|
750 мг |
750 мг ҳар 48 соатда биринчи доза 750 мг, сунгра 250 мг ҳар 48 соатда |
биринчи доза 750 мг, сўнгра 500 мг ҳар 48 соатда |
|
|
500 мг |
биринчи доза 500 мг, сўнгра 250 мг ҳар 24 соатда |
биринчи доза 500 мг, сўнгра 250 мг ҳар 48 соатда |
биринчи доза: 500 мг, сўнгра 250 мг ҳар 48 соатда |
|
250 мг |
дозага тузатиш киритиш талаб қилинмайди |
250 мг дан ҳар 48 соатда, агар сийдик-чиқариш йўлларининг инфекциялари оғир-лашмаса, у ҳолда доза-га тузатиш киритиш талаб қилинмайди |
дозага тузатиш киритиш мумкинлиги юзасидан маълумотлар йўқ |
Yuborish usuli/metodi
Levoril (500 mg) 60 minut davomida vena ichiga tomchilab yuboriladi. Eritmani juda tez ravishda yuborilishi gipotoniyaga olib kelishi mumkin. Vena ichiga ko'p valentli kationlar (magniy, kalьtsiy) dan tarkib topgan eritmalar bilan birga yuborishdan saqlanish kerak. Mushak ichiga, intratekal, qorin bo'shlig'i yoki teri ostiga yuborish uchun mo'ljallanmagan.
Simptomlari: ongni chalkashishi, bosh aylanishi, ongni buzilishi, tirishishlar, ko'ngil aynishi, qusish va shilliq qavatlarni eroziv shikastlanishi bo'lishi mumkin. O'tkazilgan tekshirishlar, levofloksatsin o'rtacha terapevtik dozalardan yuqori dozalarda qo'llanganida QT intervali uzayishi mumkinligini ko'rsatdi.
Davolash: zarurati bo'lganida simptomatik davolash o'tkaziladi. Levofloksatsin gemodializda, peritoneal dializda va doimiy peritoneal dializda organizmdan chiqarilmaydi. Maxsus antidoti yo'q.
Preparatni emizish davridagi ayollarda, bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda qo'llash mumkin emas. Levoril homiladorlik vaqtida kutilgan potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgandagina qo'llash mumkin.
Xususiyatlar LEVORIL tabletkalari 250mg N10
LEVORIL boshqa chiqarish shakllari


LEVORIL tabletkalari 250mg N10 analoglari
















