Apteka.uz
SavatKirish

METOKLOPRAMID 0,005/ML eritma 2ml N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Metoklopramid
Ishlab chiqaruvchi:Moskovskiy endokrinniy zavod, FGUP
Teglar:Qusishdan
ATX kodi:A03FA01
Barcha Metoklopramid dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

METOKLOPRAMID 0,005/ML eritma 2ml N10 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

MIY ga ta'sirining boshlanishi v/i yuborilgandan so'ng 1-3 daqiqa o'tgach va m/i yuborilgandan so'ng 10-15 daqiqa o'tgach qayd etiladi va oshqozon tarkibini evakuatsiya qilishning tezlashishi va qusishga qarshi samara bilan namoyon bo'ladi.



Jigarda metabolizmga uchraydi. Preparatning chiqarilishi asosan buyraklar orqali 24-72 soat ichida sodir bo'ladi (dozaning 85%), 30% o'zgarmagan holda. Yo'ldosh va gematoensefalik to'siqlar orqali oson o'tadi, ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.

Nojo'ya samaralari

Asab tizimi tomonidan: ekstrapiramidal buzilishlar - yuz mushaklari spazmi, trizm, tilning ritmik chiqib turishi, nutqning bulbar turi, ekstraokulyar mushaklar spazmi (sh.j. okulogir kriz), spastik qiyshiq bo‘yin, opistotonus, mushak gipertonusi; parkinsonizm (giperkinez, mushak rigidligi - dofaminni bloklovchi ta’sir ko‘rinishi, bolalar va o‘smirlarda 0,5 mg/kg/sut dozadan oshirilganda rivojlanish xavfi ortadi); diskinezlar (keksalarda, SURda); uyquchanlik, toliqish, xavotirlik, dovdirash, bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qabziyat yoki diareya, kam hollarda - og‘iz qurishi.

Allergik reaksiyalar: eshakemi.

Endokrin tizim tomonidan: kam hollarda (yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda) - ginekomastiya, galaktoreya, hayz siklining buzilishi.

Boshqalar: davolash boshida agranulotsitoz, kam hollarda (yuqori dozalarda qo‘llanilganda) - burun shilliq qavati giperemiyasi bo‘lishi mumkin

Maxsus saqlash sharoitlari

Vestibulyar genezli qusishda samarasiz.

OIT dagi operatsiyalardan (piloroplastika yoki ichak anastomozi kabi) keyin tayinlanmaydi, chunki kuchli mushak qisqarishlari bitishga to'sqinlik qiladi.

Metoklopramid qo'llanilishi fonida jigar funktsiyasi laboratoriya ko'rsatkichlari ma'lumotlari va plazmada aldosteron va prolaktin kontsentratsiyasini aniqlash buzilishi mumkin.

Preparat qabul qilinganda yuqori diqqatni, tezkor ruhiy va harakat reaktsiyasini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlaridan (transport vositalarini boshqarish va b.) saqlanish kerak.

Ko'pchilik nojo'ya ta'sirlar davolash boshlangandan keyin 36 soat ichida yuzaga keladi va bekor qilingandan keyin 24 soat ichida yo'qoladi. Davolash imkon qadar qisqa muddatli bo'lishi kerak.

Preparat bilan davolash davrida alkogol iste'mol qilish tavsiya etilmaydi

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Oshqozon-ichak traktidan qon ketishlar, pilorus stenozi, mexanik ichak tutilishi, oshqozon yoki ichak perforatsiyasi, feoxromotsitoma, epilepsiya, glaukoma, ekstrapiramidal buzilishlar, Parkinson kasalligi, prolaktinga bog'liq o'smalar, neyroleptiklar bilan davolash yoki dozani oshirib yuborish fonidagi va sut bezi saratoni bo'lgan bemorlardagi qusish, homiladorlik (I trimestr), laktatsiya davri, erta bolalik yoshi (2 yoshgacha), metoklopramidga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan - bolalar yoshi, buyrak/jigar yetishmovchiligi, bronxial astma, arterial gipertenziya

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Etanolning MNSga ta'sirini, uxlatuvchi vositalarning sedativ samarasini, H2-gistaminoblokatorlar bilan terapiya samaradorligini kuchaytiradi.

Tetratsiklin, ampitsillin, paratsetamol, atsetilsalitsil kislotasi, levodopa, etanolning so'rilishini oshiradi; digoksin va simetidin so'rilishini sekinlashtiradi. Neyroleptiklar bilan bir vaqtda tayinlamaslik kerak, chunki ekstrapiramidal reaktsiyalar yuzaga kelish xavfi ortadi.

Neyroleptiklar bilan bir vaqtda qo'llanilganda ekstrapiramidal simptomlar rivojlanish xavfi ortadi.

Metoklopramid ta'sirini antixolinesteraz vositalar susaytirishi mumkin

Dozirovkasi

DozalashV/i yoki m/i kattalarga 10-20 mg dozada sutkasiga 1-3 marta (maksimal sutkalik doza - 60 mg); 6 yoshdan oshgan bolalarga 5 mg dan sutkasiga 1-3 marta; 2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun sutkalik doza tana vaznining 0,5-1 mg/kg ni tashkil qiladi, yuborish chastotasi 1-3 marta.

Sitostatiklarni qabul qilish yoki nur terapiyasi tufayli yuzaga kelgan ko'ngil aynishi va qusishni oldini olish va davolash uchun preparat vena ichiga tana vaznining 2 mg/kg dozada sitostatiklar yoki nurlanishdan 30 daqiqa oldin yuboriladi; zarurat bo'lganda yuborish 2-3 soatdan keyin takrorlanadi.

Rentgenologik tekshiruvdan oldin kattalarga vena ichiga 10-20 mg tekshiruv boshlanishidan 5-15 daqiqa oldin yuboriladi.

Klinik jihatdan yaqqol jigar-buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga boshida odatdagidan ikki baravar kam dozani tayinlashadi, keyingi doza bemorning metoklopramidga individual reaksiyasiga bog'liq
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. METOKLOPRAMID 0,005/ML eritma 2ml N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

METOKLOPRAMID 0,005/ML eritma 2ml N10 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
31 900 so'm dan
GERBION ISLANDSKOGO MXA sirop 150ml
Retseptsiz
GERBION ISLANDSKOGO MXA sirop 150ml
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
Narxi
38 000 so'm dan
PAPAVERIN suppozitorii 20mg N10
PAPAVERIN suppozitorii 20mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•90 ta dorixonada bor
Narxi
4 500 so'm dan

METOKLOPRAMID 0,005/ML eritma 2ml N10 xususiyatlari

Metoklopramid boshqa chiqarish shakllari

METOKLOPRAMID eritma 2ml 5mg/ml N10
Retseptli
METOKLOPRAMID eritma 2ml 5mg/ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•49 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
METOKLOPRAMID SD tabletkalari 10mg N50
Retseptli
METOKLOPRAMID SD tabletkalari 10mg N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
SHARQ DARMON OOO
•12 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
METOKLOPRAMID inyeksiya uchun eritma 2ml 5% N5
Retseptli
METOKLOPRAMID inyeksiya uchun eritma 2ml 5% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•48 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
METOKLOPRAMID eritma 2 ml 5 mg/ml N20
Retseptli
METOKLOPRAMID eritma 2 ml 5 mg/ml N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
REKA-MED FARM, SP OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
14 985 so'm dan
METOKLOPRAMID tabletkalari 10mg N50
Retseptli
METOKLOPRAMID tabletkalari 10mg N50
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy Zavod MP OAO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan

METOKLOPRAMID 0,005/ML eritma 2ml N10 analoglari

METOKLOPRAMID tabletkalari 10mg N50
Retseptli
METOKLOPRAMID tabletkalari 10mg N50
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy Zavod MP OAO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
SERUKGLAN eritma 2ml 0,5% N10
SERUKGLAN eritma 2ml 0,5% N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd
•11 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
METOKLOPRAMID eritma 2ml 5mg/ml N10
Retseptli
METOKLOPRAMID eritma 2ml 5mg/ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•49 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
METOKLOPRAMID inyeksiya uchun eritma 2ml 5% N5
Retseptli
METOKLOPRAMID inyeksiya uchun eritma 2ml 5% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•48 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan

METOKLOPRAMID 0,005/ML eritma 2ml N10 haqida savollar

METOKLOPRAMID 0,005/ML eritma 2ml N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil