OMEPRAZOL 0,04 liofilizat N1

OMEPRAZOL 0,04 liofilizat N1 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Taqsimlanishi
Sog'lom odamlarda taqsimlanish hajmi taxminan 0,3 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 97%.
Metabolizmi
Omeprazol sitoxrom P450 (CYP) tizimi ishtirokida to'liq metabolizmga uchraydi. Asosiy qismi CYP2C19 o'ziga xos polimorf izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi, bu asosiy metabolit - gidroksiomeprazol hosil bo'lishiga javobgardir. Qolgan qismining metabolizmi CYP3A4 izofermenti tomonidan omeprazol sulfoni hosil bo'lishi bilan amalga oshiriladi. Metabolitlar me'dada kislota sekretsiyasiga ta'sir qilmaydi.
Yevropaliklarning taxminan 3% va Osiyolik aholining 15-20% da CYP2C19 fermenti funktsional faolligi pasaygan ("sekin" metabolizatorlar), bunday shaxslarda omeprazol metabolizmi asosan CYP3A4 ishtirokida sodir bo'ladi. Omeprazol 20 mg dozada sutkada bir marta ko'p marta buyurilgandan so'ng, o'rtacha AUC "sekin" metabolizatorlarda CYP2C19 faolligi normal bo'lgan shaxslarga qaraganda 5-10 baravar yuqori bo'lgan. Omeprazolning maksimal kontsentratsiyalari ham "sekin" metabolizatorlarda 3-5 baravar yuqori bo'lgan. Bu farqlar omeprazolni dozalash rejimini to'g'irlashni talab etmaydi.
Chiqarilishi
Vena ichiga yuborilgandan so'ng yarim chiqarilish davri 40 daqiqani tashkil qiladi va uzoq muddatli davolashda o'zgarmaydi. Ichga qabul qilinganda omeprazol dozasining taxminan 80% i metabolitlar shaklida buyraklar orqali, qolgan qismi ichak orqali, asosan safro bilan chiqariladi. Bir marta qabul qilingandan so'ng umumiy plazma klirensi 30-40 l/soatni tashkil qiladi. Omeprazol yuborilgandan so'ng bir sutka davomida plazmadan to'liq chiqariladi. Omeprazolning AUC i takroriy yuborilganda ortadi. Bu o'sish dozaga bog'liq xususiyatga ega va jigar orqali "birinchi o'tish" samarasi yaqqolligi pasayishi bilan bog'liq bo'lib, ehtimol, CYP2C19 fermentining omeprazol va/yoki uning metabolitlari tomonidan ingibitsiya qilinishi sababli yuzaga keladi.
Bemorlarning alohida populyatsiyalari Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlar
Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda omeprazol metabolizmi sekinlashadi, bu AUC ortishiga olib keladi. Biroq, bu bemorlarda odatdagi doza sutkada 1 marta yuborilganda omeprazol kumulyatsiya qilinmaydi.
Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlar
Buyrak funktsiyasi pasaygan bemorlarda farmakokinetikasi, jumladan tizimli biokiraolishligi va chiqarilish tezligi o'zgarishsiz qoladi.
Keksa yoshdagi bemorlar (65 yoshdan katta)
Keksa yoshdagi bemorlarda omeprazol metabolizmi tezligi biroz pasaygan.
Bolalar
Bolalarda vena ichiga yuborish uchun omeprazolni qo'llash bo'yicha cheklangan tajriba mavjud.
Nojo'ya samaralari
Preparat qo‘llanilgandan so‘ng nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish tezligi JSST tavsiyalariga ko‘ra tasniflangan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 va 1/1000 va 1/10000 va
Qon va limfa tizimi tomonidan: kam hollarda - leykopeniya, trombotsitopeniya; juda kam hollarda - agranulotsitoz, pantsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan: kam hollarda - yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (isitma, angionevrotik shish, anafilaktik reaksiyalar, anafilaktik shok).
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: kam hollarda - giponatriemiya; tezligi noma’lum -gipomagniemiya (yaqqol gipomagniemiya fonida gipokaltsemiya va gipokaliemiya rivojlanishi mumkin).
Ruhiyat tomonidan: tez-tez emas - uyqusizlik; kam hollarda - ongning chalkashishi, qo‘zg‘alish holati, depressiya; juda kam hollarda - agressivlik, gallyutsinatsiyalar.
Markaziy asab tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og‘rig‘i; tez-tez emas - bosh aylanishi, paresteziyalar, uyqu buzilishi (uyqusizlik, uyquchanlik); kam hollarda - ta’m sezishning buzilishi.
Ko‘rish a’zosi tomonidan: kam hollarda - ko‘rish noaniqligi (xiralashishi). Og‘ir yondosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarda omeprazol bilan yuqori dozali vena ichiga davolash fonida qaytmas ko‘rish buzilishi yuzaga kelishi haqida yakka xabarlar bo‘lgan, biroq sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan.
Eshitish a’zosi va labirint buzilishlari: tez-tez emas - vertigo.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a’zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan: kam hollarda - bronxospazm.
MITY tomonidan: tez-tez - qorinda og‘riq, qabziyat, diareya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qusish; kam hollarda - og‘iz qurishi, stomatit, gastrointestinal kandidoz; juda kam hollarda - dispepsiya; tezligi noma’lum - mikroskopik kolit.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: tez-tez emas - «jigar» fermentlari faolligining o‘tkinchi oshishi; kam hollarda - gepatit (sariqlik bilan yoki usiz); juda kam hollarda - jigar yetishmovchiligi, ilgari jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda entsefalopatiya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez emas - dermatit, teri qichishishi, eshakemi, teri toshmasi; kam hollarda - alopesiya, fotosensibilizatsiya; juda kam hollarda - ko‘p shaklli ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi); tezligi noma’lum - o‘tkir osti qizil yuguruk (teri shakli).
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: tez-tez emas - suyaklar sinishi (son, bilak suyaklari, umurtqa tanalari); kam hollarda - mialgiya, artralgiya; juda kam hollarda - mushak holsizligi.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: kam hollarda - interstitsial nefrit.
Jinsiy a’zolar va sut bezi tomonidan: juda kam hollarda - ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: tez-tez emas - holsizlik, periferik shishlar; kam hollarda - ko‘p terlash.
Maxsus ko‘rsatmalari
Terapiyani boshlashdan oldin xavfli jarayon mavjudligini istisno qilish kerak (ayniqsa oshqozon yarasida), chunki davolash simptomatikani (masalan, tana vaznining sezilarli darajada qasddan qilinmagan yo‘qolishi, takroriy qusish, disfagiya, qon bilan qusish yoki melena kabi simptomlarni) niqoblab, to‘g‘ri tashxis qo‘yishni kechiktirishi mumkin.
Omeprazol, kislota sekretsiyasini bloklovchi barcha dori vositalari kabi, oshqozonda xlor yetishmasligi tufayli B12 vitamini (sianokobalamin) so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Buni tana vazni kamaygan yoki uzoq muddatli terapiyada B12 vitamini so‘rilishiga nisbatan xavf omillari bo‘lgan bemorlarda ko‘zda tutish kerak.
Gipomagniemiya
Gipomagniemiya og‘ir shakli proton pompasi ingibitorlari (PPI), shu jumladan omeprazol bilan kamida 3 oy davomida va ko‘pchilik hollarda 1 yil davomida davolangan bemorlarda kuzatilgan. Surunkali charchoq, tetaniya, tirishishlar, deliriy, bosh aylanishi va qorinchalar aritmiyasi kabi gipomagniemiya ko‘rinishlari qayd etilgan, ammo ular asta-sekin boshlanishi va sezilmasdan qolishi mumkin. Ko‘pchilik bemorlarda gipomagniemiya magniy preparatlarini qo‘shimcha qabul qilgandan va PPI qabul qilishni to‘xtatgandan keyin yo‘qolgan. Omeprazol bilan uzoq muddatli davolash talab qilinishi mumkin bo‘lgan va/yoki PPIni digoksin yoki gipomagniemiya chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlar (masalan, diuretiklar) bilan birga qabul qilayotgan bemorlar uchun PPI terapiyasini boshlashdan oldin magniy miqdorini o‘lchash va davolash vaqtida vaqti-vaqti bilan nazorat qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.
PPI qo‘llash, ayniqsa ularni katta dozalarda va uzoq muddat (>1 yil) davomida ishlatishda, son, bilak va umurtqa tanalari sinishi xavfining o‘rtacha oshishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa keksa odamlarda yoki boshqa ma'lum xavf omillari mavjudligida. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni taxmin qilishga imkon beradiki, ushbu preparatlarni qabul qilish sinishlarning umumiy xavfini 10-40% ga oshirishi mumkin. Ma'lum darajada bu xavfning oshishi boshqa omillar ta'sirining oqibati bo‘lishi mumkin. Osteoporoz rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlar amaldagi klinik tavsiyalarga muvofiq davolanishlari va D vitamini va kalsiy preparatlarini kerakli miqdorda qabul qilishlari kerak.
Oshqozon bezlari sekretsiyasini kamaytiruvchi preparatlarni qo‘llash vaqtida qon plazmasida gastrin konsentratsiyasi ortadi. Xlorid kislota sekretsiyasining pasayishi oqibatida qon plazmasida xromogranin A (CgA) konsentratsiyasi oshadi, bu neyroendokrin o‘smalarga shubha qilingan bemorlarni diagnostika qilishda soxta musbat natijalarga olib kelishi mumkin. Ushbu ta'sirning oldini olish uchun proton pompasi ingibitorlari bilan terapiyani CgA konsentratsiyasini tekshirishdan kamida 5-14 kun oldin to‘xtatib turish kerak. Agar bu vaqt ichida CgA konsentratsiyasi normal qiymatga qaytmasa, tekshiruvni takrorlash kerak.
PPI bilan davolash Salmonella va Campylobacter chaqiradigan oshqozon-ichak trakti yuqumli kasalliklari rivojlanish xavfining biroz oshishiga olib kelishi mumkin.
Barcha uzoq muddatli davolashlarda bo‘lgani kabi, ayniqsa davolash davri 1 yildan ortiq bo‘lganda, bemorlar muntazam tekshiruvdan o‘tishlari kerak.
Avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Preparat bilan terapiya vaqtida bosh aylanishi, uyquchanlik, ko‘rishning xiralashishi kuzatilishi mumkinligi sababli, transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
• omeprazolga, boshqa o'rinbosar benzimidazollarga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• nelfinavir, atazanavir, erlotinib va pozakonazolni birga qo'llash;
• dalachoy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llash;
• jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda klaritromitsin bilan bir vaqtda qo'llash.
• 18 yoshgacha bo'lgan yosh.
Ehtiyotkorlik bilan
Osteoporoz; jigar yetishmovchiligi.
Klopidogrel, itrakonazol, varfarin, silostazol, diazepam, fenitoin, sakvinavir, takrolimus, vorikonazol, rifampitsin, dalachoy asosidagi preparatlarni, jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilish.
Vitamin B12 yetishmovchiligi.
Me'da yarasiga shubha qilingan fonda quyidagi simptomlar mavjudligi: tana vaznining sezilarli kamayishi, takroriy qusish, qon qusish (gemagemezis), yutishning buzilishi, qora smolasimon axlat (melena) - yaraning malignizatsiyasi bo'lishi mumkin (omeprazolni tayinlash simptomlarni yengillashtirishi va tashxis qo'yishni kechiktirishi mumkin).
Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi 3 ta prospektiv epidemiologik tadqiqotlar natijalari omeprazolning homiladorlik kechishiga yoki homila/yangi tug'ilgan chaqaloq holatiga hech qanday ta'sirini aniqlamadi. Omeprazol homiladorlik vaqtida ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan hollarda ishlatilishi mumkin.
Omeprazol ko'krak suti bilan ajralib chiqadi, ammo terapevtik dozalardan foydalanilganda bu bolaga ta'sir qilishi ehtimoldan yiroq. Shunga qaramay, iloji bo'lsa omeprazol bilan terapiya davrida ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Omeprazol bilan davolash fonida me'da shirasi kislotaliligining o'zgarishi so'rilish to'liqligi muhit kislotaliligiga bog'liq bo'lgan boshqa dori preparatlarining (vitamin B12, pozakonazol, erlotinib, ketokonazol, itrakonazol, digoksin, temir preparatlari) so'rilishini pasayishiga yoki oshishiga olib kelishi mumkin.
Omeprazol va nelfinavir va atazanavir kabi OIV-proteaza ingibitorlari preparatlarini birgalikda qo'llashda ularning qon plazmasidagi konsentratsiyasining pasayishi qayd etiladi. Omeprazolni nelfinavir va atazanavir bilan birga qo'llash mumkin emas. Sog'lom ko'ngillilar tomonidan omeprazolni (sutkada bir marta 20 mg) digoksin bilan birga qo'llash digoksinning biologik kira olishligini 10% ga oshishini keltirib chiqargan. Digoksinning toksiklik belgilari haqida kam xabar berilgan. Biroq, keksa bemorlarga omeprazolning yuqori dozalarini buyurishda ehtiyotkorlik ko'rsatish kerak. Bunday holda, digoksin bilan terapiya olayotgan bemorlar qat'iy tibbiy nazorat ostida bo'lishlari kerak.
Klopidogrel va omeprazol bir vaqtda buyurilganda klopidogrel metabolitining faolligi pasayishi qayd etilgan. Ushbu o'zaro ta'sirning klinik ahamiyati noaniq qolmoqda. Shu munosabat bilan omeprazolni klopidogrel bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Omeprazol bilan birgalikda qo'llanilganda pozakonazol, erlotinib, ketokonazol va itrakonazolning so'rilishi sezilarli darajada kamayadi va shuning uchun ularning klinik samaradorligi pasayishi mumkin. Omeprazolni pozakonazol, erlotinib, ketokonazol va itrakonazol bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Omeprazol СYР2С19 izofermenti ingibitori hisoblanadi, shuning uchun omeprazolni metabolizmida CYP2C19 izofermenti ishtirok etadigan preparatlar, masalan varfarin va K vitaminining boshqa antagonistlari, silostazol, diazepam, fenitoin bilan birgalikda qo'llash ushbu preparatlarning qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshishiga va dozani kamaytirish talab qilinishiga olib kelishi mumkin.
Omeprazol bilan davolash boshlanganidan keyin dastlabki haftalarda qon plazmasida fenitoin konsentratsiyasini nazorat qilish va agar fenitoin dozasi to'g'irlanayotgan bo'lsa, ushbu nazoratni omeprazol bilan davolash tugaguniga qadar davom ettirish tavsiya etiladi.
Omeprazolni sakvinavir/ritonavir bilan birga qo'llash qon plazmasida sakvinavir konsentratsiyasining taxminan 70% ga oshishiga olib kelgan, bu OIV-infeksiyalangan bemorlarda yaxshi o'zlashtirilish bilan kechgan. Takrolimusni omeprazol bilan birga qo'llash uning qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshishiga olib kelishi haqida xabar berilgan. Plazmadagi takrolimus konsentratsiyasini kuchaytirilgan nazorat qilish, shuningdek buyrak funksiyasini (kreatinin klirensi) nazorat qilish va zarurat tug'ilganda takrolimus dozasini to'g'irlash kerak.
Metotreksatni proton pompasi ingibitorlari (PPI) bilan birgalikda qo'llashda ba'zi bemorlarda qon plazmasida metotreksat konsentratsiyasining biroz oshishi kuzatilgan. Metotreksatning yuqori dozalari bilan davolashda omeprazol qabul qilishni vaqtincha to'xtatib turish kerak.
Omeprazol metabolizmida CYP2C19 va CYP3A4 izofermentlari ishtirok etadi. CYP2C19 va CYP3A4 izofermentlarini ingibitsiya qiluvchi preparatlar, masalan klaritromitsin va vorikonazolni birgalikda qo'llash metabolizm tezligining pasayishi natijasida qon plazmasida omeprazol konsentratsiyasining oshishini keltirib chiqarishi mumkin. Vorikonazol bilan yo'ldosh davolash o'tkazish omeprazol ta'sirining 2 baravardan ko'proq oshishiga olib keladi. Omeprazolning yuqori dozalari yaxshi o'zlashtirilishi sababli, odatda, omeprazol dozasini to'g'irlash amalga oshirilmaydi. Jigar funksiyasining og'ir buzilishi bo'lgan bemorlarda va uzoq muddat qo'llanilganda dozani to'g'irlash talab qilinishi mumkin. CYP2C19 va CYP3A4 izofermentlarini induksiya qiluvchi dori preparatlari, masalan rifampitsin va teshik dalachoy preparatlari omeprazol bilan birgalikda qo'llanilganda metabolizmni tezlashtirish hisobiga uning konsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Omeprazolni klaritromitsin yoki eritromitsin bilan birga qabul qilganda qon plazmasida omeprazol konsentratsiyasi oshadi. Omeprazolni amoksitsillin yoki metronidazol bilan birga qabul qilish qon plazmasida omeprazol konsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi.
Omeprazolning quyidagi dori vositalariga ta'siri aniqlanmagan: antatsid vositalar, teofillin, kofein, xinidin, lidokain, propranolol, etanol.
Dozirovkasi
Oshqozon, o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi va/yoki reflyuks-ezofagitdan aziyat chekuvchi bemorlarda peroral terapiyani o'tkazish imkoni bo'lmaganda omeprazol 40 mg dozada sutkasiga 1 marta yuboriladi.
Zollinger-Ellison sindromi.
Doza oshqozon sekretsiyasining dastlabki darajasiga qarab individual ravishda tanlanadi, odatda sutkasiga 60 mg dan boshlanadi. Zarurat bo'lganda dozani sutkasiga 80-120 mg gacha oshirib, uni 2 yuborishga bo'linadi. Davolash davomiyligi har bir holatda shifokor tomonidan bemorning holatiga qarab belgilanadi.
Umumiy anesteziya vaqtida nordon oshqozon tarkibini nafas yo'llariga aspiratsiyasini oldini olish uchun (Mendelson sindromi).
I Ipenapar oldingi kuni kechqurun 40 mg dozada va anesteziyadan kamida 2 soat oldin 40 mg dozada tayinlanadi.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlar
Og'ir jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda sutkalik doza 20 mg dan oshmasligi kerak.
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlar
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda dozani to'g'irlash talab etilmaydi.
Keksa yoshdagi bemorlar (65 yoshdan oshgan)
Keksa bemorlarda dozani to'g'irlash talab etilmaydi.
Infuzion eritmani tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma.
Bitta flakon tarkibi 5 ml da eritiladi, so'ngra darhol 100 ml gacha suyultiriladi
0, 9 % natriy xlorid eritmasi yoki 5 % glyukoza eritmasi
Olingan eritma bir xil va rangsizdan biroz sarg'ish ranggacha shaffof bo'lishi kerak.
Mikrobiologik nuqtai nazardan suyultirilgan preparatni darhol ishlatish kerak. Tayyorlangan eritmaning kimyoviy va fizik barqarorligi 25 °C dan yuqori bo'lmagan haroratda yorug'likdan himoyalangan joyda 4 soat davomida saqlanadi. Tayyorlash:
1. Shpritsga flakon yoki infuzion qopdan 5 ml infuzion eritma tortib olinadi.
2. Infuzion eritma liofilizatli flakonga yuboriladi, to'liq eriguncha ehtiyotkorlik bilan chayqatiladi.
3. Shpritsga omeprazol eritmasi tortib olinadi.
4. Eritma flakon yoki infuzion qopga o'tkaziladi.
5. Barcha omeprazol flakon yoki infuzion qopga o'tkazilguncha 1-4 operatsiyalar takrorlanadi.
Egiluvchan konteynerlarda infuzion eritmani muqobil tayyorlash:
1. Eritmani tayyorlash uchun ikki tomonlama igna (o'tkazgich) ishlatiladi. Ignaning bir uchi infuzion qop membranasini teshib o'tadi, ignaning ikkinchi uchi liofilizat flakoni bilan ulanadi.
2. Liofilizatni infuzion eritmani qopdan flakonga va orqaga haydash orqali eritadilar.
3. Liofilizat to'liq erigandan so'ng bo'sh flakonni ajratadilar va ignani infuzion qopdan chiqaradilar.Dozani oshirib yuborishBelgilari: ko'ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, abdominal og'riqlar, diareya, bosh og'rig'i; yakka hollarda apatiya, depressiya, ongning chalkashishi ham qayd etilgan.
Davolash: maxsus antidot mavjud emas; davolash simptomatik;
gemodializ yetarlicha samarali emas.
OMEPRAZOL 0,04 liofilizat N1 o'xshash dorilari



OMEPRAZOL 0,04 liofilizat N1 xususiyatlari
Omeprazol boshqa chiqarish shakllari



OMEPRAZOL 0,04 liofilizat N1 analoglari













