SINNARIZIN SOFARMA 0,025 tabletkalari N50

SINNARIZIN SOFARMA 0,025 tabletkalari N50 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so'ng sinnarizin MITYdan so'riladi, plazmada Cmax 1-4 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 91% ni tashkil qiladi. Metabolizmga uchraydi. T1/2 3-6 soatni tashkil qiladi. Ichak orqali asosan o'zgarmagan holda, siydik bilan - asosan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispeptik holatlar, og'iz qurishi bo'lishi mumkin; kamdan-kam hollarda - xolestatik sariqlik.
MNT tomonidan: bosh og'riqlari, uyquchanlik; keksa yoshdagi bemorlarda uzoq muddat qo'llanilganda ekstrapiramidal simptomlar, depressiya bo'lishi mumkin.
Allergik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda - teri toshmasi.
Boshqalar: tana vaznining oshishi, terlashning kuchayishi; yakka hollarda - qizil yuguriksimon sindrom, qizil yassi temiratki.
Maxsus ko‘rsatmalari
Arterial gipertenziyasi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Uzoq muddat qo'llanilganda jigar, buyrak funksiyasini, periferik qon manzarasini nazorat tekshiruvidan o'tkazish tavsiya etiladi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash boshida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar yuqori tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Sinnarizinga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tritsiklik antidepressantlar, uxlatuvchi vositalar, sedativ ta'sir ko'rsatuvchi preparatlar, etanol, etanol saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda MAT ga ta'sir kuchayadi.
Antigipertenziv vositalar bilan bir vaqtda qo'llanilganda gipotenziv ta'sir kuchayadi; nootrop vositalar, tomirlarni kengaytiruvchi vositalar bilan - nootrop va tomirlarni kengaytiruvchi vositalar ta'siri kuchayadi.
Fenilpropanolaminni bir vaqtda qabul qilish sinnarizinning sedativ samarasini kamaytiradi.
Dozirovkasi
SINNARIZIN SOFARMA 0,025 tabletkalari N50 o'xshash dorilari






