OMEZ kapsulalar 20mg N30

OMEZ kapsulalar 20mg N30 o'xshash dorilari




OMEZ kapsulalar 20mg N30 qo'llanmasi
retsept bo'yicha
Bitta kapsula quyidagilarni saqlaydi:
fAOL modda: 20 mg omeprazol,
yordamchi moddalar: mannitol, laktoza, natriy laurilsulfati, suvsiz Dinatriy gidrofosfati, saxaroza, saxaroza (25/30), gipromelloza (6cps)
Asosiy qobiq: gipromelloza (6 cps)
Ichakda eruvchan qobiq metakril kislotasi kopolimeri (S tip) (eudragit L 100-55), natriy gidroksidi, makrogol 6000, tozalangan talk, titan dioksidi, qattiq jelatin kapsula.
10 kapsuladan alyumin folgali blisterda. 3 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Yoki 10 kapsuladan alyumin folgali stripda. 3 stripdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Farmakodinamikasi
Ta'sir mexanizmi
Omeprazol kuchsiz asos bo'lib hisoblanadi. Me'da shilliq qavatining parietal xujayralaridagi sekretor kanalchalarning kislotalari muhitida to'planadi, faollashadi va proton nasos - N+/K+-ATF-aza fermentini ingibitsiya qiladi.
Omeprazolning me'dada xlorid kislotasini hosil bo'lishi jarayonining so'ngi bosqichiga ta'siri dozaga bog'liq bo'lib hisoblanadi va rag'batlantiruvchi omildan qat'iy nazar xlorid kislotasini bazal va rag'batlantirilgan sekresiyasini yuqori samarali ingibitsiya qilinishini ta'minlaydi.
Me'da shirasi sekresiyasiga ta'siri
Omeprazol har kuni peroral qo'llanilganda xlorid kislotasi kunduzgi va tungi sekresiyasini tez va samarali ingibitsiya qilinishini ta'minlaydi.
Maksimal samaraga 4 kun davolash davomida erishiladi. O'n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo'lgan pasientlarda omeprazol 20 mg dozada 24-soatlik me'dada kislotalikni kamida 80% ga barqaror pasayishini chaqiradi. Bunda pentagastrin bilan rag'batlantirilgandan keyin xlorid kislotasining o'rtacha maksimal kontsentrasiyasini 24 soat davomida 70% ga pasayishiga erishiladi.
O'n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo'lgan pasientlarda omeprazol 20 mg dozada har kuni peroral qo'llanilganda me'da ichidagi kislotalik ko'rsatkichini rn ≥ 3 darajada sutkada o'rtacha 17 soat tutib turadi.
Xlorid kislotasi sekresiyasini ingibitsiya qilinishi omeprazolning "kontsentrasiya-vaqt" farmakokinetik egri chizig'i ostidagi maydoni (AUC) ga bog'liq, hozirgi vaqtda plazmadagi preparatning kontsentrasiyasiga emas.
Helicobacter pylori ga ta'siri
Omeprazol in vitro sharoitda Helicobacter pylori ga nisbatan bakterisid samaraga ega.
Omeprazolni antibakterial vositalar bilan birga qo'llaganda Helicobacter pylori eradikasiyasi simptomlarni tez bartaraf etilishi, me'da-ichak yo'llari shilliq qavatidagi nuqsonlarni yuqori darajada bitishi va yara kasalligini uzoq muddatli remissiyasi bilan kechadi, bu qon ketishi kabi asoratlar ehtimolini pasaytiradi, shuningdek doimiy samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash samaralidir.
Xlorid kislotasi sekresiyasini ingibitsiya qilish bilan bog'liq boshqa samaralar
Uzoq vaqt davomida me'da bezlari sekresiyasini pasaytiruvchi preparatlarni qabul qiluvchi pasientlarda ko'pincha me'dada bezli kistalarni hosil bo'lishi kuzatiladi; kistalar xavfsiz va davolashni davom ettirish fonida mustaqil o'tib ketadi.
Me'dada xlorid kislotasini hosil bo'lishini pasayishi Salmonella spp., Sampylobacter spp. va Clostridium difficile chaqirgan ichak infektsiyalarini rivojlanishi xavfini biroz oshishiga olib keladi.
Me'da bezlari sekresiyasini pasaytiruvchi preparatlar bilan davolash vaqtida qon zardobida gastrin kontsentrasiyasi oshadi. Xlorid kislotasi sekresiyasini pasayishi oqibatida xromogranin A kontsentrasiyasi oshadi.
So'rilishi
Omeprazol me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi, omeprazolning qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasiga (Cmax) 1-2 soatdan keyin erishiladi. Omeprazolni so'rilishi ingichka ichakda amalga oshadi va odatda 3-6 soat davomida yakunlanadi. Bir marta ichga qabul qilingandan keyin Biokiraolishligi 40% ni tashkil qiladi, sutkada 1 marta doimiy qabul qilingandan keyin biokiraolishlik 60% gacha oshadi. Ovqat qabul qilish omeprazolning biokiraolishligiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Taqsimlanishi
Omeprazolni plazmadagi oqsillar bilan bog'lanishi taxminan 97% ni, taqsimlanish xajmi 0,3 l/kg ni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Omeprazolning bir qismi sulfon, sulfid va gidroksi-omeprazol nofaol metabolitlari hosil qilib, SUR2S19 va SUR3A4 izofermentlari ishtirokida jigarda tizimoldi metabolizmiga uchraydi. Parietal xujayralar tomonidan faol metabolitlarini hosil qilish jarayoniga kiritilmagan omeprazol jigarda shuningdek SUR2S19 va SUR3A4 izofermentlari ishtirokida to'liq metabolizmga uchraydi. Plazmadagi umumiy klirensi minutiga 0,3-0,6 l ni tashkil qiladi.
Chiqarilishi
Yarim chiqarilish davrida taxminan 40 minut (30-90 minut) ni tashkil qiladi. Taxminan 80% metabolitlari ko'rinishida buyraklar orqali, qolgan qismi – ichak orqali chiqariladi.
Pasientlarning alohida guruhlari
Keksa pasientlarda yoki buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda omeprazolning biokiraolishligida ahamiyatli o'zgarishlar kuzatilmagan. Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda omeprazolning biokiraolishligini oshishi va plazmadagi klirensini ahamiyatli kamayishi kuzatiladi.
Noxush doriga reaktsiyalarni rivojlanish tez-tezligi quyidagi gradasiyaga muvofiq ta'riflangan: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam xollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam xollarda (<1/10000, shu jumladan yakka holatlar).
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: kam xollarda – leykopeniya, trombositopeniya; juda kam xollarda – agranulositoz, pantsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: kam xollarda – o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: isitma, angionevrotik shish, anafilaktik reaktsiya / anafilaktik shok.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: kam xollarda – giponatriemiya; tez-tezligi noma'lum – gipomagniemiya, u og'ir holatlarda gipokaltsiemiya, gipokaliemiyaga olib kelishi mumkin.
Ruhiyatni buzilishi: tez-tez emas – uyqusizlik; kam xollarda – yuqori qo'zg'aluvchanlik, depressiya, qaytuvchan ongni chalkashishi; juda kam xollarda – tajavuzkorlik, gallyusinasiya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – bosh og'rig'i; tez-tez emas – bosh aylanishi, paresteziya, uyquchanlik; kam xollarda – ta'm bilishni buzilishi.
Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar: kam xollarda – ko'rishni noaniqligi.
Eshitish a'zosi va labirint tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – bosh aylanishi.
Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan buzilishlar: kam xollarda – bronxospazm.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – qorinda og'riq, qabziyat, diareya, meteorizm, ko'ngil aynishi, qusish; kam xollarda – og'izni qurishi, stomatit, me'da-ichak yo'llari kandidozi, tez-tezligi noma'lum – mikroskopik kolit.
Jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – "jigar" fermentlarini oshishi (qaytuvchan xarakterDa); kam xollarda – gepatit (sAriqlik bilan yoki usiz), juda kam xollarda – jigar etishmovchiligi, jigarning og'ir darajadagi avvalgi kasalligi bo'lgan pasientlarda entsefalopatiya.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – dermatit, teri qichishishi, teri toshmasi, eshakemi; kam xollarda – alopesiya, terini qizarishini ko'rinishida fotosezuvchanlik reaktsiyalari, juda kam xollarda – ko'p shaklli ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, tez-tezligi noma'lum: nimo'tkir teri qizil yugurigi.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – umurtqalarni, kaft suyaklarini, son suyagi boshchasini osteoporoz bilan bog'liq sinishlari; kam xollarda – artralgiya, mialgiya; juda kam xollarda – mushak kuchsizligi.
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar: kam xollarda – interstisial nefrit.
Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar: kam xollarda – ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar: tez-tez emas – lohaslik, periferik shishlar; kam xollarda – ko'p terlash.
Ushbu yo'riqnomada ko'rsatilmagan nojo'ya samaralar paydo bo'lganida darhol shifokorga murojaat etish kerak.
Davolashni boshlashdan oldin va yakunlangandan keyin xavfli o'smani inkor etish uchun endoskopik nazorat zarur, chunki omez preparati bilan davolash simptomatikani niqoblashi va to'g'ri diagnostikani kechiktirishi mumkin. Omez preparati bilan uzoq vaqt davolaganda atrofik gastritlar yuzaga kelishi mumkin.
Pediatriyada qo'llanishi
18 yoshgacha bo'lgan bolalarda omez preparatining samaradorligi va xavfsizligi o'rganilmagan.
Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda qo'llanishi
Omez preparati jigarda metabolizmga uchraydi va jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda preparatning yarim chiqarilish davri uzayadi, shuning uchun bunday bemorlarda preparatning dozasini pasaytirish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Homiladorlik
Uchta perspektiv epidemiologik tadqiqot natijalari (ta'sirning 1000 dan ortiq yakunlari) omeprazolning homiladorlikka yoki homila/yangi tug'ilgan chaqaloqning sog'lig'iga hech qanday nojo'ya samaralarni namoyish qilmaydi. Omeprazolni homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin.
Emizish davri
Omeprazol ko'krak suti bilan ajraladi, ammo terapevtik dozalarda qo'llaganda bolaga ta'siri ehtimoli kam.
Homiladorlik va emizish davrida omeprazolni qo'llashga ruxsat etilgan.
Transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o'ziga xosligi
Preparatning nojo'ya ta'sirlarini e'tiborga olib, transport vositalarini boshqarganda yoki psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini va diqqatni jamlashni talab etuvchi boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Kattalar
- Me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi;
- Noeroziv va eroziv ezofagit;
- Gastroezofageal reflyuks kasalligi (gerk), reflyuks-ezofagit;
- Gipersekretor holatlar (Zollinger-Ellisoni sindromi);
- me'daning Nelicobaster pylori–assosiasiyalangan kasalliklari, majmuaviy davolash tarkibida;
- Nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlarida qo'llanadi.
- omeprazol, almashingan benzimidazollar yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
- proton pompaning boshqa ingibitorlari (PPI) kabi omeprazolni nelfinavir bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas.
- bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Preparatni qo'llashdan oldin quyidagi holatlarda shifokor bilan maslahatlashish kerak:
-
Diagnostika qilingan me'da yara kasalligi bo'lganida: jigar etishmovchiligi bilan kechuvchi jigarning og'ir darajadagi kasalligi; buyrak etishmovchiligi; sariqlik; me'da-ichak yo'llarida jarroxlik aralashuvi o'tkazilganda;
-
“havotirlik" simptomlar mavjud bo'lganda: tana vaznini ahamiyatli spontan kamayishi, takrorlanuvchi qusish, qon aralash qusish, axlat rangini o'zgarishi (qatronsimon ahlat - melena), yutishni qiyinlashishi;
-
Me'da-ichak yo'llari tomonidan yangi simptomlarni paydo bo'lishi yoki mavjud bo'lgan simptomlarni o'zgarishi;
-
Quyida sanab o'tilgan preparatlardan bittasi yoki bir nechtasi bilan bir vaqtda qo'llash: klopidogrel, digoksin, ketokonazol, Itrakonazol, varfarin, tsilostazol, diazepam, fenitoin, sakvinavir, takrolimus, klaritromisin, vorikonazol, rifampisin, teshik dalachoy preparatlari ("Dorilarning o'zaro ta'siri"bo'limiga qarang).
-
Osteoporoz. Garchi omeprazolni qo'llash osteoporoz fonida sinishlar bilan sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan bo'lsada, uning fonida osteoporoz rivojlanishining yoki sinishlar xavfi yuqori bo'lgan pasientlar tegishli klinik kuzatuv ostida bo'lishlari kerak.
So'rilishi rn ga bog'liq moddalar
Me'da shirasining kislotaligini pasaytiruvchi boshqa preparatlar kabi omeprazol bilan davolash ketokonazol, Itrakonazol, pozakonazol, erlotinib, temir preparatlari va tsianokobalaminni so'rilishini pasayishiga olib kelishi mumkin. Ularni omeprazol bilan birga qo'llashdan saqlanish kerak.
Digoksin
Omeprazol bilan bir vaqtda qo'llanilganda digoksinning Biokiraolishligi 10% ga oshadi (digoksinning dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin). Keksa pasientlarda ushbu preparatlarni bir vaqtda qo'llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Klopidogrel
Tadqiqot natijalari bo'yicha klopidogrel (300 mg yuklama doza, sutkada 75 mg samarani bir maromda ushlab turuvchi doza) va omeprazol (sutkada 80 mg ichga) orasida o'zaro ta'sir kuzatilgan, u klopidogrelning faol metaboliti ekspozisiyasini pasaytiradi va trombositlar agregasiyasini ingibitsiya qilishni kamaytiradi. Ehtimol kuzatiladigan samara omeprazolni CYP2C19 izofermentiga ingibitsiya qiluvchi ta'siri bilan bog'liq. Shuning uchun omeprazol va klopidogrelni bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak.
Antiretrovirus preparatlar
Omeprazol bilan davolash fonida rn ko'rsatkichini oshishi antiretrovirus preparatlarning so'rilishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shuningdek CYP2C19 izofermenti darajasida ham o'zaro ta'sir kuzatilishi mumkin. Omeprazol va atazanavir va nelfinavir kabi ayrim antiretrovirus preparatlarni birga qo'llaganda, omeprazol bilan davolash fonida ularning zardobdagi kontsentrasiyasini pasayishi kuzatiladi. Omeprazol bilan bir vaqtda qo'llaganda atazanavirning "kontsentrasiya-vaqt" farmakokinetik egri chizig'i ostidagi maydon 75% ga kamayadi. Shuning uchun omeprazolni atazanavir va nelfinavir kabi antiretrovirus preparatlar bilan birga qo'llash mumkin emas.
Omeprazol bilan bir vaqtda qo'llaganda sakvinavir/ritonavirning plazmadagi kontsentrasiyasini 70% gacha oshishi kuzatiladi, bunda OITV-infektsiyasi bo'lgan pasientlarda davolashni o'zlashtiraolish yomonlashmaydi.
Takrolimus
Omeprazol va takrolimusni bir vaqtda qo'llaganda qon zardobida takrolimusning kontsentrasiyasini oshishi kuzatilgan, bu uning dozasiga tuzatish kiritishngi talab etishi mumkin. Takrolimusni omeprazol bilan birga qo'llaganda kreatinin klirensi va qon plazmasida takrolimusning kontsentrasiyasini nazorat qilish kerak.
Metotreksat
Metotreksat bilan proton pompa ingibitorlari birga qo'llanilganda ayrim pasientlarda qon plazmasida metotreksatning kontsentrasiyasini biroz oshishi kuzatilgan. Metotreksatning yuqori dozalari bilan davolaganda omeprazolni qabul qilishni vaqtincha to'xtatish kerak.
Metabolizmida CYP2C19 izofermenti ishtirok etuvchi preparatlar
Omeprazol bilan bir vaqtda qo'llanilganda varfarin (R-varfarin), diazepam, fenitoin, tsilostazol, imipramin, klomipramin, tsitalopram, geksobarbital, disulfiram, shuningdek CYP2C19 izofermenti ishtirokida jigarda metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlarning plazmadagi kontsentrasiyasi oshishi va yarim chiqarilish davri uzayishi mumkin (ushbu preparatlarning dozasini pasaytirish talab etilishi mumkin). Ammo sutkada 20 mg omeprazolni qabul qilish fetoinni uzoq vaqt qabul qilayotgan pasientlarda qon plazmasida fenitoinning kontsentrasiyasiga ta'sir ko'rsatmaydi. Varfarin yoki K vitaminining boshqa antagonistlarini qabul qilayotgan pasientlarda omeprazolni qo'llaganda halqaro normallashgan nisbatni monitoring qilish kerak. Ayni vaqtda 20 mg sutkalik dozada omeprazol bilan yondosh davolash varfarinni uzoq vaqt qabul qilayotgan pasientlarda koagulyasiya vaqtini o'zgarishiga olib kelmaydi.
CYP2C19 va/yoki CYP3A4 izofermentlari ingibitorlari
CYP2C19 va/yoki CYP3A4 izofermentlarining ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash omeprazol metabolizmini sekinlashtiradi.
Omeprazolni klaritromisin yoki eritromisin bilan birga qabul qilganda qon plazmasida omeprazolning kontsentrasiyasi oshadi.
Vorikonazol va omeprazolni birga qo'llash omeprazolning farmakokinetik egri chizig'i ostiga maydonni oshishiga olib keladi.
Omeprazolni uzoq vaqt qo'llagan holatlarda og'ir darajadagi jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda CYP2C19 va/yoki CYP3A4 izofermentlarining ingibitorlari bilan birga qo'llanilganda omeprazolning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Uzoq muddatli bo'lmagan birga qo'llaganda, omeprazolning yuqori dozalarini yaxshi o'zlashtirilishi tufayli, tuzatish kiritish talab etilmaydi.
CYP2C19 va CYP3A4 izofermentlari induktorlari
Rifampisin, teshik dalachoy (Hypéricum perforátum) preparatlari kabi CYP2C19 va CYP3A4 izofermentlari induktorlari omeprazol bilan birga qo'llanilganda, omeprazolning metabolizmini tezlashishi hisobiga qon plazmasida omeprazolning kontsentrasiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Metabolizmga ta'sirini yo'qligi
Omeprazolni amoksisillin yoki metronidazol bilan birga qabul qilish qon plazmasida omeprazolning kontsentrasiyasiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Omeprazolni metoprolol, fenatsetin, estradiol, budesonid, diklofenak, naproksen, piroksikam, S-varfarin bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Omeprazolni antasid vositalar, teofillin, kofein, xinidin, lidokain, propranolol, etanolga ta'siri aniqlanmagan.
Rangsiz tiniq korpusli va tiniq pushti rangli qopqoqchali, korpusida va qopqoqchasida «OMEZ"qora rangli markirovkali qattiq jelatin kapsulalar № 2; kapsula ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli granulalar.
Kattalar va 18 yoshdan oshgan bolalar.
Preparatni ovqatdan oldin, kapsulani shikastlamasdan, oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi.
O'n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun omez preparatining tavsiya etilgan dozasi – 4 xafta davomida kuniga bir marta 20 mg. Davolashni yana 4 xaftaga uzaytirish mumkin.
Me'da yara kasalligini davolash uchun omez preparatining tavsiya etilgan dozasi – 4-8 xafta davomida kuniga bir marta 40 mg.
Gastroezofageal reflyuks kasalligi (gerk), noeroziv ezofagitni qisqa muddatli davolash kursi uchun omez preparatining tavsiya etilgan dozasi – 4 xafta davomida sutkada bir marta har kuni 20 mg.
Eroziv ezofagit va gerk ning asoratlangan shakllari bo'lgan pasientlarda omez preparati 4-8 xafta davomida 20 mg dozada buyuriladi.
I-IV bosqichdagi Gerk bo'lgan pasientlarda yuqorida ko'rsatilgan davolash natijasi etarli bo'lmagan holatlarda 4-8 xafta davomida sutkada bir marta 40 mg qabul qilish tavsiya etiladi. Uzoq vaqt davolaganda sutkada bir marta qabul qilinganda 20 mg doza ertalab buyuriladi.
Zollinger-Ellison sindromi bo'lgan bemorlar uchun omez preparatining tavsiya etilgan dozasi – 60 mg. Zarurati bo'lganida doza 2 marta qabul qilishga bo'lib sutkada 120 mg gacha oshiriladi.
Me'daning Nelicobaster pylori–assosiasiyalangan kasalliklari majmuaviy davolash tarkibida: tavsiya etilgan doza sutkada 2 marta 20 mg (qat'iy 12 soatdan keyin, ertalab va kechqurun) 7-14 kun davomida mikroblarga qarshi davolash bilan majmuada.
Nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarni qabul qilish bilan bog'liq me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlari.
Tavsiya etilgan doza – 4-8 xafta davomida sutkada bir marta 20 mg. Nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarni qo'llaganda yangi yaralarni paydo bo'lishini oldini olish maqsadida preparatni uzoq vaqt sutkada bir marta ertalab 20 mg dan qabul qilish tavsiya etiladi.
Simptomlari: ongni chalkashishi, uyquchanlik, bosh og'rig'i, ko'rishni buzilishi, taxikardiya, og'izni qurishi, ko'ngil aynishi, ko'p terlash kuzatilishi mumkin.
Davolash: me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, simptomatik davolash o'tkaziladi.
Xususiyatlar OMEZ kapsulalar 20mg N30
OMEZ kapsulalar 20mg N30 boshqa chiqarish shakllari




OMEZ kapsulalar 20mg N30 analoglari














