METRONIDAZOL 0,005/ML infuziya uchun eritma 100ml N48

METRONIDAZOL 0,005/ML infuziya uchun eritma 100ml N48 o'xshash dorilari



METRONIDAZOL 0,005/ML infuziya uchun eritma 100ml N48 qo'llanmasi
Yuqori kirib borish qobiliyatiga ega bo'lib, organizmning aksariyat to'qimalari va suyuqliklarida, shu jumladan o'pka, buyraklar, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, miya, safro, so'lak, amniotik suyuqlik, absess bo'shliqlari, vaginal sekret, urug' suyuqligi, ko'krak sutida bakteritsid konsentratsiyalarga erishadi, gematoensefalik to'siq va yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi.
Taqsimlanish hajmi: kattalar - taxminan 0,55 l/kg, yangi tug'ilgan chaqaloqlar - 0,54-0,81 l/kg. Qon plazmasidagi maksimal konsentratsiya (Smax) dozaga qarab 6 dan 40 mkg/ml gachani tashkil qiladi. Qon plazmasida maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti (TSmax) - 1-3 soat. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 10-20%.
500 mg 20 daqiqa davomida vena ichiga yuborilganda qon plazmasidagi maksimal konsentratsiya 1 soatdan keyin - 35,2 mkg/ml, 4 soatdan keyin - 33,9 mkg/ml, 8 soatdan keyin - 25,7 mkg/ml; keyingi yuborishda qon plazmasidagi minimal konsentratsiya (Cmin) - 18 mkg/ml, qon plazmasida maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti - 30-60 daqiqa, terapevtik konsentratsiya 6-8 soat davomida saqlanib turadi. O't hosil bo'lishi normal bo'lganda vena ichiga yuborilgandan so'ng safrodagi metronidazol konsentratsiyasi plazmadagi konsentratsiyadan sezilarli darajada oshishi mumkin.
Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% gidroksillanish, oksidlanish va glyukuronlanish yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolit (2-oksimetronidazol) ham protozoyga qarshi va mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Jigar funksiyasi normal bo'lganda yarim chiqarilish davri - 8 soat (6 dan 12 soatgacha), jigarning alkogolli shikastlanishida - 18 soat (10 dan 29 soatgacha), yangi tug'ilgan chaqaloqlarda: homiladorlik muddati 28-30 hafta bo'lganda tug'ilganlarda - taxminan 75 soat, 32-35 hafta - 35 soat, 36-40 hafta - 25 soat. Buyraklar orqali 60-80% (20% o'zgarmagan holda), ichak orqali - 6-15% chiqariladi.
Buyrak klirensi - 10,2 ml/daq.
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda takroriy yuborilgandan so'ng qon zardobida metronidazol kumulyatsiyasi kuzatilishi mumkin (shuning uchun og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda qabul qilish tez-tezligini kamaytirish kerak).
Metronidazol va asosiy metabolitlar gemodializda qondan tez chiqariladi (yarim chiqarilish davri 2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda arzimas miqdorlarda chiqariladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ishtaha pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ichak sanchig‘i, qabziyatlar, og‘izda «metall» ta’mi, og‘iz qurishi, glossit, stomatit, pankreatit.
Asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, harakatlar koordinatsiyasi buzilishi, ataksiya, ongning chalkashishi, ta’sirchanlik, depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar, periferik nevropatiya.
Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri toshmasi, teri giperemiyasi, burun bitishi, isitma, artralgiyalar.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya, sistit, poliuriya, siydik tuta olmaslik, kandidoz, siydikning qizil-jigarrang rangga bo‘yalishi.
Mahalliy reaksiyalar: tromboflebit (in’eksiya joyida og‘riq, giperemiya yoki shish).
Boshqalar: neytropeniya, leykopeniya, EKGda T tishchasining tekislanishi.
Davolash davrida etanol qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaktsiyalar rivojlanishi mumkin: abdominal spazmatik xarakterdagi og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, yuzga qonning to'satdan quyilishi).
Amoksitsillin bilan kombinatsiyada 18 yoshdan kichik bemorlarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Uzoq muddatli terapiyada qon manzarasini nazorat qilish zarur.
Leykopeniyada davolashni davom ettirish imkoniyati infektsion jarayon rivojlanishi xavfiga bog'liq.
Ataksiya, bosh aylanishi va bemorlar nevrologik statusining har qanday boshqa yomonlashuvi paydo bo'lishi davolashni to'xtatishni talab qiladi.
Treponemalarni immobilizatsiya qilishi va Nelson testining soxta musbat natijasiga olib kelishi mumkin.
Siydikni to'q rangga bo'yaydi.
Ayollarda trixomonadali vaginitni va erkaklarda trixomonadali uretritni davolashda jinsiy hayotdan saqlanish zarur. Jinsiy sheriklarni bir vaqtda davolash majburiydir. Davolash hayz ko'rish vaqtida to'xtatilmaydi. Trixomoniaz terapiyasidan so'ng hayz ko'rishdan oldin va keyin 3 navbatdagi tsikl davomida nazorat sinamalarini o'tkazish kerak.
Lyamblioz davolangandan so'ng, agar simptomlar saqlanib qolsa, 3-4 haftadan keyin bir necha kunlik intervallar bilan 3 ta axlat tahlilini o'tkazish kerak (ba'zi muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya chaqirgan laktozani o'zlashtiraolmaslik lyamblioz simptomlarini eslatib, bir necha hafta yoki oy davomida saqlanib qolishi mumkin).
Metronidazolga yoki boshqa nitroimidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan anamnezda), markaziy asab tizimining organik shikastlanishlari (shu jumladan epilepsiya), jigar yetishmovchiligi (katta dozalar tayinlanganda), homiladorlik (I trimestr), laktatsiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan:
Homiladorlik (II-III trimestrlar), buyrak/jigar yetishmovchiligi.
Homiladorlik va laktatsiya:
Laktatsiya davrida preparatni tayinlash zarurati tug'ilganda ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish kerak.
Bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo'lish vaqtining oshishiga olib keladi.
Disulfiramga o'xshab etanolni ko'tara olmaslikni chaqiradi.
Disulfiram bilan bir vaqtda qo'llash turli nevrologik simptomlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin (tayinlash orasidagi oraliq - kamida 2 hafta).
Metronidazol v/i yuborish uchun eritmani boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi.
Simetidin metronidazol metabolizmini bostiradi, bu uning qon zardobidagi kontsentratsiyasi oshishiga va nojo'ya hodisalar rivojlanish xavfi oshishiga olib kelishi mumkin.
Jigarda mikrosomal oksidlanish fermentlarini rag'batlantiruvchi dori vositalarini (fenobarbital, fenitoin) bir vaqtda tayinlash metronidazol eliminatsiyasini tezlashtirishi mumkin, natijada uning plazmadagi kontsentratsiyasi pasayadi.
Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda oxirgisining plazmadagi kontsentratsiyasi oshishi va intoksikatsiya simptomlari rivojlanishi mumkin.
Nodepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar (vekuroniy bromid) bilan kombinatsiya qilish tavsiya etilmaydi.
Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi ta'sirini kuchaytiradi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga boshlang'ich dozada 0,5-1 g vena ichiga tomchilab (infuziyalar davomiyligi - 30-40 daqiqa), so'ngra har 8 soatda 500 mg dan 5 ml/min tezlikda. Yaxshi o'zlashtirilganda dastlabki 2-3 infuziyadan so'ng oqim bilan yuborishga o'tiladi. Davolash kursi - 7 kun. Zarurat bo'lganda vena ichiga yuborish uzoqroq vaqt davomida davom ettiriladi. Maksimal sutkalik doza - 4 g. Ko'rsatmalarga ko'ra Metronidazolni ichga tutib turuvchi qabulga 400 mg dan sutkasiga 3 marta o'tiladi.
12 yoshgacha bo'lgan bolalarga xuddi shu sxema bo'yicha bir martalik dozada - 7,5 mg/kg tayinlanadi.
Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 davolash kursi o'tkaziladi.
Profilaktika maqsadida kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga operatsiyadan oldin, operatsiya kuni va ertasi kuni v/i tomchilab 0,5-1 g dan - 1,5 g/sut (har 8 soatda 500 mg dan) tayinlanadi. 1-2 kundan keyin ichga tutib turuvchi terapiyaga o'tiladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi va kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam bo'lgan va/yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga maksimal sutkalik doza - 1 g dan ko'p emas, qabul qilish chastotasi - sutkasiga 2 marta.
Radiosensibilizatsiya qiluvchi dori vositasi sifatida v/i tomchilab 160 mg/kg yoki 4-6 g/kv.m tana yuzasi hisobidan nurlanish boshlanishidan 0,5-1 soat oldin yuboriladi. Har bir nurlanish seansidan oldin 1-2 hafta davomida qo'llaniladi. Nur bilan davolashning qolgan davrida metronidazol qo'llanilmaydi. Maksimal bir martalik doza 10 g dan, kurs dozasi - 60 g dan oshmasligi kerak. Nurlanish chaqirgan intoksikatsiyani bartaraf etish uchun 5% dekstroza eritmasi, Gemodez yoki 0,9% natriy xlorid eritmasini tomchilab yuborish qo'llaniladi.
Metronidazol boshqa chiqarish shakllari

METRONIDAZOL 0,005/ML infuziya uchun eritma 100ml N48 analoglari




















