NORKOLUT tabletkalari 5mg N20

NORKOLUT tabletkalari 5mg N20 o'xshash dorilari




NORKOLUT tabletkalari 5mg N20 qo'llanmasi
So'rilishi
MITYdan yaxshi so'riladi. Jigar va ichak devoridagi intensiv birlamchi metabolizm natijasida biokiraolishligi 50-77% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
0,5 mg noretisteron qabul qilingandan 0,5-4 soat o'tgach zardobdagi Cmax 2-5 ng/ml, 1 mg qabul qilinganda - 5-10 ng/ml, 3 mg qabul qilinganda - 30 ng/ml ni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Noretisteron metabolitlari buyraklar orqali glyukuron kislotasi bilan kon'yugatlar ko'rinishida chiqariladi.
Chiqarilishi
Kon'yugatsiyalangan metabolitlarning chiqarilishi - ichak (40%) va buyraklar (60%) orqali.
Zardobdagi noretisteron kontsentratsiyasining pasayishi ikki fazada amalga oshiriladi. Birinchi fazadagi T 2,5 soat davom etadi, yakuniysida - 8 soat. Jigarda hosil bo'lgan metabolitlarning 80% buyraklar orqali chiqariladi.
Noretisteron progestagen hisoblanadi. Bachadon qobig'ining proliferatsiya fazasidan sekretsiya fazasiga transformatsiyasini chaqiradi, gipofizda gonadotropin sekretsiyasini bloklaydi, follikulalar yetilishi va ovulyatsiya boshlanishiga to'sqinlik qiladi.
Bosh og'rig'i, sut bezlarining taranglashishi, dispeptik holatlar (ko'ngil aynishi, qusish), qindan atsiklik qonli ajralmalar, paresteziya, tana vaznining oshishi, charchoqning kuchayishi (qo'shimcha davolashni talab qilmaydi), periferik shishlar, allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish). Uzoq muddat qo'llanilganda - tromboz, tromboemboliya.
Davolash boshlanishidan oldin xavfli o'smalar mavjudligini istisno qilish, oldindan sinchkov ginekologik, onkologik tekshiruv va sut bezlari tekshiruvini o'tkazish kerak.
Agar bemor ayol navbatdagi tabletkani qabul qilishni unutgan bo'lsa, o'tkazib yuborilgan tabletkani imkon qadar tezroq qabul qilish kerak va bu holda qo'shimcha kontrasepsiya usullarini qo'llash zarur.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Noretisteron avtotransportni va ishlash travmatizmning yuqori xavfi bilan bog'liq bo'lgan mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
- jinsiy yetilish davri;
- sut bezi saratoni (sh.j. gumon qilinayotgan);
- ayollar jinsiy a'zolarining xavfli o‘smalari;
- homiladorlik (sh.j. gumon qilinayotgan, bola tushishiga qarshi qo‘llash holatlaridan tashqari);
- sariqlik (sh.j. anamnezda);
- o‘tkir jigar kasalliklari ( sh.j. xavfsiz va xavfli yangi o‘smalar);
- jigar va buyrak funksiyasi buzilishi;
- giperbilirubinemiya;
- trombozlarga moyillik;
- o‘tkir tromboflebit yoki tromboemboliya;
- siydik chiqarish yo‘llaridan noaniq genezli qon ketish;
- jinsiy yo‘llardan noaniq genezli qon ketish;
- homiladorlar xolestatik sariqligi yoki anamnezda teri qichishishi;
- semirish;
- gerpes;
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: bronxial astma, surunkali yurak yetishmovchiligi, epilepsiya, arterial gipertenziya, migren, buyrak yetishmovchiligi, talvasalar yoki MNS funksiyasining boshqa buzilishlari ( sh.j. anamnezda), qandli diabet, jigar kasalliklari (anamnezda), giperlipidemiya, anamnezda tromboflebit, anamnezda tromboemboliya.
Jigar fermentlari induktorlari noretisteron metabolizmini tezlashtiradi.
Gipoglikemik dori vositalari, peroral antikoagulyantlar, GKS bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi.
Barbituratlar, fenitoin, rifampitsin, simetidin va jigarda mikrosomal oksidlanishga ta'sir qiluvchi boshqa dori vositalari bilan kombinatsiyalash tavsiya etilmaydi.
Ichga.
Hayz oldi sindromi, mastodiniya, dismenoreya: hayz siklining 16-kunidan 25-kunigacha bo‘lgan davrda 5-10 mg/sut (1-2 tab.), estrogen bilan birga qabul qilish mumkin.
Bachadon miomasi: hayz siklining 5-kunidan 25-kunigacha 5-10 mg /sut dan ko‘pi bilan 6 oy.
Diagnostik progesteron testi: 10 kun davomida 10 mg preparatni tayinlash optimal variant hisoblanadi. Agar o‘rtacha qonli ajralmalar preparatni qabul qilish tugaganidan 3-7 kun o‘tgach paydo bo‘lsa va 3-4 kun davomida saqlanib qolsa, reaksiya qonuniy deb baholanadi.
Anovulyator metrorragiya, endometriy giperplaziyasi (qon ketishining disfunksional xarakteri davolashdan kamida 6 oy oldin gistologik tahlil bilan tasdiqlanishi kerak): 6-12 kun davomida 5-10 mg/sut (1-2 tab.). Istalgan samaraga erishilgandan so‘ng siklning 16-kunidan 25-kunigacha bo‘lgan davrda 5-10 mg/sut dan, odatda estrogen bilan birga, qaytalanishni oldini olish uchun.
Endometrioz: siklning 5-kunidan 25-kunigacha bo‘lgan davrda 6 oy davomida 5 mg/sut. Keyingi davolash shifokor ixtiyoriga ko‘ra.
Laktatsiyani oldini olish: homiladorlik 16-haftadan 28-haftagacha bo‘lgan davrda to‘xtatilganda 1-kuni 15 mg (3 tab.), 2- va 3-kunlari 10 mg/sut (2 tab.) dan, 4-kundan 7-kungacha 5 mg/sut (1 tab.) dan qabul qilinadi. Homiladorlik 28-haftadan 36-haftagacha bo‘lgan davrda to‘xtatilganda 1-kuni 15 mg (3 tab.), 2-kundan 7-kungacha 10 mg/sut (2 tab.) dan qabul qilinadi.
Laktatsiyani to‘xtatish: 1-kundan 3-kungacha 20 mg/sut, 4-kundan 7-kungacha - 15 mg/sut, 8-kundan 10-kungacha - 10 mg/sut tayinlanadi.


