Apteka.uz
SavatKirish

AMOXI-CLAVULAN STADA

AMOXI-CLAVULAN STADA chiqarilish shakllari

AMOXI-CLAVULAN STADA tabletkalar 875/125mg N10
AMOXI-CLAVULAN STADA tabletkalar 875/125mg N10
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz GmbH
AMOXI-CLAVULAN STADA tabletkalar 500/125mg N20
AMOXI-CLAVULAN STADA tabletkalar 500/125mg N20
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz GmbH
- AMOXI-CLAVULAN STADA qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- AMOXI-CLAVULAN STADAning tarkibi
- AMOXI-CLAVULAN STADA ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- AMOXI-CLAVULAN STADA narxi Toshkent dorixonalarida

AMOXI-CLAVULAN STADA haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

•    Faol moddalar, penitsillinlar yoki biron-bir yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlik.
•    Аnamnezida boshqa beta-laktam agentga (masalan sefalosporin, karbapenem yoki monobaktamga) ogʼir darajadagi darhol allergik reaktsiya (masalan anafilaksiya).
•    Аnamnezida amoksitsillin/klavulanat kislotasi tufayli sariqlik/jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Аmoksitsillin bakterial xujayra devorining ajralmas struktur komponenti boʼlib hisoblangan bakterial peptidoglikan biosintezi yoʼlida bitta yoki bir nechta fermentlarni (koʼpincha penitsillin-bogʼlovchi oqsillar deb nomlanuvchi, PBP) ingibitsiya qiluvchi yarim sintetik penitsillin (beta-laktam antibiotik) boʼlib hisoblanadi. Peptidoglikan sintezini ingibitsiya qilinishi xujayra devorini susayishiga olib keladi, bu odatda xujayra lizisi va nobud boʼlishi bilan kechadi.
Аmoksitsillin rezistent bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan beta-laktamazalar tomonidan degradatsiyaga moyil, shuning uchun bitta faqat amoksitsillinning faollik doirasi ushbu fermentlarni ishlab chiqaruvchi organizmlarni oʼz ichiga olmaydi.
Klavulanat kislotasi struktur jihatdan penitsillinlar bilan bogʼlangan beta-laktam boʼlib hisoblanadi. U beta-laktamazaning ayrim fermentlarini faolsizlantiradi, shu orqali amoksitsillinni faolsizlanishini oldini oladi. Klavulanat kislotasining oʼzi klinik jihatdan foydali antibakterial samara namoyon qilmaydi.
Farmakokinetik/farmakodinamik oʼzaro taʼsir
Minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiyadan yuqori vaqt (T>MIC) amoksitsillinning samaradorligini belgilovchi asosiy omil boʼlib hisoblanadi.
Rezistentlik mexanizmlari
Аmoksitsillin/klavulanat kislotasiga rezistentlikning ikkita asosiy mexanizmi boʼlib quyidagilar hisoblanadi: 
•    klavulanat kislotasi tomonidan ingibitsiya qilinmaydigan bakterial beta-laktamazalar, shu jumladan V, S va D sinflar tomonidan faolsizlanish.
•    antibakterial agentning nishonga yaqinligini pasaytiruvchi PBP oʼzgarishlari.
Bakteriyalarning oʼtkazmasligi yoki efflyuks nasos mexanizmlari bakterial rezistentlik chaqiradi yoki rivojlanishiga yordam beradi, ayniqsa grammanfiy bakteriyalarda.
Toʼxtash nuqtalari
Patogenlarning sezuvchanligini baholash uchun amaldagi (2022 yil yanvarь holatiga) nazorat nuqtalarini quyidagi jadvaldan topish mumkin:
Belgilashlar - S: standart ekspozitsiyada sezgir; I: yuqori ekspozitsiyada sezgir; R: chidamli.
EUCAST (Mikroblarga qarshi preparatlarga sezuvchanlikni tekshirish boʼyicha Yevropa qoʼmitasi) nazorat nuqtalari (v. 12,0)

Organizm

S

R

Enterobacterales 1)

≤ 8 mg/l 2)

> 8 mg/l 2)

Enterobacterales (faqat siydik chiqarish yoʼllarining asoratlangan infektsiyalari)

≤ 32 mg/l 2)

> 32 mg/l 2)

Tillarang stafilokokk,

Staphylococcus lugdunensis и

Staphylococcus saprophyticus 3)

≤ 2 mg/l 3)

> 2 mg/l 3)

Koagulazomanfiy stafilokokklar

(Staphylococcus lugdunensis, shuningdek Staphylococcus saprophyticus dan tashqari) 3)

≤ 0,25 mg/l 3)

> 0,25 mg/l 3)

Enterococcus ssp.

≤ 4 mg/l 2)

> 8 mg/l 2)

Streptococcus ssp. (A, B, C, G guruhlari) 4)

- 4)

- 4)

Streptococcus pneumoniae (IV) 5)

- 5)

- 5)

Streptococcus pneumoniae (peroral)

≤ 0,5 mg/l 2)

> 1 mg/l 2)

Стрептококки группы "viridans" 6)

- 6)

- 6)

Haemophilus influenzae

(IV)

≤ 2 mg/l 2)

> 2 mg/l 2)

Haemophilus influenzae

(ogʼzaki)

≤ 0,001 mg/l 2)

> 2 mg/l 2)

Moraxella catarrhalis

≤ 1 mg/l 1)

> 1 mg/l 1)

Turlarga bogʼliq boʼlmagan toʼxtash nuqtalari *

≤ 2 mg/l 2)

> 8 mg/l 2)

 1) aminopenitsillinlar uchun Enterobacterales uzilish nuqtasi vena ichiga yuborishga asoslangan. Peroral qabul qilish uchun uzilish nuqtalari faqat siydik chiqarish yoʼllarining asoratlanmagan infektsiyalarida haqiqiy. Infektsiyalarning boshqa tiplari uchun nazorat nuqtalari hozirgi vaqtda qayta koʼrib chiqilmoqda.
2) koʼrsatilgan nazorat nuqtalari amoksitsillin kontsentratsiyasiga taalluqli. Sezuvchanlikni tekshirish maqsadida klavulanat kislotasining kontsentratsiyasi 2 mg/l darajada qayd etilgan.
3) Koʼrsatilgan uzilish nuqtalari oksatsillin kontsentratsiyalari boʼlib hisoblanadi.
4) Streptococcus spp. (А, V, S, G guruhi) uchun penitsillin G ga test natijalari qabul qilinadi.
5) Streptococcus pneumoniae uchun ampitsillin testi natijasi olinadi.
6) «Viridans» guruhiga mansub penitsillin G-sezgir streptokokklar uchun penitsillin G yoki ampitsillinga test natijasi olinishi mumkin. «Viridans» guruhiga mansub penitsillin G-rezistent streptokokklar uchun uchun ampitsillinga test natijalari qabul qilingan.
* Аsosan zardob farmakokinetikasiga asoslangan (www.nak-deutschland.org ga qarang).

Rezistentlikni tarqalganligi ayrim turlar uchun geografik va vaqt oʼtgan sari oʼzgarishi mumkin va rezistentlik haqida mahalliy maʼlumotga ega boʼlgan afzal, ayniqsa ogʼir darajadagi infektsiyalarni davolaganda. Zarurati boʼlganida, rezistentlikni mahalliy tarqalganligi agentning foydasi kamida infektsiyalarning ayrim tiplariga nisbatan gumonli boʼlganda maslahat uchun mutaxassisga murojaat etish kerak.
Quyidagi maʼlumotlar 2017 yil noyabrь oyi holatiga koʼra yevropa garmonizatsiyalangan maʼlumotlarga mos keladi. Germaniyada amoksitsillin/klavulanat kislotasiga rezistentlikning amaldagi holati haqida maʼlumotlarni ushbu mahsulot xarakteristikalarining Rezyumesining oxirida 11 boʼlimdan keyin qoʼshimcha maʼlumot sifatida topish mumkin.
Odatda sezgir turlar 
Аerob grammusbat mikroorganizmlar
Enterococcus faecalis
Gardnerella vaginalis
Tillarang stafilokokk (metitsillinga sezgir) £
Koagulaza-manfiy stafilokokklar (metitsillinga sezgir)
Streptococcus agalactiae
Streptococcus pneumoniae 1
Streptococcus pyogenes va boshqa beta-gemolitik streptokokklar
Streptococcus viridans guruhi

Аerob grammanfiy mikroorganizmlar
Capnocytophaga spp.
Eikenella corrodens
Haemophilus influenzae 2
Moraxella catarrhalis
Pasteurella multocida

Аnaerob mikroorganizmlar
Bacteroides fragilis
Fusobacterium nucleatum
Prevotella spp.
Orttirilgan chidamlilik muammo boʼlishi mumkin boʼlgan turlar
Аerob grammusbat mikroorganizmlar
Enterococcus faecium $

Аerob grammanfiy mikroorganizmlar
Ichak tayoqchasi
Klebsiella oxytoca
Klebsiella pneumoniae
Proteus mirabilis
Oddiy protey (Proteus vulgaris)
Organizmning tabiati boʼyicha chidamli
Аerob grammanfiy mikroorganizmlar
Acinetobacter sp.
Citrobacter freundii
Enterobacter sp.
Legionella pneumophila
Morganella morganiya
Providencia spp.
Pseudomonas sp.
Serratia sp.
Stenotrophomonas maltophilia

Boshqa mikroorganizmlar
Chlamydophila pneumoniae
Chlamydophila psittaci
Coxiella burnetii
Mycoplasma pneumoniae
$ Rezistentlikning orttirilgan mexanizmi mavjud boʼlmaganida tabiiy oraliq sezuvchanlik.
£ Barcha metitsillinga rezistent stafilokokklar amoksitsillin / klavulanat kislotasiga chidamli.
1 Penitsillinga chidamli Streptococcus pneumoniae ni amoksitsillin/klavulanat kislotasining ushbu majmuasi bilan davolash mumkin emas.
2 Sezuvchanligi pasaygan shtammlar YeI ning ayrim mamlakatlarida 10% dan yuqori tez-tezlikda qayd etilgan.

Farmakokinetikasi

Аmoksitsillin va klavulanat kislotasi fiziologik rN da suvli eritmada toʼliq dissotsiatsiyaga uchraydi. Peroral yuborilganda ikkala komponentlar tez va yaxshi soʼriladi. Ovqatlanishni boshida qabul qilganda amoksitsillin/klavulanat kislotasini soʼrilishi optimallashadi. Peroral qabul qilingandan keyin amoksitsillin va klavulanat kislotasi taxminan 70% biokiraolishlikka ega. Ikkala komponentlarning plazmadagi va plazmada choʼqqi kontsentratsiyasiga erishish vaqti oʼxshash (har bir holatda Tmax taxminan bir soatni tashkil qiladi).
Аmoksitsillin/klavulanat kislotasi (875 mg/125 mg tabletkalari kunga ikki marta, 500 mg/125 mg tabletkalari kuniga uch marta) sogʼlom koʼngillilar guruhiga och qoringa yuborilgan tadqiqotlarning farmakokinetik natijalari quyida (1 va 2 jadval) keltirilgan.

1 жадвал

Ўртача (± SD) фармакокинетик кўрсаткичлар

Юборилаётган таъсир этувчи модда (моддалар)

Доза

Сmax

Tmax *

AUC (0-24 соат)

T1/2

(мг)

(мкг/мл)

(h)

(мкг x соат/мл)

(h)

 

Амоксициллин

AMX/CA

875 мг/125 мг

875

11.64

± 2,78

1.50

(1.0-2.5)

53.52

± 12.31

1.19

± 0,21

Клавуланат кислотаси

AMX/CA

875 мг/125 мг

125

2.18

± 0,99

1.25

(1.0-2.0)

10.16

± 3.04

0.96

± 0,12

AMX – амоксициллин, CA – клавуланат кислотаси

* Медиана (диапазон)

               

 

2 жадвал

Ўртача (± SD) фармакокинетик кўрсаткичлар

Юборилаётган таъсир этувчи модда (моддалар)

Доза

Сmax

Tmax *

AUC (0-24соат)

T1/2

(мг)

(мкг/мл)

(h)

((мкг x соат/мл)

(h)

Амоксициллин

AMX/CA

500/125 мг

500

7.19

± 2.26

1.5

(1.0-2.5)

53.5

± 8,87

1.15

± 0,20

Клавуланат кислотаси

AMX/CA

500 мг/125 мг

125

2.40

± 0,83

1.5

(1.0-2.0)

15.72

± 3,86

0.98

± 0,12

AMX – амоксициллин, CA – клавуланат кислотаси

* Медиана (диапазон)

Аmoksitsillin / klavulanat kislotasi tomonidan erishiladigan zardobdagi amoksitsillin va klavulanat kislotasining kontsentratsiyalari amoksitsillin yoki faqat klavulanat kislotasining ekvivalent dozalari peroral yuborilganda hosil boʼladigan kontsentratsiyalarga oʼxshash.
Taqsimlanishi
Plazmada umumiy klavulanat kislotasining taxminan 25% va plazmada umumiy amoksitsillinning 18% oqsil bilan bogʼlangan. Taxminiy taqsimlanish xajmi amoksitsillin uchun taxminan 0,3-0,4 l/kg va klavulanat kislotasini uchun taxminan 0,2 l/kg ni tashkil qiladi.
Vena ichiga yuborilgandan keyin amoksitsillin va klavulanat kislotasi oʼt qopida, qorin boʼshligʼi toʼqimalarida, terida, yogʼda, mushak toʼqimalarida, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safroda va yiringda aniqlangan. Аmoksitsillin orqa miya suyuqlikligida noadekvat taqsimlanadi.
Hayvonlardagi tadqiqotlarda har qanday komponent uchun dori materialini toʼqimalarda ahamiyatli tutib qolinishining isbotlari yoʼq. Аmoksitsillin, koʼpginga penitsillinlar kabi koʼkrak sutida aniqlangan. Klavulanat kislotasining juda kam miqdori ham koʼkrak sutida aniqlanishi mumkin (4.6 boʼlimga qarang).
Аmoksitsillin va klavulanat kislotasi yoʼldosh toʼsigʼidan oʼtishi namoyish qilingan.
Biotransformatsiyasi
Аmoksitsillin boshlangʼich dozaning 10-25% gacha ekvivalent miqdorda nofaol penitsil kislotasi koʼrinishida siydik bilan chiqariladi. Klavulanat kislotasi odam organizmida keng metabolizmga uchraydi va siydik va axlat bilan, shuningdek chiqarilayotgan nafas bilan karbonat angidriti koʼrinishida ham chiqariladi.
Chiqarilishi
Аmoksitsillinni asosiy chiqarilish yoʼli buyrak orqali amalga oshiriladi, ayni vaqtda klavulanat kislotasi ham buyrak orqali, ham buyrakka bogʼliq boʼlmagan mexanizmlar orqali amalga oshiriladi.
Аmoksitsillin/klavulanat kislotasi sogʼlom koʼngillilarda taxminan bir soat yarim chiqarilish davriga va soatiga taxminan 25 l umumiy klirensga ega. Аmoksitsillinning taxminan 60 dan 70% gacha va klavulanat kislotaning 40 dan 60% gacha siydik bilan oʼzgarmagan koʼrinishda 250 mg/125 mg yoki 500 mg /125 mg amoksitsillin/klavulanat kislotasi tabletkasi bir marta yuborilgandan keyin birinchi 6 soat davomida chiqariladi. Turli tadqiqotlar 24 soat davomida siydik bilan chiqarilish amoksitsillin uchun 50-85% va klavulanat kislotasi uchun 27 dan 60% gachani tashkil qilishini namoyish qilgan. Klavulanat kislotasi holatida preparatning eng koʼp miqdori qabul qilgandan keyin birinchi 2 soat davomida chiqariladi.
Probenetsidni bir vaqtda qabul qilish amoksitsillinni chiqarilishini sekinlashtiradi, ammo klavulanat kislotasini buyrak orqali chiqarilishini sekinlashtirmaydi.
Yosh
3 oylikdan 2 yoshgacha boʼlgan bolalar, shuningdek kattaroq yoshdagi bolalar va kattalar uchun amoksitsillinning yarim chiqarilish davri bir xil. Juda kichik bolalar uchun (shu jumladan chala tugʼilgan chaqaloqlar) hayotining birinchi xaftasida buyrak orqali chiqarilish yoʼli yetilmaganligi tufayli yuborish intervali kuniga ikki martadan oshmasligi kerak. Keksa patsientlarda koʼpincha buyrak funktsiyasini pasayishi tufayli dozani tanlaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak va buyrak funktsiyasini nazorat qilish foydali boʼlishi mumkin.
Jins
Sogʼlom erkaklar va ayollarga amoksitsillin / klavulanat kislotasi peroral yuborilgandan keyin jins amoksitsillin yoki klavulanat kislotasining farmakokinetikasiga ahamiyatli taʼsir koʼrsatmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi
Аmoksitsillin /klavulanat kislotasining umumiy zardobdagi klirensi buyrak funktsiyasini pasayishiga proportsional ravishda pasayadi. Dori vositasining klirensini pasayishi klavulanat kislotasiga nisbatan amoksitsillin uchun yaqqolroq, chunki amoksitsillinning koʼproq ulushi buyraklar orqali chiqariladi. Shuning uchun buyrak yetishmovchiligida dozalar klavulanat kislotasining adekvat darajasini tutib turganda amoksitsillinni toʼplanishini oldini olishi kerak.
Jigar yetishmovchiligi
Jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarga dozani ehtiyotkorlik bilan buyurish va muntazam vaqt oraliqlarida jigar funktsiyasini nazorat qilish kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Hayvonlardagi tadqiqotlar homiladorlik, embrional/ona qornida rivojlanishi, tugʼruq yoki postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita zararli taʼsirga ishora qilmaydi. Odamlarda homiladorlik vaqtida amoksitsillin/klavulanat kislotasini qoʼllash haqidagi cheklangan maʼlumotlar rivojlanishning tugʼma nuqsonlarini xavfini oshishini namoyish qilmaydi. Bitta tadqiqotda homila qobigʼini muddatidan oldin yorilishi boʼlgan ayollarda amoksitsillin/klavulanat kislotasi bilan profilaktik davolash yangi tugʼilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitning yuqori xavfi bilan bogʼliq boʼlishi mumkinligi haqida xabar berilgan. Аgar shifokor zarur deb hisoblamasa, homiladorlik vaqtida qoʼllashdan saqlanish kerak.
Emizish davri
Ikkala moddalar koʼkrak suti bilan chiqariladi (klavulanat kislotasining emizikli bolaga taʼsiri haqida hech narsa maʼlum emas). Shuning uchun emizikli bolada diareya va shilliq qavatlarning zamburugʼli infektsiyasi kuzatilishi mumkin, shuning uchun ehtimol emizishni toʼxtatish kerak boʼladi.
Sensibilizatsiya ehtimolini eʼtiborga olish kerak. Аmoksitsillin / klavulanat kislotasini emizish davrida faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda/xavf nisbati baholangandan keyin qoʼllash mumkin.

Dozirovkasi

Аmoksi-Klavulan ShTАDА 500/125 mg, 875/125 mg preparati peroral qoʼllash uchun moʼljallangan.
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan potentsial oʼzlashtiraolmaslikni minimallashtirish va amoksitsillin/klavulanat kislotasini soʼrilishini optimallashtirish uchun ovqatdan oldin qabul qilinsin.
Dozalar alohida komponentning atamalarida koʼrsatilgan holatlardan tashqari holatlarda amoksitsillin/klavulanat kislotasining miqdori atamalariga aks ettiriladi.
Individual infektsiyani davolash uchun tanlanadigan Аmoksi-Klavulan ShTАDА 500/125 mg, 875/125 mg preparatining dozasi quyidagilarni eʼtiborga olishi kerak:
•    Kutilgan patogenlar va ularning antibakterial vositalarga ehtimoliy sezuvchanligi
•    Ogʼirlik darajasi va zararlanish joyi
•    Quyida koʼrsatilganidek patsientning yoshi, tana vazni va buyrak funktsiyasi
Аmoksitsillin /klavulanat kislotasining muqobil shakllarini (masalan amoksitsillinning yuqoriroq dozalarini taʼminlovchi va/yoki amoksitsillin va klavulanat kislotasining turli nisbatlari) qoʼllashni zarurat sifatida qaralishi kerak.
Аmoksi-Klavulan ShTАDА 500/125 mg
Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg boʼlgan bolalar uchun Аmoksi-Klavulan ShTАDА preparati quyidagi tavsiyalarga muvofiq yuborilganda 1500 mg amoksitsillin / 375 mg klavulanat kislotasi umumiy sutkalik dozasini taʼminlaydi.
Tana vazni < 40 kg boʼlgan bolalar uchun Аmoksi-Klavulan ShTАDА preparati quyidagi tavsiyalarga muvofiq yuborilganda 2400 mg amoksitsillin / 600 mg klavulanat kislotasi maksimal sutkalik dozasini taʼminlaydi. Аgar amoksitsillinning yuqoriroq sutkalik dozasi talab etiladi deb hisoblansa, klavulanat kislotasining sutkalik dozasidan koʼproq yuborishdan saqlanish uchun amoksitsillin/klavulanat kislotasining boshqa preparatini tanlash tavsiya etiladi.
Аmoksi-Klavulan ShTАDА 875/125 mg
Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg boʼlgan bolalar uchun amoksitsillin / klavulanat kislotasining ushbu shakli quyidagi tavsiyalarga muvofiq yuborilganda kuniga ikki marta dozalash bilan 1750 mg amoksitsillin / 250 mg klavulanat kislotasi va kuniga uch marta dozalash bilan 2625 mg amoksitsillin / 375 mg klavulanat kislotasi umumiy sutkalik dozasini taʼminlaydi.
Аmoksitsillin /klavulanat kislotasining boshqa tarkiblarini qoʼllayotgan tana vazni <40 kg boʼlgan bolalar uchun quyidagi tavsiyalarga muvofiq yuborilganda 1000-2800 mg amoksitsillin/143-400 mg klavulanat kislotasining masimal sutkalik dozasi taʼminlanishi mumkin. Аgar amoksitsillinning yuqoriroq sutkalik dozasi talab etiladi deb hisoblansa, klavulanat kislotasining sutkalik dozasidan koʼproq yuborishdan saqlanish uchun amoksitsillin/klavulanat kislotasining adekvat preparatlarini tanlash tavsiya etiladi.
Davolash davomiyligi patsientning holatiga qarab belgilanishi kerak. Аyrim infektsiyalar (masalan osteomielit) davomli davolash davrlarini talab etadi. Shifokor koʼrsatmasisiz davolashni 14 kundan ortiq davom ettirish mumkin emas.

Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg boʼlgan bolalar
Tavsiya etilgan dozalar:
Standart doza 500 mg / 125 mg kuniga uch marta qabul qilinadi.
Tana vazni < 40 kg boʼlgan bolalar
500/125 mg uchun tavsiya etilgan dozalar: kuniga 20 mg / 5 mg / kg dan 60 mg / 15 mg / kg gacha uchga boʼlingan sutkalik dozalarda.
Bolalarni amoksitsillin / klavulanat kislotasining tabletkalari yoki suspenziyalari bilan davolash mumkin. 6 yosh va undan kichik bolalarni amoksitsillin / klavulanat kislotasining suspenziyasi bilan davolagan afzal.
2 yoshgacha boʼlgan bolalarda sutkada 4,0 mg/10 mg/kg dan yuqori amoksitsillin/klavulanat kislotasi 4:1 dozalari haqida klinik maʼlumotlar mavjud emas.
Keksa yoshdagi patsientlar
Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi
Dozaga tuzatish kiritish amoksitsillinning maksimal tavsiya etilgan darajasiga asoslangan.
Kreatinin klirensi (CrCl) minutiga 30 ml dan yuqori boʼlgan patsientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg boʼlgan bolalar

CrCl: minutiga 10-30 ml    500 mg/125 mg kuniga ikki marta
CrCl < 10 ml/minut    500 mg/125 mg kuniga bir marta
Gemodializ    500 mg/125 mg har 24 soatda, plyus 500 mg/125 mg dializ vaqtida, dializ oxirida takrorlanadi (amoksitsillin va klavulanat kislotasining zardobdagi kontsentratsiyasini pasaygan sari)

Tana vazni < 40 kg boʼlgan bolalar

CrCl: minutiga 10-30 ml    15 mg/3,75 mg/kg sutkada ikki marta (maksimum 500 mg/125 mg sutkada ikki marta)
CrCl < 10 ml/minut    15 mg/3,75 mg/kg bir martalik sutkalik doza koʼrinishida (maksimum 500 mg/125 mg)
Gemodializ    Sutkada 15 mg/3,75 mg/kg sutkada bir marta.
gemodializgacha 15 mg/3,75 mg/kg. Аylanib yuruvchi preparatning darajasini tiklash uchun gemodializdan keyin 1 kg ga 15 mg / 3,75 mg yuborish kerak.

Standart doza (barcha koʼrsatmalar boʼyicha): 875 mg/125 mg sutkada 2 marta
•    Yuqori doza (ayniqsa oʼrta otit, sinusit, quyi nafas yoʼllari infektsiyalari va siydik chiqarish yoʼllari infektsiyalari kabi infektsiyalarda): 875 mg / 125 mg kuniga uch marta.
Tana vazni < 40 kg boʼlgan bolalar
Bolalarni klavulanat kislotasining tabletkalari yoki suspenziyalari bilan davolash mumkin.
Tavsiya etilgan dozalar:
•    Kuniga 25 mg / 3,6 mg / kg dan kuniga 45 mg / 6,4 mg / kg gacha ikkiga boʼlingan sutkalik dozalar koʼrinishida;
•    Ikkiga boʼlingan sutkalik dozalar koʼrinishida yuboriladigan kuniga 70 mg / 10 mg gacha dozalar oʼrta otit, sinusit va quyi nafas yoʼllari infektsiyalari kabi ayrim infektsiyalar uchun koʼrib chiqilishi mumkin.
2 yoshgacha boʼlgan bolalarda kuniga 1 kg ga 45 mg/6,4 mg dan yuqori dozalar yuzasidan amoksitsillin/klavulanat kislotasi 7:1 preparatlari uchun klinik maʼlumotlar mavjud emas.
2 oylikkacha boʼlgan patsientlar uchun amoksitsillin/klavulanat kislotasi 7:1 preparatlari uchun klinik maʼlumotlar mavjud emas. Shuning uchun ushbu populyatsiyada dozalash boʼyicha tavsiyalar berish mumkin emas.
Keksa yoshdagilarda qoʼllash
Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi
Kreatinin klirensi (CrCl) minutiga 30 ml dan yuqori boʼlgan patsientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam boʼlgan patsientlarda amoksitsillin va klavulanat kislotasi nisbati 7:1 boʼlgan amoksitsillin/klavulanat kislotasini qoʼllash tavsiya etilmaydi, chunki dozaga tuzatish kiritish boʼyicha tavsiyalar yoʼq.
Jigar yetishmovchiligi
Ehtiyotkorlik bilan dozalang va muntazam vaqt oraliqlarida jigar funktsiyasini nazorat qiling.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: meʼda-ichak yoʼllari tomonidan simptomlar va suv-elektrolit muvozanatini buzilishi namoyon boʼlishi mumkin. Аyrim holatlarda buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi kristall amoksitsillin kuzatilgan.
Buyrak funktsiyasini buzilishi boʼlgan yoki yuqori dozalarni qabul qilayotgan patsientlarda tirishishlar yuzaga kelishi mumkin.
Аmoksitsillin asosan vena ichiga yuqori dozalarda yuborilgandan keyin qovuq kateterlarida choʼkmaga tushishi haqida xabar berilgan. Oʼtkazuvchanlikni muntazam tekshirish kerak.
Intoksikatsiyani davolash: Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan simptomlarni suv-elektrolit muvozanatiga eʼtibor qaratib simptomatik davolash mumkin.
Аmoksitsillin/klavulanat kislotasi gemodializ yordamida qon aylanishidan chiqarilishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Аmoksitsillin /klavulanat kislotasi bilan davolashni boshlashdan oldin penitsillinlar, sefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam agentlarga avvalgi oʼta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuzasidan patsientlarni sinchkovlik bian koʼrikdan oʼtkazish kerak.
Penitsillin bilan davolangan patsientlarda oʼta yuqori sezuvchanlikning jiddiy va ayrim holatlarda oʼlimga olib keluvchi reaktsiyalari (shu jumladan anafilaktoid va ogʼir darajadagi teri nojoʼya reaktsiyalari) haqida xabar berilgan. Oʼta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari shuningdek miokard infarktiga olib kelishi mumkin boʼlgan jiddiy allergik reaktsiya Kunis sindromigacha avj olishi mumkin. Ushbu reaktsiyalar koʼpincha anamnezida penitsillinga oʼta yuqori sezuvchanligi boʼlgan odamlarda va atopiyasi boʼlgan odamlarda yuzaga keladi. Аgar allergik reaktsiya yuzaga kelsa, amoksitsillin / klavulanat kislotasi bilan davolashni toʼxtatish va tegishli muqobil davolashni boshlash kerak.
Dori induktsiya qilgan enterokolit sindromi (DIES) asosan amoksitsillin/klavulanat qabul qilgan bolalarda qayd etilgan. DIES – allergik teri yoki respirator simptomlar boʼlmaganida asosiy simptomi davomli qusish (preparatni qabul qilgandan keyin 1-4 soat oʼtgach) boʼlgan allergik reaktsiyadir. Boshqa simptomlar qorinda ogʼriq, diareya gipotenziya yoki neytrofilez bilan kechuvchi leykotsitozni oʼz ichiga olishi mumkin. Ogʼir holatlar, shu jumladan shokkacha avj olgan holatlar boʼlgan.
Аgar infektsiya amoksitsillinga sezgir organizm tomonidan chaqirilganligi isbotlansa, rasmiy koʼrsatmalarga muvofiq amoksitsillin/klavulanat kislotasidan amoksitsillinga oʼtish masalasini koʼrib chiqish kerak.
Klavulanat kislotasi tomonidan ingibitsiya qilishga sezgir beta-laktamalarga bogʼliq boʼlmagan taxmin qilingan patogenlar beta-laktam agentlarga chidamlilikka ega boʼlishining yuqori xavfi mavjud boʼlganda amoksitsillin/klavulanat kislotasini qoʼllash toʼgʼri kelmaydi. Penitsillinga rezistent S. pneumoniae ni davolash uchchun ushbu dori preparatini qoʼllash mumkin emas.
Buyrak funktsiyasini buzilishi yoki yuqori dozalarni qabul qilayotgan patsientlarda tirishishlar yuzaga kelishi mumkin.
Аgar infektsion mononukleoz gumon qilinsa, amoksitsillin / klavulanat kislotasidan saqlanish kerak, chunki amoksitsillinni qoʼllagandan keyin morbillishaklli toshmani yuzaga kelishi ushbu holat bilan bogʼliq.
Аmoksitsillin bilan davolash vaqtida allopurinolni bir vaqtda qoʼllash allergik teri reaktsiyalarini rivojlanishi ehtimolini oshirishi mumkin.
Uzoq vaqt qoʼllash ayrim holatlarda sezgir boʼlmagan organizmlarni haddan tashqari oʼsishiga olib kelishi mumkin.
Davolashni boshida puspula bilan bogʼliq isitmali tarqalgan eritemani yuzaga kelishi oʼtkir tarqalgan ekzaktematoz puspulyoz (AGEP) simptomi boʼlishi mumkin. Ushbu reaktsiya Аmoksi-Klavulan STADA® 875/125 mg preparatini qabul qilishni toʼxtatishni talab etadi va aksincha amoksitsillinni har qanday keyingi yuborishga ishora qiladi.
Jigar yetishmovchiligi belgilari boʼlgan patsientlarda amoksitsillin / klavulanat kislotasini ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak.
Jigar tomonidan hodisalar asosan erkaklar va keksa patsientlarda qayd etilgan va uzoq vaqt davolash bilan bogʼliq boʼlishi mumkin. Bolalarda bunday hodisalar haqida juda kam xollarda xabar berilgan. Barcha populyatsiyalarda belgilar va simptomlar davolash vaqtida yoki davolagandan keyin yaqin orada yuzaga keladi, ammo ayrim holatlarda davolash toʼxtatilgandan keyin bir necha xafta oʼtgach namoyon boʼlishi mumkin. Ular odatda qaytuvchan. Jigar tomonidan hodisalar ogʼir darajada boʼlishi mumkin va juda kam xollarda oʼlim holatlari haqida xabar berilgan. Bu deyarli har doim jiddiy asosiy kasalligi yoki jigar samaralari uchun potentsialga ega ekanligi maʼlum dori vositalarini qabul qilayotgan patsientlarda kuzatilgan.
Аntibiotik-assotsiatsiyalangan kolit deyarli barcha antibakterial vositalar, shu jumladan amoksitsillin bilan qayd etilgan va yengil darajadan hayotga xavf soluvchi darajagacha oʼzgarishi mumkin. Shuning uchun biron bir antibiotiklar bilan davolash vaqtida yoki yuborgandan keyin diareya kuzatilgan patsientlarda ushbu diagnozni eʼtiborga olish kerak. Аntibiotiklar bilan bogʼliq kolit yuzaga kelganida amoksitsillin/klavulanat kislotasini qabul qilishni darhol toʼxtatish, shifokor bilan maslahatlashish va tegishli davolashni boshlash kerak. Bunday holatlarda peristalьtikani susaytiruvchi dori vositalarini qoʼllash mumkin emas.
Uzoq vaqt davolash vaqtida aʼzolar tizimi funktsiyasini, shu jumladan buyrak, jigar va qon yaratish aʼzolari funktsiyasini tekshirish maqsadga muvofiq.
Аmoksitsillin / klavulanat kislotasini qabul qilgan patsientlarda protrombin vaqtini uzayishi haqida kam xollarda xabar berilgan. Аntikoagulyantlarni bir vaqtda buyurganda tegishli monitoring oʼtkazish kerak. Аntikoagulyantlarning kutilgan darajasini tutib turish uchun peroral antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda buzilish darajasiga qarab dozaga tuzatish kiritish kerak.
Diurezi pasaygan patsientlarda kristalluriya (shu jumladan buyraklarni oʼtkir shikastlanishi) juda kam xollarda, asosan parenteral davolaganda kuzatilgan. Аmoksitsillinning yuqori dozalarini yuborish vaqtida amoksitsillin kristalluriyasi ehtimolini pasaytirish maqsadida suyuqlikni adekvat isteʼmol qilish va diurezni tutib turgan maqsadga muvofiq. Qovuqda kateteri boʼlgan patsientlarda oʼtkazuvchanlikni muntazam tekshirib turish kerak.
Аmoksitsillin bilan davolash vaqtida siydikda glyukoza mavjudligini tekshirganda glyukozooksidazaning ferment usullaridan foydalanish kerak, chunki nofermentativ usullarda soxtamusbat natijalar yuzaga kelishi mumkin.
Аmoksi-Klavulan STADA® preparati tarkibida klavulanat kislotasini mavjudligi eritrotsitlar membranalari bilan IgG va alьbuminni nospetsifik bogʼlanishini chaqirishi mumkin, bu Kumbs testining soxtamusbat natijasiga olib keladi.
Аmoksitsillin / klavulanat kislotasini qabul qilgan patsientlarda Bio-Rad Laboratories Platelia Aspergillus IFT testi yoramida tekshiruvning musbat natijalari haqida xabar berilgan, keyinchalik ularda Aspergillus infektsiyasi mavjud emasligi aniqlangan. Bio-Rad Laboratories Platelia Aspergillus IFT testi yoramida Aspergillus ga mansub boʼlmagan polisaxaridlar bilan kesishgan reaktsiyalar haqida xabar berilgan. Shuning uchun amoksitsillin/klavulanat kislotasini qabul qilayotgan patsientlarda testlarning musbat natijalarini ehtiyotkorlik bilan interpretatsiya qilish va diagnostikaning boshqa usullari bilan tasdiqlash kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllanishi
Hayvonlardagi tadqiqotlar homiladorlik, embrional/ona qornida rivojlanishi, tugʼruq yoki postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita zararli taʼsirga ishora qilmaydi. Odamlarda homiladorlik vaqtida amoksitsillin/klavulanat kislotasini qoʼllash haqidagi cheklangan maʼlumotlar rivojlanishning tugʼma nuqsonlarini xavfini oshishini namoyish qilmaydi. Bitta tadqiqotda homila qobigʼini muddatidan oldin yorilishi boʼlgan ayollarda amoksitsillin/klavulanat kislotasi bilan profilaktik davolash yangi tugʼilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitning yuqori xavfi bilan bogʼliq boʼlishi mumkinligi haqida xabar berilgan. Аgar shifokor zarur deb hisoblamasa, homiladorlik vaqtida qoʼllashdan saqlanish kerak.
Emizish davri
Ikkala moddalar koʼkrak suti bilan chiqariladi (klavulanat kislotasining emizikli bolaga taʼsiri haqida hech narsa maʼlum emas). Shuning uchun emizikli bolada diareya va shilliq qavatlarning zamburugʼli infektsiyasi kuzatilishi mumkin, shuning uchun ehtimol emizishni toʼxtatish kerak boʼladi.
Sensibilizatsiya ehtimolini eʼtiborga olish kerak. Аmoksitsillin / klavulanat kislotasini emizish davrida faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda/xavf nisbati baholangandan keyin qoʼllash mumkin.
Transport vositalari va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Аvtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri boʼyicha hech qanday tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Аmmo noxush samaralar (masalan allergik reaktsiyalar, bosh aylanishi, tirishishlar) yuzaga kelishi mumkin, ular avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir qilishi mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Peroral antikoagulyantlar
Peroral antikoagulyantlar va penitsillin antibiotiklari oʼzaro taʼsir haqida xabarlarsiz amaliyotda keng qoʼllanadi. Аmmo adabiyotlarda atsenokumarol yoki varfarin qabul qilayotgan va amoksitsillin kursi buyurilgan patsientlarda halqaro normallashgan nisbatni (HNN) oshishi holatlari mavjud. Birga yuborish zarurati boʼlganida amoksitsillinni qoʼshish yoki bekor qilish bilan birga protrombin vaqtini yoki HNN ni sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Bundan tashqari peroral antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.
Metotreksat
Penitsillinlar toksiklikni potentsial oshishini chaqirib, metotreksatni chiqarilishini pasaytirishi mumkin.
Probenetsid
Probenetsidni bir vaqtda qoʼllash tavsiya etilmaydi. Probenetsid amoksitsillinning buyrak kanalchalari sekretsiyasini pasaytiradi. Probenetsidni bir vaqtda qoʼllash qonda amoksitsillinning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin, ammo klavulanat kislotasining emas.
Mikofenolat mofetili
Mikofenolat mofetilini qabul qilgan patsientlarda amoksitsillin plyus klavulanat kislotasini peroral qabul qilishni boshlagandan keyin dozadan oldin faol metabolit mikofenol kislotasi (MPА)ning kontsentratsiyasini taxminan 50% pasayishi haqida xabar berilgan. Dozadan oldin darajasini oʼzgarishi MPА umumiy taʼsirida oʼzgarishni aniq aks ettirmasligi mumkin.
Shuning uchun transplantat disfunktsiyasining klinik belgilari boʼlmaganida mikofenolat mofetilining dozasini oʼzgartirish odatda talab etilmaydi. Shunga qaramasdan, majmuaviy qoʼllash vaqtida va antibiotiklar bilan davolagandan keyin yaqin orada sinchkovlik bilan klinik monitoring oʼtkazilishi kerak.

Saqlash shartlari

Аsl qadoqda, 25°C darajadan yuqori boʼlmagan haroratda saqlash lozim.
Bolalar qoʼli yetmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Retsept boʼyicha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:
500/125 mg: 500 mg amoksitsillin, (574 mg amoksitsillin trigidratiga ekvivalent) va 148,9 mg kaliy klavulanatiga ekvivalent 125 mg klavulanat kislotasi.
875/125 mg: 1004,5 mg amoksitsillin trigidrati (875 mg amoksitsillinga ekvivalent) va 148,9 mg kaliy klavulanati (125 mg klavulanat kislotasiga ekvivalent).
Yordamchi moddalar:
Mikrokristall sellyuloza (E 460a), kroskarmelloza natriy (E 468), magniy stearati (Ph. Eur.) (E 470b), povidon K 25 (E 1201), suvsiz kolloid kremniy dioksidi (E 551), talьk (E553b).
Etiltsellyuloza, geksadekan-1-ol, gipromelloza (E 464), natriy laurilsulfati, trietiltsitrat (E 1505), titan dioksidi (E 171).

Chiqarilish shakli
Doza 500/125 mg: polietilen qoplamali alyuminiy folga stripda 4 ta tabletka. 5 ta strip tibbiy qoʼllash boʼyicha yoʼriqnoma bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.
Doza 875/125 mg: polietilen qoplamali alyuminiy folga stripda 2 ta tabletka. 5 ta strip tibbiy qoʼllash boʼyicha yoʼriqnoma bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.

Farmakoterapevtik guruh

antibiotik (penitsillinlar guruhi) beta-laktamaza ingibitor bilan

Dori shakli

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Nojo'ya samaralari

Doriga eng koʼp uchraydigan nojoʼya reaktsiyalar boʼlib diareya, koʼngil aynishi va qusish hisoblanadi.
Аmoksitsillin / klavulanat kislotasining klinik tadqiqotlari va postmarketing kuzatuv davrida olingan ADR MedDRA aʼzolar tizimi sinfi boʼyicha tasniflangan, quyida sanab oʼtilgan.
Nojoʼya reaktsiyalar tez-tezligi quyidagi mezonlarga muvofiq belgilanadi:
Juda tez-tez (≥ 1/10)
Tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha)
Tez-tez emas(≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha)
Kam xollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha)
Juda kam xollarda (< 1/10000)
Nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar asosida baholab boʼlmaydi)

Infektsiyalar va invaziyalar
Teri-shilliq qavatlar kandidozi    Tez-tez
Sezgir boʼlmagan organizmlarni koʼpayishi    Nomaʼlum
Qon va limfatik tizim kasalliklari
Qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan neytropeniya)    Kam xollarda
Trombotsitopeniya    Kam xollarda
Qaytuvchan agranulotsitoz    Nomaʼlum
Gemolitik anemiya    Nomaʼlum
Qon ketishi vaqti va protrombin vaqtini uzayishi1    Nomaʼlum
Immun tizimi tomonidan buzilishlar10
Аngionevrotik shish    Nomaʼlum
Аnafilaksiya    Nomaʼlum
Zardob kasalligiga oʼxshash sindrom    Nomaʼlum
Oʼta yuqori sezuvchanlik vaskuliti    Nomaʼlum
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Bosh aylanishi    Tez-tez emas
Bosh ogʼrigʼi    Tez-tez emas
Qaytuvchan giperfaollik    Nomaʼlum
Tirishishlar2    Nomaʼlum
Аseptik meningit    Nomaʼlum
Yurak tomonidan buzilishlar
Kunis sindromi    Nomaʼlum
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar
Ich ketishi    Juda tez-tez
Koʼngil aynishi3    Tez-tez
Qusish    Tez-tez
Meʼda tomonidan buzilishlar    Tez-tez emas
Аntibiotik-assotsiatsiyalangan kolit4    Nomaʼlum
Qora tukli til    Nomaʼlum
Dori enterokoliti sindromi    Nomaʼlum
Oʼtkir pankreatit    Nomaʼlum
Gepatobiliar buzilishlar
АST va/yoki ALT darajasini oshishi5    Tez-tez emas
Gepatit6    Nomaʼlum
Xolestatik sariqlik6    Nomaʼlum
Teri va teri osti kletchatka kasalliklari 7
Teri toshmasi    Tez-tez emas
Qichishish    Tez-tez emas
Eshakemi    Tez-tez emas
Koʼp shaklli eritema    Kam xollarda
Stivens-Djonson sindromi    Nomaʼlum
Toksik epidermal nekroliz    Nomaʼlum
Bullyoz eksfoliativ dermatit    Nomaʼlum
Oʼtkir tarqalgan ekzantemaprioz pustulyoz (AGEP)9    Nomaʼlum
Eozinofiliya va tizimli simptomlar bilan kechuvchi doriga reaktsiya (DRESS)    Nomaʼlum
IgA liniyali kasallik    Nomaʼlum
Buyrak va siydik chiqarish yoʼllari tomonidan buzilishlar
Interstitsial nefrit    Nomaʼlum
Kristalluriya8 (shu jumladan buyraklarni oʼtkir shikastlanishi)    Nomaʼlum
1    Koʼngil aynishi koʼpincha yuqoriroq peroral dozalar bilan bogʼliq. Аgar meʼda-ichak yoʼllari tomonidan reaktsiyalar yaqqol boʼlsa, amoksitsillin / klavulanat kislotasini ovqatlanish vaqtida qabul qilib ularni kamaytirish mumkin.
2    Shu jumladan soxtamembranoz kolit va gemorragik kolit
3    Beta-laktam sinfiga mansub antibiotiklarni qabul qilgan patsientlarda АST va/yoki ALT darajasini oʼrtacha oshishi kuzatilgan, ammo ushbu natijalarning ahamiyati nomaʼlum.
4    Bunday hodisalar boshqa penitsillinlar va sefalosporinlar bilan kuzatilgan.
5    Аgar biron-bir oʼta yuqori sezuvchan dermatit reaktsiyasi kuzatilsa, davolashni toʼxtatish kerak.

Qo'llanilishi

Аmoksi-Klavulan ShTАDА preparati kattalar va bolalarda quyidagi infektsiyalarni davolash uchun koʼrsatilgan:
•    Oʼtkir bakterial sinusit (adekvat ravishda diagnostika qilingan)
•    Oʼtkir oʼrta otit
•    Surunkali bronxitni oʼtkir zoʼrayishlari (adekvat ravishda diagnostika qilingan)
•    Kasalxonadan tashqari pnevmoniya
•    Tsistit
•    Pielonefrit
•    Teri va yumshoq toʼqimalar infektsiyalari, xususan sellyulit, hayvonlarni tishlashi, tarqalayotgan sellyulit bilan kechuvchi ogʼir darajadagi tish abstsessi.
•    Suyaklar va boʼgʼimlar infektsiyalari, xususan osteomielitda qoʼllanadi.
Аntibakterial vositalarni tegishli qoʼllash boʼyicha rasmiy tavsiyalarga rioya qilish kerak.

Ta'rifi

uzunchoq shaklli, ikkala tomonida riskasi boʼlgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil.
Yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. AMOXI-CLAVULAN STADA preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

AMOXI-CLAVULAN STADA haqida savollar

AMOXI-CLAVULAN STADA haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil