METRONIDAZOL tabletkalari 200mg N20

METRONIDAZOL tabletkalari 200mg N20 o'xshash dorilari




METRONIDAZOL tabletkalari 200mg N20 qo'llanmasi
Ichga qabul qilingandan so'ng yaxshi so'riladi. Biokiraolishligi 80% ni tashkil qiladi. Tana to'qimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Platsenta to'sig'i va GET orqali o'tadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi - 20%. Jigarda oksidlanish va glyukuron kislotasi bilan bog'lanish orqali metabollanadi. T 8 soatni tashkil qiladi. Siydik bilan (60-80%) va axlat bilan (6-15%) chiqariladi.
Protozoyga qarshi vosita. Taxmin qilinishicha, ta’sir mexanizmi sezgir mikroorganizmlarning DNK tuzilishi buzilishi bilan bog‘liq. Trichomonas vaginalis, Gardnerella vaginalis, Giardia lamblia, Entamoeba histolytica, shuningdek obligat anaerob bakteriyalar (shu jumladan Bacteroides spp., Fusobacterium spp.) ga nisbatan faol.
Metronidazolga aerob mikroorganizmlar chidamli.
Amoksitsillin bilan majmuada Helicobacter pylori ga nisbatan faollik namoyon qiladi. Taxmin qilinishicha, amoksitsillin Helicobacter pylori ning metronidazolga rezistentligi rivojlanishini ingibitsiya qiladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, ishtahaning yo'qolishi, og'izda metall ta'mi.
MNS va periferik asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, qo'zg'aluvchanlikning oshishi, ta'sirchanlik, uyqusizlik, bosh aylanishi, ataksiya, holsizlik, ongning chalkashishi, depressiya, periferik nevropatiya, talvasalar, gallyutsinatsiyalar.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya.
Mahalliy reaksiyalar: ta'sirlanish.
Boshqalar: artralgiya, siydik chiqarish kanalida achishish hissi.
Jigar kasalliklarida metronidazol ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Amoksitsillin bilan kombinatsiyada 18 yoshdan kichik bemorlarda qo'llash tavsiya etilmaydi. Davolash jarayonida periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish zarur.
Ayollarda trixomonadali vaginitni va erkaklarda trixomonadali uretritni davolash vaqtida jinsiy hayotdan saqlanish tavsiya etiladi; har ikkala hamkorning bir vaqtda davolanishi majburiy hisoblanadi.
Metronidazolni qo'llash vaqtida siydikning to'qroq rangga bo'yalishi kuzatiladi.
Metronidazol bilan davolash davrida spirtli ichimliklar qabul qilishdan saqlanish kerak, chunki alkogol oksidlanishining buzilishi oqibatida atsetaldegid to'planishi yuz berishi mumkin. Natijada disulfiramga xos bo'lgan reaksiyalar (qorinda spastik og'riqlar, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, yuzga to'satdan qon quyilishi) rivojlanishi mumkin.
MNS organik shikastlanishlari, qon kasalliklari, jigar funksiyasining buzilishi, homiladorlikning I trimestri, metronidazolga yuqori sezuvchanlik.
Alyuminiy gidroksidi saqlovchi antatsidlar, kolestiramin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda metronidazolning OIT dan so‘rilishi biroz kamayadi.
Bir vaqtda qo‘llanilganda metronidazol bilvosita antikoagulyantlar ta’sirini potensiyalaydi.
Disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llanilganda o‘tkir psixozlar va ong buzilishi rivojlanishi mumkin.
Metronidazol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon plazmasida karbamazepin konsentratsiyasining oshishini va toksik ta’sir rivojlanish xavfining ortishini istisno qilib bo‘lmaydi.
Lansoprazol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda glossit, stomatit va/yoki tilning to‘q rangga kirishi mumkin; litiy karbonati bilan – qon plazmasida litiy konsentratsiyasining oshishi va intoksikatsiya simptomlari rivojlanishi mumkin; prednizon bilan – prednizon ta’sirida jigarda metronidazol metabolizmi tezlashishi oqibatida uning organizmdan chiqarilishi oshadi. Metronidazol samaradorligi pasayishi mumkin.
Rifampitsin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda metronidazolning organizmdan klirensi oshadi; fenitoin bilan – qon plazmasida fenitoin konsentratsiyasining biroz oshishi mumkin, toksik ta’sir rivojlanishi holati tasvirlangan.
Fenobarbital bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, ehtimol, fenobarbital ta’sirida jigarda metronidazol metabolizmi tezlashishi oqibatida uning organizmdan chiqarilishi sezilarli darajada oshadi. Metronidazol samaradorligi pasayishi mumkin.
Ftoruratsil bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ftoruratsilning toksik ta’siri kuchayadi, ammo samaradorligi emas.
Metronidazol qabul qilayotgan bemorda xloroxinning bir martalik dozasini qabul qilgandan so‘ng o‘tkir distoniya rivojlanishi holati tasvirlangan.
Simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda jigarda metronidazol metabolizmining ingibitsiya qilinishi mumkin, bu uning chiqarilishining sekinlashishiga va qon plazmasidagi konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin.
Metronidazol qabul qilayotgan bemorlarda etanol bir vaqtda qo‘llanilganda disulfiramsimon reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Muayyan preparatni qo'llash usuli va dozalash rejimi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Optimal dozalash rejimini shifokor belgilaydi. Qo'llanilayotgan preparatning dori shakli foydalanish ko'rsatmalariga va dozalash rejimiga qat'iy mos kelishiga rioya qilish kerak.
Metronidazol boshqa chiqarish shakllari



METRONIDAZOL tabletkalari 200mg N20 analoglari























