SIPROFLOKSASIN SOLOFARM ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,3%

SIPROFLOKSASIN SOLOFARM ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,3% haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Oftalmologiyada.
Absorbtsiya
Mahalliy qo'llanilganda tez so'riladi.
Taqsimlanishi
Kon'yunktivaga 0,3% li eritmaning 2 tomchisi har 2 soatda 2 kun davomida, so'ngra har 4 soatda 5 kun davomida tomizilgandan so'ng qon plazmasidagi siprofloksatsin kontsentratsiyasi miqdoriy baholashga berilmaydigan (
Siprofloksatsin organizm to'qimalarida keng taqsimlanadi, taxminiy taqsimlanish hajmi 1,7 dan 5,0 l/kg gachani tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 20-40 %.
Metabolizmi
Siprofloksatsin metabolizmi yo'llari to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Chiqarilishi
Plazmadan yarim chiqarilish davri 3-5 soatni tashkil qiladi. Siprofloksatsin va uning 4 ta metaboliti siydik va axlat bilan ekskretsiya qilinadi. Buyraklar orqali plazmadagi siprofloksatsin umumiy darajasining 2/3 qismi eliminatsiya qilinadi, ichak va safro bilan esa siprofloksatsin umumiy darajasining 1/3 qismi ajralib chiqadi. Buyrak ishi buzilgan bemorlarda buyrakdan tashqari eliminatsiya yo'llari hisobiga siprofloksatsin yarim chiqarilish davrining biroz uzayishi qayd etiladi. Xuddi shunday, jigar ishi buzilganda yarim chiqarilish davri biroz uzayadi.
Bolalarda qo'llanilganda siprofloksatsin farmakokinetik xususiyatlarini o'rganish to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Otorinolaringologiyada: past tizimli absorbtsiya tufayli farmakokinetika tadqiqotlari o'tkazilmagan.
Nojo'ya samaralari
Klinik tadqiqotlar doirasida ko'zdagi noqulaylik (6% hollarda), disgevziya (3% hollarda) va shox pardada pretsipitatlar (3% hollarda) kabi nojo'ya hodisalar eng ko'p qayd etilgan.
Klinik tadqiqotlar davomida va postmarketing kuzatuvi ma'lumotlari bo'yicha olingan nojo'ya reaksiyalar uchrash chastotasining quyidagi gradatsiyasiga muvofiq guruhlangan: juda tez-tez (1/10 dan katta yoki teng), tez-tez (1/100 dan katta yoki teng dan
tez-tez emas (1/1000 dan katta yoki teng dan
noma'lum chastota bilan (uchrash chastotasini mavjud ma'lumotlar asosida aniqlab bo'lmaydi). Har bir guruhda nojo'ya reaksiyalar ularning uchrash chastotasi kamayishi tartibida sanab o'tiladi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar - Kamdan-kam hollarda: o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Asab tizimi tomonidan buzilishlar - Tez-tez emas: bosh og'rig'i. Kamdan-kam hollarda: bosh aylanishi.
Ko'rish organi tomonidan buzilishlar - Tez-tez: shox pardada pretsipitatlar, ko'zdagi noqulaylik, kon'yunktival in'ektsiya.
Tez-tez emas: keratopatiya, nuqtali keratit, shox parda infiltratlari, yorug'likdan qo'rqish, ko'rish o'tkirligining pasayishi, qovoqlar shishi, ko'rishning xiralashishi, ko'zda og'riq, ko'zda quruqlik hissi, kon'yunktiva va qovoqlar shishi, ko'z yoshlanishi, ko'zdan ajralmalar, qovoq chetlarida qatqaloq hosil bo'lishi, qovoq terisining po'st tashlashi, qovoqlar qizarishi.
Kamdan-kam hollarda: ko'rish organi tomonidan toksik hodisalar, keratit, kon'yunktivit, shox parda epiteliysi nuqsoni, diplopiya, shox parda sezuvchanligining pasayishi, astenopiya, arpa.
Eshitish organi va labirint tomonidan buzilishlar - Kamdan-kam hollarda: quloqda og'riq.
Nafas olish organlari, ko'krak qafasi a'zolari va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar - Kamdan-kam hollarda: burun yondosh bo'shliqlari shilliq qavati sekretsiyasi ajralishining kuchayishi, rinit.
Ovqat hazm qilish tizimi organlari tomonidan buzilishlar - Tez-tez: disgevziya. Tez-tez emas: ko'ngil aynishi. Kamdan-kam hollarda: qorinda og'riq, diareya.
Teri va teri osti-yog' kletchatkasi tomonidan buzilishlar - Kamdan-kam hollarda: dermatit.
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar - Noma'lum chastota bilan: bog'lam apparati tomonidan buzilishlar.
Ayrim nojo'ya reaksiyalar guruhlarining tavsifi
Generalizatsiyalangan toshma, toksik epidermoliz, eksfoliativ dermatit, Stivens-Jonson sindromi va eshakemi rivojlanishining kamdan-kam holatlari qayd etilgan.
Ftorxinolonlarni peroral qabul qilgan bemorlarda jiddiy anafilaktik reaksiyalar, kamdan-kam hollarda o'lim bilan yakunlangan, shu jumladan birinchi dozadan keyin qayd etilgan. Ushbu reaksiyalarning ba'zilari yurak-qon tomir kollapsi, hushdan ketish, hiqildoq va yuz shishi, sanchish hissi, dispnoe, qichishish va eshakemi bilan kechgan.
Ftorxinolonlarni peroral qabul qilgan bemorlarda elka bo'g'imi paylari, qo'l panjasi bo'g'imlari paylari, Axill payi va boshqa paylarning uzilishi qayd etilgan, bu keyinchalik jarrohlik aralashuvini talab qilgan yoki uzoq muddatli mehnatga layoqatsizlikka olib kelgan. Klinik tadqiqotlar va postmarketing kuzatuvi davomida siprofloksatsin instillatsiyalarining skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qima holatiga ta'siri qayd etilmagan.
Ayrim hollarda siprofloksatsin instillatsiyalarida ko'rishning xiralashishi, ko'rish o'tkirligining pasayishi va shox parda yuzasida preparatning qoldiq miqdori qayd etilgan.
Xinolonlarni tizimli qo'llash davomida o'rtacha va og'ir darajadagi fototoksiklik reaksiyalari qayd etilgan, ammo siprofloksatsin uchun bunday reaksiyalar xos emas.
Pediatrik populyatsiyada nojo'ya reaksiyalar profili
Siprofloksatsinni 0 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llashning samaradorligi va xavfsizligi 230 nafar bola ishtirokida o'tkazilgan klinik tadqiqotlarda tasdiqlangan. Ushbu guruh bemorlarida jiddiy nojo'ya hodisalar rivojlanishi qayd etilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Ko'z tomchilari shaklidagi eritma ko'z ichiga in'ektsiya uchun mo'ljallanmagan. Boshqa oftalmologik dori vositalari qo'llanilganda ular yuborilishi orasidagi interval kamida 5 minutni tashkil qilishi kerak. O'ta yuqori sezuvchanlikning har qanday belgilari paydo bo'lganda preparatni qo'llashni to'xtatish kerak. Bemorga agar tomchilar qo'llanilgandan keyin uzoq vaqt davomida kon'yunktival giperemiya davom etsa yoki kuchaysa, preparatni qo'llashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerakligi haqida ma'lumot berish kerak. Preparat bilan davolash davrida yumshoq kontakt linzalarni taqish tavsiya etilmaydi. Qattiq kontakt linzalar qo'llanilganda ularni tomizishdan oldin yechib olish va preparat instillyatsiyasidan 15-20 minut o'tgach qayta taqish kerak.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ko'z tomchilari qo'llanilgandan so'ng ko'rish idrokining aniqligi pasayishi mumkin, shuning uchun tomizilgandan keyin darhol avtomobil boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug'ullanish tavsiya etilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi moddaga va har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik. Xinolonlarga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan
Preparatni markaziy asab tizimi tomonidan nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi xavfi tufayli bosh miya tomirlari aterosklerozi, miya qon aylanishining buzilishi, talvasa sindromi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
Fertillik
Hayvonlarda siprofloksatsinning peroral dori shakllarini tadqiq qilishda fertillikka salbiy ta'siri aniqlanmagan. Siprofloksatsinni instillyatsiya ko‘rinishida inson fertilligiga ta'sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Homiladorlik
Siprofloksatsinni homilador ayollarda ko‘z tomchilari dori shaklida qo‘llash to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda siprofloksatsinning reproduktiv funksiyaga salbiy ta'siridan dalolat beruvchi natijalar olinmagan. Siprofloksatsin ko‘z tomchilari dori shaklida qo‘llanilganda tizimli darajalari past bo‘lishi kutiladi.
Homiladorlikda preparatni qo‘llash xavfsizligi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘qligini hisobga olib, siprofloksatsinni homiladorlik davrida faqat ona tomonidan preparatni qo‘llashdan kutilayotgan foyda homila uchun ehtimoliy xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina tayinlash tavsiya etiladi.
Emizish davri
Siprofloksatsin ayollar tomonidan peroral qo‘llanilganda uning ko‘krak sutiga ekskretsiyasi sodir bo‘ladi. Siprofloksatsin instillyatsiya ko‘rinishida qo‘llanilganda ko‘krak sutiga ekskretsiya qilinishi noma'lum, ammo bu holda emizikli bola uchun xavfni istisno qilib bo‘lmaydi. Ayollar tomonidan emizish davrida preparatni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Siprofloksatsinning ko'z dori shakllarini qo'llash bilan o'zaro ta'sir bo'yicha maxsus tadqiqotlar o'tkazilmagan. Kon'yunktival bo'shliqqa tomizilgandan keyin plazmada siprofloksatsinning past tizimli kontsentratsiyasini hisobga olgan holda, siprofloksatsin bilan birga qo'llaniladigan preparatlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir ehtimoldan yiroq. Boshqa mahalliy oftalmologik preparatlar bilan birga qo'llanilganda ularni qo'llash o'rtasidagi oraliq kamida 5 daqiqani tashkil qilishi kerak, bunda ko'z surtmalarini oxirgi navbatda qo'llash kerak.
Dozirovkasi
Shox parda yaralarida preparatni tomizishlar orasida quyidagi intervallarga rioya qilgan holda tomizish zarur (shu jumladan tunda): birinchi kuni – dastlabki 6 soat davomida har 15 daqiqada 2 tomchidan, keyin kunning qolgan vaqtida har 30 daqiqada 2 tomchidan. Terapiyaning ikkinchi kuni – har soatda 2 tomchidan. Terapiyaning uchinchi kunidan 14-kunigacha – har 4 soatda 2 tomchidan. Terapiyani 14 kundan ortiq davom ettirish zarurati bo‘lganda dozalash rejimini tanlash davolovchi shifokor tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Ko‘z olmasi oldingi kesimining kasalliklarida preparatni quyidagi sxema bo‘yicha tomizish zarur: shikastlangan ko‘zga (ko‘zlarga) 1 yoki 2 tomchidan kuniga 4 marta. Og‘ir infeksiyalarda dozalash rejimi dastlabki 2 kunda uyg‘oqlik davrida har 2 soatda 1 yoki 2 tomchidan preparatni tomizishni o‘z ichiga olishi mumkin.
E’lon qilingan ko‘rsatmalar bo‘yicha preparat bilan terapiya davomiyligi 21 kundan oshmasligi kerak.
Pediatrik populyatsiyada qo‘llanilishi
1 yoshdan oshgan bolalarda terapiya o‘tkazishda dozalash rejimi kattalarnikiga mos keladi. Siprofloksatsinni 0 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi 230 bola ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda tasdiqlangan. Ushbu guruhdagi bemorlarda jiddiy noxush hodisalar rivojlanishi qayd etilmagan.
Buyrak va jigar yetishmovchiligida qo‘llanilishi
Jigar va buyrak yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan bemorlar tomonidan siprofloksatsinni qo‘llash haqida ma’lumotlar yo‘q.
Tizimli noxush reaksiyalar rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun preparatni qo‘llashda preparat tomizilgandan keyin 1-2 daqiqa davomida ko‘z yosh qopchasi proyeksiyasida ko‘zning ichki burchagi sohasiga barmoq bilan yengil bosish tavsiya etiladi.
Otorinolaringologiyada. Mahalliy. Tashqi eshitish yo‘li ehtiyotkorlik bilan tozalanadi. Vestibulyar stimulyatsiyani oldini olish uchun ishlatiladigan eritmaning xona haroratida yoki tana haroratida bo‘lishi tavsiya etiladi. Preparat tashqi eshitish yo‘liga tomiziladi. Tavsiya etilgan doza – zaruratga qarab kuniga 2-4 marta yoki tez-tez 3-4 tomchi. Bemor tomizilgandan keyin 5-10 daqiqa davomida kasal quloqqa qarama-qarshi tomonda yonboshlab yotishi kerak. Ayrim hollarda mahalliy tozalashdan keyin quloqqa, tashqi eshitish yo‘liga siprofloksatsin eritmasi shimdirilgan paxta tampon qo‘yish mumkin; tampon keyingi muolajagacha tashqi eshitish yo‘lida qolishi mumkin. Asosan davolash davomiyligi 5-10 kundan oshmasligi kerak. Ba’zi hollarda, agar mahalliy flora sezgir bo‘lsa, davolash uzaytirilishi mumkin.Dozani oshirib yuborishTomchilar ko‘rinishida mahalliy qo‘llashda doza oshirib yuborilgan taqdirda kon’yunktival bo‘shliqni iliq suv bilan yuvish zarur. Mahalliy doza oshirib yuborilganda ham, flakon tarkibi tasodifan yutib yuborilganda ham toksik ta’sirlar rivojlanishi kutilmaydi.
SIPROFLOKSASIN SOLOFARM ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,3% o'xshash dorilari




Siprofloksatsin boshqa chiqarish shakllari







SIPROFLOKSASIN SOLOFARM ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,3% analoglari













