Analginning aptekalardagi narxlari
ANALGIN tabletkalari 500 mg N10
|
|
167 ta dorixonada bor
|
600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
2 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
2 200 so'mdan
Bron qilish
|
ANALGIN tabletkalari 500 mg N50
|
|
69 ta dorixonada bor
|
14 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
15 000 so'mdan
Bron qilish
|
ANALGIN tabletkalari 500 mg N20
|
|
1 ta dorixonada bor
|
5 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ANALGIN REMEDY tabletkalari 500 mg N6
|
|
45 ta dorixonada bor
|
480 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
500 so'mdan
Bron qilish
|
ANALGIN tabletkalari 500 mg N30
|
|
9 ta dorixonada bor
|
15 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
17 900 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
ANALGIN eritma 500 mg/ml 2ml N10
|
|
227 ta dorixonada bor
|
10 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
12 000 so'mdan
Bron qilish
|
ANALGIN eritma 500 mg/ml 2ml N5
|
|
129 ta dorixonada bor
|
4 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
7 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
4 500 so'mdan
Bron qilish
|
ANALGIN MR eritma 500 mg/ml 2ml N10
|
|
22 ta dorixonada bor
|
10 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
12 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
13 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Analgin ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ANALGIN
ANALGINUM
Preparatning savdo nomi: Analgin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metamizol natriy
Dori shakli: tabletka
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: analgin – 0,5 g;
yordamchi moddalar:kartoshka kraxmali, kalsiy stearat 1-suvli yoki stearin kislotasi yoki magniy stearati 1-suvli.
Ta‘rifi: oq yoki biroz sarg‘ish rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: analgetik-antipiretik.
ATX kodi: N02BB02
Farmakologik xususiyatlari
Og‘riqni qoldiruvchi, haroratni tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sir qiladi. Ta‘sir mexanizmi siklooksigenazalar (SOG-1 va SOG-2) ni noselektiv ingibisiya qilinishi tufayli prostoglandinlar, hamda og‘riq chaqiruvchi endogen substansiyalar (endopraksidlar, bradikininlar va boshqalar) sintezini susaytirishi bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, preparat og‘riq impulslarini o‘tishiga to‘sqinlik qiladi va talamus darajasida og‘riqni sezish pog‘onasini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin preparat me‘da-ichak yo‘lida gidrolizlanadi, so‘ngra absorbsiyalanadi va jigarda metabolizmga uchraydi. Plazmada samarali konsentrasiyasiga 20-40 minutdan keyin erishiladi, maksimal konsentrasiyaga esa qabul qilgandan 2 soatdan keyin erishiladi.
Qo‘llanilishi
Kuchsiz va o‘rtacha kuchga ega bo‘lgan turli sababli og‘riq sindromlari (nevralgiya, mialgiya, jarohatlardan keyingi og‘riq, bosh og‘rig‘i, tish og‘rig‘i, menalgiyalar), infeksion-yallig‘lanish kasalliklaridagi isitmada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi.
Kattalarga 0,25-0,5 g dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Maksimal dozalari: bir martalik – 1 g, sutkalik – 3 g tashkil qiladi.
Bolalar uchun bir martalik doza yoshiga bog‘liq bo‘lib, 6-7 yoshli bolalar uchun – 0,125 g (chorak tabletka); 8-14 yoshli bolalar uchun – 0,25 g (yarim tabletka) tashkil qiladi; sutkada 2-3 marta buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar (teri toshmalari, Kvinke shishi, kam hollarda – anafilaktik shok); uzoq vaqt qo‘llanilganda leykopeniya bo‘lishi mumkin, kam hollarda – agranulositoz, trombositopeniya.
Yurak – qon tomir tizimi tomonidan: darhol bo‘ladigan yuqori sezuvchanlik reaksiyasini turi bilan bog‘liq bo‘lmagan, arterial bosimini keskin tushib ketishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: oliguriya, anuriya, proteinuriya bilan namoyon bo‘ladigan buyrak faoliyatini o‘tuvchan buzilishlari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga, pirazolon hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Periferik qon tarkibining o‘zgarishlari: agranulositoz, leykopeniya.
Qon kasalliklari: har qanday etiologiyali anemiya, sitostatik yoki infeksion neytropeniya.
Homiladorlik, emizish davri.
Jigar va buyrak funksiyasini (porfirin almashinuvining) yaqqol o‘zgarishlari.
Glyukoza-6-fosfatdegidrogenazaning tug‘ma yetishmovchiligi.
Bronxial astma.
O‘tkir jarrohlik patologiyasiga gumon qilinganda.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Etanol – etanolning samarasini kuchaytiradi.
Xlorpromazin yoki fenotiazinning boshqa hosilalari – bir vaqtda qo‘llash yaqqol gipotermiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Rentgenokontrast moddalar, kolloid qon o‘rnini bosuvchilar va penisillinni – analgin bilan davolash vaqtida qo‘llash mumkin emas.
Siklosporin – bir vaqtda buyurilganida siklosporinning qondagi konsentrasiyasi kamayadi.
Peroral gipoglikemik dori vositalari, bilvosita antikoagulyantlar, glyukokortikosteroidlar va indometasin – analgin oqsil bog‘idan siqib chiqarib, ularning faolligini oshiradi.
Fenilbutazon, barbituratlar va boshqa gepatoinduktorlar bir vaqtda buyurilganida analginning samarasini kamaytiradi.
Nonarkotik analgetiklar, trisikllik antidepressantlar, kontraseptiv gormonal dori vositalari va allopurinol – analginni bu preparatlar bilan birga qo‘llash, uning zaharliligini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Sedativ vositalar va trankvilizatorlar (sibazon, trioksazin, valokordin) – Analginning og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi.
Tiamazol va sarkolizin – leykopeniyani rivojlanish xavfini oshiradi.
Kodein, H2-gistaminoblakatorlar va propranolol – analginning samarasini kuchaytiradi.
Preparat sulfanilamidli qandni pasaytiruvchi preparatlar (gipoglikemik ta‘siri kuchayadi) va diuretiklar (furosemid) bilan bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bolalarda qo‘llanganida doimiy shifokor nazorati o‘tkazilishi lozim.
Periferik qonning sifat va miqdoriy tarkibini nazorat qilish lozim. Tana haroratini sababsiz oshishi, etni uvishishi, tomoq og‘riqlari, yutishni qiyinlashishi, stomatit aniqlanganda, vaginit yoki proktit rivojlanganida preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak.
Qorinda o‘tkir og‘riqni yo‘qotish uchun (sababi aniqlangunicha) preparatni qo‘llash mumkin emas.
Buyrak kasalliklarida (pielonefrit, glomerulonefrit), allergik kasalliklarda va uzoq muddatli alkogolli anamnezda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Analgin qo‘llanganida metabolitini ajralib chiqishi tufayli siydik qizil rangga bo‘yalishi mumkin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas, davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish lozim.
Bolalar. Preparat 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya, oliguriya, anuriya, gipotermiya, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, hansirash, quloqlarda shovqin, uyquchanlik, holsizlik, alahsirash, ongni buzilishi, o‘tkir agranulositoz, o‘tkir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi, gemorragik sindrom, tirishishlar, nafas mushaklarining falaji rivojlanishi mumkin.
Davolash: qusishni chaqirish, me‘dani zond yordamida yuvish, tuzli surgi vositalari, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish kerak, jadallashtirilgan diurezni, og‘ir hollarda esa – gemodializni o‘tkazish mumkin.
Chiqarilish shakli
0,5 g dan tabletkalar №10.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari