tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N20

tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N20 o'xshash dorilari



tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N20 qo'llanmasi
Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi biologik suyuqliklar, organlar va to'qimalarda antitelalarning o'ta kichik dozalarini baholashga imkon bermaydi, bu esa Rengalin preparatining farmakokinetikasini o'rganishni texnik jihatdan imkonsiz qiladi.
Tajribada ko'rsatilishicha, preparat komponentlari endogen regulyatorlarning tegishli retseptorlar bilan ligand-retseptor o'zaro ta'siri faolligini o'zgartiradi: morfinga antitelolar – opiat retseptorlari bilan; gistaminga antitelolar – gistamin Hretseptorlari bilan; bradikiniga antitelolar – bradikinin Bretseptorlari bilan; bunda komponentlarning birgalikda qo'llanilishi yo'talga qarshi samaraning kuchayishiga olib keladi.
Yo'talga qarshi ta'siridan tashqari, majmuaviy preparat uning tarkibiga kiruvchi komponentlar hisobiga yallig'lanishga qarshi, shishga qarshi, allergiyaga qarshi, spazmolitik (gistaminga antitelolar, bradikininga antitelolar) va analgetik ta'sir (morfinga antitelolar) ko'rsatadi.
Rengalin majmuaviy preparati Hretseptorlarning gistaminga bog'liq faollashuvi va Bretseptorlarning bradikiniga bog'liq faollashuvini modifikatsiya qilish hisobiga uzunchoq miyadagi yo'tal markazining qo'zg'aluvchanligini tanlab pasaytiradi, yo'tal refleksining markaziy bo'g'inlarini tormozlaydi. Talamusdagi og'riq sezgirligi markazlarini susaytirib, og'riq impulslarining bosh miya po'stlog'iga uzatilishini bloklaydi. To'qima va plazma algogenlari (gistamin, bradikinin, prostaglandinlar va boshqalar) ajralishining kamayishi oqibatida periferiyadan og'riq impulslari oqimini ingibitsiya qiladi. Giyohvand analgetiklardan farqli o'laroq, nafas olishni susaytirmaydi, dori qaramligini keltirib chiqarmaydi, narkogen va uxlatuvchi ta'sirga ega emas.
O'tkir faringit, laringit va bronxit ko'rinishlarini engillashtiradi, bronxospazmni kamaytiradi. Semiz hujayralardan gistamin va bradikinin sintezi va ajralishiga ta'sir qilish hisobiga allergik reaktsiyalarning tizimli va mahalliy alomatlarini bartaraf etadi.
Preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik reaksiyalari bo'lishi mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Rengalin transport vositalarini va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
- 3 yoshgacha bo'lgan bolalar (samaradorlik va xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar yetarli emasligi sababli);
- preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik.
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari qayd etilmagan.
Preparat ichga qabul qilinadi. Bir qabulga - 1 tabl. (to'liq erib ketguncha og'izda ushlab turiladi).
Ovqatdan tashqari vaqtda kuniga 3 mahal 1-2 tabletkadan qo'llaniladi.
Holatning og'irligiga qarab dastlabki 3 kunda qabul qilish chastotasi sutkasiga 4-6 martagacha oshirilishi mumkin.
tabletkalari ot kashlya boshqa chiqarish shakllari





tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N20 analoglari








