MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 250mg N10

MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 250mg N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Muvozanat konsentratsiyasi Css - 2-3,5 mmol/l. Gematoensefalik va yo'ldosh to'siqlari orqali o'tadi, ko'krak sutida plazmadagiga qaraganda 2 baravar yuqori konsentratsiyalarni hosil qiladi. Chiqarilishi buyraklar orqali amalga oshiriladi, uning tezligi plazma konsentratsiyasi va kalavachalar filtratsiyasi darajasiga proporsionaldir.
Nojo'ya samaralari
Gipermagniemiyaning erta belgilari va simptomlari: bradikardiya, diplopiya, yuz terisiga to‘satdan qon "quyilishi", bosh og‘rig‘i, qon bosimining pasayishi, ko‘ngil aynishi, hansirash, noaniq nutq, qusish, asteniya.
Qon zardobida magniy ionlari miqdorining oshishi tartibida joylashtirilgan gipermagniemiya belgilari: chuqur pay reflekslarining pasayishi (2-3,5 mmol/l), elektrokardiogrammada PQ intervalining uzayishi va QR.S kompleksining kengayishi (2,5-5 mmol/l), chuqur pay reflekslarining yo‘qolishi (4-5 mmol/l), nafas olish markazining susayishi (5-6,5 mmol/l), yurak o‘tkazuvchanligining buzilishi (7,5 mmol/l), yurak to‘xtashi (12,5 mmol/l).
Gipergidroz, xavotir, chuqur sedatsiya, poliuriya, bachadon atoniyasi.
Preparat nafas olish markazining qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, parenteral yuborilganda preparatning katta dozalari nafas olish markazining falajini keltirib chiqarishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Magniy va kaltsiy tuzlarini bir vaqtda vena ichiga yuborish zarurati bo'lganda, ular turli venalarga yuboriladi.
Magniy sulfatni epileptik statusni bartaraf etish uchun qo'llash mumkin (majmuaviy terapiya tarkibida).
Og'ir buyrak funktsiyasi buzilishi (KK 20 ml/daq dan ortiq) bo'lgan bemorlar 48 soat davomida 20 g dan ortiq magniy sulfat (81 mmol Mg2*) qabul qilmasliklari kerak, oliguriya yoki og'ir buyrak funktsiyasi buzilishi bo'lgan bemorlarga magniy sulfatni vena ichiga juda tez yubormaslik kerak. Qon zardobida magniy ionlari miqdorini (0,8-1,2 mmol/l dan yuqori bo'lmasligi kerak), diurezni (soatiga kamida 100 ml), nafas chastotasini (daqiqasiga kamida 16), arterial qon bosimini nazorat qilish tavsiya etiladi, pay reflekslarini nazorat qilish zarur.
Parenteral qo'llanilganda preparatning toksik kontsentratsiyalarini hosil qilmaslik uchun alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Keksa bemorlarga ko'pincha dozani kamaytirish talab etiladi (buyrak funktsiyasi susayishi).
Magniy sulfat qo'llanilganda texnetsiy qo'llaniladigan radiologik tekshiruvlar natijalari buzilishi mumkin.
Preparatning transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, og'ir arterial gipotenziya, nafas olish markazining susayishi, og'ir bradikardiya, atrioventrikulyar blokada (I-III darajali AV blokada), og'ir surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 20 ml/min dan kam), tug'ruq oldi davri (tug'ruqdan 2 soat oldin), kaltsiy yetishmovchiligi bilan bog'liq holatlar.
Ehtiyotkorlik bilan:
Miasteniya, surunkali buyrak yetishmovchiligi (agar kreatinin klirensi 20 ml/min dan ko'p bo'lsa), nafas olish organlari kasalliklari, oshqozon-ichak traktining o'tkir yallig'lanish kasalliklari, homiladorlik, keksa yosh, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo'lganlar.
Homiladorlik va laktatsiya:
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa mümkin.
Laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarurati bo'lsa, ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Markaziy asab tizimini susaytiruvchi boshqa dori vositalarining samarasini kuchaytiradi.
Yurak glikozidlari o'tkazuvchanlik buzilishi va atrioventrikulyar (AV) blokada xavfini oshiradi (ayniqsa kaltsiy tuzlari bir vaqtda vena ichiga yuborilganda).
Miorelaksantlar va nifedipin nerv mushak blokadasini kuchaytiradi.
Parenteral yuborish uchun magniy sulfatni boshqa vazodilatatorlar bilan birga qo'llashda gipotenziv samarani kuchayishi mumkin.
Barbituratlar, narkotik analgetiklar, gipotenziv dori vositalari nafas olish markazini susayish ehtimolini oshiradi.
Tetratsiklin antibiotiklarining so'rilishini buzadi, streptomitsin va tobramitsin ta'sirini susaytiradi.
Kaltsiy tuzlari magniy sulfat ta'sirini kamaytiradi.
Kaltsiy preparatlari, etanol (yuqori kontsentratsiyalarda), ishqoriy metallar karbonatlari, gidrokarbonatlari va fosfatlari, mishyak kislotasi, bariy, strontsiy tuzlari, klindamitsin fosfat, gidrokartizon natriy suktsinat, polimiksin B sulfat, prokain gidroxlorid,
salitsilatlar va tartratlar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib (cho'kma hosil qiladi). To'liq parenteral oziqlantirish uchun aralashmalarda magniy ionlari 10 mmol/ml dan yuqori bo'lganda yog'li emulsiyalarning ajralishi mumkin.
Dozirovkasi
Preeklampsiya va eklampsiya. To'yinish dozasi - 2-4 g 5-20 daqiqa davomida (infuziya). Tutib turuvchi doza - soatiga 1-2 g.
Bachadon tetaniyasi. To'yinish dozasi - 4 g 20 daqiqa davomida (infuziya). Tutib turuvchi doza - avval soatiga 1-2 g, keyin soatiga 1 g (24-72 soat davomida tomchilab yuborish mumkin).
Gipomagniemiya.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda. Sutkalik doza - 0,2-0,8 ml/kg vena ichiga sekin.
Kattalarda. Yengil. Magniy sulfat eritmasi parenteral qo'llaniladi, agar magniy preparatlarini ichga qabul qilish imkoni bo'lmasa (ko'ngil aynishi, qusish, oshqozonda rezorbsiyaning buzilishi va b. tufayli) sutkalik doza 1-2 g. Bu doza bir marta yoki 2-3 qabulda yuboriladi.
Og'ir. Boshlang'ich doza - 5 g, u 1 l infuzion eritmada yetkaziladi va sekin vena ichiga yuboriladi. Qon zardobidagi preparat konsentratsiyasiga qarab dozalanadi.
Faqat parenteral oziqlanish oladigan bemorlarda gipomagniemiya profilaktikasi. Agar ozuqaviy eritmalarda magniy bo'lmasa, u qo'shimcha ravishda qo'shiladi. Sutkalik doza- 1,5-4 g. Odatda 1 l parenteral oziqlanish eritmasiga 1 g magniy sulfat qo'shiladi. Kattalarga magniy sulfatning maksimal sutkalik dozasi - 40 g.
Gipertonik krizlarda vena ichiga (sekin) 5-20 ml 250 mg/ml magniy sulfat eritmasi yuboriladi.
Aritmiyalarni bartaraf etish uchun vena ichiga 1-2 g taxminan 5 daqiqa davomida yuboriladi, takroriy yuborish mumkin.
Magniy sulfat dozalari grammlarda ko'rsatilgan. Ularga 250 mg/ml eritmaning quyidagi miqdori to'g'ri keladi: 1 g - 4 ml; 2 g - 8 ml; 3 g - 12 ml; 4 g - 16 ml; 5 g - 20 ml; 10 g - 40 ml; 15 g - 60 ml; 20 g - 80 ml; 30 g - 120 ml; 40 g - 160 ml. Ampuladagi magniy sulfat eritmasi in'eksiya uchun eritmalar bilan suyultiriladi: 0,9 % natriy xlorid yoki 5 % dekstroza (glyukoza).
Polimer ampula bilan ishlash tartibi:
1. Ampulani olib, bo'yni qismidan ushlab chayqating.
2. Ampulani qo'l bilan siqing, bunda preparat ajralib chiqmasligi kerak, va aylanma harakatlar bilan klapanni burab ajrating.
3. Hosil bo'lgan teshik orqali darhol shpritsni ampula bilan ulang.
4. Ampulani to'ntaring va sekin uning tarkibini shpritsga torting.
5. Shpritsga igna taqing.Dozani oshirib yuborishBelgilari:
Tizza refleksi yo'qolishi, ko'ngil aynishi, qusish, arterial qon bosimining keskin pasayishi, bradikardiya, nafas olish va markaziy asab tizimining susayishi.
Davolash:
Vena ichiga sekin 10 % kalsiy xlorid yoki kalsiy glyukonat eritmasi - 5-10 ml yuboriladi, oksigenoterapiya, karbogen bilan nafas oldirish, sun'iy nafas, peritoneal dializ yoki gemodializ, simptomatik terapiya o'tkaziladi.
Hajm/og'irlik
MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 250mg N10 o'xshash dorilari




Magniya sulfat boshqa chiqarish shakllari





MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 250mg N10 analoglari







MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 250mg N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 33774,
"stores_apteka_id": 316706,
"slug": "magniya-sulfat-politvist-0-25-ml-10ml-n10-amp-plastik-r-r-v-v-groteks",
"stores_apteka_slug": "magniya-sulfat-250-mg-5-ml-amp-n10",
"name": "MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 250mg N10",
"brand_name": "MAGNIYA SULFAT",
"image": "uploads/iblock/84e/84ea31c6981fe637a807d8735ce1237e.webp",
"atx_code": "B05ХA05",
"drug_form_id": 2,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Groteks, OOO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 485,
"slug": "krov-i-krovoobrashchenie",
"name": "Qon va qon aylanishi",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 8329,
"slug": "magniya-sulfat",
"name": "Magniya sulfat"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7869,
"slug": "magniya-sulfat",
"name": "Magniya sulfat"
}
],
"tags": []
}
}



