Apteka.uz
SavatKirish

LinAkva bebi spreyi naz 125ml N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:«Groteks»
Barcha LinAkva dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LinAkva bebi spreyi naz 125ml N1 qo'llanmasi

Tarkibi

Natriy xloridini (NaCl) 9 g/l saqlovchi, osmolyar ko'rsatkichi 200-400 mosm/kg bo'lgan, izotonik, tabiiy steril dengiz suvi. 

Dengiz suvining barcha faol moddalari va mikroelementlarini: K, Mg, Na, sa, Cl, Se, I, Zn, Cu, Fe va boshqalarni saqlaydi.

Konservantlarni saqlamaydi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Aerozol balloni burun uchun 125 ml xajmli bir yoki kita uchligi bilan.

Farmakologik ta'siri

Qo'llanilish sohasi – Otorinolaringologiya. Vosita 0 yoshdan boshlab bolalar uchun LOR-kasalliklarini oldini olish va majmuaviy davolashda burun va burun-xalqumning shilliq qavatini yuvish va chayish uchun mo'ljallangan. 


Tibbiy buyumning xususiyatlari

Yallig'lanishga qarshi va yumshatuvchi ta'sir ko'rsatadi, ta'sirlanishni bartaraf etadi.  

Burun bo'shlig'i va burun-xalqumni bakteriyalar, viruslar, allergenlar, ushoq, shilliq, chang zarralaridan faol tozalab, barcha qismlarini yaxshilab yuvadi. Burun bo'shlig'ining shilliq qavatlarini normal fiziologik holatini bir maromda saqlab turadi, mahalliy immunitetni oshiradi. 

Burun bo'shlig'i va burun-xalqum shilliq qavatining shishini kamaytiradi, burundan nafas olishni tiklash qobiliyatiga ega. 

Burun bo'shlig'ining shilliq qavatiga sepiladigan dori vositalarining terapevtik samarasini oshiradi va respirator kasalliklarning davomiyligini qisqartiradi. 

Infektsiyalarni burunoldi bo'shliqlari va quloq bo'shlig'iga tarqalish xavfini kamaytiradi. 

Burun bo'shlig'i va burun-xalqum shilliq qavatini regenerasiya jarayonlarini tezlashtiradi, burun bo'shlig'i va burunoldi bo'shliqlarida o'tkaziladigan operasiyalaridan so'ng asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Nojo'ya samaralari

Vositani qo'llash bo'yicha yo'riqnomaga muvofiq qo'llanganda nojo'ya ta'sirlar aniqlanmagan

Maxsus saqlash sharoitlari

Qo'llashdan avval vositani va o'ramini tekshiring. Agar tibbiy buyumning o'rami shikastlangan bo'lsa, qo'llamang. 

Vositani ko'zga tushishidan saqlang.Vositani homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin.

Insonning psixomotor holatiga ta'sir ko'rsatadigan tibbiy buyumlar qatoriga kirmaydi.

Qo'llanilishi

Burun bo'shlig'ini yuvish va chayish uchun "Linakva bebi" aerozol vositasini 0 yoshdan boshlab qo'llash mumkin. Purkash – "yumshoq dush" yoki "dush".

- chaqaloqni hayotining birinchi kunidan burun bo'shlig'ini yumshatish va har kungi gigiena uchun:

- O'RVI va gripp epidemiyasi davrida har kuni qo'llash uchun;

- noxush atrof - muhit, ya'ni yomon iqlim sharoitlarida yashash, kondisioner bilan sovutiladigan va/yoki Markaziy isitiladigan havoli honada bo'lish, ifloslangan havo ta'siridan (chang, bo'yoqlar va boshq) har kuni foydalanish uchun;

- chaqaloq burun bo'shlig'ining o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklarini (infektsion, allergik, atrofik) oldini olish va majmuaviy davolash maqsadida har kuni foydalanish uchun: 

-o'tkir va surunkali rinitlar; 

-o'tkir va surunkali sinusitlar;

-o'tkir va surunkali adenoiditlar;

-allergik va atrofik rinitlar;

- dori vositalarini qo'llash uchun burun bo'shlig'ini tayyorlash uchun.

Purkagich-uchlik "yumshoq dush" maxsus cheklovchi xalqa bilan ta'minlangan, bu vositani foydalanishda bolaning burun bo'shlig'iga chuqur kirishi va shilliq qavatni shikastlashini oldini oladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- yuvish va chayish uchun vositalarning komponentlarini shaxsiy o'zlashtiraolmaslik;

- burun yo'llarini to'liq berkilib qolishi;

- o'tkir otit va surunkali otit xurujida qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Intranazal qo'llash uchun barcha vositalar va fizioterapevtik muolajalar bilan mutanosib.

Ta'rifi

Burun bo'shlig'ini yuvish va chayish uchun "Linakva bebi" vositasi (keyinchalik – vosita), tiniq, rangsiz, xidsiz, biroz tuzli ta'mli suyuqlik.

Dozirovkasi

Majmuaviy davolashda: burun bo'shlig'ini kuniga 4 marta yuvish.

Profilaktika va har kungi gigiena: burun bo'shlig'ini kuniga 2-3 marta yuvish.

Tibbiy buyumni qo'llash davomiyligi va soni cheklanmagan. 



Yuvish va chayish usullari

Burunni yuvish yarim yotgan holatda amalga oshiriladi. Bolaning boshini yon tomonga qaratiladi. 

Purkagich – uchlikning himoya qalpog'ini eching va yuqorida joylashgan burun yo'llariga ballonning uchligini yo'naltiring. 

Bir necha sekund davomida burun bo'shlig'ini yuving. 

Bolani o'tkazing va unga burunni qoqishga yordam bering. Zarurati bo'lsa muolajani takrorlang. 

Muolajani ikkinchi burun yo'lida o'tkazing.


Muolaja tugaganidan so'ng purkagichning uchini salfetka bilan arting va himoya qalpog'ini taqing.


Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LinAkva bebi spreyi naz 125ml N1 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

LinAkva bebi spreyi naz 125ml N1 o'xshash dorilari

GIASIN gel 75mg
GIASIN gel 75mg
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
ISTEM MEDIKAL TIBBI CIHAZ VE SANAYI LTD
Narxi
115 000 so'm dan

LinAkva bebi spreyi naz 125ml N1 analoglari

LinAkva bebi spreyi naz 125ml N1 haqida savollar

LinAkva bebi spreyi naz 125ml N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil