SUPRASTIN tabletkalari 25mg N20

SUPRASTIN tabletkalari 25mg N20 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilinganda me'da-ichak yo'llaridan (MITY) deyarli to'liq so'riladi. Xlorpiraminning terapevtik samarasi ichga qabul qilingandan so'ng 15-30 daqiqa ichida rivojlanadi, qabul qilingandan keyingi birinchi soat ichida maksimal darajaga yetadi va kamida 3 – 6 soat davom etadi. Organizmda, shu jumladan markaziy asab tizimida (MAT) yaxshi taqsimlanadi. Jigarda intensiv metabolizmga uchraydi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Bolalarda preparatning chiqarilishi katta yoshdagi bemorlarga qaraganda tezroq sodir bo'ladi.
Nojo'ya samaralari
Nojo'ya samaralar odatda o'ta kam hollarda yuzaga keladi, vaqtinchalik xarakterga ega, preparat bekor qilingandan so'ng o'tib ketadi.
MNS tomonidan: uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi, asabiy qo'zg'alish, tremor, bosh og'rig'i, eyforiya.
Oshqozon-ichak trakti tomonidan: qorinda noqulaylik, og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qabziyat, ishtaha yo'qolishi yoki kuchayishi, qorinning yuqori qismida og'riq.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning pasayishi, taxikardiya, aritmiya. Ushbu nojo'ya samaralarning preparatni qabul qilish bilan bevosita bog'liqligi har doim ham aniqlanmagan.
Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kamdan-kam: leykopeniya, agranulotsitoz.
Boshqalar: siydik chiqarishning qiyinlashishi, mushak holsizligi, ko'z ichi bosimining oshishi, fotosensibilizatsiya.
Yuqorida sanab o'tilgan samaralardan har qandayi yuzaga kelganda, preparatni qabul qilishni to'xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Maxsus saqlash sharoitlari
Har bir tabletka 116 mg laktoza monogidrat saqlaydi. Bu miqdor laktoza tanqisligi yoki kamdan-kam uchraydigan moddalar almashinuvi buzilishlari – galaktozemiya yoki glyukoza/galaktoza so‘rilishi buzilishi sindromi bo‘lgan bemorlarda noxush reaksiyalarni chaqirishi mumkin.
Ototoksik preparatlar bilan birga qo‘llanilganda Suprastin ototoksiklikning erta belgilarini niqoblashi mumkin.
Jigar va buyrak kasalligi preparat dozasini o‘zgartirishni (kamaytirishni) talab qilishi mumkin, shu munosabat bilan bemor shifokorga unda jigar yoki buyrak kasalligi borligi haqida xabar berishi kerak. Preparatni kechqurun qabul qilish reflyuks-ezofagit simptomlarini kuchaytirishi mumkin
Suprastin alkogolning markaziy asab tizimiga ta'sirini kuchaytirishi mumkin, shu munosabat bilan Suprastin preparatini qabul qilish vaqtida spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Avtomobilni boshqarish qobiliyati
Preparat, ayniqsa davolashning boshlang‘ich davrida, uyquchanlik, toliqish va bosh aylanishini chaqirishi mumkin. Shuning uchun davomiyligi individual belgilanadigan boshlang‘ich davrda transport vositalarini boshqarish yoki baxtsiz hodisalar xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni bajarish taqiqlanadi. Shundan so‘ng transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashga cheklov darajasini shifokor har bir bemor uchun individual belgilashi kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik,
?? bronxial astmaning o‘tkir xuruji,
?? yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (muddatida va muddatidan oldin tug‘ilganlar),
?? homiladorlik va laktatsiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan: yopiq burchakli glaukoma, siydik tutilishi, prostata bezi giperplaziyasi, jigar va/yoki buyrak funksiyasi buzilishlari, yurak-qon tomir kasalliklari, keksa bemorlar.
Homiladorlik va laktatsiya davri: Homilador ayollarda antigistamin preparatlarini qo‘llash bo‘yicha adekvat, tegishli nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shunga muvofiq, homiladorlik davrida (ayniqsa birinchi uchoylikda va oxirgi oyda) Suprastinni qabul qilish faqat ona uchun potensial foyda homila uchun ehtimoliy xavfdan ustun bo‘lgan holdagina tavsiya etiladi. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparatni sedativ preparatlar, trankvilizatorlar, analgetiklar, MAO ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, atropin va/yoki simpatolitiklar bilan ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki bir vaqtda qo'llanilganda ushbu vositalarning samarasi kuchayishi mumkin.
Dozirovkasi
Kattalarga: 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta (sutkasiga 75-100 mg) tayinlanadi.
Bolalarga:
1 oylikdan 12 oylikkacha bo'lgan yoshda: 1/4 tabletkadan (6,5 mg) kuniga 2-3 marta (kukun holigacha maydalangan holda bolalar ovqati bilan birga);
1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan yoshda: 1/4 tabletkadan kuniga 3 marta yoki 1/2 tabletkadan kuniga 2 marta;
6 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan yoshda: 1/2 tabletkadan (12,5 mg) kuniga 2-3 marta.
Bemorlarda nojo'ya ta'sirlar bo'lmaganda dozani asta-sekin oshirish mumkin, ammo maksimal doza hech qachon 2 mg/kg vaznidan oshmasligi kerak.
Bemorlarning alohida guruhlari:
Keksa, ozib ketgan bemorlar: Suprastin® preparatini qo'llash alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi, chunki bu bemorlarda antigistamin preparatlar ko'proq nojo'ya ta'sirlarni (bosh aylanishi, uyquchanlik) keltirib chiqaradi.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlar: jigar kasalliklarida preparat faol komponenti metabolizmi pasayishi sababli dozani kamaytirish talab qilinishi mumkin.
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlar: faol komponent asosan buyraklar orqali chiqarilishi sababli preparatni qabul qilish rejimini o'zgartirish va dozani kamaytirish talab qilinishi mumkin.
Hajm/og'irlik
SUPRASTIN tabletkalari 25mg N20 o'xshash dorilari



SUPRASTIN tabletkalari 25mg N20 xususiyatlari
Suprastin boshqa chiqarish shakllari

SUPRASTIN tabletkalari 25mg N20 analoglari


