logo
SavatKirish

SPAZMALGON tabletkalari N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:Balkanpharma-Dupnitsa AD
ATX kodi:A03DA02
Barcha Spazmalgon dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SPAZMALGON tabletkalari N10 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
MAGNE B6 tabletkalari 5mg N60
Retseptsiz
MAGNE B6 tabletkalari 5mg N60
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Opella Healthcare Hungary Ltd, 2112 Veresegyhaz, Levai u. 5., Hungary.
•100 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
KALSEMIN ADVANS tabletkalari N120
Retseptsiz
KALSEMIN ADVANS tabletkalari N120
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•130 ta dorixonada bor
Narxi
151 900 so'm dan

SPAZMALGON tabletkalari N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: epigastral sohada achishish hissi, og'iz qurishi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, antixolinergik samaralar (ter ajralishining pasayishi, akkomodatsiya parezi, siydik chiqarishning qiyinlashishi).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning pasayishi, taxikardiya, sianoz.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funksiyasining buzilishi, oliguriya, anuriya, proteinuriya, interstitsial nefrit, siydikning qizil rangga bo'yalishi.

Qon yaratish a'zolari tomonidan: uzoq muddat qabul qilinganda - trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, bronxospastik sindrom, anafilaktik shok, Kvinke shishi, ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat uzoq muddat (bir haftadan ortiq) qo‘llanilganda periferik qon manzarasi (leykotsitlar miqdori) va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur. Agranulotsitozga shubha qilinganda yoki trombotsitopeniya mavjud bo‘lganda preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Preparat bilan davolash davrida alkogol qabul qilish mumkin emas.

Emizikli onalarda preparatni qo‘llash emizishni to‘xtatishni talab qiladi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Davolash vaqtida transport vositalarini haydash va jismoniy hamda ruhiy reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.



Dozani oshirib yuborish

Preparat dozasi oshirib yuborilganda quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin: qusish, og‘izda quruqlik hissi, ter ajralishining kamayishi, akkomodatsiya buzilishi, arterial bosimning pasayishi, uyquchanlik, ongning chalkashishi, jigar va buyrak funksiyasi buzilishi, tirishishlar.

Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko‘mir tayinlash, simptomatik terapiya.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— pirazolon hosilalariga (butadion, tribuzon), preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

— suyak ko‘migi qon yaratishining susayishi;

— barqaror va beqaror stenokardiya;

— dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi;

— jigar yoki buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlari;

— glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi;

— taxiaritmiyalar;

— glaukomaning yopiq burchakli shakli;

— siydik tutilishiga moyillik bilan kechuvchi prostata bezi giperplaziyasi;

— ichak tutilishi va megalokon;

— granulotsitopeniya;

— homiladorlik (ayniqsa I trimestr va oxirgi 6 hafta);

— laktatsiya davri;

— 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida preparatni jigar yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga, arterial gipotenziyaga (sistolik bosim 100 mm sim. ust. dan past), bronxospazmga moyillikda, shuningdek nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar yoki narkotik bo‘lmagan analgetiklarga yuqori individual sezuvchanlikda qo‘llash kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Spazmalgonni boshqa nonarkotik analgetiklar bilan bir vaqtda qo'llash toksik samaralarning o'zaro kuchayishiga olib kelishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar, ichga qabul qilish uchun homiladorlikka qarshi vositalar, allopurinol jigarda metamizol metabolizmini buzadi va uning toksikligini oshiradi. Barbituratlar, fenilbutazon va boshqa mikrosomal fermentlar induktorlari metamizol ta'sirini susaytiradi. Siklosporin bilan bir vaqtda qo'llash oxirgisining qondagi darajasini pasaytiradi. Sedativ vositalar va trankvilizatorlar Spazmalgonning og'riqsizlantiruvchi ta'sirini kuchaytiradi.

N1-gistaminoblokatorlar, butirofenonlar, fenotiazinlar, tritsiklik antidepressantlar, amantadin va xinidin bilan birga buyurilganda m-xolinoblokatorlik ta'siri kuchayishi mumkin.

Etanol samaralarini kuchaytiradi. Xlorpromazin yoki boshqa fenotiazin hosilalari bilan bir vaqtda qo'llash yaqqol gipertermiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Rentgenokontrast dori vositalari, kolloid qon o'rnini bosuvchilar va penitsillin metamizol natriy saqlovchi preparatlar bilan davolash vaqtida qo'llanilmasligi kerak.

Metamizol natriy peroral gipoglikemik dori vositalari, bilvosita antikoagulyantlar, glyukokortikoidlar va indometatsinni oqsil bilan bog'lanishidan siqib chiqarib, ularning ta'siri yaqqolligini oshirishi mumkin.

Tiamazol va sitostatiklar leykopeniya rivojlanishi xavfini oshiradi.

Kodein, H2-gistamin retseptorlari blokatorlari va propranolol (metamizol natriy inaktivatsiyasini sekinlashtiradi) samarani kuchaytiradi.

Ko'rsatilgan va boshqa dori preparatlarini bir vaqtda qo'llash zarurati tug'ilganda shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Spazmalgon boshqa chiqarish shakllari

SPAZMALGON tabletkalari N50
Retseptsiz
SPAZMALGON tabletkalari N50
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Balkanpharma-Dupnitsa AD
•1 ta dorixonada bor
Narxi
225 000 so'm dan
SPAZMALGON tabletkalari N20
Retseptsiz
SPAZMALGON tabletkalari N20
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Balkanpharma-Dupnitsa AD
Narxi
22 000 so'm dan
Narxi
22 000 so'm dan
Narxi
130 000 so'm dan
Narxi
112 000 so'm dan

SPAZMALGON tabletkalari N10 analoglari

SPAZGAN eritma 5ml N5
Retseptli
SPAZGAN eritma 5ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Zen Farma (P) Ltd
Narxi
35 000 so'm dan
Narxi
112 000 so'm dan
Narxi
130 000 so'm dan
Narxi
22 000 so'm dan
REVALGIN tabletkalari N20
REVALGIN tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Life Sciences PVT. LTD.
Narxi
18 000 so'm dan

SPAZMALGON tabletkalari N10 haqida savollar

SPAZMALGON tabletkalari N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil