Apteka.uz
SavatKirish

Litomaren

Litomaren chiqarilish shakllari

LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10
Retseptsiz
LITOMAREN eritma dlya priema vnutr 5ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories OT MChJ
- Litomaren qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Litomarenning tarkibi
- Litomaren ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Litomaren narxi Toshkent dorixonalarida

Litomaren haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- o'ta yuqori sezuvchanlik; - o'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi; - metabolik alkaloz; - mochevinani parchalaydigan mikroorganizmlar chaqirgan siydik yo'llari infektsiyalari; - siydikning rN 7 dan yuqori miqdori; - qat'iy tuzsiz parhezga rioya qilish zarurligi (masalan, arterial gipertenziyaning og'ir shakllarida) qo'llash mumkin emas.

Tarkibi

Faol moddalar: natriy tsitrat digidrati - 952,0 mg, kaliy tsitrat monogidrati - 1045,0 mg, suvsiz limon kislotasi - 577,0 mg. Yordamchi moddalar: natriy saxarinati, in'ektsiya uchun suv 5,0 ml gacha.

Farmakodinamikasi

Siydikni rN 6,6 – 6,8 ko'rsatkichlarigacha ishqorlash hisobiga siydik kislotasi toshlarini eritadi va ularning paydo bo'lishini oldini oladi (siydikning rN 6,6 – 6,8 doirasida siydik kislotasi toshlarini eritilishi sezilarli darajada oshadi). Bundan tashqari, kal'tsiy chiqarilishini pasaytiradi, siydikda kal'tsiy oksalat eruvchanligini yaxshilaydi, kristallar paydo bo'lishini susaytiradi va shunday qilib kal'tsiy-oksalat toshlari paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladi.

Farmakokinetikasi

So'rilishi. Litomaren me'da – ichak yo'liga tushib, qon oqimiga butunlay so'riladi, shuning uchun uning biokiraolishligi 100% ga yaqinlashidi. Сhiqarilishi. Litomaren preparatini chiqarilishi buyraklar orqali amalga oshadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va emizish (laktatsiya davri) davrida qo'llash mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Buyraklar normal ishlab turganida doza oshirib yuborilgan holatda moddalar almashinuvining fiziologik ko'rsatkichlariga noxush ta'sir kutilmaydi. Siydikning ortiqcha ishqorlanishi, ayniqsa uzoq vaqt, mavjud bo'lgan konkrementlar utiga fosfatlar cho'kishiga olib keladi, bu ularning keyinchalik erishini qiyinlashtiradi.

Maxsus ko‘rsatmalari

O'rtacha sutkalik doza (4 ta yunidoza) taxminan 1,5 g kaliy va 0,9 g natriy saqlaydi (osh tuzi iste'moli cheklangan patsientlarda hisobga olinishi kerak). Kaliy ionlari ushlanib qolishi bilan birga kechmaydigan surunkali buyrak yetishmovchiligida qo'llanilishi mumkin. Qandli diabet kasalligi bo'lgan patsientlarga buyurilishi mumkin. Siydik kislotasi toshlarini eritishda sutkalik dozani oshirib yubormaslik kerak, chunki rN miqdori 7,0 dan oshirilganda siydik kislotasi kristallarida fosfatlar cho'kishi yuz beradi, bu esa ularning kelgusida erishiga to'sqinlik qiladi. Davolash vaqtida oqsillarga va purin asoslariga boy mahsulotlar iste'mol qilinishini cheklash, shuningdek yetarli darajada (eng kamida 1,5-2 litr) suyuqlik ichilishini ta'minlash kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi Homiladorlik va emizish (laktatsiya davri) davrida qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Tarkibida tsitratlar va alyuminiy saqlaydigan preparatlarning bir vaqtda qabul qilinishi alyuminiy so'rilishi kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bunday preparatlarni qabul qilish o'rtasidagi oraliq vaqt eng kamida 2 soatni tashkil etishi kerak. Yurak glikozidlari Litomaren bilan birga buyurilganida, preparat tarkibida kaliy mavjudligi tufayli yurak glikozidlarining ta'siri kamayishi mumkin. Arterial bosimni pasaytiruvchi ayrim preparatlar (al'dosteron antagonistlari, kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzin-aylantiruvchi ferment blokatorlari), shuningdek nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar va anal'getiklar kaliy chiqarilishini pasaytirishi mumkin. Bunday preparatlarni bir vaqtda qabul qilish mumkinligi shifokor tomonidan belgilanadi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Ichga qabul qilishdan oldin yunidoza (ampula) 200 ml suyuqlikda (choy, meva sharbati yoki ishqorli mineral suv) eritiladi. Sutkalik doza - 2-6 yunidoza. Sutkalik doza kun davomida bir maromda taqsimlanadi va ovqatlanishdan keyin qabul qilinadi. Agar rN sutka davomida 6,2 – 7,0 (siydik kislotasi toshlarini eritish uchun); 7,5 – 8,5 (tsistin toshlari uchun); 7,2 – 7,5 (porfiriyani davolash uchun); minimum 7,0 (tsitostatiklar bilan davolashda) doirasida bo'lgan holatdagina doza to'g'ri tanlangan hisoblanadi. Agar siydikning rN ko'rsatkichi ko'rsatilgandan pastroq bo'lsa, dozani oshirish, yuqoriroq bo'lsa – kamaytirish kerak. Davolash davomiyligi – 4 – 6 oy. Samaradorlik nazorati (siydikning rN aniqlash) bir kunda 3 marta indikator qog'ozi yordamida har bir martalik dozani qabul qilishdan oldin o'tkaziladi. Qog'ozda olingan rang 2 minut davomida shkala bilan solishtiriladi va olingan miqdor nazorat kalendariga kiritiladi. Tsistin toshlari mavjud holatda va porfiriyani davolashda samaradorlikni tekshirish uchun rN ko'rsatkichlari 7,2 dan 9,7 gacha maxsus indikator qog'ozidan foydalanish kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Litomaren preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Litomaren haqida savollar

Litomaren haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil