Ташкент
logo
SavatKirish

Pirentel suspenziya 15ml N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Polsha
Kategoriya:Dori vositalari
Faol modda:Pirantel
Ishlab chiqaruvchi:«POLFARMA» AO
Teglar:Ichak uchun
Barcha Pirantel dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Pirentel suspenziya 15ml N1 o'xshash dorilari

NUTVA COMPLEX kapsulalar  N60
NUTVA COMPLEX kapsulalar N60
Ishlab chiqaruvchi:
Nutva Pharm
•1 ta dorixonada bor
Narxi
1 170 000 so'm dan
LINKAS PLYUSh sirop 120ml 35mg/5ml
Retseptsiz
LINKAS PLYUSh sirop 120ml 35mg/5ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
30 000 so'm dan

Pirentel suspenziya 15ml N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

retsept bo'yicha

Tarkibi

15 ml suspeziya quyidagilarni saqlaydi: 
faol modda: pirantel 0,750 g (2,1625 g pirantel embonati ko‘rinishida),
yordamchi moddalar: natriy benzoati, natriy karmelloza, sorbitol, glitserin, magniy-alyuminiy silikati, polisorbat 80, povidon, 30% simetikon emulьsiyasi, limon kislotasi monogidrati, o‘rik aromatizatori, natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Peroral qo‘llash uchun suspenziya, 250 mg/5 ml; 15 ml dan buraladigan oq polietilen qopqoqcha bilan to‘q rangli shisha flakonlarda (Oster). 

1 flakon shkalali o‘lchov stakanchasi va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.


Farmakodinamikasi

Pirantel ichakning dumaloq chuvalchanglari bilan zararlanishda samarali preparat hisoblanadi. Ichak nematodalarining nerv-mushak birikmalarini depolyarizatsiyasi va xolinesteraza ta'sirini bloklash yo‘li bilan ularning mushaklariga ta'sir qiladi. Harakatlanaolmaydigan parazitlar ichakning peristalьtik harakatlari hisobiga ichakdan chiqariladi. Gelьmintlarning migratsiyasini chaqirmaydi, shikastlovchi ta'sirga ega emas. Yetilgan shakllari va rivojlanishning ilk bosqichidagi parazitlarga ta'sir qiladi va lichinkalarni to‘qimalarga migratsiyasi vaqtida ularga ta'sir qilmaydi. Preparat eng avvalo ostritsalar (Enterobius vermicularis) va askaridalar (Ascaris lumbricoides) bilan zararlanishda qo‘llaniladi. Ankilostoma bilan zararlanishda qo‘llanilishi mumkin; nekatorozni (Necator americanus). davolashga nisbatan ankilostomidozni (Ancylostoma duodenale) davolashda samaraliroq ta'sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Pirantel embonati – suvda deyarli erimaydi, me'da-ichak yo‘llaridan ahamityasiz miqdorda so‘riladi, tana vazniga 10 mg/kg bir martalik doza qabul qilingandan keyin qon plazmasida preparatning kontsentratsiyasi 1-3 soat davomida 0,05-0,13 mkg/ml ni tashkil qiladi. 

So‘rilgan pirantel embonati jigarda qisman metabolizmga uchraydi va N-metil-1,3-propandiamin hosil bo‘ladi.

Pirantel embonatining 15% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda va metabolitlari shaklida siydik bilan chiqariladi. Dozaning 50% ko‘prog‘i o‘zgarmagan shaklda axlat bilan chiqariladi.


Nojo'ya samaralari

Odatda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi.
Pirantelning nojo‘ya ta'sirlari kam hollarda namoyon bo‘ladi (≥1/10000 <1/1000 gacha), ular qisqa muddatli va davolash to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladi.
Pirantelni qo‘llash jarayonida qayd qilingan nojo‘ya samaralar tizimlar va a'zolar tasnifiga muvofiq quyida keltirilgan.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani buzilishi, qorinda og‘riq, diareya, jigar fermentlarining faolligini oshishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi, uyquchanlik yoki uyqusizlik.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Allergik teri toshmasi kuzatilishi mumkin.
 

Maxsus saqlash sharoitlari

Maxsus ko‘rsatmalar

Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarga preraratni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish va qonda AST faolligini nazorat qilish kerak. Dozani kamaytirishni ko‘rib chiqish mumkin.

To‘yib ovqatlanmaydigan va anemiyasi bo‘lgan patsiyentlarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Suspenziya fruktoza manbai hisoblanadigan sorbitol saqlaydi. Agar patsiyentda kam kuzatiladigan nasliy fruktozani o‘zlashtirolmaslik tashxis qo‘yilgan bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilish mumkin emas. Sorbitol dispepsiya chaqirishi va yengil surgi ta'sir ko‘ratishi mumkin.

Preparat yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (4 haftalikkacha bo‘lgan yoshda)da sariqlikning yuzaga chiqishini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan natriy benzoati saqlaydi.


Qo'llanilishi

enterobioz;

- askaridoz;

- ankilostomoz;

- nekatorozda qo‘llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

- piperazinni bir vaqtda qo‘llash;

- miasteniya (davolash davrida) da qo‘llash mumkin emas


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Qon plazmasida teofillinning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Antagonistik ta'siri sababli, pirantelni piperazin bilan parallel qo‘llash mumkin emas, chunki ushbu majmua ikkala dori preparatlarining ta'sirini susayishiga olib keladi.

Dozirovkasi

Ascaris lumbricoides chaqirgan askaridoz.

Kattalar va tana vazni >10 kg bo‘lgan bolalar: bir martalik doza 11 mg/kg. Odatda, bir martalik dozani qabul qilish kifoya, biroq samaradorligi yetarli bo‘lmasa, preparat dozasini qabul qilishni 2-3 haftadan so‘ng takrorlash lozim. 

Enterobius vermicularis chaqirgan enterobioz.

Kattalar va tana vazni >10 kg bo‘lgan bolalar: bir martalik doza 11 mg/kg. Preparat dozasini qabul qilishni 2-3 xaftadan so‘ng takrorlash lozim.

Ancylostoma duodenale va Necator americanus invaziyasi.

Kattalar va tana vazni >10 kg bo‘lgan bolalar: 11 mg/kg dan sutkada bir marta ketma-ket 3 kun davomida qabul qilinsin.

Quyida tana vazniga bog‘liq holda Pirantel preparatining dozalari ko‘rsatilgan jadval keltirilgan:


Tana vazni Bir martalik doza (ml) Bir martalik doza (mg)

11-16 kg       2,5 ml                 125 mg

17-28 kg           5,0 ml              250 mg

29-39 kg           7,5 ml            375 mg

40-50 kg            10,0 ml            500 mg

51-62 kg             12,5 ml          625 mg

63-75 kg             15,0 ml           750 mg

Tana vazni>75 kg bo‘lgan kattalar 20,0 ml 1000 mg

To‘plamga shkalali o‘lcham stakani kiradi.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozalash

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun kichikroq dozalar ko‘rib chiqilishi mumkin, chunki preparat aspartataminotransferaza (ACT) miqdorining vaqtinchalik oshishini chaqiradi.

Qo‘llash usuli

Preparat ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan so‘ng ichga qabul qilinadi.

Qabul qilishdan avval bir xil suspenziya hosil bo‘lguncha silkitilsin.

Pirantel preparatini qabul qilishdan avval surgi vositalarini qo‘llash zaruriyati yo‘q.

Agar patsiyentga enterobioz tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda davolash oilaning barcha a'zolari uchun ta'minlangan bo‘lishi kerak, hamda invaziya qaytalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sanitariya-gigiyena shartlariga rioya qilish zarur. Preparat bilan davolashdan 14 kundan so‘ng nazorat parazitologik tekshiruvini amalga oshirish kerak.


Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining asosiy simptomlari Ko‘rishning buzilishi, dezoriyentatsiya, bosh aylanishi, ortostatik hushdan ketish, terlash, holsizlanish, notekis pulьs, mushak spazmlari va tremor, gipoksiya (nafas olishning qiyinlashishi, hushdan ketish). Dozani oshirib yuborilishini davolash Pirantel uchun spetsifik antidot yo‘q. Doza oshirib yuborilganida simptomatik davolash (erta bosqichda me'dani yuvish, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta'minlash va nafasni tutib turish, arterial qon bosimni tutib turish) amalga oshiriladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda pirantelning homilaga zararli ta'siri aniqlanmagan. Pirantelni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha nazoratli klinik tadqiqotlar yo‘qligi sababli, homiladorlik davrida ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardan tashqari hollarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Laktatsiya Pirantelning ona sutiga kirishini tekshirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun emizish davrida ayollar pirantelni qo‘llashlari tavsiya etilmaydi. Agar preparat bilan davolash zarurati bo‘lsa, emizishini to‘xtatish kerak.kki yoshgacha bo‘lgan bolalarga preraratni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish va qonda AST faolligini nazorat qilish kerak. Dozani kamaytirishni ko‘rib chiqish mumkin.

Xususiyatlar Pirentel suspenziya 15ml N1

Pirentel suspenziya 15ml N1 boshqa chiqarish shakllari

PIRANTEL tabletkalari 250mg N30
PIRANTEL tabletkalari 250mg N30
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•16 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
Pirantel tabletkalari 250mg N3
Pirantel tabletkalari 250mg N3
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
«POLFARMA» AO
•112 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan

Pirentel suspenziya 15ml N1 analoglari

GELMINTOKS 0,25 tabletkalari N3
Retseptli
GELMINTOKS 0,25 tabletkalari N3
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innotera Shuzi
GELMINTOKS 0,125 tabletkalari N6
Retseptli
GELMINTOKS 0,125 tabletkalari N6
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innotera Shuzi
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Retseptli
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•90 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6
Retseptli
GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•90 ta dorixonada bor
Narxi
21 800 so'm dan
GELMINTOKS tabletkalari 250mg N3
Retseptli
GELMINTOKS tabletkalari 250mg N3
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•85 ta dorixonada bor
Narxi
28 900 so'm dan
GELMINTOKS suspenziya dlya priema vnutr 15ml 125mg/2,5ml
Retseptli
GELMINTOKS suspenziya dlya priema vnutr 15ml 125mg/2,5ml
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innotera Shuzi
•90 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6
Retseptli
GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratoire Innotech International, Fransiya proizvedeno. Innothera Chouzy
•90 ta dorixonada bor
Narxi
21 800 so'm dan
GELMINTOKS tabletkalari 250mg N3
Retseptli
GELMINTOKS tabletkalari 250mg N3
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratoire Innotech International, Fransiya proizvedeno. Innothera Chouzy
•85 ta dorixonada bor
Narxi
28 900 so'm dan
PIRANTEL tabletkalari 250mg N30
PIRANTEL tabletkalari 250mg N30
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•16 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
Pirantel tabletkalari 250mg N3
Pirantel tabletkalari 250mg N3
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
«POLFARMA» AO
•112 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan

Pirentel suspenziya 15ml N1 savollari

Pirentel suspenziya 15ml N1 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil