SMEKTA 3,0 poroshok so vkusom klubniki N10

SMEKTA 3,0 poroshok so vkusom klubniki N10 o'xshash dorilari


SMEKTA 3,0 poroshok so vkusom klubniki N10 qo'llanmasi
Bolalar va kattalarda o'tkazilgan klinik tadqiqotlar davomida quyidagi nojo'ya samaralar haqida xabar berilgan. Ushbu nojo'ya samaralar odatda ahamiyatsiz va o'tkinchi bo'lgan hamda asosan ovqat hazm qilish tizimi buzilishlari bilan bog'liq bo'lgan.
Noxush reaksiyalarning namoyon bo'lish tezligi quyidagicha tasniflanadi: juda tez-tez > 1/10, tez-tez > 1/100 dan < 1/10 gacha, kamdan-kam > 1/10000 dan < 1/1000 gacha, juda kamdan-kam < 1/10000.
Tez-tez: qabziyat, odatda dozani kamaytirish bilan bartaraf etiladi, ammo kamdan-kam hollarda davolashni to'xtatishga olib kelishi mumkin.
Tez-tez emas: meteorizm, qusish.
Ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi qo'llash tajribasida o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining (tezligi noma'lum) ayrim holatlari, shu jumladan eshakemi, toshma, qichishish va angio-shishlar haqida xabar berilgan.
Shuningdek, qabziyat kuchayishi holatlari haqida xabar berilgan.
Yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, fruktoza o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi, saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi.
Ehtiyotkorlik bilan
Smekta* dori preparati va boshqa dori vositalarini qabul qilish o‘rtasida 1-2 soatlik oraliqqa rioya qilish tavsiya etiladi.
Anamnezda og‘ir surunkali qabziyat bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
O‘tkir diareyasi bo‘lgan bolalarda preparat regidratatsiya choralari bilan majmuada qo‘llanilishi kerak. Zarurat tug‘ilganda kattalarga ham preparat bilan terapiya regidratatsiya choralari bilan majmuada tayinlanishi mumkin. Regidratatsiya choralari majmuasi kasallikning kechishi, yoshi va pasientning xususiyatlariga qarab tayinlanadi.
Preparat bir vaqtda qabul qilinadigan dori vositalarining so'rilish tezligi va darajasini kamaytirishi mumkin. Smektak dori preparatini boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Ma'lumotlar yo'q.
Bolalar, shu jumladan chaqaloqlar:
- 1 yoshgacha: 3 kun davomida sutkasiga 2 paketcha, keyin - sutkasiga 1 paketcha;
- 1 yoshdan katta: 3 kun davomida sutkasiga 4 paketcha, keyin - sutkasiga 2 paketcha.
Kattalar:
- Tavsiya etilgan dozalash rejimi - sutkasiga 6 paketcha.
• Boshqa ko'rsatmalarda qo'llash.
Bolalar, shu jumladan chaqaloqlar:
- 1 yoshgacha: sutkasiga 1 paketcha;
- 1-2 yosh: sutkasiga 1-2 paketcha;
- 2 yoshdan katta: sutkasiga 2-3 paketcha.
Kattalar:
Sutkasiga 3 paketcha. Davolash kursi 3-7 kun tavsiya etiladi.
Ezofagitda Smekta* dori preparati ovqatdan keyin, boshqa ko'rsatmalarda - ovqatlanishlar orasida ichga qabul qilinadi.
Iste'mol qilishdan oldin suspenziya tayyorlash kerak.
Kattalar uchun paketcha ichidagisi 1/2 stakan suvda, kukunni asta-sekin sepib va uni bir tekisda aralashtirib eritiladi.
Bolalar uchun paketcha ichidagisi zarurat bo'lganda bolalar shishasiga (50 ml) eritiladi va kun davomida bir necha qabulga taqsimlanadi yoki biron bir yarim suyuq mahsulot (bo'tqa, pyure, kompot, bolalar ovqati) bilan aralashtiriladi.Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborish yaqqol qabziyat yoki bezoar chaqirishi mumkin.
Xususiyatlar SMEKTA 3,0 poroshok so vkusom klubniki N10
Smekta boshqa chiqarish shakllari









