logo
SavatKirish

OSTEOGENON 0,83 tabletkalari N40

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:Per Fabr Medikament Prodakshn.
Teglar:Suyaklar uchun
ATX kodi:M05В
Barcha Osteogenon dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

OSTEOGENON 0,83 tabletkalari N40 o'xshash dorilari

TERAFLEKS kapsulalar  N120
Retseptsiz
TERAFLEKS kapsulalar N120
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
408 000 so'm dan
TERAFLEKS ULTRA kapsulalar  N60
Retseptsiz
TERAFLEKS ULTRA kapsulalar N60
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «VTF», 601125, Rossiya
Narxi
205 900 so'm dan
SERISHAAN tabletkalari 10mg N100
Retseptli
SERISHAAN tabletkalari 10mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•21 ta dorixonada bor
Narxi
140 000 so'm dan

OSTEOGENON 0,83 tabletkalari N40 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Preparatning so'rilishi ichakda sodir bo'ladi. Ossein-gidroksiapatit birikmasining sekin erishi kaltsiyning ichakning barcha qismlarida, shu jumladan distal bo'limlarida ham asta-sekin so'rilishini ta'minlaydi. Birikmaning sekin erishi uzoq muddatli so'rilishni ta'minlaydi.

Xavfsizlik bo'yicha klinikadan oldingi tadqiqotlar ma'lumotlari

Preparatni ko'p marta qo'llashda toksiklik, genotoksiklik va reproduktiv toksiklik bo'yicha tadqiqotlar davomida olingan klinikadan oldingi ma'lumotlar inson salomatligi uchun potentsial xavflarni aniqlamadi.

Nojo'ya samaralari

Noxush reaksiyalar MedDRA bo‘yicha tizim-a’zolar sinflari bo‘yicha va JSST Tasnifi bo‘yicha rivojlanish tezligiga ko‘ra tizimlashtirilgan:

juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (> 1/100, lekin 1/1000, lekin 1/10000, lekin
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar:

tezligi noma’lum - giperkaltsemiya (qon plazmasida kaltsiy konsentratsiyasining oshishi).

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tezligi noma’lum - ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, qabziyat.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: tezligi noma’lum - toshma, qichishish.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tezligi noma’lum - giperkaltsiuriya (siydikda kaltsiy konsentratsiyasining oshishi).

Har qanday noxush reaksiyalar paydo bo‘lganda bu haqda davolovchi shifokorga xabar bering.

Maxsus saqlash sharoitlari

Kalsiy

D vitamini bilan birga qo‘llanilganda qon plazmasi va siydikda kalsiy konsentratsiyasini muntazam nazorat qilish zarur. Qon plazmasi yoki siydikda kalsiy konsentratsiyasi ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlardan oshib ketganda, preparatlar dozasini to‘g‘irlash zarur. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga qon plazmasi va siydikda kalsiy konsentratsiyasini muntazam monitoring qilish tavsiya etiladi. Preparatni katta dozalarda va (yoki) uzoq muddat davolashda qo‘llashdan saqlanish kerak. Agar siydikda kalsiy konsentratsiyasi 7,5 mmol/24 soat (300 mg/24 soat) ga yetsa, dozani kamaytirish yoki preparatni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatib turish kerak.

Anamnezida kalsiyli nefrolitiaz bo‘lgan bemorlarga quyidagilar tavsiya etiladi: standart profilaktik dietaga rioya qilish; Osteogenon preparati bilan olinadigan kalsiy dozasini sutkasiga 500 mg gacha cheklash (sutkada preparatning uchta tabletkasidan ko‘p emas); 1,5 g ni tashkil etuvchi sutkalik kalsiy dozasidan oshmasligi uchun oziq-ovqat bilan kalsiy qabul qilishni to‘g‘irlash; tarkibida D vitamini saqlovchi preparatlarni birga qabul qilishdan saqlanish.

Fosfor

O‘rtacha buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga qon plazmasida fosfor konsentratsiyasini muntazam monitoring qilish tavsiya etiladi.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparatning diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash) bajarish qobiliyatiga ta'sir qilish holatlari aniqlanmagan.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, og'ir buyrak yetishmovchiligi, gemodializ, giperkaltsiemiya, giperkaltsiuriya, kaltsiy nefrolitiazi yoki to'qimalar kaltsifikatsiyasi, bolalar yoshi.

Homiladorlik va laktatsiya:

Homiladorlik

Homiladorlik vaqtida ossein-gidroksiapatit birikmasini qo'llash bo'yicha mavjud ma'lumotlar malformativ yoki feto/neonatal toksiklik yo'qligidan dalolat beradi. Hayvonlarda o'tkazilgan klinik oldi tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni aniqlamadi. Osteogenon preparatini klinik ko'rsatmalar mavjud bo'lganda homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin.

Ko'krak suti bilan emizish

Ossein-gidroksiapatit birikmasi va xususan kaltsiy potentsial ravishda ko'krak sutiga o'tishi mumkin. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, Osteogenon preparati tavsiya etilgan dozalar diapazonida qo'llanilganda ko'krak suti bilan emizilayotgan bolaga biron-bir noxush ta'sir ko'rsatishi kutilmaydi.

Osteogenon preparatini ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llash mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Birgalikda qo'llash tavsiya etilmaydi

Tiazidli diuretiklar: siydik bilan kalsiy chiqarilishining kamayishi natijasida giperkalsiyemiya xavfi bo'lishi mumkin.

Ehtiyotkorlik bilan birgalikda qo'llash

Yurak glikozidlari: yurak ritmining buzilishi rivojlanishi xavfi bo'lishi mumkin. Tibbiy kuzatuv, zarurat tug'ilganda - elektrokardiografiya o'tkazish, qon plazmasida kalsiy konsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Tetratsiklinlar: me'da-ichak traktida tetratsiklinlar so'rilishining pasayishi. Preparatlarni qabul qilish orasida kamida ikki soat tanaffus qilish kerak.

Temir va rux saqlovchi dori preparatlari va biologik faol qo'shimchalar: xelat birikmalar hosil bo'lishi sababli temir va ruxning ichakda so'rilishining pasayishi xavfi. Preparatlarni qabul qilish orasida kamida ikki soat tanaffus qilish kerak.

Bisfosfonatlar: xelat birikmalar hosil bo'lishi sababli bisfosfonatlarning ichakda so'rilishining pasayishi xavfi. Preparatlarni qabul qilish orasida kamida ikki soat tanaffus qilish kerak.

Xinolonlar: xelat birikmalar hosil bo'lishi sababli xinolonlarning ichakda so'rilishining pasayishi xavfi. Preparatlarni qabul qilish orasida kamida ikki soat tanaffus qilish kerak.

Glyukokortikosteroidlar: kalsiyning ichakda so'rilishining pasayishi xavfi. Preparatlarni qabul qilish orasida kamida ikki soat tanaffus qilish kerak.

Stronsiy preparatlari: stronsiyning ichakda so'rilishining pasayishi xavfi. Preparatlarni qabul qilish orasida kamida ikki soat tanaffus qilish kerak.

Tireoid gormonlar: levotiroksinning ichakda so'rilishining pasayishi xavfi. Preparatlarni qabul qilish orasida kamida ikki soat tanaffus qilish kerak.

Estramustin: estramustin so'rilishining pasayishi xavfi. Preparatlarni qabul qilish orasida kamida ikki soat tanaffus qilish kerak.

Dozirovkasi
DozalashPreparat ichga, ovqatlanish vaqtida, oz miqdordagi suv bilan ichiladi. Tabletkalarni chaynamaslik kerak.

Osteoporozda: 2-4 tabletkadan sutkasiga 2 marta.

Homiladorlik va emizish davrida kalsiy-fosfor balansini tartibga solish uchun: 1-2 tabletkadan sutkasiga.

Suyak to'qimasi patologiyasi bo'lmagan bemorlarda suyak sinishlarida qo'shimcha terapiya sifatida: 1-2 tabletkadan sutkasiga. Suyak to'qimasi patologiyasi bo'lgan bemorlarda dozani shifokor aniq klinik vaziyatdan kelib chiqib belgilaydi.

Davolash kursi davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.Dozani oshirib yuborishKalsiyni 2000 mg/sutkadan ortiq dozada (sutkasiga 11 tabletkadan ortiq Osteogenon preparati) qabul qilganda dozani oshirib yuborish mumkin.

Klinik simptomlar asosan giperkalsiemiya bilan bog'liq: chanqoqlik, poliuriya (siydik hosil bo'lishining kuchayishi), ko'ngil aynishi, qusish, suvsizlanish, arterial qon bosimining oshishi, vazomotor buzilishlar, qabziyat, ishtahaning yo'qolishi, aritmiya, umumiy holsizlik, nefrokalsinoz, nefrolitiaz, suyaklarda og'riq, ruhiy holatning o'zgarishi.

Davolash: preparatni qabul qilishni to'xtatish; standart davolash regidratatsiyani, qon plazmasidagi elektrolitlar darajasining normadan og'ishini to'g'irlashni o'z ichiga oladi; zarurat bo'lganda diuretiklar, glyukokortikosteroidlar, bisfosfonatlar, kalsitonin qo'llaniladi. Ba'zi hollarda peritoneal dializ yoki gemodializ talab qilinishi mumkin.

Xususiyatlar OSTEOGENON 0,83 tabletkalari N40

Osteogenon boshqa chiqarish shakllari

OSTEOGENON tabletkalari N40
OSTEOGENON tabletkalari N40
Frantsiya
Vakil:
Euromedex
•1 ta dorixonada bor
Narxi
359 999 so'm dan
OSTEOGENON tabletkalari N40
Retseptli
OSTEOGENON tabletkalari N40
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pierre Fabre Medicament Production
Narxi
359 999 so'm dan
Analoglar OSTEOGENON 0,83 tabletkalari N40
Analoglari yo'q

OSTEOGENON 0,83 tabletkalari N40 haqida savollar

OSTEOGENON 0,83 tabletkalari N40 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil