Apteka.uz
SavatKirish

PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Vengriya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:Gedeon Rixter OAO/"Gedeon Rixter-RUS", AO
Teglar:Qon uchun
ATX kodi:А12СХ
Barcha Panangin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Ichga qabul qilinganda preparatning absorbtsiyasi yuqori.

Chiqarilishi

Siydik bilan chiqariladi.

V/i yuborish uchun eritma shaklidagi preparatning farmakokinetikasi to'g'risida ma'lumotlar taqdim etilmagan.

Nojo'ya samaralari

MNS va periferik asab tizimi tomonidan: paresteziyalar (giperkaliemiya tufayli); giporefleksiya, tirishishlar (gipermagniemiya tufayli) bo‘lishi mumkin.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AV-blokada, paradoksal reaksiya (ekstrasistolalar sonining oshishi), AB pasayishi; yuz terisi qizarishi (gipermagniemiya tufayli) bo‘lishi mumkin.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya (sh. j. giperkaliemiya tufayli), me’da osti sohasida diskomfort yoki achishish hissi (anatsid gastrit yoki xoletsistit bo‘lgan bemorlarda) bo‘lishi mumkin.

Nafas olish tizimi tomonidan: nafas olishning susayishi (gipermagniemiya tufayli) bo‘lishi mumkin.

Boshqalar: issiqlik hissi (gipermagniemiya tufayli).

Maxsus saqlash sharoitlari

Giperkaliemiya rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak. Bunday holda qon plazmasidagi kaliy ionlari darajasini muntazam nazorat qilish zarur.

Preparatni qabul qilishdan oldin bemor shifokor bilan maslahatlashishi kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Preparat avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— og'ir miasteniya;

— I darajali AV-blokada;

— gemoliz;

— aminokislotalar almashinuvining buzilishi;

— o'tkir metabolik atsidoz;

— organizmning suvsizlanishi.

Ehtiyotkorlik bilan preparatni homiladorlikda (ayniqsa I trimestrda) va laktatsiya davrida (ko'krak suti bilan emizish) ichga, I darajali AV-blokadada v/i qo'llash kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Kaliy tejovchi diuretiklar (triamteren, spironolakton), beta-adrenoblokatorlar, siklosporin, geparin, APF ingibitorlari, NYQV bilan bir vaqtda qo'llanilganda giperkaliemiya rivojlanishi xavfi ortadi, hattoki aritmiya va asistoliya paydo bo'lishigacha. Kaliy preparatlarini GKS bilan birga qo'llash ular keltirib chiqaradigan gipokaliemiyani bartaraf etadi. Kaliy ta'siri ostida yurak glikozidlarining noxush ta'sirlarining kamayishi kuzatiladi.

Preparat antiaritmik dori vositalarining manfiy dromo- va batmotrop ta'sirini kuchaytiradi.

Preparat tarkibida kaliy ionlari mavjudligi sababli, Panangin APF ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar, siklosporin, kaliy tejovchi diuretiklar, geparin, NYQV bilan qo'llanilganda giperkaliemiya rivojlanishi mumkin (qon plazmasida kaliy darajasini nazorat qilish zarur); antixolinergik vositalar bilan - ichak peristaltikasining yanada yaqqol pasayishi; yurak glikozidlari bilan - ularning ta'sirining kamayishi.

Magniy preparatlari neomitsin, polimiksin samaradorligini pasaytiradi

Dozirovkasi

Dozalash1-2 tabletkadan 3 marta tayinlanadi. Maksimal sutkalik doza - 3 tabletkadan 3 marta

Preparatni ovqatdan keyin qabul qilish kerak, chunki oshqozon tarkibining kislotali muhiti uning samaradorligini pasaytiradi.

Terapiya davomiyligi va takroriy kurslar zaruratini shifokor individual ravishda belgilaydi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N60
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N60
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•1 ta dorixonada bor
Narxi
88 000 so'm dan

PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50 xususiyatlari

Panangin boshqa chiqarish shakllari

PANANGIN tabletkalari N50
Retseptsiz
PANANGIN tabletkalari N50
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Gedeon Rixter»
Narxi
39 800 so'm dan

PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50 analoglari

PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50 haqida savollar

PANANGIN 0,158+0,140 tabletkalari N50 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil