METOKLOPRAMID 0,01 tabletkalari N50

METOKLOPRAMID 0,01 tabletkalari N50 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so'ng MIY dan tez so'riladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 30% ni tashkil qiladi. Jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Asosan buyraklar orqali ham o'zgarmagan holda, ham metabolitlar ko'rinishida chiqariladi. T1/2 4 dan 6 soatgacha tashkil qiladi.
Nojo'ya samaralari
Og‘iz qurishi, qabziyat yoki diareya, uyquchanlik, depressiya, ekstrapiramidal buzilishlar (yuz mushaklarining tirishib tortishishi, ko‘z olmalari harakatining buzilishi, tilni chiqarib turish), shishlar, galaktoreya, giperprolaktinemiya, hayz siklining buzilishi, burun shilliq qavati giperemiyasi, teri toshmalari.
Maxsus ko‘rsatmalari
Bronxial astma, arterial gipertenziya, jigar va/yoki buyrak funktsiyasi buzilishlari bo'lgan bemorlarda, Parkinson kasalligida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Bolalarda, ayniqsa erta yoshdagi bolalarda o'ta ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki ularda diskinetik sindrom yuzaga kelishi xavfi sezilarli darajada yuqori. Metoklopramid ba'zi hollarda tsitostatiklar qabul qilish chaqirgan qusishda samarali bo'lishi mumkin.
Keksa yoshdagi bemorlarda qo'llanilganda shuni yodda tutish kerakki, metoklopramid yuqori yoki o'rtacha dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda eng tez-tez uchraydigan nojo'ya ta'sir ekstrapiramidal buzilishlar, ayniqsa parkinsonizm va kechki diskineziya hisoblanadi.
Metoklopramid qo'llanilishi fonida jigar funktsiyasi laboratoriya ko'rsatkichlari ma'lumotlari va qon plazmasida aldosteron va prolaktin kontsentratsiyasini aniqlash buzilishi mumkin.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida yuqori diqqatni, tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersezuvchanlik, glaukoma, feoxromotsitoma, epilepsiya, Parkinson kasalligi va b. ekstrapiramidal buzilishlar, homiladorlik (I trimestr), ko'krak suti bilan emizish (davolash vaqtida ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish kerak).
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Neyroleptiklar ekstrapiramidal buzilishlar rivojlanish ehtimolini oshiradi (o'zaro). Uxlatuvchi vositalar va alkogolning sedativ samarasini kuchaytiradi. Digoksin so'rilishini sekinlashtiradi, paratsetamol, tetratsiklin, levodopa, etanol so'rilishini - tezlashtiradi.
Dozirovkasi
METOKLOPRAMID 0,01 tabletkalari N50 o'xshash dorilari








