Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Urologik dorilar  / LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10

LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Urologik dorilar
Farmakoterapevtik guruh:

Siydik tosh kasalligida qo'llanadigan vosita

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories OT MChJ
Teglar:Prostata adenomasidan, Prostatitdan, Prostata uchun
ATX kodi:G04BC
Barcha Litomaren dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 37 980 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10 o'xshash dorilari

EREGRA tabletkalari 100mg N4
EREGRA tabletkalari 100mg N4
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•31 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
VITAPROST FORTE suppozitorii N10
Retseptsiz
VITAPROST FORTE suppozitorii N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
•118 ta dorixonada bor
Narxi
257 200 so'm dan
ISHAGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Retseptli
ISHAGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
15 000 so'm dan

LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Shifokor retsepti bo'yicha.

Tarkibi

Faol moddalar: natriy tsitrat digidrati - 952,0 mg, kaliy tsitrat monogidrati - 1045,0 mg, suvsiz limon kislotasi - 577,0 mg. Yordamchi moddalar: natriy saxarinati, in'ektsiya uchun suv 5,0 ml gacha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

Faol  moddalar: 

natriy tsitrat digidrati     -    952,0 mg, 

kaliy tsitrat monogidrati   -    1045,0 mg, 

suvsiz limon kislotasi    -       577,0 mg.

Yordamchi moddalar: natriy saxarinati, in'ektsiya uchun suv 5,0 ml gacha.


Сhiqarilish shakli

5,0 ml dan polietilenli yoki polipropilenli yunidozalarda (ampulalar). Yunidozalar (ampulalar) qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.

Farmakodinamikasi

Siydikni rN 6,6 – 6,8 ko'rsatkichlarigacha ishqorlash hisobiga siydik kislotasi toshlarini eritadi va ularning paydo bo'lishini oldini oladi (siydikning rN 6,6 – 6,8 doirasida siydik kislotasi toshlarini eritilishi sezilarli darajada oshadi). Bundan tashqari, kal'tsiy chiqarilishini pasaytiradi, siydikda kal'tsiy oksalat eruvchanligini yaxshilaydi, kristallar paydo bo'lishini susaytiradi va shunday qilib kal'tsiy-oksalat toshlari paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladi.

Farmakokinetikasi

So'rilishi. Litomaren me'da – ichak yo'liga tushib, qon oqimiga butunlay so'riladi, shuning uchun uning biokiraolishligi 100% ga yaqinlashidi. Сhiqarilishi. Litomaren preparatini chiqarilishi buyraklar orqali amalga oshadi.

Farmakoterapevtik guruh

Siydik tosh kasalligida qo'llanadigan vosita

Dori shakli

Ichish uchun eritma.

Nojo'ya samaralari

Komponentlarni individual o'zlashtirmaganda o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. Immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar Moddalar almashinuvi tomonidan: shishlar (natriyni tutilish) metabolik alkaloz (pH ni ortiqcha ko'tarilishi). Me'da-ichak yo'li tomonidan: kekirish, jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi va qusish, meteorizm, qorinda diskomfort, suyuq najas.

Maxsus saqlash sharoitlari

O'rtacha sutkalik doza (4 ta yunidoza) taxminan 1,5 g kaliy va 0,9 g natriy saqlaydi (osh tuzi iste'moli cheklangan patsientlarda hisobga olinishi kerak). Kaliy ionlari ushlanib qolishi bilan birga kechmaydigan surunkali buyrak yetishmovchiligida qo'llanilishi mumkin. Qandli diabet kasalligi bo'lgan patsientlarga buyurilishi mumkin. Siydik kislotasi toshlarini eritishda sutkalik dozani oshirib yubormaslik kerak, chunki rN miqdori 7,0 dan oshirilganda siydik kislotasi kristallarida fosfatlar cho'kishi yuz beradi, bu esa ularning kelgusida erishiga to'sqinlik qiladi. Davolash vaqtida oqsillarga va purin asoslariga boy mahsulotlar iste'mol qilinishini cheklash, shuningdek yetarli darajada (eng kamida 1,5-2 litr) suyuqlik ichilishini ta'minlash kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi Homiladorlik va emizish (laktatsiya davri) davrida qo'llash mumkin emas.

Qo'llanilishi

siydik kislotasi va kal'tsiy-oksalat toshlarini eritish va ularning paydo bo'lishi oldini olish; aralash siydik kislotasi-oksalat toshlarini eritish (oksalatlar tarkibi eng kamida 25% holatida); tsitostatiklar yoki siydik kislotasi chiqarilishini oshiradigan preparatlar qabul qilayotgan shaxslarda siydikni ishqorlash; teri porfiriyasini simptomatik davolashda qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- o'ta yuqori sezuvchanlik; - o'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi; - metabolik alkaloz; - mochevinani parchalaydigan mikroorganizmlar chaqirgan siydik yo'llari infektsiyalari; - siydikning rN 7 dan yuqori miqdori; - qat'iy tuzsiz parhezga rioya qilish zarurligi (masalan, arterial gipertenziyaning og'ir shakllarida) qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Tarkibida tsitratlar va alyuminiy saqlaydigan preparatlarning bir vaqtda qabul qilinishi alyuminiy so'rilishi kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bunday preparatlarni qabul qilish o'rtasidagi oraliq vaqt eng kamida 2 soatni tashkil etishi kerak. Yurak glikozidlari Litomaren bilan birga buyurilganida, preparat tarkibida kaliy mavjudligi tufayli yurak glikozidlarining ta'siri kamayishi mumkin. Arterial bosimni pasaytiruvchi ayrim preparatlar (al'dosteron antagonistlari, kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzin-aylantiruvchi ferment blokatorlari), shuningdek nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar va anal'getiklar kaliy chiqarilishini pasaytirishi mumkin. Bunday preparatlarni bir vaqtda qabul qilish mumkinligi shifokor tomonidan belgilanadi.

Ta'rifi

Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish suyuqlik.

Dozirovkasi

Ichga qabul qilishdan oldin yunidoza (ampula) 200 ml suyuqlikda (choy, meva sharbati yoki ishqorli mineral suv) eritiladi. Sutkalik doza - 2-6 yunidoza. Sutkalik doza kun davomida bir maromda taqsimlanadi va ovqatlanishdan keyin qabul qilinadi. Agar rN sutka davomida 6,2 – 7,0 (siydik kislotasi toshlarini eritish uchun); 7,5 – 8,5 (tsistin toshlari uchun); 7,2 – 7,5 (porfiriyani davolash uchun); minimum 7,0 (tsitostatiklar bilan davolashda) doirasida bo'lgan holatdagina doza to'g'ri tanlangan hisoblanadi. Agar siydikning rN ko'rsatkichi ko'rsatilgandan pastroq bo'lsa, dozani oshirish, yuqoriroq bo'lsa – kamaytirish kerak. Davolash davomiyligi – 4 – 6 oy. Samaradorlik nazorati (siydikning rN aniqlash) bir kunda 3 marta indikator qog'ozi yordamida har bir martalik dozani qabul qilishdan oldin o'tkaziladi. Qog'ozda olingan rang 2 minut davomida shkala bilan solishtiriladi va olingan miqdor nazorat kalendariga kiritiladi. Tsistin toshlari mavjud holatda va porfiriyani davolashda samaradorlikni tekshirish uchun rN ko'rsatkichlari 7,2 dan 9,7 gacha maxsus indikator qog'ozidan foydalanish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Buyraklar normal ishlab turganida doza oshirib yuborilgan holatda moddalar almashinuvining fiziologik ko'rsatkichlariga noxush ta'sir kutilmaydi. Siydikning ortiqcha ishqorlanishi, ayniqsa uzoq vaqt, mavjud bo'lgan konkrementlar utiga fosfatlar cho'kishiga olib keladi, bu ularning keyinchalik erishini qiyinlashtiradi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va emizish (laktatsiya davri) davrida qo'llash mumkin emas.

Xususiyatlar LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10

Analoglar LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10
Analoglari yo'q

LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10 savollari

LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil