LOPERAMID AKRI kapsulalar 2mg N10

LOPERAMID AKRI kapsulalar 2mg N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda absorbsiya 40 % ni tashkil qiladi. Plazmada Cmax ga kapsulalar qabul qilinganidan 2.5 soat o'tgach erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi (asosan albuminlar bilan) - 97 %. GET orqali o'tmaydi. Deyarli to'liq jigarda kon'yugatsiya yo'li bilan metabolizmga uchraydi. T1/2 - 9-14 soat (o'rtacha 9.8 soat). Asosan safro bilan chiqariladi, arzimas qismi buyraklar orqali (kon'yugatsiyalangan metabolitlar ko'rinishida) chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Odatda faqat preparat uzoq vaqt qabul qilinganda kuzatiladi.
Allergik reaksiyalar (teri toshmasi), uyquchanlik, bosh aylanishi, gipovolemiya, elektrolitlar buzilishi, og‘iz qurishi, ichak sanchig‘i, gastralgiya, qorinda og‘riq yoki noqulaylik, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm bo‘lishi mumkin.
Kam hollarda - siydik tutilishi; o‘ta kam hollarda - ichak tutilishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Loperamid-Akri® qo'llanilganda 2 sutkadan keyin samara bo'lmasa, tashxisni aniqlashtirish va diareyaning infektsion genezini istisno qilish kerak. 6 yoshdan kichik bolalarga preparatni kapsula shaklida tayinlash tavsiya etilmaydi.
Agar davolashda qabziyat yoki qorin dam bo'lishi rivojlansa, Loperamid-Akri® ni bekor qilish kerak. Jigar funktsiyasi buzilishlari bo'lgan bemorlarda MNT toksik shikastlanishi belgilarini sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur. Diareya davolash davrida suyuqlik va elektrolitlar yo'qotilishi o'rnini to'ldirish zarur.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash vaqtida avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: MNT funktsiyasi susayishi belgilari (stupor, harakatlar koordinatsiyasi buzilishi, uyquchanlik, qorachiqlar torayishi (mioz), skelet mushaklari tonusi oshishi, nafas susayishi), ichak tutilishi.
Davolash: Spesifik antidot sifatida nalokson ishlatiladi. Loperamid-Akri® ta'sir davomiyligi naloksonga qaraganda uzoqroq ekanligini hisobga olib, oxirgisini takroran yuborish mumkin.
Simptomatik davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish (preparat qabul qilingandan keyin birinchi 3 soat ichida), o'pkaning sun'iy ventilyatsiyasi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— gipersezuvchanlik,
— ichak tutilishi,
— o'tkir yarali kolit,
— divertikulyoz,
— o'tkir soxta membranoz enterokolit, dizenteriya va M IT boshqa infektsiyalari fonidagi diareya.
— homiladorlik (1 trimestr),
— laktatsiya davri,
— 6 yoshgacha bo'lgan bolalar
Ehtiyotkorlik bilan: jigar yetishmovchiligi.
Dozirovkasi
Kattalarga o'tkir diareyada dastlab 2 kaps. (4 mg) Loperamid-Akri® tayinlanadi, keyin - suyuq stul holatida har bir defekatsiya aktidan keyin 1 kaps. dan (2 mg). Eng yuqori sutkalik doza - 8 kaps. (16 mg).
Surunkali diareyada kattalarga 4 mg/sut dan tayinlanadi. Maksimal sutkalik doza - 16 mg.
O'tkir diareyada 6 yoshdan oshgan bolalarga boshlang'ich dozada 2 mg, keyin - suyuq stul holatida har bir defekatsiya aktidan keyin 2 mg dan tayinlanadi. Maksimal sutkalik doza - 4 kaps. (8 mg).
Surunkali diareyada 6 yoshdan oshgan bolalarga Loperamid-Akri® 2 mg sutkalik dozada tayinlanadi. Maksimal sutkalik doza - 20 kg ga 6 mg.
Stul normallashgandan keyin yoki 12 soatdan ortiq stul bo'lmaganda preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak
LOPERAMID AKRI kapsulalar 2mg N10 o'xshash dorilari


LOPERAMID AKRI kapsulalar 2mg N10 xususiyatlari
Loperamid boshqa chiqarish shakllari
LOPERAMID AKRI kapsulalar 2mg N10 analoglari








{
"data": {
"id": 29580,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "loperamid-akrikhin-0-002-n10-kaps",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "LOPERAMID AKRI kapsulalar 2mg N10",
"brand_name": "LOPERAMID AKRI",
"image": "uploads/iblock/e07/e071950b8284275d018cb0441a37e7be.webp",
"atx_code": "A07DA03 Лоперамид",
"drug_form_id": 3,
"over_the_counter": true,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Akrixin, AO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 487,
"slug": "pishchevaritelnyy-trakt-i-obmen-veshchestv",
"name": "Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi",
"external_link_title": "Gastroenterolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/gastroenterolog"
},
"drug_group": {
"id": 6564,
"slug": "loperamid",
"name": "Loperamid"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7835,
"slug": "loperamid",
"name": "Loperamid"
}
],
"tags": [
{
"id": 736,
"slug": "ot-ponosa-diarei",
"name": "Ich ketishidan"
}
]
}
}












