PANZAK tabletkalari 40mg N30

Me'da bezlari sekretsiyasini pasaytiruvchi vosita, protonon nasosi ingibitori.
PANZAK tabletkalari 40mg N30 qo'llanmasi
1 tabletka kuyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 40 mg pantoprazolga ekvivalent pantoprazol natriy seskvigidrati;
yordamchi moddalar: mannitol, trinatriyfosfat dodekagidrat, kroskarmelloza natriya, kal'tsiy stearati.
Сhiqarilish shakli
Ichakda eruvchan qobiqli 10 tabletkadan blisterda. 1 yoki 3 blisterlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.
Pantoprazol benzimidazolning almashingan hosilasi, proton nasosining selektiv ingibitoridir. Preparat me'dada xlorid kislotasini pariyetal xujayralaridagi sekretsiyasini ingibitsiya kiladi. Me'daning pariyetal xujayralarining naychalarida to'planadi va faol shakli – siklik sulьfenamidga aylanadi, selektiv N+-K+-ATF-aza bilan o'zaro ta'sirga kirishadi. Pariyetal xujayralarning N+-K+-ATF-aza fermentini ingibitsiya kiladi, pariyetal xujayralardan vodorod ionlarini me'da bo'shlig'iga o'tishini izdan chiqaradi va xlorid kislotasining gidrofil sekretsiyasini so'nggi bosqichini bloklaydi. Xlorid kislotasining bazal va rag'batlantirilgan sekretsiyasini dozaga bog'liq davomli susaytiradi. Boshqa prototon nasosining ingibitorlari yoki N2-gistamin retseptorlarining blokatorlari bilan bo'lgani kabi, pantoprazol bilan davolash, me'dada kislotalikni pasayishiga va gastrin kontsentratsiyasini qaytuvchi oshishiga olib keladi, bunda me'da kislotaligini oshishi me'daning kislotaliligini qanchalik kamayganlik darajasiga bog'liq. Pantoprazol ferment bilan xujayra darajasida bog'langani uchun, uning xlorid kislotasi sekretsiyasiga ta'siri atsetilxolin, gistamin va gastrin kabi boshqa moddalarning ta'siriga bog'liq emas. Preparat peroral qabul qilinganidan keyin uni vena ichiga yuborilgandagi kabi samara kuzatiladi.
Pantoprazol og'iz orqali qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi. Uning mutloq biokiraolishligi 77% ni tashkil qiladi, chunki u jigardan birinchi o'tish samarasiga uchraydi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish AUC ga (samarasining kontsentratsiyaga bog'liq egri chiziq maydoni), plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga va demak, biokiraolishligiga xam ta'sir qilmaydi. Ovqat qabul qilish maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqtini oshirishi mumkin. Og'iz orqali 40 mg preparat qabul qilingandan keyin plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga erishiladi. 2-3 mkg/ml ga teng maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti taxminan 2,5 soatni tashkil qiladi. Takroriy dozalar yuborganidan keyin preparatning kontsentratsiyasi bir xil darajada saqlanib qoladi. Preparatning taqsimlanish hajmi taxminan 0,15 l/kg, klirensi - taxminan 0,1 l/kg ni tashkil qiladi. O'rtacha yarim chiqarilish davri 1 soatni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davrining qisqaligiga qaramay, pariyetal xujayralarda (H+K+)-ATF-aza bilan spetsifik bog'lanish oqibatida pantoprazol xlorid kislotasining sekretsiyasini uzoq vaqt ingibitsiya kiladi. Pantoprazolning farmakokinetikasi bir yoki bir necha dozalari yuborilganida ham bir-biriga o'xshash darajada bo'ladi. Pantoprazolning dozalar diapazoni 10-80 mg ni tashkil qiladi. Uni og'iz orqali va vena ichiga yuborilgandan keyin ham plazmadagi kinetikasi to'g'ri proportsional ko'rinishida namoyon bo'ladi. Pantoprazol plazma oqsillari, asosan alьbumin bilan 98% ga bog'lanadi. Preparat jigarda metabolizmga uchraydi. Pantoprazol asosan metil guruhini yo'qotish yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Jarayon jigarda R-450 ferment tizimining CYP2C19 izoshakli ishtirokida yuz beradi. Pantoprazol ma'lum darajada CYP3A4 fermenti tomonidan oksidlanadi. Pantoprazolning metabolizmi yuborish yo'liga (og'iz orqali yoki vena ichiga yuborilishiga) bog'liq emas. Pantoprazolning metabolitlarini ahamiyatli farmakologik samarasi to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Asosiy metaboliti – demetilpantoprazol va boshqa metabolitlari siydik bilan (71%), 18% ahlat bilan chiqariladi. Demetilpantoprazolning plazmadan yarim chiqarilish davri pantoprazolning yarim chiqarilish davridan katta emas (taxminan 1,5 soat).
Me'da bezlari sekretsiyasini pasaytiruvchi vosita, protonon nasosi ingibitori.
Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Quyida nohush nojo'ya reaktsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlar, ularni paydo bo'lish tez-tezligiga muvofiq keltirilgan:
Juda tez-tez > 1/10
Tez-tez> 1/100 va < 1/10
Tez-tez emas > 1/1000 va < 1/100
Kam hollarda > 1/10000 va < 1/1000
Juda kam hollarda < 1/10000, shu jumladan alohida holatlar
Tez-tezligi noma'lum (mavjud bo'lgan ma'lumotlarga muvofiq baholashning iloji yo'q).
Qon tomir va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda:
agranulotsitoz.
Juda kam hollarda:
trombotsitopeniya, leykopeniya, pantsitopeniya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Kam hollarda: disgevziya.
Ko'rish a'zolari tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda: ko'rishni buzilishi (ko'rishni tumanlashishi).
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: diareya, ko'ngil aynishi/qusish, qorinni dam bo'lishi va meteorizm, qabziyat, og'iz qurishi, qorinda og'riqlar.
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tezligi noma'lum:
Interstitsial nefrit.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas:
Ekzantema/toshma, qichishish.
Kam hollarda:
Eshakemi, angionevrotik shish.
Tez-tezligi noma'lum: xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), ekssudativ ko'p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz, yorug'likka sezuvchanlik.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda:
artralgiya, mialgiya.
Moddalar almashinuvi tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda:
Giperlipidemiya va triglitseridlar xolesterollarning kontsentratsiyasini oshishi, tana vaznini o'zgarishi.
Tez-tezligi noma'lum:
Giponatriyemiya, gipomagniyemiya.
Umumiy buzilishlar:
Tez-tez emas:
Holsizlik, toliqish va lanjlik.
Kam hollarda:
Tana haroratini oshishi, periferik shish.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda:
Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar va anafilaktik shok).
Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas:
Jigar fermentlari (aspartataminotransfrazalar, u- glutamintransferazalar) faolligini oshishi.
Kam hollarda:
Bilirubin darajasini oshishi.
Tez-tezligi noma'lum:
Gepatotsellyulyar shikastlanishlar, sariqlik.
Ruhiyat tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas:
Uyquni buzilishi.
Kam hollarda:
Depressiya (shu jumladan mavjud bo'lgan buzilishlarni kuchayishi).
Juda kam hollarda:
Dezoriyentatsiya (shu jumladan mavjud bo'lgan buzilishlarni kuchayishi).
Tez-tezligi noma'lum:
Gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi (ayniqsa bunga moyil patsintlarda), shuningdek davolash boshlangunicha mavjud bo'lgan simptomlar zo'rayishi mumkin.
Davolashdan oldin xavfli o'smalarni bo'lishi mumkinligini istisno qilish kerak, chunki preparat simptomlarni niqoblashi va to'g'ri tashxis qo'yish muddatini kechiktirishi mumkin.
Majmuaviy davolashda pantoprazol bilan qo'llanadigan boshqa preparatlarning xususiyatlarini hisobga olish zarur. Davolashni o'tkazishdan oldin me'daning xavfli yarasini va xavfli ezofagitni yo'qligiga ishonch hosil qilish kerak.
Reflyuks-ezofagit tashxisi endoskopiya bilan tasdiqlanishi kerak.
Pediatriyada ishlatilishi
Pantoprazolni pediatriya amaliyotida qo'llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Pantoprazolni homiladorlikda ishlatish xavfsizligi yuzasidan klinik ma'lumotlar yetarli emas. Pantoprazol tabletkalarini homiladorlikda faqat, agar potentsial foydasi, homila yoki bolaga nisbatan bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lgan hollarda qo'llash mumkin. Pantoprazolni ko'krak sutiga o'tishi noma'lum bo'lganligi tufayli, preparatni emizish vaqtida ishlatish tavsiya qilinmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Pantoprazolni ushbu qobiliyatlarga bo'lgan samarasi aniqlanmagan.
Kutilmagan samaralari paydo bo'lganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Zo'rayish bosqichidagi shu jumladan NYaQV ni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi yoki gistamin N2-retseptorlarining blokatorlari bilan davolashga refrakter bo'lgan, gastroezofageal reflyuks kasalligi (o'rtacha va og'ir shakllari), Zollinger-Ellison sindromi; qaytalanishlar sonini kamaytirish maqsadida peptik yarasi bo'lgan patsiyentlarni majmuaviy antixelikobakter eradikatsion davolashda kasallikni qaytalanishlari sonini kamaytirish maqsadida qo'llanadi.
Preparatni, uning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas. Og'ir jigar yetishmovchiligi bilan kechuvchi gepatit va jigar sirrozi. Preparat pernitsioz anemiyada ishlatilmaydi.
Sog'lom ko'ngillilarda o'tkazilgan tadqiqotlar diazepam, fenitoin (CYP2S19 substrati), nifedipin (CYP3A4 substrati), metoprolol (CYP2V6 substrati), diklofenak (CYP2S9 substrati) va teofillin (CYP1A2 substrati) pantoprazolning farmakokinetik ko'rsatkichlariga ta'sir qilmasligini ko'rsatadi.
Pantoprazolni ishlatilishi, shuningdek teofillin, diazepam (va uning faol metaboliti dimetildiazepam), fenitoin, varfarin, metoprolol, nifedipin, karbamazepin va oral kontratseptivlarning kinetikasiga ta'sir qilmaydi. Ushbu preparatlar pantoprazol bilan birga buyurilganida dozani tanlash talab qilinmaydi.
Boshqa tadqiqotlar digoksin, etanol, glibutid, antipirin va kofeinni pantoprazol bilan klinik o'zaro ta'sirga kirishmasligini ko'rsatadi.
Shuningdek pantoprazolni antatsidlar bilan majmuasida xam o'zaro ta'siri kuzatilmagan. Ketokonazol, ampitsillin efirlari va temir tuzlari kabi ayrim preparatlarning so'rilishi me'daning kislotali muhitida yaxshiroqligi tufayli, ushbu preparatlarni pantoprazol bilan birga qo'llash ularning biokirishaolishligiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Pantoprazolni H. rylori ni eradikatsion davolashda ishlatiladigan preparatlar (klaritromitsin, amoksitsillin va metronidazol) bilan birga qo'llashda klinik o'zaro ta'siri kuzatilmagan.
Pantoprazolni alkogolь bilan qabul qilish mumkin emas, bu shilliq qavatlarni ta'sirlashini chaqirishi mumkin.
Pantoprazolni dori vositalarining o'zaro ta'sir xavfisiz quyidagilarga:
- yurak glikozidlarini (digoksin), sekin kalьtsiy kanallari blokatorlarini (nifedipin), beta-adrenoblokatorlarini (metoprolol) qabul qilayotgan yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan patsiyentlarga;
- me'da-ichak yo'llarining kasalliklari bo'lgan, antatsidlarni, antibiotiklarni (amoksitsillin, klaritromitsin) qabul qilayotgan patsiyentlarga;
- levonorgestrel va etinilestradiol saqlovchi peroral kontratseptivlarni qabul qilayotgan patsiyentlarga;
- nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni (diklofenak, fenazon, naproksen, piroksikam) qabul qilayotgan patsiyentlarga;
- endokrin tizimining kasalligi bo'lgan, glibenklamid, levotiroksini qabul qilayotgan patsiyentlarga;
- diazepamni qabul qilayotgan xavotirlik holatlari va uyquni buzilishlari bo'lgan patsiyentlarga;
- karbamazepin va fenitoinni qabul qilayotgan tutqanog'i bo'lgan patsiyentlarga;
- varfarin va fenprokumon kabi bilvosita antikoagulyatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarga, davolashni boshida va u tugagandan keyin, shuningdek pantoprozolni nomuntazam qabul qilish fonida protrombin vaqti va xalqaro me'yorlashtirilgan nisbatni (XMN – MNO) nazorati ostida buyuriladi;
- siklosporin, takrolimusni qabul qilayotgan, transplantatsiya o'tkazgan patsiyentlarga buyurish mumkin.
Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, sariq rangli, ikki tomonlama bir xil, ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi, eroziv gastrit (shu jumladan nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni (NYaQP) qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan).
Sutkada 40-80 mg dan buyuriladi. Davolash kursi – o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligini zo'rayishida 2 hafta va me'da yara kasalligini zo'rayishida 4-8 hafta.
Me'da va o'nikki barmoq ichakning yara kasalligini qaytalanishlariga qarshi davolash – sutkada 20 mg dan buyuriladi.
Helicobacter pilori eradikatsiyasi.
Quyidagi majmualar tavsiya etilgan:
1. Panzak 40 mg dan sutkada 2 marta + amoksitsillin 1000 mg dan sutkada 2 marta + klaritromitsin 500 mg dan sutkada 2 marta.
2. Panzak 40 mg dan sutkada 2 marta + metronidazol 500 mg dan sutkada 2 marta + klaritromitsin 500 mg dan sutkada 2 marta.
3. Panzak 40 mg dan sutkada 2 marta + amoksitsillin 1000 mg dan sutkada 2 marta + metronidazol 500 mg dan sutkada 2 marta. Davolash kursi – 7-14 kun.
Reflyuks- ezofagit
Sutkada 40 mg dan buyuriladi. Davolash kursi 4-8 haftani tashkil qiladi.
Qaytalanishlarga qarshi davolash – sutkada 20 mg dan buyuriladi.
Zollinger-Ellison sindromi.
Sutkada 40-80 mg dan buyuriladi. Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda dozani 2 kunda 1 marta 40 mg gacha pasaytirish kerak. Bunday hollarda qonning biokimyoviy ko'rsatkichlarini nazorat qilish zarur. Jigar fermentlarining darajasi oshganida preparatni qo'llashni to'xtatish lozim.
Keksa patsiyentlarda, shuningdek buyrak faoliyatini buzilishi bo'lgan patsiyentlarda 40 mg sutkali dozani oshirish mumkin emas. Helicobacter pilori ga nisbatan majmuaviy antimikrob davolashni qo'llash istisno hisoblanadi, bunday xollarda keksa patsiyentlar ham Panzakni 40 mg dan sutkada 2 marta qo'llashlari kerak.
Preparat ichga, butunligicha suyuqlik bilan birga qabul qilinadi (tabletkalarni maydalash yoki eritish mumkin emas).
Preparatni sutkada 1 marta qabul qilishni talab etuvchi ko'rsatkichlar bo'yicha Panzakni ertalab qabul qilish lozim. Aniqlanishicha, sutkalar vaqti, ovqat iste'mol qilish preparatning faolligiga ta'sir qilmaydi. Lekin Panzak tabletkalarini tavsiya etilgan qabul qilish vaqti, patsiyentlar tomonidan davolash sxemasiga yaxshiroq amal qilishga yordam beradi.
Hozirgi vaqtgacha Panzak preparatini qo'llash natijasida dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan.
Davolash: simptomatik va tutib turuvchi davolash. Pantoprazol gemodializ orqali chiqarilmaydi.
Xususiyatlar PANZAK tabletkalari 40mg N30
PANZAK tabletkalari 40mg N30 boshqa chiqarish shakllari


PANZAK tabletkalari 40mg N30 savollari
PANZAK tabletkalari 40mg N30 fikr-mulohazalari
Ishlab chiqaruvchining dorilar













