SUPRASTIN inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N5

SUPRASTIN inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N5 o'xshash dorilari


SUPRASTIN inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N5 qo'llanmasi
Organizmda, shu jumladan markaziy asab tizimida (MAT) yaxshi taqsimlanadi. Jigarda intensiv metabolizmga uchraydi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi. Bolalarda preparatning chiqarilishi katta yoshdagi bemorlarga qaraganda tezroq sodir bo'ladi.
Nojo'ya samaralar odatda o'ta kam hollarda yuzaga keladi, vaqtinchalik xarakterga ega, preparat bekor qilingandan so'ng o'tib ketadi.
MNS tomonidan: uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi, asabiy qo'zg'alish, tremor, bosh og'rig'i, eyforiya.
Oshqozon-ichak trakti tomonidan: qorinda noqulaylik, og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qabziyat, ishtaha yo'qolishi yoki kuchayishi, qorinning yuqori qismida og'riq.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning pasayishi, taxikardiya, aritmiya. Ushbu nojo'ya samaralarning preparatni qabul qilish bilan bevosita bog'liqligi har doim ham aniqlanmagan.
Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kamdan-kam: leykopeniya, agranulotsitoz.
Boshqalar: siydik chiqarishning qiyinlashishi, mushak holsizligi, ko'z ichi bosimining oshishi, fotosensibilizatsiya.
Yuqorida sanab o'tilgan samaralardan har qandayi yuzaga kelganda, preparatni qabul qilishni to'xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Ototoksik preparatlar bilan birga qo‘llanilganda Suprastin® ototoksiklikning erta belgilarini niqoblashi mumkin.
Jigar va buyrak kasalliklari preparat dozasini o‘zgartirishni (kamaytirishni) talab qilishi mumkin, shu munosabat bilan bemor shifokorga unda jigar yoki buyrak kasalligi borligi haqida xabar berishi kerak. Preparatni kechqurun qabul qilish reflyuks-ezofagit simptomlarini kuchaytirishi mumkin.
Suprastin alkogolning markaziy asab tizimiga ta'sirini kuchaytirishi mumkin, shu munosabat bilan Suprastin preparatini qabul qilish vaqtida spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Transport va mexanizmlarni boshqarish:
Preparat, ayniqsa davolashning boshlang‘ich davrida, uyquchanlik, toliqish va bosh aylanishini chaqirishi mumkin. Shuning uchun davomiyligi individual belgilanadigan boshlang‘ich davrda transport vositalarini boshqarish yoki baxtsiz hodisalar xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni bajarish taqiqlanadi. Shundan so‘ng transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashga cheklov darajasini shifokor har bir bemor uchun individual belgilashi kerak
Dozani oshirib yuborish
Belgilari: gallyutsinatsiyalar, bezovtalik, ataksiya, harakatlar koordinatsiyasi buzilishi, atetoz, tirishishlar. Kichik yoshdagi bolalarda qo‘zg‘alish, xavotir, og‘iz qurishi, fiksatsiyalangan kengaygan qorachiqlar, yuz qizarishi, sinusli taxikardiya, siydik tutilishi, isitma, koma. Kattalarda isitma va yuz qizarishi doimiy kuzatilmaydi, qo‘zg‘alish davridan keyin tirishishlar va tirishishdan keyingi depressiya, koma keladi.
Davolash: Simptomatik terapiya. Arterial bosim va nafas olish parametrlarini nazorat qilish zarur. Maxsus antidot ma'lum emas.
preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik,
bronxial astmaning o‘tkir xuruji,
yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (muddatida va muddatidan oldin tug‘ilganlar),
homiladorlik,
laktatsiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan: yopiq burchakli glaukoma, siydik tutilishi, prostata bezi giperplaziyasi, jigar va/yoki buyrak funksiyasi buzilishlari, yurak-qon tomir kasalliklari, keksa bemorlar.
Homiladorlik va laktatsiya davri:
Homilador ayollarda antigistamin preparatlarini qo‘llash bo‘yicha adekvat, tegishli nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shunga muvofiq, homiladorlik davrida (ayniqsa birinchi uchoylikda va oxirgi oyda) Suprastinni qabul qilish faqat ona uchun potensial foyda homila uchun ehtimoliy xavfdan ustun bo‘lgan holdagina tavsiya etiladi. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Preparatni sedativ preparatlar, trankvilizatorlar, analgetiklar, MAO ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, atropin va/yoki simpatolitiklar bilan ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki bir vaqtda qo'llanilganda ushbu vositalarning samarasi kuchayishi mumkin.
Kattalarga: tavsiya etilgan sutkalik doza – 1-2 ml (1 - 2 ampula) mushak ichiga.
Bolalarga: tavsiya etilgan boshlang'ich dozalar:
1 oylikdan 12 oylikkacha bo'lgan bolalarga: 0,25 ml (1/4 ampula) m/i;
1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan yoshda: 0,5 ml (1/2 ampula) m/i;
6 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan yoshda: (0,5-1 ml) 1/2 - 1 ampula m/i.
Dozani bemorning reaksiyasi va kuzatilayotgan nojo'ya ta'sirlarga qarab ehtiyotkorlik bilan oshirish mumkin. Biroq doza hech qachon 2 mg/kg tana vaznidan oshmasligi kerak. Allergiya og'ir kechganda davolashni ehtiyotkorlik bilan sekin vena ichiga inyeksiya qilishdan boshlash, shundan so'ng mushak ichiga inyeksiyalar yoki preparatni ichga qabul qilishni davom ettirish kerak.
Bemorlarning alohida guruhlari:
Keksa, ozib ketgan bemorlar: Suprastin® preparatini qo'llash alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi, chunki bu bemorlarda antigistamin preparatlar ko'proq nojo'ya ta'sirlarni (bosh aylanishi, uyquchanlik) keltirib chiqaradi.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlar: jigar kasalliklarida preparat faol komponenti metabolizmi pasayishi sababli dozani kamaytirish talab qilinishi mumkin.
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlar: faol komponent asosan buyraklar orqali chiqarilishi sababli preparatni qabul qilish rejimini o'zgartirish va dozani kamaytirish talab qilinishi mumkin.
Xususiyatlar SUPRASTIN inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N5
Suprastin boshqa chiqarish shakllari

SUPRASTIN inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N5 analoglari










