Ташкент
logo
SavatKirish

PANZAK poroshok 40mg N1

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Faol modda:Pantoprazol
Ishlab chiqaruvchi:Agio Pharmaceutical Limited
Teglar:Oshqozon uchun, Oshqozon yarasidan
ATX kodi:A02BC02
Barcha PANZAK dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 65 800 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PANZAK poroshok 40mg N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: 

Har bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 40 mg pantoprazolga ekvivalent bo'lgan pantoprazol natriy (liofillangan);

yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv.

Сhiqarilish shakli

40 mg dan 1 flakon tibbiyotda qo'llanilishga doir yo'riqnoma bilan birga karton qutida.



Farmakodinamikasi

Pantoprazol benzimidazolning almashingan hosilasi bo'lib, proton nasosining selektiv ingibitoridir. Preparat me'dada xlorid kislotasini parietal xujayralaridagi sekretsiyasini ingibitsiya qiladi. Me'daning parietal xujayralarining naychalarida to'planadi va faol shakli – tsiklik sul'fenamidga aylanadi, u selektiv N+-K+-ATFaza bilan o'zaro ta'sirga kirishadi. Parietal xujayralarning N+-K+-ATFazasini ingibitsiya qiladi, parietal xujayralardan vodorod ionlarini me'da bo'shlig'iga o'tishini buzadi va xlorid kislotasining gidrofil sekretsiyasini oxirgi bosqichini bloklaydi. Dozaga bog'liq xlorid kislotasining bazal va rag'batlantirilgan sekretsiyasini davomli susaytiradi. Boshqa proton nasosining ingibitorlari yoki N2-gistamin retseptorlarining blokatorlari kabi pantoprazol bilan davolash kislotalikni pasayishiga va gastrin kontsentratsiyasini qaytuvchi oshishiga olib keladi, bunda ushbu oshish me'daning kislotaliligini kamayishi darajasiga bog'liq. Pantoprazol ferment bilan xujayra darajasida bog'langani uchun, uning xlorid kislotasi sekretsiyasiga ta'siri atsetilxolin, gistamin va gastrin kabi boshqa moddalarning ta'siriga bog'liq emas. Preparat peroral qabul qilinganidan keyin vena ichiga yuborilgandagi kabi samara kuzatiladi.

Farmakokinetikasi

Pantoprazol og'iz orqali qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi. Uning mutloq biokiraolishligi 77% ni tashkil qiladi, chunki u jigardan birinchi o'tish samarasiga uchraydi. 

 Bir vaqtda ovqat qabul qilish AUC ga (samarasini kontsentratsiyaga bog'liqligini maydoni grafikasi), plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga va demak, biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi. Ovqat qabul qilish maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqtini oshirishi mumkin. Og'iz orqali 40 mg preparat qabul qilingandan keyin plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga erishiladi. 2-3 mkg/ml maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti taxminan 2,5 soat. Takroriy dozalar yuborganidan keyin kontsentratsiya doimiy bo'lib qoladi. Preparatning taqsimlanish hajmi taxminan 0,15 l/kg, klirensi - taxminan 0,1 l/kg ni tashkil qiladi. O'rtacha yarim chiqarilish davri 1 soatni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davrining qisqaligiga qaramasdan parietal xujayralarda (H+K+)-ATFaza bilan spetsifik bog'lanish oqibatida pantoprazol xlorid kislotasining sekretsiyasini uzoq vaqt ingibitsiya qiladi.

 Pantoprazolning farmakokinetikasi bir yoki bir necha dozalari yuborilganidan keyin o'xshash. Dozalar diapazoni 10-80 mg ni tashkil qiladi, pantoprazolning plazmadagi kinetikasi og'iz orqali va vena ichiga yuborilgandan keyin to'g'ri chiziqli. 

 Pantoprazol 98% ga plazma oqsillari bilan, asosan al'bumin bilan bog'lanadi. Preparat jigarda metabolizmga uchraydi. Metabolizmining asosiy yo'li – demetillanish. Jarayon jigarda R-450 ferment tizimining CYP2C19 izoshakli ishtirokida yuz beradi. Pantoprazol ma'lum darajada CYP3A4 fermenti tomonidan oksidlanadi. Pantoprazolning metabolizmi yuborish yo'liga (og'iz orqali yoki vena ichiga) bog'liq emas. Pantoprazolning metabolitlarini ahamiyatli farmakologik samarasi to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Asosiy metaboliti – demetilpantoprazol va boshqa metabolitlari siydik bilan (71%), 18% ahlat bilan chiqariladi. Demetilpantoprazolning plazmadan yarim chiqarilish davri pantoprazolning yarim chiqarilish davridan katta emas (taxminan 1,5 soat)

Dori shakli

In'ektsion eritma tayyorlash uchun liofilizat kukuni 

Nojo'ya samaralari

Me'da-ichak yo'llarining a'zolari tomonidan: diareya; kam hollarda – og'izni qurishi, ishtahani oshishi, ko'ngil aynishi, kekirish, qusish, meteorizm, qorin og'rig'i, qabziyat, transaminazalar faolligini oshishi, gastrintestinal kartsinoma (yakka holi).

Nerv tizimi va sezgi a'zolari tomonidan: bosh og'rig'i; kam hollarda – asteniya, bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik; alohida hollarda – asabiylik, depressiya, tremor, paresteziyalar, fotofobiyalar, ko'rishni buzilishi, quloqlarda shovqin.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: yakka hollarda – gematuriya, shishlar, impotentsiya.

Teri qoplamalari tomonidan: yakka hollarda - alopetsiya, xusnbuzar, eksfoliativ dermatit.

Allergik reaktsiyalar: kam hollarda – toshma, eshakemi, qichishish, anginevrotik shish.

Boshqalar: kam hollarda – giperglikemiya, mialgiya; yakka hollarda – isitma, eozinofiliya, giperlipoproteinemiya, giperxolesterinemiya kuzatilishi mumkin.

Kutilmagan samaralari paydo bo'lganida shifokorga murojaat qilish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Davolashdan oldin xavfli o'smalarning bo'lishi mumkinligini istisno qilish lozim, chunki davolash simptomlarni niqoblashi va to'g'ri tashxis qo'yish muddatini kechiktirishi mumkin.

Majmuaviy davolashda pantoprazol bilan qo'llanadigan boshqa preparatlarning xususiyatlarini hisobga olish kerak. Davolashni o'tkazishdan oldin me'daning xavfli yarasini va xavfli ezofagitning yo'qligiga ishonch hosil qilish kerak. 

Reflyuks-ezofagit tashxisi endoskopiya bilan tasdiqlanishi kerak.

Pediatriyada ishlatilishi

Pantoprazolni pediatriya amaliyotida qo'llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Homiladorlik va laktatsiya

Homiladorlik – preparat V toifasiga kiritilgan. 

Pantoprazolni homiladorlikda ishlatishning xavfsizligi bo'yicha klinik ma'lumotlar yetarli emas.

Pantoprazol tabletkalarini homiladorlikda faqat, agarda potentsial foydasi, homila yoki bolaga bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lgan holdagina qo'llash mumkin. Pantoprazolni ko'krak sutiga o'tishi noma'lum bo'lganligi tufayli, preparatni emizish vaqtida ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Haydash va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Pantoprazolni ushbu qobiliyatlarga bo'lgan ta'siri aniqlanmagan.

Qo'llanilishi

Zo'rayish bosqichidagi me'da va o'nikki barmoq ichak yara kasalligi, shu jumladan NYaQV ni qabul qilish, yoki gistamin N2-retseptorlarining blokatorlari bilan davolashga refrakter bo'lgan, gastroezofageal reflyuks kasalligi (o'rtacha va og'ir shakllari), Zollinger-Ellison sindromi; qaytalanishlar sonini kamaytirish maqsadida peptik yarasi bo'lgan patsientlarda majmuaviy antixelikobakter eradikatsion davolashda qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatni, uning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas. Og'ir jigar yetishmovchiligi bilan kechuvchi gepatit va jigar tsirrozida qo'llash mumkin emas. 

Preparat pernitsioz anemiyada ishlatilmaydi. Pantoprazolni homiladorlikda ishlatishdagi xavfsizligi to'g'risidagi klinik ma'lumotlar yetarli emas. Pantoprazol tabletkalari homiladorlikda, faqat agarda potentsial foydasi homila yoki bolaga bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lgan hollarda qo'llanadi. Pantoprazolni ko'krak sutiga o'tishi noma'lum bo'lganligi tufayli, preparatni emizish vaqtida ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Sog'lom ko'ngillilarda o'tkazilgan tekshirishlar diazepam, fenitoin (CYP2A19 substrati), nifedipin (CYP3A4 substrati), metoprolol (CYP2V6 substrati), diklofenak (CYP2S9 substrati) va teofillin (CYP1A2 substrati) pantoprazolning farmakokinetik ko'rsatkichlariga ta'sir qilmasligini ko'rsatadi.

Pantoprazolni ishlatilishi, shuningdek, teofillin, diazepam (va uning faol metaboliti dimetildiazepam), hamda fenitoin, varfarin, metoprolol, nifedipin, karbamazepin va oral kontratseptivlarning kinetikasiga ta'sir qilmaydi. Ushbu preparatlar pantoprazol bilan birga buyurilganida dozani tanlash talab qilinmaydi.

Boshqa tekshirishlar digoksin, etanol, glibutid, antipirin va kofeinni pantoprazol bilan klinik o'zaro ta'sirlashmasligini ko'rsatadi.

Shuningdek, pantoprazolni antatsidlar bilan majmuasida o'zaro ta'siri kuzatilmagan. Ketokonazol, ampitsillin efirlari va temir tuzlari kabi ayrim preparatlarning so'rilishi me'daning kislotali muhitida yaxshiroqligi tufayli, ushbu preparatlarni pantoprazol bilan birga qo'llash ularning biokirishaolishligiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Pantoprazolni H. Pylori ni eradikatsion davolashda ishlatiladigan preparatlar bilan (klaritromitsin, amoksitsillin va metronidazol) birga qo'llashda klinik o'zaro ta'siri kuzatilmagan.

Pantoprazolni alkogol' bilan qabul qilish mumkin emas, bu shilliq qavatlarni ta'sirlashi mumkin.

Ta'rifi

Oq yoki deyarli oq rangli gigroskopik kukun. 

Dozirovkasi

In'ektsiyalar uchun Panzakni vena ichiga yuborish faqat me'da yarasi, o'nikki barmoq ichak yarasi va o'rtacha va og'ir darajali reflyuks ezofagit kabi kasalliklarni davolashda og'iz orqali qabul qilish mumkin bo'lmagan hollarda tavsiya qilinadi. Vena ichiga yuborish uchun tavsiya qilinadigan doza sutkada 1 ampula (40 mg pantoprazol) ni tashkil qiladi. Zollinger-Ellison sindromi va boshqa patologik gipersekretor holatlarni uzoq muddatli davolashda, davolashning boshida tavsiya qilingan sutkalik doza vena ichiga yoki kamaytirilishi mumkin. Keyinchalik doza oshirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Preparat 80 mg dan yuqori sutkalik dozada qo'llangan holda, doza bo'linishi va kuniga ikki marta yuboriladi. Vaqtincha, zarur davrdan oshiq bo'lmagan, sutkalik dozani 160 mg gacha pantoprazolga oshirish mumkin. Kislotani nazorati zarur bo'lgan holda, 2 qabuldagi 80 mg boshlang'ich doza, ko'pchilik bemorlarda bir soat davomida qo'llash sohasida kislotani kamaytirish uchun yetarli (10 mEq/h). Klinik manzarani yaxshilanishning birinchi belgilarida Panzakni vena ichiga yuborishdan og'iz orqali qabul qilishga o'tish tavsiya qilinadi.

 Tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma:

In'ektsiya uchun ishlatishga tayyor eritmani tayyorlash uchun 10 ml natriy xloridining fiziologik eritmasi, quruq modda saqlovchi idishga qo'shiladi. Bu eritma darhol yoki 100 ml natriy xloridining fiziologik eritmasi, shuningdek 5% glyukoza eritmasi bilan aralashtirilganidan keyin qo'llanishi mumkin. Tayyorlangan eritma tayyorlanganidan keyin 12 soat davomida ishlatilishi kerak. Vena ichiga yuborish uchun Panzak yuqorida ko'rsatilgan qanday bo'lmasin boshqa erituvchilar bilan tayyorlanmasligi yoki aralashtirilmasligi kerak.

Klinik manzaraning yaxshilanishini birinchi belgilarida Panzakni vena ichiga yuborishdan og'iz orqali yuborishga o'tish tavsiya qilinadi. Preparatni 2-15 minut davomida yuborish kerak. Mahsulotning qoldig'i, shuningdek tashqi ko'rinishi o'zgargan mahsulot, mahsulotning yaroqsizligi uchun yetarli asos bo'ladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha Panzak preparatini qo'llash natijasida dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan. 

Davolash: simptomatik va tutib turuvchi davolash o'tkaziladi. Pantoprazol gemodializ orqali chiqarilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida (emizish) ehtiyotkorlik bilan qollanilishi lozim.

Xususiyatlar PANZAK poroshok 40mg N1

PANZAK poroshok 40mg N1 boshqa chiqarish shakllari

PANZAK tabletkalari 40mg N30
PANZAK tabletkalari 40mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
48 000 so'm dan
PANZAK tabletkalari 20mg N30
PANZAK tabletkalari 20mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
39 000 so'm dan

PANZAK poroshok 40mg N1 savollari

PANZAK poroshok 40mg N1 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

KLOTRIZ krem 30g
Retseptli
KLOTRIZ krem 30g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
61 600 so'm dan
PANZAK poroshok 40mg N1
Retseptli
PANZAK poroshok 40mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
65 800 so'm dan
AZIADJIO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml
Retseptli
AZIADJIO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
32 500 so'm dan
SEFTAZIDIM ADJIO poroshok 1g
SEFTAZIDIM ADJIO poroshok 1g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
PANZAK tabletkalari 40mg N30
PANZAK tabletkalari 40mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
48 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil