Ташкент
logo
SavatKirish

PANZAK tabletkalari 20mg N30

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Farmakoterapevtik guruh:

Protonon nasosi ingibitori.

Ishlab chiqaruvchi:Agio Pharmaceutical Limited
Teglar:Oshqozon yarasidan, Oshqozon uchun
ATX kodi:A02BC02
Barcha PANZAK dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 39 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PANZAK tabletkalari 20mg N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Shifokorning retsepti bo'yicha

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

Ichakda eriydigan qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: pantoprazol natriy seskvigidrati 22,56 mg pantoprazolga ekvivalent 20 mg;

yordamchi moddalar: mannitol, trinatriy fosfat dodekagidrat (uchbazali fosfat natriya), kroskarmeloza natriy, stearat kal'tsiy, izopropil spirti, dixlormetan, Instacoat Universal IC-U-5859 (oq) qoplamasi, Acryl-Eze sariq (93O92157) ichakda eruvchan qoplamasi, tozalangan suv.

Chiqarilish shakli.

10 tabletkadan alyumin fol'gadan blisterda va shunday 3ta blisterlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birgalikda karton qutilarda.



Farmakodinamikasi

H+-K+-ATF-aza ingibitori. Xlorid kislotasini sekretsiyaning yakuniy  bosqichini blokada qiladi, me'dada xlorid kislotasining bazal va rag'batlantirilgan sekretsiya darajasini pasaytiradi (qo'zg'atuvchining turiga bog'liq bo'lmagan holda). Helicobacter pylori bilan uyushgan o'n ikki barmoqli ichakning yarali kasalligida me'da sekretsiyasining bunday pasaytirilishi mikroorganizmning antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligini oshiradi. Pantoprazol Helicobacter pyloriga nisbatan shaxsiy mikroblarga qarshi faollikka egadir.

Farmakokinetikasi

Pantoprazol ichga qabul qilingandan keyin tez so'riladi. 20 mg birinchi dozani qabul qilgandan keyin Smax taxminan 1.0-1.5 mkg/ml.ni tashkil qiladi.                                                                        

Bir marta va ko'p marta qo'llanilishidan keyin pantoprazolning farmakokinetikasi bir xil. 10-80 mg dozalar diapazonida qon plazmasida pantoprazolning farmakokinetikasi peroral qo'llanilishida ham, vena ichiga qo'llanilishida ham odatiy bo'lib qoladi.                    

Ichga qabul qilinganda pantoprazolning mutloq bioerishimligi taxminan 77%ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanish - 98%ni tashkil qiladi. vd 0,15 l/kg.ni tashkil qiladi. Asosan jigarda metabolizatsiyaga uchraydi. Asosiy metabolik yo'li bo'lib keyinchalik sul'fatli kon'yugatsiyasi bilan CYP2C19 yordamida demetillanishi hisoblanadi. Boshqa metabolik yo'llariga CYP3A4 yordamida oksidlanishi kiradi.             

Yakuniy T1/2 taxminan 1 soatni, klirens - taxminan 0.1 l/soat/kg.ni tashkil qiladi.                              

Asosiy chiqarilish yo'li - pantoprazol metabolitlari ko'rinishida (taxminan 80%) buyraklar orqali, qolgan qismi axlat bilan chiqariladi.

Farmakoterapevtik guruh

Protonon nasosi ingibitori.

Nojo'ya samaralari

Taxminan 5% patsientlarda nojo'ya ta'sirlar kuzatiladi. Ulardan eng tez-tez uchraydiganlari bo'lib bosh og'rig'i va diareya hisoblanadi, ular taxminan 1% patsientlarda uchraydi. 

Qon hosil qilish tizimi tomonidan: kam hollarda - agranulotsitoz; juda kam hollarda - trombotsitopeniya, leykopeniya, pantsitopeniya.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas - bosh og'rig'i, bosh aylanishi; kam hollarda - ta'mning buzilishi; tez-tezligi noma'lum - paresteziyalar.

Psixika tomonidan: tez-tez emas - uyquning buzilishi; kam hollarda - depressiya (jumladan mavjud bo'lgan buzilishlarning zo'rayishi); juda kam hollarda - orientatsiyaning buzilishi (jumladan mavjud bo'lgan buzilishlarning zo'rayishi); tez-tezligi noma'lum - gallyutsinatsiyalar, ongning chalkashligi (ayniqsa moyilkor patsientlarda), hamda davolashni boshlagunga qadar ularning mavjudligida simptomlarning ehtimolli zo'rayishi.

Ko'rish a'zolari tomonidan: kam hollarda - ko'rishning xiralashishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - me'daning fundal bezlarining poliplari (yaxshi sifatli); tez-tez emas - diareya, ko'ngil aynishi, qusish, qorinning dam bo'lishi, meteorizm, qabziyat, og'izdagi quruqlik, qorinda noqulaylik va og'riq.

Jigar va safro chiqaruvchi yo'llar tomonidan: tez-tez emas - jigar fermentlarning (transaminazalar, γ-glutamintransferaza) faolligini ortishi; kam hollarda - bilirubin darajasining ko'tarilishi; tez-tezlik noma'lum - gepatotsellyulyar shikastlanish, sariq kasal, jigar-hujayra yetishmovchiligi.

Siydik chiqaruvchi tizim tomonidan: tez-tezlik noma'lum - interstitsial nefrit.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez emas - bilak, tos, umurtqaning sinishi; kam hollarda - artralgiya, mialgiya.

Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda - giperlipidemiya, tana vaznining o'zgarishi; tez-tezlik noma'lum - giponatriemiya, gipomagniemiya.

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda - yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (jumladan, anafilaktik reaktsiya va anafilaktik shok), angionevrotik shish.

Reproduktiv tizim tomonidan: kam hollarda - ginekomastiya.

Teri va teri osti to'qimalar tomonidan: tez-tez emas - ekzantema/toshma, qichishish, dermatit; kam hollarda - eshakemi; tez-tezlik noma'lum - yomon sifatli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), ekssudativ ko'p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz, yorug'likka sezuvchanlik, o'tkir osti teri qizil yugurik.

Umumiy reaktsiyalar: tez-tez emas - holsizlik, charchoqlilik, umumiy lohaslik; kam hollarda - tana haroratining ko'tarilishi, periferik shishlar.

Maxsus saqlash sharoitlari

Pantoprazolning vena ichiga qo'llanilishi faqat, agar uning peroral qabul qilinishining imkoni bo'lmagan holatda, tavsiya etiladi.

Davolashni boshlagunga qadar me'dada va qizilo'ngachda yomon sifatli yangi hosil bo'lishlar ehtimolini istisno qilish kerak, chunki pantoprazolning qo'llanilishi simptomlarning yaqqol ko'rinishi pasaytiradi va to'g'ri tashhisni o'rnatish muddatini uzaytirishi mumkin. Reflyuks-ezofagit tashhisi majburiy endoskopik tasdiqlashni talab etadi.

Keksa bemorlarda va buyraklar faoliyati buzilishida 40 mg/sut. dozani oshirish tavsiya etilmaydi.

Jigar faoliyati buzilishi bo'lgan patsientlarda qo'llashda qon plazmasida jigar fermentlarining faolligini muntazam nazorat qilish va uning ko'tarilishida pantoprazolni bekor qilish kerak.

Proton nasosi ingibitorlari, ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq muddat davomida (1 yildan ortiq) qo'llanilishida, tos suyagi, bilak va umurtqa suyagini sinishini vujudga kelish xavfini ustunlikda keksa odamlarda yoki xavfning boshqa omillari mavjudligida o'rtacha orttirishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi

Homiladorlikda va laktatsiya (ko'krak bilan emizish) davrida qo'llash mumkin emas.

Laktatsiya davrida zarurat tug'ilganida ko'krak bilan emizishni to'xtatish haqidagi masalani hal qilish kerak.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Pantoprazolni qo'llash davrida patsientlarga transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarishda, hamda diqqatni yuqori kontsentratsiyasi va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Qo'llanilishi

Zo'rayish fazasida me'daning va o'n ikki barmoqli ichakning yarali kasalligi, eroziyali gastrit (jumladan NYaQV qabul qilish bilan bog'liq), stress yaralari va ularning asoratlari (qon ketishi, teshilish, penetratsiya); Zollinger-Ellison sindromi; Helicobacter pylori eradikatsiyasi (antibakterial davolash bilan majmuada); gastroezofageal reflyuks kasallik; eroziv reflyuks-ezofagit.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Pantoprazolga yuqori sezuvchanlik; nevrotik genez dispepsiyasi, MIYning yomon sifatli kasalligi, og'ir jigar yetishmovchiligi; homiladorlik, laktatsiya davri (ko'krak bilan emizish); bolalar yoshi; so'rilishi me'da shirasining pHga bog'liq bo'lgan atazanavir va nelfinavir kabi OITV proteaza ingibitorlarini qabul qilish (ichga qabul qilish uchun)

Ehtiyotkorlik bilan: jigar yetishmovchiligi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bir vaqtda qo'llashda pantoprazol so'rilishi me'da tarkibining pHga bog'liq bo'lgan preparatlarning so'rilishini o'zgartirishi mumkin (masalan, ketokonazol, itrakonazol, pozakonazol va  erlotinib kabi boshqa dori vositalari).

Pantoprazolning va atazanavir, nelfinavir kabi so'rilishi me'da shirasining nordonligiga (pH) bog'liq bo'lgan OITV-proteaza ingibitorlari bilan birgalikda qo'llanilishi ularning bioerishimligini ahamiyatli pasaytiradi.

Pantoprazol P450 tsitoxromning ferment tizimi bilan jigarda metabolizatsiyaga uchrashi munosabati bilan xuddi o'sha ferment tizim tomonidan metabolizatsiya qilinuvchi preparatlar bilan dori o'zaro ta'siri ehtimolini istisno qilish mumkin emas.

Ta'rifi

Sarg'ish rangli, dumaloq, ikki tomoni qavariq ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar, ikki tomonlama silliq.

Dozirovkasi

Tabletkani ovqatlanishdan 1 soat oldin, suvning katta bo'lmagan miqdori bilan ichib, butunligicha maydalamasdan va chaynamasdan yutish kerak.

Kattalarga va 12 yoshdan katta bolalarga

Reflyuks-ekzofagitda

Kuniga pantoprazolning bir tabletkasi. Alohida holatlarda dozani, agar boshqa davolashga javob bo'lmagan bo'lsa, ikki marta oshirish mumkin (pantoprazolni kuniga 2 tabletkagacha oshirish).  Reflyuks-ekzofagitni davolash uchun odatda, agar bu yetarli bo'lmasa, haftalik davr talab etiladi, odatda keyingi 4-hafta davomida erishiladi.

Reflyuks-ekzofagit retsidivlarini uzoq vaqt davolash va oldini olish

Uzoq muddatli davolash uchun kuniga 20 mg bir me'da-rezistent tabletkaning qo'llab turuvchi dozasi tavsiya etiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi kungacha pantoprazol preparatini qo'llash natijasida dozani oshirib yuborish alomatlari kuzatilmagan. 2 minut davomida vena ichiga qo'llaniluvchi 240 mg.gacha doza yaxshi ko'taraolingan. Pantoprazol qon plazmasi proteinlari bilan ahamiyatli darajada bog'lanishi sababli, u gemodializga yomon uchraydi. Intoksikatsiyaning klinik belgilari bilan dozani oshirib yuborish holatida, simptomatik va qo'llab turuvchi davolashdan tashqari, biron bir alohida davolash tavsiyalari mavjud emas.


Dori shakli
Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar 20 mg N30 (3x10) (blisterlar)

Xususiyatlar PANZAK tabletkalari 20mg N30

PANZAK tabletkalari 20mg N30 boshqa chiqarish shakllari

PANZAK tabletkalari 40mg N30
PANZAK tabletkalari 40mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
48 000 so'm dan
PANZAK poroshok 40mg N1
Retseptli
PANZAK poroshok 40mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
65 800 so'm dan

PANZAK tabletkalari 20mg N30 savollari

PANZAK tabletkalari 20mg N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

PANZAK poroshok 40mg N1
Retseptli
PANZAK poroshok 40mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
65 800 so'm dan
BETA D maz 15g 0,05%
BETA D maz 15g 0,05%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
FEROZ suspenziya 100ml
Retseptli
FEROZ suspenziya 100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
48 000 so'm dan
KOLTROL tabletkalari 20mg N30
KOLTROL tabletkalari 20mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
14 500 so'm dan
EKZOBETA maz 0,05% 15g
Retseptli
EKZOBETA maz 0,05% 15g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
DIKLOGEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
Retseptli
DIKLOGEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
AMBROKSOL ADJIO sirop 100ml 30mg/5ml
Retseptsiz
AMBROKSOL ADJIO sirop 100ml 30mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
14 000 so'm dan
RINIL XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N5
Retseptli
RINIL XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
10 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil