Ташкент
logo
SavatKirish

R.B.TON sirop 200ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Vitaminlar
Ishlab chiqaruvchi:Medley Pharmaceuticals Ltd.
ATX kodi:A11AA
Barcha R.B. dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

R.B.TON sirop 200ml o'xshash dorilari

KALSEMIN tabletkalari N30
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•1 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
115 000 so'm dan
Narxi
103 000 so'm dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Retseptsiz
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Opella Healthcare Hungary Ltd, 2112 Veresegyhaz, Levai u. 5., Hungary.
•106 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan

R.B.TON sirop 200ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Har 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
temir glyukonati129,5 mg;
(15 mg temir atomiga hisoblanganda)
folat kislotasi0,25 mg;
kalьtsiylaktati75 mg;
V12vitamini 1,25 mkg;
yordamchi moddalar: natriybenzoati,limon kislotasi,saxaroza, Karamelь-III turi kod-VA,natriy gidroksidi,metilparaben,propilparaben, 70% o/o sorbit eritmasi,propilenglikolь,aralash mevali aromatizator (MFF),tozalangan suv.

Farmakodinamikasi

R.B.Ton – majmuaviy preparatdir. Preparatning tarkibiga temir glyukonati, sianokobalamin, folat kislotasi va kalьtsiy laktati kiradi.
Preparat turli genezli temir tanqisligi anemiyalarida organizmdagi temir ionlari tanqisligini to'ldiradi va eritropoezni rag'batlantiradi. Temir gemoglobinning tarkibiga kiradi, kislorodni to'qimalarga tashilishini ta'minlaydi, ko'pgina fermentlar tizimining kofermenti hisoblanadi. Homiladorlik va laktatsiya davrida, pubertat yoshdagi qizlarda hayz ko'rish sikli oshganida, bolalarda jadal o'sish davrida, surunkali qon ketishlarda, shuningdek temirni so'rilish jarayonlarini buzilishi bilan kechuvchi me'da-ichak yo'llari kasalliklarida temirga bo'lgan talab oshadi. Preparat bilan bir kurs davolashda anemiyaning klinik simptomlari (holsizlik, toliqish, bosh aylanishi, taxikardiya, og'riq, teri qoplamlarini qurishi) va laborator ko'rsatkichlarni asta-sekin regressiyasi kuzatiladi.
Organizmda folat kislotasi turli metabolik jarayonlarda ishtirok etuvchi, koferment hisoblangan tetragidrofolat kislotasigacha qaytariladi. U megaloblastlarning normal yetilishi va normablastlarning hosil bo'lishi uchun zarur. Eritropoezni rag'batlantiradi, aminokislotalar (metionin, serin va boshq.), nuklein kislotalari, purin va pirimidinlar sintezida, xolin almashinuvida ishtirok etadi. Homiladorlik davrida teratogen omillarning ta'siriga nisbatan ma'lum darajada himoya funktsiyasini bajaradi.
Sianokobalamin (V12 vitamini) immunomodulyator, allergiyaga qarshi, antiaterosklerotik ta'sirlarga ega, arterial qon bosimini normallashtiradi, nerv to'qimasining strukturasini tiklaydi, reproduktiv faoliyatni yaxshilaydi, ishtahani oshiradi. V12 vitamini turli aminokislotalar sintezida ishtirok etadi, nerv tizimiga, jigar funktsiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, uglevodlar va lipid almashinuvi, qon ivish jarayonlarini faollashtiradi.
Kalьtsiy nerv impulьslarini o'tkazilishida, silliq va skelet mushaklarini qisqarishida, miokardning ffunktsiyasida, qon ivishida qatnashadigankalьtsiy ionlarining manbai hisoblanadi; ular suyak to'qimasini shakllanishi uchun, boshqa tizim va a'zolarningfunktsiyasi ko'rsaishi uchun zarur.

Farmakokinetikasi

Temir glyukonati: ichga qabul qilinganida temir glyukonati yuqori so'rilish darajasiga va biokiraolishligiga (ionizatsiya konstantasi past bo'lganligi tufayli) ega. So'rilishi asosan o'n ikki barmoq ichak va ingichka ichakning proksimal qismida yuz beradi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 90% va undan ortiq (asosan gemoglobin bilan) qiymatni tashkil etadi. Gepatotsitlarda va retikuloendotelial tizimida ferritin yoki gemosiderin ko'rinishida, ko'p bo'lmagan miqdori – mushaklarda mioglobin ko'rinishida to'planadi. Temirni fiziologik yo'qotish normasi: erkaklar uchun va postmenopauza davridagi ayollar uchun – sutkada 1 mg, premenopauza davridagi ayollar uchun – sutkada 1,5-2 mg ni tashkil etadi.
Folat kislotasi: ichga qabul qilinganidan so'ng o'n ikki barmoq ichakda va ingichka ichakning proksimal qismida butunlay so'riladi. 3-6 soat o'tgan zahoti qonda yuborilgan preparatning taxminan 98,5% miqdori aniqlanadi. Folatlarni so'rilishiga ularni ichak bo'shlig'ida maxsus enzim digidrofolatreduktaza ta'sirida qaytarilishi sabab bo'ladi. Qonga tushgan folatlarning taxminan 87% eritrotsitlarda, 10-13% - qon zardobida mavjud bo'ladi. Qondan folatlar jigarga o'tadi, u yerda ular to'planishadi va o'zgarishlarga uchraydilar. Folatlarning taxminan 50% organizmdan siydik bilan, qolgan qismi – axlat bilan chiqariladi.
Sianokobalamin (V12 vitamini)ingichka (qisman yo'g'on) ichakda so'riladi, ichki omil bilan bog'lanib, ichak mikroflorasidan himoyalanadi. Ingichka ichakning shilliq qavatida kompleks V12 vitaminini retseptorga beradi, u uni hujayraga tashilishini amalga oshiradi. Qonda sianokobalamin transkobalamin I va II lar bilan bog'lanadi, va ular bilan birga to'qimalarga tashiladi. Sianokobalamin asosan jigarda to'planadi, jigardan safro bilan ichakka tushadi, u yerdan qayta so'riladi. Organizmdan buyraklar orqali chiqariladi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi.
Kalьtsiy laktat: ichga qabul qilinganidan keyin qisman asosan ingichka ichakda so'riladi; organizmdan o'zgarmagan holatda chiqariladi. Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga preparat qabul qilinganidan 1,2-1,3 soatdan keyin erishiladi. Barcha a'zolar va to'qimalarga bir tekis taqsimlanadi. Qonda erkin (ion holida) va bog'langan holatda bo'ladi. Qon zardobidagi umumiy kalьtsiyning 50% ni ion holidagi kalьtsiy tashkil etadi, 5% anion komplekslari tarkibida, 45% oqsillar bilan bog'langan holatda bo'ladi. Ion holidagi kalьtsiy fiziologik faollikka ega. Ion holidagi kalьtsiyni plazmadan yarim chiqarilish davri 6-7 soatni tashkil etadi. Preparat yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ko'krak sutiga ajralib chiqadi. Kalьtsiyning taxminan 20% siydik bilan, 80% - ichak orqali chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi yoki qusish, me'da-ichak yo'llarining yuqori bo'limlarida diskomfort, konstipatsiya yoki diareya tarkibida temir bo'lgan preparatlarga sezgir patsiyentlarda bo'lishi mumkin. Nojo'ya samaralar preparatni ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilish bilan pasaytirilishi mumkin.
Ehtiyotkorlik choralari
R.B. Ton preparati sideroblast anemiyasi va temir tanqisligi bo'lmagan boshqa alimentar anemiyasi bo'lgan, kasallik tarixida me'da yarasi, ichakni o'tkir yallig'lanish kasalligi, buyrak yetishmovchiligi, giperparatireoz bo'lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi lozim.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatning tavsiya etilgan dozalarini oshirish mumkin emas.
Preparatning samarasini bo'lmasligi ichakda temirni so'rilish jarayonlarini buzilishi, gemopoezni susayishi, ayrim dori vositalari (antimetabolitlar) ni yuborilishi, shuningdek boshqa vitaminlar tanqisligi bilan chaqirilishi mumkin. Temir tanqisligi anemiyasi yashirin qon ketishi bilan ifodalanishi mumkin, uning sababini davolash boshlangunigacha aniqlash kerak.
Axlatni to'qlashishi so'rilmagan temirni chiqarilishi bilan ifodalanadi va hech qanday klinik ahamiyatga ega emas.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo'llanishi
Preparat homiladorlikda va laktatsiya davrida qo'llanadi.
Pediatriyada qo'llanishi
Preparat 1 yoshdan oshgan bolalarda qo'llanadi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish vaqtida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.

Qo'llanilishi

Alimentar, makrotsitarva mikrotsitar anemiya, temir tanqisligi anemiyasi, homiladorlikdagi va emizish vaqtidagi anemiya, bolalardagi anemiya, surunkali qon yo'qotish oqibatidagi anemiya, tropik kasallik, gelьmintlar bilan zararlanish, infektsiyalarda va jarrohlik muolajasidan keyin qo'llanadi

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

R.B.Ton preparatini quyidagi holatlarda:
Preparatning komponentlaridan birortasiga ma'lum yuqori sezuvchanligi bo'lgan, temirni o'zlashtirolmaydigan patsiyentlarga buyurish mumkin emas. Gemoxromatoz va gemosiderozda, takroran qon quyilgan patsiyentlarga, temir tanqisligi bilan bog'liq bo'lmagan anemiyada, temirni parenteral ko'rinishda olayotgan patsiyentlar, surunkali kasalliklari yoki temirni so'rilishini buzilishi bo'lgan yoki me'da-ichak yo'llarining kasalliklari bo'lgan patsiyentlarga, kasallik tarixida me'da yarasi, podagra yoki jigar disfunktsiyasi va giperoksalaturiyasi bo'lgan patsiyentlarga qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antatsidlar temir va folat kislotasini so'rilishini pasaytirishlari mumkin. Temir ftorxinolon antibiotiklari va tetratsiklik guruhiga mansub antibiotiklarni so'rilishini pasaytirishlari mumkin. Temir shuningdek levotiroksin, metildopa va penitsillaminlarni so'rilishini pasaytirishi mumkin.
Glyukokortikoidlar va fenitoin kalьtsiy laktatni so'rilishini pasaytiradilar.

Dozirovkasi

Ichga qabul qilinadi.
12 oylikdan oshgan bolalarga: bir choy qoshiqdan kuniga ikki marta buyuriladi.
Kattalarga: 2 choy qoshiqdan kuniga ikki marta ovqatdan keyin qabul qilinadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, epigastriyda og'riq bo'lishi mumkin. MIY (me'da-ichak yo'llari) da nekroz holatlari va shok holatlari kuzatilganligi ta'riflangan.
Davolash: 1% li soda eritmasi yordamida me'dani yuvish lozim. Qon zardobida temirning kontsentratsiyasi 5 mkg/ml dan oshganida deferoksamin yuboriladi. Shok holati rivojlanganida shokka qarshi davolash o'tkaziladi.

Analoglar R.B.TON sirop 200ml
Analoglari yo'q

R.B.TON sirop 200ml savollari

R.B.TON sirop 200ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil